{"id":25531,"date":"2025-09-10T15:55:12","date_gmt":"2025-09-10T15:55:12","guid":{"rendered":"https:\/\/kasaba.uz\/?p=25531"},"modified":"2025-09-10T16:12:57","modified_gmt":"2025-09-10T16:12:57","slug":"khalqaro-mehnat-standartlarini-ilgari-surishda-kasaba-uyushmalarining-roli-khalqaro-amaliyot-va-ozbekiston-tazhribasi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/2025\/09\/10\/khalqaro-mehnat-standartlarini-ilgari-surishda-kasaba-uyushmalarining-roli-khalqaro-amaliyot-va-ozbekiston-tazhribasi\/","title":{"rendered":"Xalqaro mehnat standartlarini ilgari surishda kasaba uyushmalarining roli: xalqaro amaliyot va O\u2018zbekiston tajribasi"},"content":{"rendered":"<p><strong>10.09.2025.<\/strong> Toshkentda O\u2018zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tashabbusi bilan Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) va Xalqaro kasaba uyushmalari Konfederatsiyasi (XKUK) hamkorligida tashkil etilgan \u00abXalqaro mehnat standartlarini ilgari surishda kasaba uyushmalarining roli: xalqaro amaliyot va O\u2018zbekiston tajribasi\u00bb mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaning birinchi kuni bugun yakunlandi.<\/p>\n<p>Xalqaro anjumanning birinchi yalpi majlisini O\u2018zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi Qudratilla Rafikov olib bordi.<\/p>\n<p>Konferensiya ishida XMT, XKUK, XKUK Umumevropa mintaqaviy kengashi mutasaddilari, 30 ga yaqin mamlakatdan nufuzli xalqaro ekspertlar va yirik olimlar, O\u2018zbekistonda akkreditasiyadan o\u2018tgan diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlar vakillari, shuningdek Albaniya, Armaniston, Bolgariya, Braziliya, Gruziya, Janubiy Afrika Respublikasi, Zambiya, Koreya, Keniya, Latviya, Litva, Mongoliya, Moldova, Nigeriya, Ozarbayjon, Somali, Tojikiston, Turkiya, Turkmaniston, Ukraina, Qirg\u2018iziston, Qozog\u2018iston, Quvayt kabi mamlakatlar kasaba uyushma markazlari rahbarlari ishtirok etdilar. Anjumanda, shuningdek, O\u2018zbekiston Respublikasi Parlamenti a&#8217;zolari, Hukumat vakillari, vazirlik va idoralar, fuqarolik jamiyati institutlari rahbarlari, O\u2018zbekiston kasaba uyushmalarining 60 dan ortiq vakillari hamda ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklari jurnalistlari qatnashdilar.<\/p>\n<p>Keng qamrovli mazkur anjumanning asosiy maqsadi \u2014 Prezident tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan \u00abO\u2018zbekiston\u20132030\u00bb Strategiyasi doirasida yurtimizda izchil tatbiq etilayotgan yangicha ijtimoiy siyosatning mazmun-mohiyati va natijalarini jahon hamjamiyatiga yetkazish, shuningdek xalqaro mehnat standartlarini yanada ilgari surish borasida tajriba almashish va kasaba uyushmalarining sa&#8217;y-harakatlarini birlashtirishdir.<\/p>\n<p>Ta&#8217;kidlash joizki, mazkur xalqaro konferensiya xalqaro mehnat standartlarini ilgari surish masalalari bo\u2018yicha taklif va fikrlarni konstruktiv muhokama qilish uchun qulay maydon bo\u2018lib xizmat qildi. Anjuman formati O\u2018zbekistonning ochiqligi, xalqaro va xorijiy tajribani o\u2018rganish hamda amaliyotga joriy etishga tayyorligini namoyon etdi.<\/p>\n<p>Xalqaro anjumanda Qudratilla Rafikov Markaziy Osiyo mintaqasida yangi tamoyillar kuchayib borayotgani, ko\u2018p yillik muammolarni hal etish, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish, aholining barcha qatlamlari ijtimoiy himoyasini kuchaytirish uchun imkoniyatlar ochilayotganini ta&#8217;kidladi.<\/p>\n<p>\u2014 Xalqaro ilmiy-amaliy konferensamizning ahamiyatini nafaqat mavzu, balki global voqelik ham belgilaydi, \u2014 dedi Qudratilla Rafikov. \u2014 Biz mehnat qonunchiligi va standartlarinigina muhokama qilmaymiz. Biz har kuni oilasini boqish va farzandlarining munosib kelajagini ta&#8217;minlash uchun ishga boradigan insonlar taqdiri haqida gapiramiz. Shu bois ham anjumanimizning mavzusi global ahamiyatga ega.<\/p>\n<p>Qayd etilganidek, mehnat sohasining kelajagi ijtimoiy adolat, tenglik va ishtiroki tamoyillariga asoslanib shakllanishi zarur.<\/p>\n<p>Bugun O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Yangi O\u2018zbekiston sharoitida \u2014 dunyoga ochiq, islohotlarga va xalqaro jarayonlarga integratsiyalashuvga intilayotgan mamlakatda \u2014 faoliyat ko\u2018rsatmoqda. Yangi O\u2018zbekiston qurilishi \u00abInson sha&#8217;ni va qadr-qimmati, uning baxti uchun\u00bb tamoyiliga asoslangan. Prezident Shavkat Mirziyoev rahbarligida mamlakat jahon iqtisodiyotiga faol integratsiyalashib, dinamik aloqalarni rivojlantirmoqda va xalqaro bozorlarga chiqmoqda. Integratsiya \u2014 faqat sarmoya va savdogina emas, balki yuksak mas&#8217;uliyat hamdir.<\/p>\n<p>Paxta sanoati misolida ta&#8217;kidlandiki, Prezidentning qat&#8217;iy siyosiy irodasi tufayli tarmoq tubdan yangicha shakl kasb etdi: bir paytlar O\u2018zbekistonga faqat xomashyo bazasi sifatida qaralgan bo\u2018lsa, bugun asosiy vazifa \u2014 butun ta&#8217;minot zanjiri shaffofligini ta&#8217;minlash (daladan tortib Yevropa do\u2018konlaridagi peshtaxtalargacha). Zanjirning har bir bo\u2018g\u2018ini xalqaro standartlarga mos kelishi shart. Bu shunchaki talab emas \u2014 mamlakatga bo\u2018lgan ishonch va obro\u2018 kafolatidir.<\/p>\n<p>Dunyodagi murakkab vaziyatga qaramay, O\u2018zbekiston iqtisodiyoti 6 foizdan yuqori barqaror o\u2018sish sur&#8217;atlarini namoyon etmoqda. So\u2018nggi to\u2018qqiz yilda yalpi ichki mahsulot ikki barobarga oshib, o\u2018tgan yili 115 milliard dollarga yetdi, eksport hajmi esa 26 milliard dollarni tashkil etdi.<\/p>\n<p>Davlat rahbari tashabbusi bilan \u00abInson manfaatlari barcha narsadan ustun\u00bb tamoyili hayotga tatbiq etilmoqda, aholi farovonligini izchil oshirishga qaratilgan maqsadli dasturlar amalga oshirilmoqda. Yangi ijtimoiy himoya modeli yaratildi: ehtiyojmand aholi bilan individual ishlash tizimi yo\u2018lga qo\u2018yildi, 110 turdagi yordam va xizmatlar ko\u2018rsatilmoqda. Natijada kambag\u2018allik darajasi 6,8 foizga pasaydi. Yangi O\u2018zbekiston \u2014 huquqiy davlat, unda inson huquq va erkinliklari, manfaatlari va qadr-qimmati ustuvor.<\/p>\n<p>Anjuman ishtirokchilari ta&#8217;kidlashlaricha, O\u2018zbekistondagi islohotlar mamlakatning yangi tarixini boshlab berdi: ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va boshqa yo\u2018nalishlardagi yangilanishlar dunyo hamjamiyati bilan to\u2018liq integratsiyaga xizmat qilmoqda. Xususan, XMT bilan yaqin hamkorlikda qisqa vaqt ichida bolalar mehnati va majburiy mehnatga barham berildi, kambag\u2018allik keskin qisqardi, fuqarolarni xorijda ishga joylashtirish tartibi soddalashtirildi, ta&#8217;lim, tibbiyot va madaniyat xodimlari hamda byudjetdan moliyalashadigan boshqa tarmoqlar xodimlariga mehnat haqi to\u2018lash shartlari takomillashtirildi.<\/p>\n<p>Yangi O\u2018zbekistonning har tomonlama rivojlanishida kasaba uyushmalari faol ishtirok etmoqda. Ular Hukumat va ish beruvchilar bilan birgalikda ijtimoiy muloqotning asosiy ishtirokchilariga aylandi. Bu teng huquqli muloqot barqarorlik, manfaatlar mutanosibligi va millionlab fuqarolar hayotini yaxshilashning asosidir.<\/p>\n<p>Anjumanda, shuningdek, bu yil O\u2018zbekistonda kasaba uyushmalari harakatiga 120 yil to\u2018lishi qayd etildi.<\/p>\n<p>Bugungi kunda O\u2018zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi 14 ta tarmoq va barcha hududlardagi 7 milliondan ortiq mehnatkashni birlashtirgan yirik jamoat tashkilotidir. Ijtimoiy sheriklik asosida Hukumat, O\u2018zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi va Ish beruvchilar Konfederatsiyasi o\u2018rtasida Bosh jamoa kelishuvi, mamlakat miqyosida 100 dan ortiq tarmoq va 14 ta hududiy jamoa kelishuvlari, korxonalarda esa 130 mingga yaqin jamoa shartnomalari tuzilgan va amal qilmoqda. Tizimda kasaba uyushmalari inspeksiyasi, yuridik xizmat va mehnatni muhofaza qilish xizmati samarali ishlamoqda. Yoshlar, xotin-qizlar va faxriylar kengashlari faoliyat yuritmoqda. Mehnatkashlar va ularning oila a&#8217;zolari o\u2018rtasida keng ko\u2018lamli sog\u2018lomlashtirish ishlari olib borilmoqda.<\/p>\n<p>Birgina 2024 yilning o\u2018zida kasaba uyushmalari inspeksiyasi tomonidan fuqarolarning 6 mingdan ortiq murojaatlari ko\u2018rib chiqilib, 106 mingdan ortiq mehnatkashning huquqlari tiklandi va ular foydasiga 108 milliard so\u2018mdan ortiq mablag\u2018 undirib berildi.<\/p>\n<p>Joriy yilda tizimda o\u2018tkazilgan hisobot-saylov kampaniyasi kasaba uyushmalarining hamjihatligi, demokratiya, kollegiallik va fikrlar xilma-xilligiga sodiqligini namoyon etdi. Barcha darajadagi organlar rahbarlari va o\u2018rinbosarlari muqobillik asosida, yashirin ovoz berish yo\u2018li bilan saylandi. Yakunlarga ko\u2018ra, boshlang\u2018ich tashkilotlar rahbarlarining 20 foizi, tarmoq birlashgan qo\u2018mitalari va hududiy bo\u2018linmalar rahbarlarining 36 foizi yangilandi.<\/p>\n<p>Anjumanda globallashuv, raqamlashtirish, geosiyosiy keskinlik va jahon savdosidagi uzilishlar sharoitida norasmiy va nostandart bandlik o\u2018sishi mehnat bozori deformasiyasi, iqtisodiy beqarorlik va ijtimoiy tengsizlikni kuchaytirayotgani ta&#8217;kidlandi. Bu esa inson huquqlarini himoya qilish, munosib mehnatni ta&#8217;minlash va ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlashga qaratilgan xalqaro mehnat standartlarini samarali joriy etish zarurligini yanada oshirmoqda. Kasaba uyushmalari mehnatkashlar huquq va manfaatlarini himoya qilish, muzokaralar yuritish, qonun ijodkorligida ishtirok etish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish orqali adolatli mehnat munosabatlarini shakllantirishga muhim hissa qo\u2018shmoqda. Shu bilan birga, aholi bandligini kengaytirish bo\u2018yicha yutuqlarga qaramay, dunyo aholisining katta qismi samarali ijtimoiy-iqtisodiy siyosat imtiyozlaridan to\u2018liq foydalana olmayotgani qayd etildi.<\/p>\n<p>Qayd etilganidek, raqamlashtirish va sun&#8217;iy intellekt millionlab ish o\u2018rinlari taqdirini belgilamoqda: dunyo bo\u2018ylab deyarli har to\u2018rtinchi ishchi kasbiy o\u2018zgarishga duch kelishi mumkin. XKUKning mehnatkashlar huquqlari bo\u2018yicha Global indeksiga ko\u2018ra, dunyoning besh hududidan uchtasida vaziyat yomonlashgan.<\/p>\n<p>Mavjud sharoit kasaba uyushmalaridan iqtisodiy o\u2018sish natijalarini mehnat va kapital o\u2018rtasida adolatli taqsimlanishini ta&#8217;minlash uchun bandlik, ish vaqti va ijtimoiy himoya masalalariga jiddiy e&#8217;tibor qaratishni talab etmoqda.<\/p>\n<p>Ishtirokchilar O\u2018zbekistonning jahon iqtisodiyotiga faol integratsiyalashayotgani, xalqaro bozorlarga chiqishi jadallashayotganini ta&#8217;kidladilar. So\u2018nggi sakkiz yilda YaIM barqaror o\u2018sib bordi. Bu natijalar Prezident Shavkat Mirziyoevning tadbirkorlikni qo\u2018llab-quvvatlash, zamonaviy sanoat majmualarini barpo etish, \u00abyashil\u00bb va innovasion iqtisodiyotga o\u2018tish, qayta tiklanuvchi energiya manbalari, axborot texnologiyalari, turizm va moliyaviy xizmatlarni rivojlantirishga qaratilgan uzoqni ko\u2018zlagan siyosatining samarasidir. Qurilish, qishloq xo\u2018jaligi, yengil sanoat, elektrotexnika, mashinasozlik va farmasevtika sohalarida ham katta o\u2018zgarishlar kuzatildi. Shuningdek, aholining ijtimoiy himoyasiga ajratilayotgan mablag\u2018lar sezilarli oshdi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston XMTning 25 ta konvensiyasini, shu jumladan barcha fundamental va ustuvor konvensiyalarni ratifikasiya qilgan. Mustaqillikning dastlabki 25 yilida 13 ta konvensiya, so\u2018nggi sakkiz yilda esa 12 ta konvensiya va 1 ta protokol ratifikasiya qilindi. Yangilangan Konstitusiyada bolalar mehnati va majburiy mehnatni ta&#8217;qiqlash, kamsitmaslik, teng qiymatdagi mehnatga teng haq, xavfsiz mehnat sharoitlari, yillik haq to\u2018lanadigan ta&#8217;til va pensiya ta&#8217;minoti huquqlari kabi qadriyatlar mustahkamlandi. \u00abKasaba uyushmalari to\u2018g\u2018risida\u00bb, \u00abMehnatni muhofaza qilish to\u2018g\u2018risida\u00bb, \u00abAholi bandligi to\u2018g\u2018risida\u00bb, \u00abAyollar va erkaklarning teng huquq va imkoniyatlarining kafolatlari to\u2018g\u2018risida\u00bbgi qonunlar qabul qilindi. Ratifikasiya qilingan va qilinmagan konvensiyalar me&#8217;yorlarini ham qamrab olgan yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi qabul qilindi.<\/p>\n<p>Xalqaro anjuman davomida milliy va xalqaro ekspertlar xalqaro mehnat standartlarini ilgari surish, inson manfaatlari va yashash-mehnat qilish huquqlarini ta&#8217;minlashda kasaba uyushmalarining bevosita ishtiroki, bandlik darajasini oshirish, ijtimoiy himoya va barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tamoyillari bo\u2018yicha fikr va tajribalari bilan o\u2018rtoqlashdilar.<\/p>\n<p>Xususan, 1-sessiyada O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi, Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari bo\u2018yicha Milliy komissiya raisi Tanzila Narbaeva \u00abXMT konvensiyalarining O\u2018zbekiston milliy huquqiy tizimiga implementasiya qilinishi: amaldagi holat va istiqbollar\u00bb mavzusida ma&#8217;ruza qildi. Xalqaro tashkilotlar mutasaddilari \u00abXMT siyosatini ishlab chiqish va faoliyatida kasaba uyushmalari muammo va manfaatlarini hisobga olishda ACTRAV faoliyati\u00bb haqida so\u2018z yuritdilar. 2-sessiya \u00abXalqaro mehnat standartlarini ilgari surishning mintaqaviy va sohaviy jihatlari\u00bbga bag\u2018ishlandi. 3-sessiyada xalqaro ekspert (Finlandiya) Kari Tapiola \u00abPaxta dalalarida ishonchni mustahkamlash: XMTning O\u2018zbekistondagi faoliyati\u00bb mavzusida, xorijiy kasaba markazlari rahbarlari \u00abMilliy kasaba markazlarining xalqaro mehnat standartlarini ilgari surishdagi strategiya va taktikasi\u00bb mavzusida ma&#8217;ruza qildilar. O\u2018zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi Qudratilla Rafikov \u00abXMT bilan hamkorlikni rivojlantirishda O\u2018zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasining roli\u00bb haqida so\u2018zladi.<\/p>\n<p>Shuningdek, anjumanda ACTRAV direktori Mariya Xelena Andre va XKUK Bosh kotibi Lyuk Triangl tomonidan yo\u2018llangan videomurojaatlar namoyish etildi.<\/p>\n<p>Ishtirokchilar O\u2018zbekistondagi ijobiy o\u2018zgarishlar har kuni va har qadamda namoyon bo\u2018layotganini, islohotlar barcha jabha va sohalarni qamrab olayotganini ta&#8217;kidladilar. Bu yo\u2018nalishlar bo\u2018yicha ishlar puxta o\u2018ylangan davlat dasturlari asosida amalga oshirilmoqda.<\/p>\n<p>Yangilanishlar jarayonida O\u2018zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi faol ishtirok etib, mehnatkashlar manfaatlarini ta&#8217;minlash yo\u2018lida izchil ishlar olib bormoqda. Mazkur tadbirlar Hukumat, O\u2018zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi va Ish beruvchilar Konfederatsiyasi o\u2018rtasida imzolangan Bosh jamoa kelishuviga kiritilgan. Tarmoq va hududiy jamoa kelishuvlari hamda jamoa shartnomalari xodimlar va ularning oila a&#8217;zolarini ijtimoiy qo\u2018llab-quvvatlashga yo\u2018naltirilgan kompleks chora-tadbirlarni o\u2018z ichiga oladi. Ushbu lokal hujjatlarga muvofiq kasaba uyushmalari xodimlarning real daromadlarini bosqichma-bosqich oshirish, mehnat bozorida talab yetilgan kadrlar tayyorlash tizimini kengaytirish, ishsiz fuqarolarni o\u2018qitish va qayta tayyorlash ishlarida hamkorlik qilmoqda. Federatsiya dasturiy hujjatlariga ko\u2018ra, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarning manfaatlarini himoyalash, yolg\u2018iz keksalar, pensionerlar, nogironligi bo\u2018lgan shaxslar, kam ta&#8217;minlangan va ko\u2018p bolali oilalarni qo\u2018llab-quvvatlash borasida davlat organlari va ish beruvchilar bilan hamkorlikda tizimli ishlar yo\u2018lga qo\u2018yilgan. Bandlikning noan&#8217;anaviy shakllarida mehnat qilayotgan shaxslar hamda ularning oilalarini ijtimoiy himoya qilish choralari ishlab chiqilmoqda va amalga oshirilmoqda.<\/p>\n<p>Anjumanda bildirilgan fikr-mulohazalar va takliflardan kelib chiqib, ishtirokchilar ijtimoiy muloqotni kuchaytirish, xalqaro mehnat standartlarini ilgari surish, kuchli ijtimoiy himoya sohasida hamkorlikni rivojlantirish hamda barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish masalalarini muhokama etdilar.<\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>Muhabbat O\u2018rmonbekova<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Matbuot xizmati rahbari<\/strong><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-25544 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/4480.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/4480.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/4480-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/4480-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/4480-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-25532 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/4479.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/4479.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/4479-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/4479-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/4479-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-25533 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/4481.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/4481.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/4481-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/4481-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/4481-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-25534 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/4482.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/4482.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/4482-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/4482-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/4482-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-25535 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/4483.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/4483.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/4483-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/4483-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/4483-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-25536 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/4485.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/4485.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/4485-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/4485-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/4485-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-25537 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/4486.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/4486.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/4486-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/4486-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/4486-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-25538 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/4476.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/4476.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/4476-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/4476-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/4476-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-25540 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/4488.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/4488.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/4488-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/4488-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/4488-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>10.09.2025. Toshkentda O\u2018zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tashabbusi bilan Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) va Xalqaro kasaba uyushmalari Konfederatsiyasi (XKUK) hamkorligida tashkil etilgan \u00abXalqaro mehnat standartlarini ilgari surishda kasaba uyushmalarining roli: xalqaro amaliyot va O\u2018zbekiston tajribasi\u00bb mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaning birinchi kuni bugun yakunlandi. Xalqaro anjumanning birinchi yalpi majlisini O\u2018zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi Qudratilla Rafikov olib [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[27,20,24],"tags":[],"class_list":["post-25531","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-zashhita-socialno-ekonomicheskix-interesov","category-mezhdunarodnaya-rabota","category-novosti-v-slajdere"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/25531","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=25531"}],"version-history":[{"count":4,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/25531\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":25545,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/25531\/revisions\/25545"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=25531"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=25531"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=25531"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}