{"id":23616,"date":"2025-03-17T11:38:36","date_gmt":"2025-03-17T11:38:36","guid":{"rendered":"https:\/\/kasaba.uz\/?p=23616"},"modified":"2025-03-17T11:38:36","modified_gmt":"2025-03-17T11:38:36","slug":"munosib-nomzodga-ishonch-bildirildi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/2025\/03\/17\/munosib-nomzodga-ishonch-bildirildi\/","title":{"rendered":"Munosib nomzodga ishonch bildirildi"},"content":{"rendered":"<p><strong>17.03.2025.<\/strong> Bag\u2018dod tuman tibbiyot birlashmasi kasaba uyushma tashkilotining 2024 yilda jamoa shartnomasining bajarilishi hamda 2020 yil martidan 2025 yil martigacha tibbiyot xodimlariga ko\u2018rsatilgan ko\u2018mak va ularning ijtimoiy himoyasi bo\u2018yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot-saylov konferensiyasi bo\u2018lib o\u2018tdi.<\/p>\n<p>Unda qo\u2018mita raisi Bahodirjon Abdurahmonov o\u2018tgan 5 yilda olib borilgan faoliyati to\u2018g\u2018risida hisobot berdi. Ma&#8217;ro\u2018zani tinglab, kasaba qo\u2018mitasi bir safda birlashgan a&#8217;zolarning haqiqiy himoyachisiga aylanganini bilib oldik.<\/p>\n<p>2024 yil avgust oyida muassasaning tug\u2018ruqxona majmuasida rekonstruksiya ishlari amalga oshirilishi natijasida bo\u2018lim faoliyati to\u2018xtatildi. Natijada, tug\u2018ruqxonada mehnat qilayotgan ishchi-xodimlar vaqtincha ishsiz qoldi. Bu davrda ularga ish haqi to\u2018lanmadi. Ammo jonkuyar yetakchi bunday holatga befarq qolmadi. Ushbu holat bo\u2018yicha O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi Farg\u2018ona viloyati kengashiga murojaat qilindi.<\/p>\n<p>Murojaat asosida mehnat inspektorlari tomonidan tibbiyot muassasasida o\u2018rganishlar olib borildi. Uzoq muzokaralardan keyin ish sudda ko\u2018rib chiqildi. Sud qaroriga ko\u2018ra, ish beruvchi vaqtincha ishsiz qolgan xodimlarga o\u2018rtacha ish haqi miqdorida to\u2018lov qilish majburiyatini oldi. Natijada, 71 nafar xodimning huquqi tiklanib, ularning foydasiga jami 261 mln so\u2018m ish haqi undirib berildi.<\/p>\n<p>Shuni ta&#8217;kidlash lozimki, haqiqiy kasaba uyushma raisi har qanday holatda ham ishchi-xodimlarning huquqlarini mana shunday himoya qila olishi kerak.<\/p>\n<p>Darhaqiqat, o\u2018tgan 5 yilda salomatlik posbonlarining dam olishi va sog\u2018lig\u2018ini mustahkamlash ishlariga alohida e&#8217;tibor qaratildi. Har bir kasaba uyushma a&#8217;zosini qo\u2018llab-quvvatlash, g\u2018amxo\u2018rlik ko\u2018rsatish va ijtimoiy himoyalash kabi masalalar kasaba uyushma qo\u2018mitasining doimiy diqqat markazida bo\u2018ldi.<\/p>\n<p>Qolaversa, ishchi-xodimlarni tarixiy shaharlarga sayohatga olib borish an&#8217;anaga aylandi. O\u2018tgan davr mobaynida xodimlar yurtimiz bo\u2018ylab turli sayohatlarga jalb qilindi.<\/p>\n<p>Bundan tashqari, targ\u2018ibot ishlari natijasida 40 ta nodavlat tashkilotda ishlovchi 750 nafar xodim kasaba uyushmasi a&#8217;zoligiga jalb qilindi. Ayni paytda ular kasaba uyushmasining imtiyozlaridan foydalangan holda, sog\u2018lig\u2018ini mustahkamlash uchun sihatgohlarga hamda tarixiy shaharlarga sayohatlarga borib kelmoqdalar.<\/p>\n<p>Hisobotni tinglagan delegatlar Bag\u2018dod tuman tibbiyot birlashmasi kasaba uyushma qo\u2018mitasi raisi va taftish komissiyasi raisi faoliyatini yuqori baholadilar.<br \/>\nDelegatlar yashirin ovoz berish yo\u2018li bilan nomzodlar orasidan Bag\u2018dod tuman tibbiyot birlashmasi kasaba uyushma qo\u2018mitasi raisligiga Bahodirjon Abdurahmonovni saylashdi.<\/p>\n<p>Konferensiyada Sog\u2018liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi respublika kengashi mutaxassisi Dilorom Toshmatova, Sog\u2018liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Farg\u2018ona viloyati kengashi raisi Shohidaxon Karimova, Bag\u2018dod tuman tibbiyot birlashmasi bosh vrachi o\u2018rinbosari Xolmuhammad Abduvohidov va delegatlar ishtirok etdilar.<\/p>\n<p>Shuningdek, konferensiyada O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari harakatiga 120 yil to\u2018lishi, uning tarixi va bugungi faoliyati haqida ma&#8217;lumotlar berildi.<\/p>\n<p data-start=\"2910\" data-end=\"3052\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-23620 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/03\/3758.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"799\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/03\/3758.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/03\/3758-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/03\/3758-1024x682.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/03\/3758-768x511.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p data-start=\"2910\" data-end=\"3052\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-23619 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/03\/3759.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/03\/3759.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/03\/3759-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/03\/3759-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/03\/3759-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p data-start=\"2910\" data-end=\"3052\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-23618 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/03\/3760.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"801\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/03\/3760.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/03\/3760-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/03\/3760-1024x684.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/03\/3760-768x513.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p data-start=\"2910\" data-end=\"3052\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-23617 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/03\/3761.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"802\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/03\/3761.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/03\/3761-300x201.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/03\/3761-1024x684.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/03\/3761-768x513.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>17.03.2025. Bag\u2018dod tuman tibbiyot birlashmasi kasaba uyushma tashkilotining 2024 yilda jamoa shartnomasining bajarilishi hamda 2020 yil martidan 2025 yil martigacha tibbiyot xodimlariga ko\u2018rsatilgan ko\u2018mak va ularning ijtimoiy himoyasi bo\u2018yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot-saylov konferensiyasi bo\u2018lib o\u2018tdi. Unda qo\u2018mita raisi Bahodirjon Abdurahmonov o\u2018tgan 5 yilda olib borilgan faoliyati to\u2018g\u2018risida hisobot berdi. Ma&#8217;ro\u2018zani tinglab, kasaba qo\u2018mitasi [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[27,24],"tags":[],"class_list":["post-23616","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-zashhita-socialno-ekonomicheskix-interesov","category-novosti-v-slajdere"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/23616","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=23616"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/23616\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":23621,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/23616\/revisions\/23621"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=23616"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=23616"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=23616"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}