{"id":24647,"date":"2025-05-31T09:27:11","date_gmt":"2025-05-31T09:27:11","guid":{"rendered":"https:\/\/kasaba.uz\/?p=24647"},"modified":"2025-05-31T10:25:01","modified_gmt":"2025-05-31T10:25:01","slug":"yangi-ozbekiston-bakhtiyor-bolalar-mamlakati","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/2025\/05\/31\/yangi-ozbekiston-bakhtiyor-bolalar-mamlakati\/","title":{"rendered":"Yangi O\u2018zbekiston \u2013 baxtiyor bolalar mamlakati"},"content":{"rendered":"<p><strong>31.05.2025.<\/strong> Bugungi kunda mamlakatimizda Prezidentimiz tashabbuslari bilan har tomonlama barkamol avlod tarbiyasiga yuksak e&#8217;tibor qaratilib, ko\u2018plab ezgu ishlar amalga oshirilmoqda. 1 iyun&#8217; \u2013 Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni ham baxtiyor bolalar mamlakati bo\u2018lgan Yangi O\u2018zbekistonda o\u2018zgacha ruh va ko\u2018tarinki kayfiyatda nishonlanadi. Bu boradagi ishlarga O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi ham munosib hissa qo\u2018shib kelmoqda.<\/p>\n<p>Xususan, O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan Respublikamizning turli hududlarida \u201cYangi O\u2018zbekistonning baxtiyor bolalari\u201d shiori ostida bayram tadbirlari tashkil etilib, Mehribonlik uylari va \u201cOilaviy bolalar uylari\u201d tarbiyalanuvchilari, maxsus maktab-internatlari o\u2018quvchilari, xizmat vazifasini bajarish vaqtida halok bo\u2018lgan harbiylar va Ichki ishlar idoralari xodimlari farzandlari, chin yetim va ehtiyojmand oilalar o\u2018g\u2018il-qizlarining ko\u2018ngillari ko\u2018tarib kelinmoqda.<\/p>\n<p>Ana shunday tadbirlardan biri poytaxtimizdagi O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari saroyida o\u2018tkazildi. O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi va O\u2018zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi hamkorligida tashkil etilgan mazkur tantanali tadbirga Toshkent shahridagi 22- va 30-Mehribonlik uylari hamda SOS O\u2018zbekiston bolalar mahallalari Toshkent filialida tarbiyalanayotgan bolajonlar, Toshkent shahri, Toshkent va Sirdaryo viloyatlaridagi Oilaviy bolalar uylari o\u2018g\u2018il-qizlari \u2013 jami 500 nafar yosh avlod vakillari taklif etildi.<\/p>\n<p>Prezidentimiz tashabbuslari bilan qayta tiklanib, xalqimizga taqdim etilgan mazkur muhtasham saroyda bolajonlar harbiy orkestr va milliy musiqa jamoalari ijrosidagi kuylar sadosi ostida bayramona kutib olindi. Yosh avlod vakillariga peshvoz chiqqan turli ertak qahramonlari ishtirokida tashkil etilgan madaniy tadbir esa bolajonlar quvonchiga yanada quvonch qo\u2018shdi. Saroy foyesida o\u2018g\u2018il-qizlar turli shirinliklar va salqin ichimliklar bilan mehmon qilindi.<\/p>\n<p>Shundan so\u2018ng bolajonlar uchun O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari saroyi qoshidagi \u201cQaldirg\u2018och\u201d bolalar san&#8217;at markazi o\u2018quvchilari ishtirokida Alisher Navoiyning \u201cLison ut tayr\u201d, ya&#8217;ni \u201cQush tili\u201d dostoni asosida maxsus sahnalashtirilgan \u201cSemurg\u2018 haqida afsona\u201d nomli musiqali spektakl&#8217; namoyish etildi.<\/p>\n<p>Kasaba uyushmalari saroyi ijodkorlari sahanalashtirgan mazkur spektakl&#8217; orqali ko\u2018plab tarbiyaviy g\u2018oyalar ilgari surilib, hozirgi kunda ham yoshlar tarbiyasida dolzarb ahamiyatga ega bo\u2018lgan intiluvchanlik va qalb go\u2018zalligi, saxiy va mehribon bo\u2018lish oliy fazilatlar ekanligi, ezgulikning yovuzlik ustidan doimo g\u2018alaba qozonishi tarannum etildi. Spektakl&#8217; bolajonlarda unutilmas taassurotlar qoldirdi.<\/p>\n<p>Spektakldan so\u2018ng bolajonlar O\u2018zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida bo\u2018ldilar. Yosh avlod vakillari bayram dasturxoniga taklif etilib, madaniy tadbirda ham ishtirok etdilar. Ushbu maskan bo\u2018ylab tashkil etilgan sayohat davomida o\u2018g\u2018il-qizlarga Milliy gvardiya faxriy qorovul qo\u2018shinlarining, harbiy orkestr va otliq askarlarning ko\u2018rgazmali chiqishlari namoyish etildi. Bularning barchasi bolajonlarda katta taassurot qoldirdi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan Respublikamizning barcha hududlarida mehnatkashlar farzandlari, maxsus maktab-internatlar, kam ta&#8217;minlangan, ko\u2018p bolali va boquvchisini yo\u2018qotgan oilalarda tarbiya topayotgan o\u2018g\u2018il-qizlar uchun xuddi shu kabi madaniy-ma&#8217;rifiy va tantanali bayram tadbirlari tashkil etilib, mehnatkashlar farzandlariga bayram sovg\u2018alari topshirildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>Muhabbat O\u2018rmonbekova<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Matbuot xizmati rahbarim<\/strong><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-24648 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/10-1.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/10-1.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/10-1-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/10-1-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/10-1-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-24649 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/11.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/11.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/11-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/11-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/11-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-24650 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/12.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/12.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/12-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/12-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/12-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>31.05.2025. Bugungi kunda mamlakatimizda Prezidentimiz tashabbuslari bilan har tomonlama barkamol avlod tarbiyasiga yuksak e&#8217;tibor qaratilib, ko\u2018plab ezgu ishlar amalga oshirilmoqda. 1 iyun&#8217; \u2013 Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni ham baxtiyor bolalar mamlakati bo\u2018lgan Yangi O\u2018zbekistonda o\u2018zgacha ruh va ko\u2018tarinki kayfiyatda nishonlanadi. Bu boradagi ishlarga O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi ham munosib hissa qo\u2018shib kelmoqda. Xususan, O\u2018zbekiston [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[30,24],"tags":[],"class_list":["post-24647","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-kultura-i-sport","category-novosti-v-slajdere"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24647","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=24647"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24647\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":24652,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24647\/revisions\/24652"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=24647"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=24647"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=24647"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}