{"id":25208,"date":"2025-08-14T12:16:35","date_gmt":"2025-08-14T12:16:35","guid":{"rendered":"https:\/\/kasaba.uz\/?p=25208"},"modified":"2025-08-14T12:16:35","modified_gmt":"2025-08-14T12:16:35","slug":"ozbekiston-tadbirkorlik-biznes-va-khizmat-korsatish-sohalari-khodimlari-kasaba-uyushmasining-v-qurultoyi-natizhalari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/2025\/08\/14\/ozbekiston-tadbirkorlik-biznes-va-khizmat-korsatish-sohalari-khodimlari-kasaba-uyushmasining-v-qurultoyi-natizhalari\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston Tadbirkorlik, biznes va xizmat ko\u2018rsatish sohalari xodimlari kasaba uyushmasining V Qurultoyi natijalari"},"content":{"rendered":"<p><strong>14.08.2025.<\/strong> Joriy yil kasaba uyushmalari harakati uchun tarixiy ahamiyatga ega bo\u2018lib, 2025 yilda uning 120 yilligi keng nishonlanmoqda. Shu munosabat bilan O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan maxsus chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Unga muvofiq, kasaba uyushmalarining barcha darajadagi tashkilotlarida \u201cKasaba uyushmalari haftaligi\u201d yuqori saviyada tashkil etildi. Tadbirlarda jamoatchilik faol jalb etildi va faoliyat yuksak ruhda o\u2018tdi.<\/p>\n<p>Aytish joizki, aynan shu yilda kasaba uyushmalari tashkilotlarining ortda qolgan besh yillik faoliyati yakunlandi, amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot berildi va kelgusi besh yil uchun ustuvor vazifalar belgilab olindi. Hisobot-saylov yig\u2018ilishlarida tashkilotlarning ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi ishtiroki, xodimlar manfaatlarini himoya qilish bo\u2018yicha ko\u2018rilgan choralar, jamoa shartnomalarining ijrosi hamda kasaba uyushmalari faoliyatining boshqa muhim yo\u2018nalishlari atroflicha tahlil qilinib, tegishli xulosalar chiqarildi.<\/p>\n<p>Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Bosh Kengashining 2024 yil 24 dekabrdagi qaroriga muvofiq, 2025 yilda O\u2018zbekiston kasaba uyushmalarida hisobot-saylov kampaniyasi boshlandi. Shu doirada joriy yilning 9 avgusti kuni Federatsiyaning \u201cMalaka oshirish\u201d instituti o\u2018quv markazida O\u2018zbekiston Tadbirkorlik, biznes va xizmat ko\u2018rsatish sohalari xodimlari kasaba uyushmasining V Qurultoyi bo\u2018lib o\u2018tdi.<\/p>\n<p>Qurultoyda Qoraqalpog\u2018iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar konferensiyalarida saylangan delegatlar, O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi rahbariyati, hamkor ijtimoiy sherik tashkilotlar \u2014 O\u2018zbekiston Savdo-sanoat palatasi, \u201cO\u2018zcharmsanoat\u201d, \u201cO\u2018zto\u2018qimachiliksanoat\u201d, \u201cHunarmand\u201d uyushmalari, \u201cO\u2018zbekiston iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi\u201d, shuningdek, \u201cKo\u2018zi ojizlar\u201d va \u201cKarlar\u201d jamiyatlari Markaziy boshqaruvlari, yirik kompaniyalar va tashkilotlar rahbarlari, mehnat faxriylari va mehmonlar ishtirok etdi.<\/p>\n<p>Tarmoq kasaba uyushmasi faoliyati natijasida tizimdagi boshlang\u2018ich tashkilotlar soni 2020 yildagi 2 611 tadan 2025 yilda 3 261 taga, a&#8217;zolar soni esa 274 795 tadan 602 086 nafargacha ko\u2018paydi. Shunday qilib, besh yil mobaynida a&#8217;zolar soni qariyb ikki barobarga ortdi.<\/p>\n<p>Hisobot davrida kasaba uyushmasi faoliyati hududiy tashkilotlarning boshqaruv samaradorligini oshirish, resurslarni markazlashtirish va tizimni zamonaviy talablarga moslashtirishga qaratildi. Shu maqsadda hududiy birlashgan qo\u2018mitalar har tomonlama qo\u2018llab-quvvatlandi, ularning moliyaviy barqarorligi ta&#8217;minlandi va kadrlar salohiyatini kuchaytirishga alohida e&#8217;tibor qaratildi.<\/p>\n<p>V Qurultoyda 2021\u20132025 yillardagi faoliyat sarhisob qilindi, Taftish komissiyasi hisoboti eshitildi va ushbu masalalar yuzasidan delegatlar Respublika Kengashi faoliyatini qoniqarli deb baholadilar. Shuningdek, Ustavga kiritilgan qo\u2018shimcha va o\u2018zgartirishlar qabul qilinib, 2025\u20132030 yillarga mo\u2018ljallangan strategiya ma&#8217;qullandi.<\/p>\n<p>Strategiyada Xalqaro mehnat tashkiloti konvensiyalari, yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi talablari, gender audit o\u2018tkazish, yuridik shaxs maqomiga ega bo\u2018lmagan tashkilotlarni hisobga qo\u2018yish, jamoa shartnomalarini va ijtimoiy sheriklikni mustahkamlash, mehnat muhofazasi va nazoratini kuchaytirish, a&#8217;zolar safini kengaytirish, ayollar va yoshlar uchun maxsus tashabbuslar joriy etish, xususiy sektorda mehnat huquqlarini kafolatlash, fuqarolarni sog\u2018lomlashtirish va samarali dam olishini tashkil etish, xalqaro tajriba hamda norma ijodkorligida faol ishtirok etish belgilangan.<\/p>\n<p>Anjumanda qator tashkiliy masalalar ham ko\u2018rib chiqildi. Jumladan, Tadbirkorlik, biznes va xizmat ko\u2018rsatish sohalari xodimlari Respublika Kengashi rahbariyati, Taftish komissiyasi yangi tarkibi, ijrochi organlar a&#8217;zolari, Federatsiya Bosh Kengashiga vakillar hamda Federatsiyaning IX Qurultoyiga delegatlar saylandi.<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-25209 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/08\/1-4.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/08\/1-4.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/08\/1-4-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/08\/1-4-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/08\/1-4-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-25210 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/08\/2-4.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/08\/2-4.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/08\/2-4-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/08\/2-4-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/08\/2-4-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>14.08.2025. Joriy yil kasaba uyushmalari harakati uchun tarixiy ahamiyatga ega bo\u2018lib, 2025 yilda uning 120 yilligi keng nishonlanmoqda. Shu munosabat bilan O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan maxsus chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Unga muvofiq, kasaba uyushmalarining barcha darajadagi tashkilotlarida \u201cKasaba uyushmalari haftaligi\u201d yuqori saviyada tashkil etildi. Tadbirlarda jamoatchilik faol jalb etildi va faoliyat yuksak ruhda o\u2018tdi. [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[27,24],"tags":[],"class_list":["post-25208","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-zashhita-socialno-ekonomicheskix-interesov","category-novosti-v-slajdere"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/25208","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=25208"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/25208\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":25211,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/25208\/revisions\/25211"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=25208"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=25208"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=25208"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}