{"id":25710,"date":"2025-09-19T14:19:19","date_gmt":"2025-09-19T14:19:19","guid":{"rendered":"https:\/\/kasaba.uz\/?p=25710"},"modified":"2025-09-19T14:19:19","modified_gmt":"2025-09-19T14:19:19","slug":"aqshda-yangi-ozbekiston-shavkat-mirziyoev-yoli-kitobi-taqdimoti-otkazildi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/2025\/09\/19\/aqshda-yangi-ozbekiston-shavkat-mirziyoev-yoli-kitobi-taqdimoti-otkazildi\/","title":{"rendered":"AQShda \u201cYangi O\u2018zbekiston: Shavkat Mirziyoev yo\u2018li\u201d kitobi taqdimoti o\u2018tkazildi"},"content":{"rendered":"<p><strong>19.09.2025.<\/strong> AQSh Kongressining eng yirik va muhim ofis majmualaridan biri \u2013 \u201cRayburn House Office Building\u201d binosida \u201cYangi O\u2018zbekiston: Shavkat Mirziyoev yo\u2018li\u201d\u00a0kitobining taqdimoti o\u2018tkazildi.<\/p>\n<p>Tadbirning mazkur majmuada tashkil etilgani ushbu taqdimotga bo\u2018lgan yuqori e&#8217;tibor va siyosiy ahamiyatni yanada oshirdi. Shu bilan birga, O\u2018zbekiston va Amerika Qo\u2018shma Shtatlari o\u2018rtasidagi muloqotning eng yuqori institusional darajada mustahkamlanayotganidan dalolat bermoqda.<\/p>\n<p>Taqdimotda Amerika tomonidan 70 dan ziyod mehmonlar \u2013 Davlat departamenti, Kongress xodimlari, yetakchi tahlil markazlari rahbarlari, biznes, ilm-fan, madaniyat va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.<\/p>\n<p>Rasmiy qismni O\u2018zbekistonning AQShdagi Elchisi Furqat Siddiqov hamda O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o\u2018rinbosari Sodiq Safoev ochib berdi.<\/p>\n<p>Ular o\u2018z nutqlarida Prezident Sh.M.Mirziyoev rahbarligida mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy va demokratik islohotlarning yangi davri amalga oshirilayotganini ta&#8217;kidlab, mazkur kitob ushbu taraqqiyot yo\u2018lini o\u2018zida tahliliy aks ettirganini qayd etdi.<\/p>\n<p>Shuningdek, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi birinchi o\u2018rinbosari, Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Eldor Aripov hamda senator Husan Ermatov so\u2018zga chiqib, hozirgi kundagi islohotlar tizimli va qamrovli tusga ega ekanini, ular mamlakatning mutlaqo yangi qiyofasini shakllantirayotganini ta&#8217;kidladi.<\/p>\n<p>Tadbir ishtirokchilariga kitobning mazmuni haqida batafsil ma&#8217;lumot berildi. Kitob muallifi \u2013 O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a&#8217;zosi, O\u2018zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi Qudratilla Rafiqov haqida xorijiy mehmonlarga ma&#8217;lumot berildi. Kitobda Prezident Shavkat Mirziyoev tomonidan so\u2018nggi sakkiz yilda amalga oshirilgan islohotlarning asosiy yo\u2018nalishlari va bosqichlari yoritilgan bo\u2018lib, ularning mamlakatning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy rivojlanishiga ta&#8217;siri tahlil qilingan.<\/p>\n<p>Shuningdek, so\u2018zga chiqqan AQShning yetakchi akademik almashinuv muassasalaridan biri hisoblangan \u201cAmerican Councils\u201d prezidenti Liza Choat o\u2018z nutqida Prezident Sh.M.Mirziyoev siyosatining asosiy tamoyili ta&#8217;lim va yoshlarni qo\u2018llab-quvvatlash ekanini ta&#8217;kidladi. Uning so\u2018zlariga ko\u2018ra, so\u2018nggi yillarda ushbu sohada misli ko\u2018rilmagan institusional va qonunchilik tizimidagi o\u2018zgarishlar amalga oshirildi. Shu bilan birga, O\u2018zbekiston va AQSh o\u2018rtasida xalqaro akademik almashinuvi sifat jihatdan yangi bosqichga chiqqanligini aytib o\u2018tdi.<\/p>\n<p>\u201cCaspian Policy Center\u201d tahliliy markazi ijrochi direktori Efgan Nifti o\u2018z chiqishida kitob O\u2018zbekistondagi islohotlar mohiyatini chuqurroq anglash imkonini berayotganini qayd etdi.<\/p>\n<p>U O\u2018zbekiston Rahbarining demokratik institutlarni mustahkamlash va faol tashqi siyosat yuritishga qaratilgan sa&#8217;y-harakatlari mamlakatning xalqaro nufuzini oshirish, mintaqaviy hamkorlik va yaqin qo\u2018shnichilik munosabatlarini rivojlantirishga xizmat qilayotganini ta&#8217;kidladi.<\/p>\n<p>\u201cAmerika \u2013 O\u2018zbekiston Savdo palatasi\u201d ijrochi direktori Yelena Son o\u2018z nutqida O\u2018zbekiston Prezidenti rahbarligida mamlakat iqtisodiyotida amalga oshirilgan keng qamrovli o\u2018zgarishlarni alohida e&#8217;tirof etdi. \u201cBiznes muhitini liberallashtirish, investisiyalar jalb qilish, erkin iqtisodiy zonalarni rivojlantirish, yuqori qiymatli mahsulotlar eksportini kengaytirish kabi sa&#8217;y-harakatlar milliy iqtisodiyotga yangi nafas bag\u2018ishladi va uni jahon bozoriga integratsiyalashuvini tezlashtirdi\u201d, \u2013 deb urg\u2018uladi.<\/p>\n<p>Bu esa Amerika kompaniyalari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochayotganini, xususan, energetika, transport, qishloq xo\u2018jaligi, axborot texnologiyalari va aviasiya sohalarida loyihalarga qiziqish ortib borayotganini alohida ta&#8217;kidladi.<\/p>\n<p>\u201cBoeing\u201d aviaqurilish korporatsiyasining sotuvlar bo\u2018yicha direktori Mario Ebkim O\u2018zbekiston bilan hamkorlikning strategik ahamiyatiga e&#8217;tibor qaratdi.<\/p>\n<p>U Prezident tomonidan transport infratuzilmasini modernizasiya qilish va aviasiya sohasini rivojlantirishga qaratilgan harakatlar yangi loyihalarni amalga oshirish, aviaparkni yangilash va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish uchun katta imkoniyatlar yaratayotganini qayd etdi.<\/p>\n<p>\u00abDiplomatic Watch\u00bb tahliliy jurnali ijrochi direktori Vinsent Gotevbe Prezident Sh.M.Mirziyoev tomonidan yoshlar siyosatiga berilayotgan ustuvor ahamiyatni yuqori baholadi. Uning fikricha, O\u2018zbekistonda yoshlar davlatning strategik zaxirasi sifatida ko\u2018rilmoqda va ushbu sohada amalga oshirilayotgan islohotlar mamlakatning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga ishonch bilan qarashga asos yaratadi.<\/p>\n<p>Taqdimot doirasida AQSh rasmiylari, ekspertlar va biznes vakillari ishtirokida mazmunli muloqot ham bo\u2018lib o\u2018tdi. Ular O\u2018zbekiston Prezidenti Sh.M.Mirziyoev rahbarligida amalga oshirilayotgan islohotlar ahamiyati va ikki tomonlama munosabatlarni yanada chuqurlashtirish istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar.<\/p>\n<p>Kitobning elektron nusxalari Kongress, tahliliy markazlar hamda Vashingtondagi siyosiy qaror qabul qilish jarayonlariga ta&#8217;sir ko\u2018rsata oladigan doiralarga keng tarqatildi.<\/p>\n<p>Tadbir shuningdek, O\u2018zbekistonning AQShdagi ijobiy imijini yanada mustahkamlash va xalqlarimiz o\u2018rtasidagi uzoq muddatli aloqalarni rivojlantirishga xizmat qiluvchi samarali ommaviy diplomatiya namunasi sifatida baholandi.<\/p>\n<p>AQSh Kongressi binosida o\u2018tkazilgan \u201cYangi O\u2018zbekiston: Shavkat Mirziyoev yo\u2018li\u201d kitobining taqdimoti davlatimiz Rahbari tashabbuslari bilan amalga oshirilayotgan islohotlarni muhokama qilish va yuqori baholash uchun muhim muloqot maydoniga aylandi.<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-25711 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/1-7.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/1-7.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/1-7-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/1-7-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/1-7-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-25712 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/2-7.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/2-7.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/2-7-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/2-7-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/2-7-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-25713 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/3-3.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/3-3.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/3-3-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/3-3-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/3-3-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-25714 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/4-4.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/4-4.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/4-4-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/4-4-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/4-4-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-25715 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/5-2.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/5-2.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/5-2-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/5-2-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/5-2-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>19.09.2025. AQSh Kongressining eng yirik va muhim ofis majmualaridan biri \u2013 \u201cRayburn House Office Building\u201d binosida \u201cYangi O\u2018zbekiston: Shavkat Mirziyoev yo\u2018li\u201d\u00a0kitobining taqdimoti o\u2018tkazildi. Tadbirning mazkur majmuada tashkil etilgani ushbu taqdimotga bo\u2018lgan yuqori e&#8217;tibor va siyosiy ahamiyatni yanada oshirdi. Shu bilan birga, O\u2018zbekiston va Amerika Qo\u2018shma Shtatlari o\u2018rtasidagi muloqotning eng yuqori institusional darajada mustahkamlanayotganidan dalolat bermoqda. [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[24],"tags":[],"class_list":["post-25710","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-novosti-v-slajdere"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/25710","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=25710"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/25710\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":25716,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/25710\/revisions\/25716"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=25710"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=25710"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=25710"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}