{"id":24884,"date":"2025-06-20T04:53:55","date_gmt":"2025-06-20T04:53:55","guid":{"rendered":"https:\/\/kasaba.uz\/?p=24884"},"modified":"2025-06-20T04:53:55","modified_gmt":"2025-06-20T04:53:55","slug":"qirgizistonlik-kasabachilar-yurtimizda-malaka-oshirishdi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/2025\/06\/20\/qirgizistonlik-kasabachilar-yurtimizda-malaka-oshirishdi\/","title":{"rendered":"Qirg\u2018izistonlik kasabachilar yurtimizda malaka oshirishdi"},"content":{"rendered":"<p><strong>20.06.2025.<\/strong> O\u2018tgan yilning dekabr&#8217; oyida Qirg\u2018iziston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi boshchiligidagi delegasiyaning O\u2018zbekistonga tashrifi chog\u2018ida imzolangan \u00abO\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi bilan Qirg\u2018iziston kasaba uyushmalari Federatsiyasi o\u2018rtasida hamkorlik to\u2018g\u2018risidagi kelishuv\u00bbga muvofiq, shu kunlarda Qirg\u2018iziston kasaba uyushmalari Federatsiyasining bir guruh mehnat huquq va mehnat texnik inspektorlari yurtimizda malaka oshirdi.<\/p>\n<p>Jumladan, O\u2018zbekiston kasaba uyushmalarilari Federatsiyasining Malaka oshirish institutida tashkil etilgan o\u2018quv kursi \u00abMehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi\u00bb hamda \u00abKasaba uyushmalari faoliyatini tashkil etish\u00bb yo\u2018nalishlarida bo\u2018lib o\u2018tdi.<\/p>\n<p>Mashg\u2018ulotlarda ishtirokchilar o\u2018zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar olishdi.<\/p>\n<p>\u2013 Menga O\u2018zbekiston kasaba uyushmasi tizimidagi juda ko\u2018plab tajribalar manzur bo\u2018ldi, \u2013 deydi Qirg\u2018iziston kasaba uyushmalari Federatsiyasi mehnat huquq inspektori Aziza Asanbekova.<\/p>\n<p>\u2013 Jumladan, tizimda yagona raqamli platforma yaratilgani va unda barcha hisobotlar, topshiriqlar va tahlillar joylanib borishi juda yoqdi. Bu ishni soddalashtiribgina qolmay, shaffoflikni ham ta&#8217;minlaydi. Normativ-huquqiy hujjatlar bazasi \u2013 lex.uz ning mavjudligi, kasaba uyushmalari tizimida ham qonunchilik hujjatlari bazasi ijtimoiy tarmoqlar, telegram kanallarga joylanib, Federatsiyaning faoliyati har taraflama ochiq yoritilishi yaxshi ekan. Ma&#8217;ruzachilarning mehnat muhofazasini tashkil etish, jamoatchilik nazoratini olib borish va uning huquqiy asoslariga bag\u2018ishlangan darslari biz uchun juda foydali bo\u2018ldi.<\/p>\n<p>Qirg\u2018izistonlik hamkasblar, shuningdek, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan ham yaqindan tanishdilar. Xususan, poytaxtimizdagi \u00abG\u2018alaba bog\u2018i\u00bb, \u00abToshkent sity\u00bb majmuasi, O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari tarixi muzeyi hamda Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>Zebo Namozova<\/strong><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-24886 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/06\/4324.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/06\/4324.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/06\/4324-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/06\/4324-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/06\/4324-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-24885 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/06\/4325.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/06\/4325.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/06\/4325-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/06\/4325-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/06\/4325-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>20.06.2025. O\u2018tgan yilning dekabr&#8217; oyida Qirg\u2018iziston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi boshchiligidagi delegasiyaning O\u2018zbekistonga tashrifi chog\u2018ida imzolangan \u00abO\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi bilan Qirg\u2018iziston kasaba uyushmalari Federatsiyasi o\u2018rtasida hamkorlik to\u2018g\u2018risidagi kelishuv\u00bbga muvofiq, shu kunlarda Qirg\u2018iziston kasaba uyushmalari Federatsiyasining bir guruh mehnat huquq va mehnat texnik inspektorlari yurtimizda malaka oshirdi. Jumladan, O\u2018zbekiston kasaba uyushmalarilari Federatsiyasining Malaka oshirish institutida [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[28,20,24],"tags":[],"class_list":["post-24884","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-28","category-mezhdunarodnaya-rabota","category-novosti-v-slajdere"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24884","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=24884"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24884\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":24887,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24884\/revisions\/24887"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=24884"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=24884"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=24884"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}