{"id":24761,"date":"2025-06-11T11:27:06","date_gmt":"2025-06-11T11:27:06","guid":{"rendered":"https:\/\/kasaba.uz\/?p=24761"},"modified":"2025-06-11T11:27:06","modified_gmt":"2025-06-11T11:27:06","slug":"faoliyatga-yuqori-baho-sirdaryo-kasaba-uyushmasi-rahbariyati-qayta-saylandi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/2025\/06\/11\/faoliyatga-yuqori-baho-sirdaryo-kasaba-uyushmasi-rahbariyati-qayta-saylandi\/","title":{"rendered":"Faoliyatga yuqori baho: Sirdaryo kasaba uyushmasi rahbariyati qayta saylandi"},"content":{"rendered":"<p><strong>11.06.2025.<\/strong> O\u2018zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Sirdaryo viloyat tashkilotining II hisobot-saylov Konferensiyasi bo\u2018lib o\u2018tdi. Konferensiya kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan tarmoq kasaba uyushmasi Sirdaryo viloyat Kengashi raisi Botir Usmonov viloyat Kengashining 5 yillik hisobot davridagi faoliyati to\u2018g\u2018risida hisobot berdi. Shundan so\u2018ng taftish komissiyasi hiisoboti tinglandi.<\/p>\n<p>Delegatlar tarmoq kasaba uyushmasi viloyat kengashining hisobot davridagi faoliyatiga bir ovozdan qoniqarli baho berdilar va taftish komissiyasi hisobotini tasdiqladilar.<\/p>\n<p>Tarmoq kasaba uyushmasi viloyat Kengashi raisi saylovi muqobillik asosida bo\u2018lib o\u2018tdi. Yashirin ovoz berish yo\u2018li bilan o\u2018tkazilgan saylovda Botir Usmonov ko\u2018pchilik ovoz bilan tarmoq kasaba uyushmasi Sirdaryo viloyat Kengashi raisligiga qayta saylandi.<br \/>\nKonferensiyada tarmoq kasaba uyushmasi viloyat Kengashi tarkibi, taftish komissiyasi a&#8217;zolari va raisi hamda yuqori kasaba uyushma organlarining Konferensiya va Qurultoylariga delegatlar ham saylandi.<\/p>\n<p>Konferensiyada ishtirok etgan O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Sirdaryo viloyat Kengashi raisi Rustambek Tursunmurodov, Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi o\u2018rinbosari Odiljon Mirzaev, Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi o\u2018rinbosari Erkin Bayniyazov ishtirokchilarga bugungi kunda kasaba uyushmalari tomonidan faoliyatning ustuvor yo\u2018nalishlarida amalga oshirilayotgan ishlar va mamlakatimiz kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik borasida ma&#8217;lumot berdilar.<\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Matbuot xizmati<\/strong><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-24762 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/06\/4259.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/06\/4259.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/06\/4259-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/06\/4259-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/06\/4259-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-24763 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/06\/4258.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/06\/4258.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/06\/4258-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/06\/4258-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/06\/4258-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-24764 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/06\/4257.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/06\/4257.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/06\/4257-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/06\/4257-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/06\/4257-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>11.06.2025. O\u2018zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Sirdaryo viloyat tashkilotining II hisobot-saylov Konferensiyasi bo\u2018lib o\u2018tdi. Konferensiya kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan tarmoq kasaba uyushmasi Sirdaryo viloyat Kengashi raisi Botir Usmonov viloyat Kengashining 5 yillik hisobot davridagi faoliyati to\u2018g\u2018risida hisobot berdi. Shundan so\u2018ng taftish komissiyasi hiisoboti tinglandi. Delegatlar tarmoq kasaba uyushmasi viloyat kengashining [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[27,24],"tags":[],"class_list":["post-24761","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-zashhita-socialno-ekonomicheskix-interesov","category-novosti-v-slajdere"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24761","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=24761"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24761\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":24765,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24761\/revisions\/24765"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=24761"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=24761"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=24761"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}