{"id":24421,"date":"2025-05-14T15:48:52","date_gmt":"2025-05-14T15:48:52","guid":{"rendered":"https:\/\/kasaba.uz\/?p=24421"},"modified":"2025-05-14T15:48:52","modified_gmt":"2025-05-14T15:48:52","slug":"samarqand-viloyatida-hisobot-saylov-konferentsiyalari-davom-etmoqda","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/2025\/05\/14\/samarqand-viloyatida-hisobot-saylov-konferentsiyalari-davom-etmoqda\/","title":{"rendered":"Samarqand viloyatida hisobot-saylov konferensiyalari davom etmoqda"},"content":{"rendered":"<p><strong>14.05.2025.<\/strong> Samarqand viloyatining tuman va shaharlarida Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi tizimida hisobot-saylov konferensiyalari o\u2018tkazilmoqda. Jumladan, Ishtixon tumanida ham mazkur konferensiya bo\u2018lib o\u2018tdi.<\/p>\n<p>Tadbirda O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi apparati tashkiliy ishlar bo\u2018limi bosh mutaxassisi Shaxnoza Oripovna Odilxonova, Federatsiyaning Samarqand viloyat kengashi raisi o\u2018rinbosari Akbar Abduvalievich Abdusaidov, viloyat kengashi raisi Normurod Rajabov, shuningdek, Ishtixon tumani hokimining birinchi o\u2018rinbosari Qosim Paxriddinovich Nurdinov ishtirok etdi.<\/p>\n<p>Konferensiyada 2020 yil may oyidan 2025 yil may oyigacha bo\u2018lgan davr mobaynidagi faoliyat yuzasidan Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Ishtixon tumani kengashi raisi Shokir Daminovich Axmedovning hisoboti tinglandi.<\/p>\n<p>Xisobot davrida tuman kengashi tomonidan fuqarolar murojaatlarini ko\u2018rib chiqish va hal etish bo\u2018yicha samarali ishlar amalga oshirildi. 2020\u20132024 yillar mobaynida jami 823 ta murojaat qayd etilgan bo\u2018lib, ulardan 671 tasi yozma, 152 tasi esa ishonch telefoni va og\u2018zaki murojaatlardir. Murojaatlarning 705 tasi ijobiy hal etilgan, 118 tasiga esa zarur tushuntirishlar berilgan.<\/p>\n<p>Tashkilotlar o\u2018rtasidagi jamoa shartnomalari asosida bir xodimga to\u2018g\u2018ri keladigan yillik sarf-xarajat miqdori o\u2018rtacha 7 million 533 ming 600 so\u2018mni tashkil etdi.<\/p>\n<p>Hisobot davrida 103 nafar ishchi-xodimlar va ularning oila a&#8217;zolari O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari tizimidagi sanatoriylarga yuborilib, sog\u2018lomlashtirish choralari ko\u2018rildi. Shuningdek, 268 nafar xodim farzandlari viloyatdagi oromgohlarda dam oldilar.<\/p>\n<p>\u201cO\u2018zbekiston bo\u2018ylab sayohat qil\u201d shiori ostida jamoa shartnomalari asosida 894 nafar xodim va ularning yaqinlari uchun sayyohatlar tashkil etildi.<\/p>\n<p>Tadbirda shuningdek, hisobot davri mobaynida tuman kengashi va boshlang\u2018ich tashkilotlar tomonidan \u201cEng namunali boshlang\u2018ich tashkilot\u201d, \u201cMehnat muhofazasi jamoatchilik nazoratini eng yaxshi tashkil etish\u201d, \u201cEng yaxshi ijtimoiy sherik\u201d va \u201cEnergiya tejamkorligi\u201d nominasiyalari bo\u2018yicha tashkil etilgan ko\u2018rik-tanlovlarda faol ishtirok etilgani alohida ta&#8217;kidlandi.<\/p>\n<p>Delegatlar tomonidan hisobot &#8220;qoniqarli&#8221; deb baholandi. Konferensiya davomida tuman bo\u2018linmasi kengashi raisligiga nomzodlar ochiq ovoz berish yo\u2018li bilan saylandi. Sanoq komissiyasi xulosasiga ko\u2018ra, Shokir Axmedov ko\u2018pchilik ovoz bilan qaytadan raislikka saylandi.<\/p>\n<p data-start=\"2202\" data-end=\"2457\" data-is-last-node=\"\" data-is-only-node=\"\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-24422 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/7-1.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/7-1.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/7-1-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/7-1-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/7-1-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p data-start=\"2202\" data-end=\"2457\" data-is-last-node=\"\" data-is-only-node=\"\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-24423 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/8.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/8.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/8-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/8-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/8-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>14.05.2025. Samarqand viloyatining tuman va shaharlarida Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi tizimida hisobot-saylov konferensiyalari o\u2018tkazilmoqda. Jumladan, Ishtixon tumanida ham mazkur konferensiya bo\u2018lib o\u2018tdi. Tadbirda O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi apparati tashkiliy ishlar bo\u2018limi bosh mutaxassisi Shaxnoza Oripovna Odilxonova, Federatsiyaning Samarqand viloyat kengashi raisi o\u2018rinbosari Akbar Abduvalievich Abdusaidov, viloyat kengashi raisi Normurod Rajabov, shuningdek, [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[27,24],"tags":[],"class_list":["post-24421","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-zashhita-socialno-ekonomicheskix-interesov","category-novosti-v-slajdere"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24421","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=24421"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24421\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":24424,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24421\/revisions\/24424"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=24421"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=24421"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=24421"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}