{"id":24362,"date":"2025-05-08T04:42:34","date_gmt":"2025-05-08T04:42:34","guid":{"rendered":"https:\/\/kasaba.uz\/?p=24362"},"modified":"2025-05-08T07:18:15","modified_gmt":"2025-05-08T07:18:15","slug":"azim-shahar-toshkentga-sayohat-tashkil-etildi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/2025\/05\/08\/azim-shahar-toshkentga-sayohat-tashkil-etildi\/","title":{"rendered":"Azim shahar Toshkentga sayohat tashkil etildi"},"content":{"rendered":"<p><strong>08.05.2025.<\/strong> Xorazmlik xodimlar \u201cO\u2018zbekiston bo\u2018ylab sayohat qil!\u201d shiori ostida poytaxtga bordilar<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi hamda Respublika kengashining \u201cIkkinchi jahon urushida qozonilgan g\u2018alabaning 80 yilligi va Xotira va qadrlash kuni\u201d munosabati bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq, \u201cO\u2018zbekiston bo\u2018ylab sayohat qil!\u201d shiori ostida Toshkent shahriga 2 kunlik sayohat tashkil etildi.<\/p>\n<p>Ushbu sayohatda yaqinda tarmoq tizimiga qo\u2018shilgan Xorazm viloyatida faoliyat yuritayotgan \u201cJayxun Invest\u201d MChJ korxonasi xodimlari ishtirok etdilar.<\/p>\n<p>Sayohat doirasida mehmonlar Hazrati Imom majmuasi, Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma&#8217;rifiy yodgorlik majmuasi, G\u2018alaba bog\u2018i va \u201cShon-sharaf\u201d muzeyi, \u201cShahidlar xotirasi\u201d majmuasi va \u201cQatag\u2018on qurbonlari xotirasi\u201d muzeylariga tashrif buyurdilar. Har bir manzilda Toshkent shahrining tarixiy merosi bilan yaqindan tanishib, o\u2018z bilimlarini yanada mustahkamladilar.<\/p>\n<p>Shuningdek, ishtirokchilar poytaxtimizda amalga oshirilayotgan qurilishlar, yangilanishlar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo\u2018lishdi. \u201cTashkent Siti\u201d majmuasi hamda \u201cMejik Siti\u201d oilaviy ko\u2018ngilochar bog\u2018iga tashriflar ham ularda iliq taassurot qoldirdi.<\/p>\n<p>\u2014 Biz korxonamiz kasaba uyushmasi a&#8217;zolari bilan ikki kun mobaynida Toshkent shahri bo\u2018ylab maroqli sayohat qildik. Korxonamizda kasaba uyushmasining boshlang\u2018ich tashkiloti tuzilganidan juda mamnunmiz, \u2014 deydi korxona kasaba uyushmasi qo\u2018mitasi raisi Gulnoza Kutlimuratova. \u2014 Respublika kengashi xodimlari tomonidan faoliyatimizga doimiy amaliy yordam ko\u2018rsatilmoqda. Mazmunli sayohat uchun Kimyo va farmasevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi Nigora Alimjonova va barcha mutaxassislarga samimiy minnatdorchilik bildiramiz.<\/p>\n<p>\u201cJayxun Invest\u201d korxonasi xodimlari ushbu sayohatdan katta ilhom va unutilmas taassurotlar bilan qaytdilar.<\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>Shavkat Toirov<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>Kimyo va farmasevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisining yoshlar masalalari bo\u2018yicha maslahatchisi<\/strong><\/p>\n<p data-start=\"2624\" data-end=\"2767\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-24363 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/4103.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/4103.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/4103-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/4103-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/4103-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p data-start=\"2624\" data-end=\"2767\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-24364 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/4104.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/4104.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/4104-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/4104-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/4104-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>08.05.2025. Xorazmlik xodimlar \u201cO\u2018zbekiston bo\u2018ylab sayohat qil!\u201d shiori ostida poytaxtga bordilar O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi hamda Respublika kengashining \u201cIkkinchi jahon urushida qozonilgan g\u2018alabaning 80 yilligi va Xotira va qadrlash kuni\u201d munosabati bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq, \u201cO\u2018zbekiston bo\u2018ylab sayohat qil!\u201d shiori ostida Toshkent shahriga 2 kunlik sayohat tashkil etildi. Ushbu sayohatda yaqinda tarmoq [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[30,24],"tags":[],"class_list":["post-24362","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-kultura-i-sport","category-novosti-v-slajdere"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24362","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=24362"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24362\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":24371,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24362\/revisions\/24371"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=24362"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=24362"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=24362"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}