{"id":23825,"date":"2025-04-01T03:59:50","date_gmt":"2025-04-01T03:59:50","guid":{"rendered":"https:\/\/kasaba.uz\/?p=23825"},"modified":"2025-04-01T03:59:50","modified_gmt":"2025-04-01T03:59:50","slug":"zhamoa-shartnomasi-izhrosi-va-hisobot-saylov-konferentsiyalari-otkazildi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/2025\/04\/01\/zhamoa-shartnomasi-izhrosi-va-hisobot-saylov-konferentsiyalari-otkazildi\/","title":{"rendered":"Jamoa shartnomasi ijrosi va hisobot-saylov konferensiyalari o\u2018tkazildi"},"content":{"rendered":"<p><strong>01.04.2025.<\/strong> Joriy yilning 24 mart kuni O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Sirdaryo viloyati kengashi majlislar zalida Sirdaryo viloyat bolalar ko\u2018p tarmoqli tibbiyot markazining 2023-2025 yillar uchun tuzilgan jamoa shartnomasi majburiyatlarining 2024 yildagi ijrosi yuzasidan mehnat jamoasining konferensiyasi bo\u2018lib o\u2018tdi.<\/p>\n<p>Konferensiyada muassasa bosh shifokor o\u2018rinbosari S. Yarmatov, kasaba uyushmasi qo\u2018mitasi raisi N. Olimjonova, 6 nafar ijtimoiy-mehnat masalalari bo\u2018yicha komissiya a&#8217;zolari, 31 nafar delegat, 19 nafar mehnat jamoasi vakillari, O\u2018zbekiston Sog\u2018liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining ijtimoiy himoya masalalari bo\u2018yicha bosh mutaxassisi D. Ro\u2018zieva, mehnat texnika va huquq inspektorlari A. G\u2018aniev, A. Albekov hamda tarmoq kasaba uyushmasining hududiy kengashi buxgalteri M. Axmedov ishtirok etdilar.<\/p>\n<p>Konferensiyada bosh shifokor o\u2018rinbosari hamda kasaba uyushmasi qo\u2018mitasi raisining hisobotlari ma&#8217;lumot uchun qabul qilindi, ijtimoiy-mehnat masalalari bo\u2018yicha komissiya raisi B. Ismatovning dalolatnomasi tasdiqlandi.<\/p>\n<p>Ma&#8217;lumot uchun, 2024 yil davomida jamoa shartnomasi bandlarining bajarilishi uchun o\u2018rta hisobda bir xodimga sarflangan mablag\u2018 10 mln 667 ming so\u2018mni tashkil etib, o\u2018tgan yildagiga nisbatan 15% ga o\u2018sgan. Jumladan, mehnat muhofazasi bo\u2018yicha o\u2018rtacha 1 mln 600 ming so\u2018m sarflangan. Huquqi tiklangan 1 nafar xodimning smena asosidagi mehnat faoliyati ish stavkasiga asosan amalga oshirilishiga erishilgan. Kasaba uyushmasi aralashuvi bilan 55 ta ish o\u2018rni attestasiyadan o\u2018tkazilgan va 55 ta ish o\u2018rnidagi 180 nafar xodimning huquqlari tiklangan.<\/p>\n<p>Konferensiyada jamoa shartnomasining ijrosi qizg\u2018in muhokama qilindi va faoliyati qoniqarli deb topildi.<\/p>\n<p>Shundan so\u2018ng, muassasa kasaba uyushma tashkilotining hisobot-saylov konferensiyasi o\u2018tkazildi. Kun tartibidagi masalalar muhokama etildi, hisobotlar tinglandi. Sirdaryo viloyat bolalar ko\u2018p tarmoqli tibbiyot markazi kasaba uyushma tashkilotining o\u2018tgan besh yillik hisobot davridagi faoliyatiga bir ovozdan qoniqarli baho berildi. Muqobillik asosida o\u2018tgan saylovda amaldagi kasaba uyushmasi qo\u2018mitasining raisi N. Olimjonova yangi muddatga qayta saylandi.<\/p>\n<p>Yig\u2018ilishda \u201cO\u2018zbekistonda kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi\u201d keng nishonlanishi yuzasidan respublikamizda olib borilayotgan keng ko\u2018lamli tadbirlar to\u2018g\u2018risida batafsil ma&#8217;lumot berildi.<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-23826 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/04\/3851.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/04\/3851.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/04\/3851-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/04\/3851-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/04\/3851-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>01.04.2025. Joriy yilning 24 mart kuni O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Sirdaryo viloyati kengashi majlislar zalida Sirdaryo viloyat bolalar ko\u2018p tarmoqli tibbiyot markazining 2023-2025 yillar uchun tuzilgan jamoa shartnomasi majburiyatlarining 2024 yildagi ijrosi yuzasidan mehnat jamoasining konferensiyasi bo\u2018lib o\u2018tdi. Konferensiyada muassasa bosh shifokor o\u2018rinbosari S. Yarmatov, kasaba uyushmasi qo\u2018mitasi raisi N. Olimjonova, 6 nafar ijtimoiy-mehnat masalalari [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[27,24],"tags":[],"class_list":["post-23825","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-zashhita-socialno-ekonomicheskix-interesov","category-novosti-v-slajdere"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/23825","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=23825"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/23825\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":23827,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/23825\/revisions\/23827"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=23825"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=23825"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=23825"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}