{"id":25569,"date":"2025-09-11T15:48:11","date_gmt":"2025-09-11T15:48:11","guid":{"rendered":"https:\/\/kasaba.uz\/?p=25569"},"modified":"2025-09-11T15:48:11","modified_gmt":"2025-09-11T15:48:11","slug":"%d1%85%d0%b0%d0%bb%d2%9b%d0%b0%d1%80%d0%be-%d0%b8%d0%bb%d0%bc%d0%b8%d0%b9-%d0%b0%d0%bc%d0%b0%d0%bb%d0%b8%d0%b9-%d0%ba%d0%be%d0%bd%d1%84%d0%b5%d1%80%d0%b5%d0%bd%d1%86%d0%b8%d1%8f-%d1%8f%d0%ba%d1%83","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/2025\/09\/11\/%d1%85%d0%b0%d0%bb%d2%9b%d0%b0%d1%80%d0%be-%d0%b8%d0%bb%d0%bc%d0%b8%d0%b9-%d0%b0%d0%bc%d0%b0%d0%bb%d0%b8%d0%b9-%d0%ba%d0%be%d0%bd%d1%84%d0%b5%d1%80%d0%b5%d0%bd%d1%86%d0%b8%d1%8f-%d1%8f%d0%ba%d1%83\/","title":{"rendered":"Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya yakuniga ko\u2018ra Toshkent rezolyusiyasi qabul qilindi"},"content":{"rendered":"<p><strong>11.09.2025.<\/strong> Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 10-11 sentyabr&#8217; kunlari Toshkentda O\u2018zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tashabbusi bilan Xalqaro mehnat tashkiloti va Xalqaro kasaba uyushmalari konfederatsiyasi hamkorligida tashkil etilgan \u201cXalqaro mehnat standartlarini ilgari surishda kasaba uyushmalarining roli: xalqaro amaliyot va O\u2018zbekiston tajribasi\u201d mavzuidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo\u2018lib o\u2018tdi.<\/p>\n<p>Konferensiya ishida Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT), Xalqaro kasaba uyushmalari Konfederatsiyasi (XKUK), Xalqaro kasaba uyushmalari Konfederatsiyasi Umumevropa mintaqaviy kengashi mutasaddilari, 30 ga yaqin mamlakatdan nufuzli xalqaro ekspertlar va yirik olimlar, O\u2018zbekistonda akkreditasiyadan o\u2018tgan diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar.<\/p>\n<p>Anjumanning 2-kuni ishtirokchilar 3 ta seksiyaga bo\u2018lingan holda ishni davom ettirdilar. Xususan, Xalqaro kasaba uyushmalari Konfederatsiyasi (XKUK) Umumevropa mintaqaviy kengashi ijrochi kotibi Anton\u00a0\u00a0Leppik moderatorligidagi 1-seksiyada \u00abBirlashmalar erkinligi, jamoaviy muzokaralar, uch tomonlama maslahatlashuvlar, bolalar mehnatiga va majburiy mehnatga yo\u2018l qo\u2018ymaslik, ijtimoiy himoya, onalikni muhofaza qilish\u00bb, xalqaro ekspert (Estoniya) Xarri\u00a0\u00a0Taliga moderatorligidagi 2-seksiyada \u00abImkoniyatlar va muomala tengligi, mehnat sohasini boshqarish, inspeksiya, bandlik, kasbiy tayyorgarlik, muhojirlar va xodimlarning ayrim toifalari mehnati\u00bb, Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) Mehnatkashlar faoliyati bo\u2018yicha Byurosi (ACTRAV)ning Yevropa va Markaziy Osiyo sektori mudiri Sergeyus\u00a0\u00a0Glovaskas moderatorligidagi 3-seksiyada \u00abIsh haqi, ish vaqti va dam olish vaqti, mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi\u00bb masalalari muhokama etildi.<\/p>\n<p>Shundan so\u2018ng ikkinchi yalpi majlis davomida seksiyalar ishi yakunlari va Xalqaro konferensiya Tavsiyalari loyihasi yuzasidan takliflar ishlab chiqildi. Xususan, Albaniya, Armaniston, Bolgariya, Braziliya, Gruziya, Janubiy Afrika Respublikasi, Zambiya, Koreya, Keniya, Latviya, Litva, Mongoliya, Moldova, Nigeriya, Ozarbayjon, Somali, Tojikiston, Turkiya, Turkmaniston, Ukraina, Qirg\u2018iziston, Qozog\u2018iston, Quvayt kabi horijiy davlatlarning kasaba uyushma markazlari rahbarlari ishtirok etgan nufuzli xalqaro konferensiyada mehnat sohasining kelajagi, uning ijtimoiy adolat, tenglik va ishtirok etish tamoyillariga asoslangan holda shakllanishi, kasaba uyushmalarining xalqaro mehnat standartlarini ilgari surishdagi roli masalalari muhokama etildi.<\/p>\n<p>Anjuman ishtirokchilari O\u2018zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan Toshkent shahrida o\u2018tkazilgan mazkur tadbir xalqaro mehnat me&#8217;yorlarini yanada ilgari surish borasida tajriba almashish va sa&#8217;y-harakatlarni birlashtirish bo\u2018yicha muhim platformaga aylanganini alohida ta&#8217;kidladilar.<\/p>\n<p>Xalqaro konferensiya ishida Xalqaro mehnat tashkiloti, Xalqaro Kasaba uyushmalari konfederatsiyasi va uning Butunevropa mintaqaviy kengashi, Global federatsiyalar vakillari hamda Amerika, Afrika, Yevropa, Osiyo-Tinch okeani mintaqasi mamlakatlari kasaba uyushmalarining milliy markazlari va O\u2018zbekistondagi tarmoq kasaba uyushmalari rahbarlari, iqtisodiyot va huquq sohasidagi yetakchi olim va ekspertlarning ishtirok etgani xalqaro mehnat me&#8217;yorlarini ilgari surish, konstruktiv ijtimoiy muloqotni yo\u2018lga qo\u2018yish va ushbu yo\u2018nalishda jamoatchilik nazoratini olib borish borasida kasaba uyushmalarining strategiya va taktikasini takomillashtirish bo\u2018yicha aniq tavsiyalar ishlab chiqish imkonini berdi.<\/p>\n<p>Xalqaro valyuta jamg\u2018armasining hisob-kitoblariga ko\u2018ra, joriy yilda O\u2018zbekiston iqtisodiyoti hajmi 130 milliard dollardan oshadi, bunday o\u2018sish sur&#8217;atlari va ekspertlarning yuqori baholari ilgari kuzatilmagan.<\/p>\n<p>Qayd etilganidek, O\u2018zbekistonda oxirgi to\u2018qqiz yil davomida yalpi ichki mahsulot barqaror o\u2018sib bormoqda. Bunday natijalarga Prezidentimiz tashabbuslari bilan tadbirkorlikni faol qo\u2018llab-quvvatlash, zamonaviy sanoat majmualarini barpo etish, \u201cyashil\u201d va innovasion iqtisodiyotga o\u2018tish, qayta tiklanuvchi energiya manbalari, axborot texnologiyalari, turizm va moliyaviy xizmatlarni rivojlantirish tufayli erishilmoqda. Qurilish, qishloq xo\u2018jaligi, to\u2018qimachilik sanoati, elektrotexnika, mashinasozlik, farmasevtika kabi sohalarda misli ko\u2018rilmagan o\u2018zgarishlar ro\u2018y bermoqda. Davlat byudjetining 50 foizdan ko\u2018p qismi aholini ijtimoiy himoya qilishga yo\u2018naltirilmoqda.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasining yangilangan Konstitusiyasiga bolalar mehnati va majburiy mehnatni taqiqlash, kamsitilmaslik va teng qiymatdagi mehnat uchun teng haq to\u2018lash prinsiplari, xavfsiz mehnat sharoitlaridan foydalanish huquqi, yillik haq to\u2018lanadigan ta&#8217;til va pensiya ta&#8217;minoti kabi xalqaro fundamental qadriyatlar o\u2018z aksini topgan. Shuningdek, \u201cKasaba uyushmalari to\u2018g\u2018risida\u201d, \u201cMehnatni muhofaza qilish to\u2018g\u2018risida\u201d, \u201cAholi bandligi to\u2018g\u2018risida\u201d, \u201cXotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlar kafolatlari to\u2018g\u2018risida\u201d, \u201cDavlat fuqarolik xizmati to\u2018g\u2018risida\u201dgi qonunlar, ratifikasiya qilingan va ratifikasiya qilinmagan konvensiyalar qoidalarini o\u2018z ichiga olgan Mehnat kodeksining yangi tahriri qabul qilindi.<\/p>\n<p>Kun tartibidagi masalalarni qizg\u2018in va konstruktiv ruhda muhokama qilish chog\u2018ida Xalqaro konferensiya ishtirokchilari xalqaro mehnat standartlarini ratifikasiya qilish, joriy etish va ularga to\u2018liq rioya qilish, xodimlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishda uch tomonlama ijtimoiy muloqot institutlaridan eng yuqori darajada foydalanishga erishgan milliy kasaba uyushmalari markazlari, shu jumladan O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tajribasini ijobiy baholadilar.<\/p>\n<p>Anjuman ishtirokchilari, shu jumladan, horijiy ekspertlar O\u2018zbekistonda kechayotgan bugungi o\u2018zgarishlar \u00admamlakat yangi \u00adtarixini boshlab bergani, ijtimoiy-\u00adiqtisodiy, siyosiy va boshqa sohalarda yuz \u00adberayotgan \u00adulkan yangilanishlar mamlakatning dunyo hamjamiyati bilan tom \u00adma&#8217;noda \u00adintegratsiyalashuvini ta&#8217;minlayotganini e&#8217;tirof etdilar. Natijada bugun O\u2018zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy, intellektual sohalar qatori ijtimoiy-mehnat munosabatlari va xalqaro mehnat standartlarini hayotga izchil tatbiq etish sohalarida ham yuksak natijalarga erishilayotgani, Hukumat, kasaba uyushmalari va ish beruvchilar tashkilotlari o\u2018rtasida konstruktiv ijtimoiy muloqot yo\u2018lga qo\u2018yilgani alohida ta&#8217;kidlandi. Shuningdek, Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan mamlakatda \u201cInson manfaatlari barcha narsadan ustun\u201d degan oliyjanob g\u2018oyani hayotga tatbiq etishga, aholi farovonligini izchil oshirib borishga yuksak e&#8217;tibor qaratilayotgani, har bir inson va har bir oilaning hayotiy manfaatlariga daxldor bo\u2018lgan eng muhim ijtimoiy masalalarni hal etish uchun maqsadli dasturlar amalga oshirilayotgani ta&#8217;kidlandi. Buning natijasida iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda yirik o\u2018zgarishlar ro\u2018y berayotgani, Yangi O\u2018zbekistonda ijtimoiy himoya siyosatining mutlaqo yangi modeli yaratilgani e&#8217;tirof etildi.<\/p>\n<p>Bunday yangilanishlar jarayonida O\u2018zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi ham faol ishtirok etib, mehnatkashlar manfaatlarini ta&#8217;minlash yo\u2018lida izchil ishlarni olib borayotgani ta&#8217;kidlandi. Mazkur yo\u2018nalishlardagi tadbirlar Hukumat, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi va Ish beruvchilar Konfederatsiyasi o\u2018rtasida imzolangan Bosh kelishuvga kiritilgani, tarmoq va hududiy jamoa kelishuvlari, jamoa shartnomalarining barchasi xodimlar va ularning oila a&#8217;zolarini ijtimoiy qo\u2018llab-quvvatlashga yo\u2018naltirilgan kompleks tadbirlarni o\u2018z ichiga olgani qayd etildi. O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari mazkur lokal hujjatlarga muvofiq xodimlarning real daromadlarini bosqichma bosqich oshirish, mehnat bozorida talab mavjud bo\u2018lgan kadrlarni tayyorlash tizimini kengaytirish, ish bilan band bo\u2018lmagan aholi vakillarini kasbga o\u2018qitish va qayta o\u2018qitish ishlarida hamkorlik ko\u2018rsatmoqda.<\/p>\n<p>Ko\u2018zlangan maqsadlarga ko\u2018ra mazkur nufuzli xalqaro konferensiya bevosita xalqaro mehnat standartlarini ilgari surish bo\u2018yicha anjuman ishtirokchilarining takliflari, fikrlari va tajribalarini konstruktiv muhokama qilish uchun qulay maydon vazifasini o\u2018tadi. Anjumanning aynan shu formatda o\u2018tishi shak-shubhasiz O\u2018zbekistonning xalqaro hamjamiyatga ochiqligini, mazkur yo\u2018nalishda faol, amaliy hamkorlikka, xalqaro va chet el tajribasini o\u2018rganish hamda hayotga tatbiq etishga tayyorligini namoyish qildi.<\/p>\n<p>Yalpi va seksiya majlislaridagi muhokamalar yakunlariga ko\u2018ra anjuman ishtirokchilari tomonidan Xalqaro konferensiyaning Toshkent rezolyusiyasi qabul qilindi.<\/p>\n<p>Xalqaro anjuman doirasida horijiy ekspertlar Samarqand shahridagi tarixiy obidalarga ham tashrif buyurib, O\u2018zbekistonning boy madaniy merosi bilan tinishdilar.<\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>Muhabbat O\u2018rmonbekova<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Matbuot xizmati rahbari<\/strong><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-25572 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/1-5.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/1-5.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/1-5-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/1-5-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/1-5-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-25573 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/2-5.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/2-5.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/2-5-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/2-5-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/2-5-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-25574 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/4-2.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/4-2.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/4-2-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/4-2-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/4-2-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-25575 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/5.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/5.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/5-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/5-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/5-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>11.09.2025. Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 10-11 sentyabr&#8217; kunlari Toshkentda O\u2018zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tashabbusi bilan Xalqaro mehnat tashkiloti va Xalqaro kasaba uyushmalari konfederatsiyasi hamkorligida tashkil etilgan \u201cXalqaro mehnat standartlarini ilgari surishda kasaba uyushmalarining roli: xalqaro amaliyot va O\u2018zbekiston tajribasi\u201d mavzuidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo\u2018lib o\u2018tdi. Konferensiya ishida Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT), Xalqaro kasaba uyushmalari [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[27,20,24],"tags":[],"class_list":["post-25569","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-zashhita-socialno-ekonomicheskix-interesov","category-mezhdunarodnaya-rabota","category-novosti-v-slajdere"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/25569","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=25569"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/25569\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":25576,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/25569\/revisions\/25576"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=25569"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=25569"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=25569"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}