{"id":25168,"date":"2025-07-31T12:13:58","date_gmt":"2025-07-31T12:13:58","guid":{"rendered":"https:\/\/kasaba.uz\/?p=25168"},"modified":"2025-08-01T05:55:19","modified_gmt":"2025-08-01T05:55:19","slug":"kasaba-uyushmalari-tomonidan-qonunbuzarliklar-fosh-etilib-ishchilarga-4-milliard-647-million-som-mablag-undirib-berildi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/2025\/07\/31\/kasaba-uyushmalari-tomonidan-qonunbuzarliklar-fosh-etilib-ishchilarga-4-milliard-647-million-som-mablag-undirib-berildi\/","title":{"rendered":"Kasaba uyushmalari tomonidan qonunbuzarliklar fosh etilib, ishchilarga 4 milliard 647 million so\u2018m mablag\u2018 undirib berildi"},"content":{"rendered":"<p><strong>31.07.2025.<\/strong> O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi va unga a&#8217;zo bo\u2018lgan tarmoq kasaba uyushmalari tomonidan ishlovchilarning mehnat huquqlari hamda ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoyalash borasida keng ko\u2018lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Buni kasaba uyushmalariga aholidan kelib tushayotgan murojaatlar va ularning ijobiy hal etilayotgani to\u2018g\u2018risidagi faktlar ham ko\u2018rsatib turibti.<\/p>\n<p>Xususan, yaqinda \u201cHududiy elektr tarmoqlari\u201d Aksiyadorlik jamiyatining Samarqand hududiy filialida vujudga kelgan muammo va kasaba uyushmalari tomonidan uning ijobiy hal etilganini misol qilib keltirish mumkin. yechimiholat misolida ham yaqqol ko\u2018rish mumkin.<\/p>\n<p>2025 yilning iyun&#8217; oyi boshida \u201cHududiy elektr tarmoqlari\u201d Aksiyadorlik jamiyatining Samarqand hududiy filialida ishlovchi 348 nafar xodim ishdan ozod etilib, \u201cO\u2018zbekiston Milliy elektr tarmoqlari\u201d Aksiyadorlik jamiyatining Samarqand Milliy elektr tarmoqlari filialiga ishga qabul qilindi. Biroq, avvalgi ish joyidan ularning yakuniy hisob-kitob puli hamda foydalanilmagan mehnat ta&#8217;tillari uchun kompensasiya to\u2018lovlari amalga oshirilmagani ishchilarning noroziligini keltiritb chiqardi. Ushbu muammoni qonuniy hal etishda amaliy yordam so\u2018rab mehnatkashlar O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Ishonch telefoni orqali jamoaviy murojaat bilan chiqdilar.<\/p>\n<p>Murojaat yuzasidan 2025 yilning 10 iyul&#8217; kuni O\u2018zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi Mehnat inspeksiyasi mas&#8217;ul xodimlari Boburmirzo Abdullaev va Alisher Imomov joyiga chiqib, ishchi-xodimlar bilan uchrashdilar va ochiq muloqotlar o\u2018tkazdilar. Yuzaga kelgan muammo chuqur o\u2018rganilib, 300 nafardan ortiq xodim bilan muloqotlar chog\u2018ida ularning savollariga huquqiy tushuntirishlar berildi.<\/p>\n<p>Olib borilgan o\u2018rganishlar natijasida xodimlarni \u201cO\u2018zbekiston Milliy elektr tarmoqlari\u201d Aksiyadorlik jamiyatining Samarqand magistral elektr tarmoqlari filiali tarkibiga o\u2018tkazishda mehnat qonunchiligiga rioya etilmagani, ish beruvchi tomonidan xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish bilan bog\u2018liq yakuniy hisob-kitob to\u2018lovlari hamda foydalanilmagan ta&#8217;til puli berilmagani aniqlandi.<\/p>\n<p>Shundan so\u2018ng tarmoq kasaba uyushmasi Mehnat inspeksiyasi tomonidan mehnatkashlarning manfaatlarini himoya qilgan holda ish beruvchiga rasmiy ko\u2018rsatma xati kiritildi. Natijada ish beruvchi barcha xodimlar bilan qaytadan kelishuv shartnomalarini rasmiylashtirdi va yakuniy hisob-kitob ishlarini amalga oshirdi. Shuningdek, mehnatkashlarga ta&#8217;til uchun kompensasiyalarni to\u2018lash bo\u2018yicha buyruqlar ham chiqarildi.<\/p>\n<p>Bir so\u2018z bilan aytganda, Energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi sa&#8217;y-harakatlari bilan 344 nafar ishchi-xodimning mehnat huquqlari tiklanib, ular foydasiga jami 4 milliard 647 million so\u2018m to\u2018lov pullari undirib berildi.<\/p>\n<p>Shu bilan birga qonunbuzarliklarga yo\u2018l qo\u2018yganligi uchun tarmoq kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tomonidan \u201cHududiy elektr tarmoqlari\u201d Aksiyadorlik jamiyatining Samarqand hududiy filiali Yuridik hamda Xodimlar bilan ishlash bo\u2018limi boshlig\u2018iga nisbatan intizomiy choralar ko\u2018rish bo\u2018yicha rasmiy taqdimnoma ham kiritildi.<\/p>\n<p>Bir korxonada yuzaga kelgan ushbu muammo Kasaba uyushmalari sa&#8217;y-harakatlari natijasida ijobiy hal etilib, 344 nafar xodim va ular ortida turgan minglab oila a&#8217;zolariga amaliy yordam ko\u2018rsatildi.<\/p>\n<p>Shu bois, ishchi-xodimlar O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi va tarmoq kasaba uyushmasi Mehnat inspeksiyasi inspektorlari nomiga o\u2018z minnatdorchiliklarini bildirib, tashakkurnomalar yo\u2018llamoqdalar.<\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Matbuot xizmati<\/strong><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-25169 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/07\/4466.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/07\/4466.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/07\/4466-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/07\/4466-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/07\/4466-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-25170 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/07\/4464.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/07\/4464.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/07\/4464-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/07\/4464-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/07\/4464-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-25171 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/07\/4463.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/07\/4463.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/07\/4463-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/07\/4463-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/07\/4463-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-25172 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/07\/4465.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/07\/4465.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/07\/4465-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/07\/4465-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/07\/4465-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>31.07.2025. O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi va unga a&#8217;zo bo\u2018lgan tarmoq kasaba uyushmalari tomonidan ishlovchilarning mehnat huquqlari hamda ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoyalash borasida keng ko\u2018lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Buni kasaba uyushmalariga aholidan kelib tushayotgan murojaatlar va ularning ijobiy hal etilayotgani to\u2018g\u2018risidagi faktlar ham ko\u2018rsatib turibti. Xususan, yaqinda \u201cHududiy elektr tarmoqlari\u201d Aksiyadorlik jamiyatining Samarqand hududiy filialida vujudga kelgan [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[12,22,24],"tags":[],"class_list":["post-25168","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-kasaba-uyushmasi-yordam-berdi","category-pravovaya-zashhita","category-novosti-v-slajdere"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/25168","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=25168"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/25168\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":25174,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/25168\/revisions\/25174"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=25168"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=25168"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=25168"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}