{"id":25679,"date":"2025-09-17T07:55:23","date_gmt":"2025-09-17T07:55:23","guid":{"rendered":"https:\/\/kasaba.uz\/?p=25679"},"modified":"2025-09-17T07:55:45","modified_gmt":"2025-09-17T07:55:45","slug":"talimga-qaratilayotgan-etibor-kelazhak-poydevori","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/2025\/09\/17\/talimga-qaratilayotgan-etibor-kelazhak-poydevori\/","title":{"rendered":"Ta&#8217;limga qaratilayotgan e&#8217;tibor \u2013 kelajak poydevori"},"content":{"rendered":"<p><strong>17.09.2025.<\/strong> 2025 yil 15 sentyabr&#8217; kuni Toshkent viloyati Bo\u2018stonliq tumanida O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev boshchiligida O\u2018qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan o\u2018tkazilgan tantanali tadbir jamiyatimizda ilm-fan va ma&#8217;rifat sohasiga bo\u2018lgan e&#8217;tibor va ehtiromning yorqin ifodasi bo\u2018ldi.<br \/>\nDavlatimiz rahbari ta&#8217;lim-tarbiya sohasida fidokorona mehnat qilib kelayotgan ustoz va murabbiylarni chin qalbdan tabriklab, ularga minnatdorchilik bildirdi.<br \/>\nPrezidentimiz ta&#8217;lim tizimida samarali faoliyat ko\u2018rsatayotgan fidoyi pedagoglar, tadbirkorlar va xorijiy hamkorlarni faxriy unvon, orden va medallar bilan taqdirlagani, ularning xizmatini alohida e&#8217;tirof etgani barchamiz uchun iftixordir.<\/p>\n<p>So\u2018nggi sakkiz yil ichida mamlakatimizda yalpi ichki mahsulot 2 barobarga o\u2018sdi, ta&#8217;lim va ilm-fan sohasiga ajratilayotgan mablag\u2018lar 6 barobarga ko\u2018paydi. Bu ta&#8217;limning strategik sohalardan biri sifatida qaralayotganini ko\u2018rsatadi. Bu esa O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi va jamoatchilik uchun ham muhim ahamiyatga ega. Chunki mehnatkashlar, ayniqsa, ustoz va murabbiylarning mehnati munosib qadrlanayotgan jamiyatda barqaror taraqqiyot va ijtimoiy barqarorlikka erishish mumkin.<\/p>\n<p>Muloqotda davlatimiz rahbari kasbiy ta&#8217;lim masalasiga alohida e&#8217;tibor qaratdilar. 2026 yil \u2013 Yoshlarni zamonaviy kasb-hunarga o\u2018rgatish yili deb e&#8217;lon qilinishi hamda Kasbiy ta&#8217;lim agentligining tashkil etilishi bu tizim fidoyilarini, shu jumladan, mening ham quvontirdi. Negaki, tajriba va ko\u2018nikmalarim shu tizimda shakllangan, uning barcha bo\u2018g\u2018inlarida \u2013 ishlab chiqarish ustasidan kollej rahbarigacha bo\u2018lgan yo\u2018lni bosib o\u2018tganman va bu mashaqqatlarni o\u2018z faoliyatimda his etganman.<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong>Yoshlarga yaratilayotgan imkoniyat \u2013 mamlakat taraqqiyotiga xizmat qiladi<\/strong><\/p>\n<p>Hurmatli Yurtboshimizning kasbiy ta&#8217;limga bo\u2018lgan bugungi e&#8217;tibori, qo\u2018llab-quvvatlashlari va imtiyozlarni boshqa ta&#8217;lim turlari bilan tenglashtirishlari texnikumlarga yangi muhit olib kiradi. Xalqaro standartlar va ilg\u2018or kasbiy ta&#8217;lim dasturlarining joriy etilishi natijasida yoshlarimiz xorijiy ta&#8217;lim muassasalaridan qolishmaydigan texnikumlarda turizm, tibbiyot, qurilish, logistika, iqtisodiyot kabi yo\u2018nalishlarda kasblarni egallaydilar. Ular mehnat bozorida o\u2018z o\u2018rnini topib, oilalar farovonligi, mahallalarda tinchlik, ota-onalar roziligi va xotirjamligini ta&#8217;minlaydilar, jamiyatda barqarorlikni mustahkamlaydilar.<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong>Pedagoglarni qo\u2018llab-quvvatlash \u2013 moddiy va ma&#8217;naviy ehtirom<\/strong><\/p>\n<p>Kasaba uyushmalari tizimi uchun eng muhim yo\u2018nalishlardan biri \u2013 mehnatkashlarning ijtimoiy va iqtisodiy manfaatlarini himoya qilishdir. Prezidentimiz tomonidan bildirilgan tashabbuslar \u2013 pedagoglar uchun ipoteka kreditlarining boshlang\u2018ich badalini qoplash, farzandlarining kontrakt to\u2018loviga chegirmalar berish, komp&#8217;yuter xaridi uchun imtiyozli kredit ajratish, davlat xizmatlari to\u2018lovlarini ikki barobar kamaytirish kabi choralar o\u2018qituvchilarning ijtimoiy himoyasini yanada mustahkamlaydi.<br \/>\nBundan tashqari, viloyatimizda mavjud 25 ta texnikumdagi 1000 nafardan ortiq muallim va ustalarning malakasini oshirish hamda jamiyatdagi mavqeini yuksaltirishga qaratilgan choralar belgilanmoqda. Ular uchun kasbiy sertifikatlash tizimining joriy etilishi natijasida ishlab chiqarish ustalari va o\u2018qituvchilar ham moddiy, ham ma&#8217;naviy jihatdan rag\u2018batlantiriladilar va o\u2018z o\u2018rnida ularning salohiyati yanada oshadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong>Xulosa o\u2018rnida<\/strong><\/p>\n<p>O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Navoiy viloyat Kengashi ta&#8217;lim sohasidagi islohotlarni to\u2018liq qo\u2018llab-quvvatlaydi. Ustoz va murabbiylarga ko\u2018rsatilayotgan e&#8217;tibor, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar nafaqat soha taraqqiyotiga, balki butun jamiyatning barqaror rivojlanishiga xizmat qiladi. Mehnatkashlarning huquq va manfaatlari himoya qilinib, ijtimoiy sharoitlari yaxshilanar ekan \u2013 bu mamlakatning har tomonlama taraqqiyoti va kelajak farovonligining kafolati bo\u2018ladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>Nazira Tog\u2018aeva<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyat Kengashi raisi<\/strong><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-25680 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/4497.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/4497.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/4497-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/4497-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/4497-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>17.09.2025. 2025 yil 15 sentyabr&#8217; kuni Toshkent viloyati Bo\u2018stonliq tumanida O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev boshchiligida O\u2018qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan o\u2018tkazilgan tantanali tadbir jamiyatimizda ilm-fan va ma&#8217;rifat sohasiga bo\u2018lgan e&#8217;tibor va ehtiromning yorqin ifodasi bo\u2018ldi. Davlatimiz rahbari ta&#8217;lim-tarbiya sohasida fidokorona mehnat qilib kelayotgan ustoz va murabbiylarni chin qalbdan tabriklab, ularga minnatdorchilik bildirdi. Prezidentimiz [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[24],"tags":[],"class_list":["post-25679","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-novosti-v-slajdere"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/25679","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=25679"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/25679\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":25682,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/25679\/revisions\/25682"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=25679"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=25679"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=25679"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}