{"id":25258,"date":"2025-08-21T16:21:44","date_gmt":"2025-08-21T16:21:44","guid":{"rendered":"https:\/\/kasaba.uz\/?p=25258"},"modified":"2025-08-21T16:21:44","modified_gmt":"2025-08-21T16:21:44","slug":"genderga-oid-auditga-yangicha-yondoshuv","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/2025\/08\/21\/genderga-oid-auditga-yangicha-yondoshuv\/","title":{"rendered":"Genderga oid auditga yangicha yondoshuv"},"content":{"rendered":"<p><strong>21.08.2025.<\/strong> Mamlakatimizda so\u2018nggi yillarda jamiyatda gender tengligini ta&#8217;minlash, xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlar yaratish muhim siyosiy tamoyillardan biriga aylanmoqda.<\/p>\n<p>Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan ham bu borada keng ko\u2018lamli ishlar amalga oshirilmoqda. O\u2018tgan davr mobaynida \u201cXotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to\u2018g\u2018risida\u201dgi O\u2018zbekiston Respublikasi Qonuniga qo\u2018shimcha va o\u2018zgartirishlar kiritish haqidagi Qonunga muvofiq jami 5 ta vazirlik va ularning tuzilmaviy tashkilotlarida genderga oid audit o\u2018tkazildi hamda natijalar asosida tahliliy ma&#8217;lumotlar tayyorlanib, belgilangan muddatlarda Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo\u2018yicha Respublika komissiyasiga taqdim etildi.<\/p>\n<p>O\u2018tkazilgan tahlillar natijasida mavjud uslubiyatni zamonaviy va xalqaro talablarga muvofiqlashtirish, audit jarayonidagi yondashuvlarni yanada takomillashtirish hamda uni institusional darajada ishonchli va tizimli mexanizmga aylantirish zarurati yuzaga keldi.<\/p>\n<p>Shundan kelib chiqib, Respublika komissiyasi majlisining 2025 yil 26 maydagi 14-sonli bayonnomasi bilan genderga oid auditni yanada samarali tashkil etish va uning natijadorligini oshirish maqsadida Davlat organlari va tashkilotlarida genderga oid auditni o\u2018tkazishning yangi tahrirdagi Uslubiyati tasdiqlandi.<\/p>\n<p>Uslubiyatda genderga oid auditni nafaqat Respublika tashkilotlarida, balki hududiy, tuman (shahar) va tashkilotlar miqyosida o\u2018tkazish, shuningdek, tarmoq kasaba uyushmalari Respublika kengashlari ijtimoiy sherik boshqaruv organlari bilan hamkorlikda quyi tizimgacha genderga oid audit o\u2018tkazish va muvofiqlashtirish uchun belgilangan muddatlarda axborot va takliflarni Federatsiyaga taqdim etib borishi kabi qator vazifalar belgilangan.<\/p>\n<p>Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan tarmoq respublika kengashlari, ularning ijtimoiy sherik organlari va hududiy kengashlar xodimlaridan iborat tarkibda tashkil etilgan genderga oid auditorlar guruhlari uchun joriy yil 19 avgust kuni yangi tahrirdagi Uslubiyat mazmun-mohiyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida amaliy seminar tashkil etildi.<\/p>\n<p>Mazkur seminarda Kasaba uyushmalari Federatsiyasi xodimlari, tarmoq kasaba uyushmalari va hududiy kengashlar mas&#8217;ul xodimlari, vazirliklardan auditorlar guruhi a&#8217;zolari hamda soha mutaxassislari ishtirok etishdi. Ular tomonidan Uslubiyatda belgilangan vazifalar, auditni tashkil etish mexanizmlari hamda xalqaro tajribaga asoslangan yondashuvlar mavzulari keng muhokama qilindi.<\/p>\n<p>Kunning ikkinchi yarmida seminar amaliy tarzda o\u2018tkazildi. Kichik guruhlarga bo\u2018linib tashkil etilgan mashg\u2018ulotlarda auditorlar guruhlari a&#8217;zolari genderga oid auditning mazmun-mohiyati bilan yanada chuqurroq tanishtirildi.<\/p>\n<p>Unda so\u2018z olgan Ichki ishlar vazirligi mas&#8217;ul xodimi Nargiza Mirjalolova shunday dedi: \u201cUshbu seminar orqali biz o\u2018zimizga kerakli ma&#8217;lumotlarni hamda qiziqtirgan savollarimizga javoblarni oldik. Ayniqsa, genderga oid audit o\u2018tkazilishi rejalashtirilgan vazirliklar uchun oldindan batafsil tushunchalar olinishi yaxshi natijalarga erishishimizga xizmat qiladi. O\u2018ylaymanki, bugungi tadbir men kabi barcha ishtirokchilar uchun manfaatli bo\u2018ldi\u201d.<\/p>\n<p>Seminar yakunida ishtirokchilar bilan savol-javoblar o\u2018tkazildi, ularning fikr-mulohazalari va takliflari tinglandi hamda ularni amaliyotga tatbiq etish yuzasidan kelishib olindi.<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-25259 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/08\/1-12.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/08\/1-12.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/08\/1-12-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/08\/1-12-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/08\/1-12-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>21.08.2025. Mamlakatimizda so\u2018nggi yillarda jamiyatda gender tengligini ta&#8217;minlash, xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlar yaratish muhim siyosiy tamoyillardan biriga aylanmoqda. Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan ham bu borada keng ko\u2018lamli ishlar amalga oshirilmoqda. O\u2018tgan davr mobaynida \u201cXotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to\u2018g\u2018risida\u201dgi O\u2018zbekiston Respublikasi Qonuniga qo\u2018shimcha va o\u2018zgartirishlar kiritish haqidagi [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[28,24],"tags":[],"class_list":["post-25258","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-28","category-novosti-v-slajdere"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/25258","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=25258"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/25258\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":25260,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/25258\/revisions\/25260"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=25258"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=25258"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=25258"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}