{"id":23421,"date":"2025-03-05T10:40:23","date_gmt":"2025-03-05T10:40:23","guid":{"rendered":"https:\/\/kasaba.uz\/?p=23421"},"modified":"2025-03-05T10:40:23","modified_gmt":"2025-03-05T10:40:23","slug":"kasaba-uyushmasi-yordami-bilan-khodimlarga-584-million-somdan-ortiq-mablag-undirib-berildi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/2025\/03\/05\/kasaba-uyushmasi-yordami-bilan-khodimlarga-584-million-somdan-ortiq-mablag-undirib-berildi\/","title":{"rendered":"Kasaba uyushmasi yordami bilan xodimlarga 584 million so\u2018mdan ortiq mablag\u2018 undirib berildi"},"content":{"rendered":"<p><strong>05.03.2025.<\/strong> O\u2018tgan yilning yozida Guliston shahridagi yirik tashkilotlardan birida mehnat qiluvchi xodimlar ish vaqtida guruhiy baxtsiz hodisaga uchradilar. Natijada bir kishi og\u2018ir jarohatlanib, ikki kishi vafot etdi. Hodisa yuzasidan tekshirishlar o\u2018tkazilgan, aybdor bo\u2018lgan mansabdor shaxslarga nisbatan jinoiy ish qo\u2018zg\u2018atilgan. Komissiya xulosasiga ko\u2018ra holat ishlab chiqarish bilan bog\u2018liq bo\u2018lib, jabrlanuvchilarning qaramog\u2018idagilarga qonunlarda belgilangan tartibda to\u2018lovlar to\u2018lab berish tashkilot zimmasiga yuklatilgan.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 321-moddasiga ko\u2018ra\u00a0 ish vaqtida xodimning hayoti yoki sog\u2018lig\u2018iga zarar yetsa, ish beruvchi ziyonning o\u2018rnini qoplashi zarur. Biroq, oradan besh oy o\u2018tsa-da, tashkilot rahbariyati vafot etgan va jabrlanganlarning qaramog\u2018idagilarga bir yo\u2018la nafaqa hamda zarar pullarini to\u2018lab bermagan.<\/p>\n<p>Jabrlanuvchilarning oila a&#8217;zolari O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Sirdaryo viloyat Kengashiga murojaat qildilar. Ularning\u00a0 manfaati yo\u2018lida Kengash tomonidan fuqarolik ishlari bo\u2018yicha Guliston tumanlararo sudiga da&#8217;vo arizalari kiritildi.<\/p>\n<p>Dastlab birinchi jabrlanuvchining qaramog\u2018ida bo\u2018lgan besh nafar voyaga yetmagan farzandlari manfaatida kasaba uyushmasi tomonidan kiritilgan arizalar ko\u2018rib chiqildi.<\/p>\n<p>Sud majlisida da&#8217;vogar, kasaba uyushmasi viloyat Kengashi vakili baxtsiz hodisa yuzasidan har jihatdan tekshirish o\u2018tkazilganligi, jabrlanuvchiga yetkazilgan zarar va nafaqa pullari ish beruvchi tomonidan to\u2018lanmay, mehnat qonunchiligi buzilganligini ma&#8217;lum qilib, da&#8217;vo qanoatlantirilishini so\u2018radi.<\/p>\n<p>Sud da&#8217;vo arizasini qanoatlantirdi. Jabrlanuvchining oilasiga bir yo\u2018la beriladigan nafaqa puli va oylik to\u2018lovdan qarzdorlik, jami 197\u00a0million 733 ming 957 so\u2018m undirish da&#8217;vosi sud tomonidan to\u2018liq qanoatlantirildi.<\/p>\n<p>2025 yilning yanvar&#8217; oyida bo\u2018lib o\u2018tgan sudda esa ikkinchi jabrlanuvchining oila a&#8217;zolari manfaatlari yo\u2018lida kasaba uyushmasi tomonidan kiritilgan da&#8217;vo arizalari ko\u2018rib chiqildi.<\/p>\n<p>Ikkinchi jabrlanuvchining oila a&#8217;zolari tomonidan kasaba uyushmalari viloyat Kengashiga kelgan murojaatda ma&#8217;lum qilinishicha, marhumning olti yillik o\u2018rtacha oyligidan kam bo\u2018lmagan miqdorda bir marta beriladigan nafaqa hamda oyma-oy zarar pullarini belgilangan tartibda rasmiylashtirish ish beruvchi zimmasiga yuklatilgan. Shunga qaramay tashkilot bu masalaga befarq qarab kelgan.<\/p>\n<p>Sud ish materiallari bilan tanishib chiqib, hujjatlarda to\u2018plangan dalillarga huquqiy baho berdi va da&#8217;vo arizasini qanoatlantirdi. Javobgardan marhumning oila a&#8217;zolari foydasiga jami 386 million 299 ming 204 so\u2018m undirib berildi.<\/p>\n<p>\u201cQonunni bilgan qoqilmas\u201d deydilar. Agar ish beruvchi qonunni yaxshi bilganida edi, ancha-muncha ovoragarchiliklarning oldi olingan, qancha odamlarning vaqti tejalgan bo\u2018lardi.<\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>A. Hakimov<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Sirdaryo viloyat Kengashi mehnat texnik inspektori<\/strong><\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>05.03.2025. O\u2018tgan yilning yozida Guliston shahridagi yirik tashkilotlardan birida mehnat qiluvchi xodimlar ish vaqtida guruhiy baxtsiz hodisaga uchradilar. Natijada bir kishi og\u2018ir jarohatlanib, ikki kishi vafot etdi. Hodisa yuzasidan tekshirishlar o\u2018tkazilgan, aybdor bo\u2018lgan mansabdor shaxslarga nisbatan jinoiy ish qo\u2018zg\u2018atilgan. Komissiya xulosasiga ko\u2018ra holat ishlab chiqarish bilan bog\u2018liq bo\u2018lib, jabrlanuvchilarning qaramog\u2018idagilarga qonunlarda belgilangan tartibda to\u2018lovlar to\u2018lab [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[12,22,24],"tags":[],"class_list":["post-23421","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-kasaba-uyushmasi-yordam-berdi","category-pravovaya-zashhita","category-novosti-v-slajdere"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/23421","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=23421"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/23421\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":23423,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/23421\/revisions\/23423"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=23421"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=23421"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=23421"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}