{"id":24851,"date":"2025-06-18T03:37:30","date_gmt":"2025-06-18T03:37:30","guid":{"rendered":"https:\/\/kasaba.uz\/?p=24851"},"modified":"2025-06-18T03:37:53","modified_gmt":"2025-06-18T03:37:53","slug":"tibbiyot-khodimlarining-mehnat-huquqlari-tiklandi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/2025\/06\/18\/tibbiyot-khodimlarining-mehnat-huquqlari-tiklandi\/","title":{"rendered":"Tibbiyot xodimlarining mehnat huquqlari tiklandi"},"content":{"rendered":"<p><strong>18.06.2025.<\/strong> O\u2018zbekiston Sog\u2018liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Sirdaryo viloyati kengashi tomonidan 2021\u20132025 yillar mobaynida mehnat qonunchiligi ijrosini ta&#8217;minlash, tibbiyot xodimlarining mehnat huquqlarini himoya qilish va ular uchun munosib mehnat sharoitlarini yaratish maqsadida tizimli hamda izchil ishlar amalga oshirilmoqda.<\/p>\n<p>Hisobot davrida viloyatdagi 89 ta tibbiyot muassasasi va tashkilotda jamoatchilik nazorati tadbirlari o\u2018tkazilib, 11 627 nafar tibbiyot xodimining mehnat huquqlari tiklanishi ta&#8217;minlandi. Bunday tadbirlar natijasida xodimlar foydasiga 6 milliard 503 million so\u2018mdan ortiq kompensasiya puli undirib berildi.<\/p>\n<p>Jumladan, jamoatchilik nazorati asosida 9 743 nafar tibbiyot xodimining huquqlari tiklanib, ular foydasiga 3 milliard 931 million so\u2018m miqdorida kompensasiya to\u2018landi. Shuningdek, mehnat inspeksiyasiga kelib tushgan 416 ta murojaat yuzasidan 1 671 nafar xodimning manfaati himoya qilindi va ularga 2 milliard 572 million so\u2018m miqdoridagi mablag\u2018 qaytarildi.<\/p>\n<p>Bundan tashqari, sud organlariga 98 ta da&#8217;vo va buyruq tartibidagi arizalar yuborilib, 280 nafar xodimning mehnat huquqlari tiklanishi ta&#8217;minlandi hamda 568 million so\u2018mdan ortiq mablag\u2018 undirildi.<\/p>\n<p>\u2013 Mehnat huquqlarining buzilishi \u2013 \u00a0bu faqat bir xodimning emas, balki butun jamiyatdagi ijtimoiy barqarorlik va ishonch muhitiga ta&#8217;sir etuvchi muhim masaladir, \u2013 deydi O\u2018zbekiston Sog\u2018liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Sirdaryo viloyati kengashi raisi Akbarxon Mirzaxonov. \u2013 Har bir murojaat batafsil o\u2018rganiladi, tahlil qilinadi va huquqiy mexanizmlar orqali yechim topiladi. Jamoatchilik nazorati, kasaba uyushma mutaxassislari, mehnat inspeksiyasi va sud organlari bilan hamkorlikda minglab tibbiyot xodimlarining haq-huquqlari tiklanishiga erishdik. Bosh maqsadimiz \u2014 tibbiyot sohasida mehnati bilan jamiyat farovonligiga hissa qo\u2018shayotgan har bir xodim o\u2018z huquqlarini bilsin, himoyalana olsin va mehnati munosib qadrlansin.<\/p>\n<p>Hisobot davrida Sirdaryo viloyati kasaba uyushmalari kengashiga jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan 609 ta murojaat kelib tushgan. Shulardan 437 tasi yozma, 146 tasi og\u2018zaki, 12 tasi elektron tarzda, 14 tasi esa ishonch telefoni orqali qabul qilingan.<\/p>\n<p>Murojaatlar yo\u2018nalishlariga ko\u2018ra, 150 tasi huquqiy himoya, 91 tasi mehnat muhofazasi, 175 tasi ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlar, 78 tasi moddiy yordam, 115 tasi boshqa masalalarga taalluqli bo\u2018lgan.<\/p>\n<p>\u2013 Kelib tushgan murojaatlardan 383 tasi qanoatlantirildi, 221 tasiga huquqiy tushuntirish berildi, 5 ta murojaat esa tegishli idoralarga yuborildi. Shuningdek, 283 holat bo\u2018yicha ish beruvchilarga rasmiy taqdimnomalar yuborilgan, 74 holatda esa sudga da&#8217;vo arizalari kiritilgan, \u2013 deydi Akbarxon Mirzaxonov.<\/p>\n<p>Eng muhimi, sog\u2018liqni saqlash tizimida faoliyat yuritayotgan har bir tibbiyot xodimining mehnat huquqlari qonun doirasida himoya qilinishi, ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari ta&#8217;minlanishi kasaba uyushmasining ustuvor vazifasi bo\u2018lib qolmoqda.<\/p>\n<p>Tizimda adolat va ishonch muhitini mustahkamlash orqali tibbiy xizmat sifati oshiriladi, xodimlar salohiyati to\u2018liq ro\u2018yobga chiqadi. Shu maqsadda amalga oshirilayotgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>G\u2018ulom Primov<\/strong><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-24852 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/06\/4307.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/06\/4307.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/06\/4307-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/06\/4307-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/06\/4307-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-24853 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/06\/4306.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/06\/4306.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/06\/4306-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/06\/4306-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/06\/4306-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>18.06.2025. O\u2018zbekiston Sog\u2018liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Sirdaryo viloyati kengashi tomonidan 2021\u20132025 yillar mobaynida mehnat qonunchiligi ijrosini ta&#8217;minlash, tibbiyot xodimlarining mehnat huquqlarini himoya qilish va ular uchun munosib mehnat sharoitlarini yaratish maqsadida tizimli hamda izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Hisobot davrida viloyatdagi 89 ta tibbiyot muassasasi va tashkilotda jamoatchilik nazorati tadbirlari o\u2018tkazilib, 11 627 nafar tibbiyot [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[27,24],"tags":[],"class_list":["post-24851","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-zashhita-socialno-ekonomicheskix-interesov","category-novosti-v-slajdere"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24851","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=24851"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24851\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":24855,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24851\/revisions\/24855"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=24851"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=24851"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=24851"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}