{"id":24049,"date":"2025-04-15T15:15:02","date_gmt":"2025-04-15T15:15:02","guid":{"rendered":"https:\/\/kasaba.uz\/?p=24049"},"modified":"2025-04-15T15:15:14","modified_gmt":"2025-04-15T15:15:14","slug":"goliblar-respublika-bosqichiga-yollanma-oldi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/2025\/04\/15\/goliblar-respublika-bosqichiga-yollanma-oldi\/","title":{"rendered":"G\u2018oliblar Respublika bosqichiga yo\u2018llanma oldi"},"content":{"rendered":"<p><strong>15.04.2025.<\/strong> O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi munosabati bilan Navoiy shahridagi \u201cYoshlar markazi\u201dda o\u2018tkazilgan \u201cO\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kubogi\u201d uchun shaxmat musobaqasining Navoiy viloyat bosqichi bo\u2018lib o\u2018tdi.<br \/>\nUnda O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyat kengashi raisi Nazira Tog\u2018aeva so\u2018zga chiqib, Prezidentimiz tashabbuslari bilan inson manfaatlarini ta&#8217;minlash maqsadida amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning natijalarini alohida ta&#8217;kidladi. Shuningdek, mazkur jarayonlarda kasaba uyushmalarining ham faol ishtirok etayotgani, xususan, mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari va mehnat sohasidagi huquqlarini himoyalash bilan birga mehnat jamoalarida sog\u2018lom turmush tarzi barqarorligini ta&#8217;minlashga munosib hissa qo\u2018shish maqsadida turli sport musobaqalari ham o\u2018tkazib kelinayotganini qayd etdi va musobaqa ishtirokchilariga omad tiladi.<\/p>\n<p>Bellashuvlar Xalqaro shaxmat federatsiyasining amaldagi qoidalari asosida, rapid yo\u2018nalishida ayollar va erkaklar o\u2018rtasida o\u2018tkazildi. Har bir musobaqa 7 turda shveysarcha tizimda bo\u2018lib o\u2018tdi. Ishtirokchilarga o\u2018yin oxiriga qadar 10 daqiqa vaqt berildi, birinchi yurishdan boshlab har yurishga 2 soniyadan vaqt qo\u2018shib borildi.<\/p>\n<p>Musobaqaning hal qiluvchi, yakuniy bosqichida shahar va tuman bosqichlarida g\u2018oliblikni qo\u2018lga kiritgan 44 nafar intellektual salohiyat egalari Respublika bosqichiga yo\u2018llanma uchun dona surishdi. Har bir yurish, har bir qaror shaxmatning aql va matonat maydoni ekanligini yana bir bor ko\u2018rsatdi.<\/p>\n<p>Qizg\u2018in tarzda o\u2018tkazilgan musobaqalarning yakuniy natijalariga ko\u2018ra, erkaklar o\u2018rtasida \u201cNavoiyazot\u201d AJ xodimi Abbos Axtamov birinchi, Uchquduq tuman IIB kadrlar guruhi inspektori Baxtiyor Sultonov ikkinchi, \u201cQizilqumsement\u201d AJ xodimi Ruslan Djabbarov uchinchi o\u2018rinni egalladi.<\/p>\n<p>Ayollar o\u2018rtasidagi bahslarda esa Navoiy viloyati ftiziatriya va pul&#8217;monologiya markazi kichik tibbiyot xodimi Feruza Sattorova g\u2018oliblikni qo\u2018lga kiritdi. Navbahor tumanidagi 5-sonli maktab o\u2018kituvchisi Olima Karimova ikkinchi, Qiziltepalik Dilbar Salimova uchinchi o\u2018rinni qo\u2018lga kiritdi.<\/p>\n<p>G\u2018olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom hamda qimmatbaho sovg\u2018alar bilan taqdirlandilar. Eng yaxshi natijani qayd etgan ishtirokchilar Respublika bosqichida ishtirok etish uchun yo\u2018llanmaga ega bo\u2018ldilar.<\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Matbuot xizmati<\/strong><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-24050 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/04\/1-1.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/04\/1-1.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/04\/1-1-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/04\/1-1-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/04\/1-1-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-24051 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/04\/2-1.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/04\/2-1.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/04\/2-1-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/04\/2-1-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/04\/2-1-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-24052 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/04\/3-1.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/04\/3-1.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/04\/3-1-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/04\/3-1-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/04\/3-1-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-24053 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/04\/4-1.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"801\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/04\/4-1.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/04\/4-1-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/04\/4-1-1024x684.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/04\/4-1-768x513.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>15.04.2025. O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi munosabati bilan Navoiy shahridagi \u201cYoshlar markazi\u201dda o\u2018tkazilgan \u201cO\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kubogi\u201d uchun shaxmat musobaqasining Navoiy viloyat bosqichi bo\u2018lib o\u2018tdi. Unda O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyat kengashi raisi Nazira Tog\u2018aeva so\u2018zga chiqib, Prezidentimiz tashabbuslari bilan inson manfaatlarini ta&#8217;minlash maqsadida amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning natijalarini alohida ta&#8217;kidladi. [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[83,24],"tags":[],"class_list":["post-24049","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-madanij-marifij-va-sport-ishlari","category-novosti-v-slajdere"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24049","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=24049"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24049\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":24054,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24049\/revisions\/24054"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=24049"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=24049"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=24049"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}