{"id":24225,"date":"2025-04-29T04:02:12","date_gmt":"2025-04-29T04:02:12","guid":{"rendered":"https:\/\/kasaba.uz\/?p=24225"},"modified":"2025-04-29T04:02:12","modified_gmt":"2025-04-29T04:02:12","slug":"ish-beruvchining-dars-soatlari-bilan-taminlamaganligi-sababli-khodim-ishga-tiklandi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/2025\/04\/29\/ish-beruvchining-dars-soatlari-bilan-taminlamaganligi-sababli-khodim-ishga-tiklandi\/","title":{"rendered":"Ish beruvchining dars soatlari bilan ta&#8217;minlamaganligi sababli xodim ishga tiklandi"},"content":{"rendered":"<p><strong>29.04.2025.<\/strong> Bandixon tumani &#8220;Birdamlik&#8221; mahalasida yashovchi Xudoynazarov Azamat Fayzullaevich O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Surxondaryo viloyati kengashiga ish beruvchining xatti-harakatlaridan norozi bo\u2018lib murojaat qildi. U o\u2018z vazifasiga ishga tiklash, majburiy bekor yurgan vaqtlari uchun oylik ish haqlari va ma&#8217;naviy zararlarni undirish hamda dars soatlari bilan ta&#8217;minlashni so\u2018radi. Murojaat mehnat huquq inspektori tomonidan joyida o\u2018rganildi.<\/p>\n<p>O\u2018rganish natijalariga ko\u2018ra, A.Xudoynazarov 2019 yil 2 noyabrdan Qiziriq tumanidagi 55-sonli umumiy o\u2018rta ta&#8217;lim maktabiga (hozirgi Bandixon tumanidagi 10-sonli maktab) boshlang\u2018ich ta&#8217;lim o\u2018qituvchisi etib ishga qabul qilingan.<\/p>\n<p>2024\u20132025 o\u2018quv yili uchun 2024 yil 30 avgustdagi metod birlashma yig\u2018ilishida unga umumiy hisobda 19 soat dars soati ajratilgan edi. Ammo metod birlashma a&#8217;zolari rozi bo\u2018lmagan deb ish beruvchi uni dars soatlari bilan ta&#8217;minlamadi va mehnat shartnomasini 2024 yil 15 noyabrdan bekor qildi.<\/p>\n<p>Ish beruvchining harakatlarida qator qonunbuzilish holatlari aniqlandi:<\/p>\n<ul>\n<li>Mehnat kodeksining 312-moddasi va umumta&#8217;lim muassasalarida tarifikasiya ro\u2018yxatini shakllantirish tartibi talablari buzilgan.<\/li>\n<li>Maktab kasaba uyushmasi qo\u2018mitasi qarorini qabul qilishda Mehnat kodeksining 164-moddasi va kasaba uyushmalari Federatsiyasining qoidalari buzilgan.<\/li>\n<li>Mehnat shartnomasini bekor qilish jarayonida 312, 313 va 314-moddalarga rioya qilinmagan.<\/li>\n<\/ul>\n<p>Ish beruvchining noqonuniy xatti-harakati tufayli A.Xudoynazarovning ishchanlik obro\u2018yiga putur yetkazilgan va ma&#8217;naviy zarar yetkazilgan.<\/p>\n<p>A.Xudoynazarov o\u2018z huquqlarini himoya qilish maqsadida Qumqo\u2018rg\u2018on tumanlararo fuqarolik ishlari bo\u2018yicha sudga murojaat qildi. 2025 yil 25 fevralda sud qarori bilan:<\/p>\n<ul>\n<li>Ish beruvchining buyrug\u2018i bekor qilindi.<\/li>\n<li>A.Xudoynazarov o\u2018z vazifasiga tiklandi.<\/li>\n<li>Unga 33 440 226 so\u2018m oylik ish haqi va 5 573 371 so\u2018m ma&#8217;naviy zarar (jami 39 014 226 so\u2018m) undirib berildi.<\/li>\n<li>Ish beruvchiga 19 soatlik dars yuklamasi bilan ta&#8217;minlash majburiyati yuklatildi.<\/li>\n<\/ul>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>Zarif Xolov<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Surxondaryo viloyat kengashi mehnat huquq inspektori<\/strong><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-22258 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/11\/3202.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"816\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/11\/3202.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/11\/3202-300x204.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/11\/3202-1024x696.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/11\/3202-768x522.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>29.04.2025. Bandixon tumani &#8220;Birdamlik&#8221; mahalasida yashovchi Xudoynazarov Azamat Fayzullaevich O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Surxondaryo viloyati kengashiga ish beruvchining xatti-harakatlaridan norozi bo\u2018lib murojaat qildi. U o\u2018z vazifasiga ishga tiklash, majburiy bekor yurgan vaqtlari uchun oylik ish haqlari va ma&#8217;naviy zararlarni undirish hamda dars soatlari bilan ta&#8217;minlashni so\u2018radi. Murojaat mehnat huquq inspektori tomonidan joyida o\u2018rganildi. O\u2018rganish natijalariga [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[12,22,24],"tags":[],"class_list":["post-24225","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-kasaba-uyushmasi-yordam-berdi","category-pravovaya-zashhita","category-novosti-v-slajdere"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24225","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=24225"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24225\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":24226,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24225\/revisions\/24226"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=24225"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=24225"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=24225"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}