{"id":25754,"date":"2025-09-24T08:25:42","date_gmt":"2025-09-24T08:25:42","guid":{"rendered":"https:\/\/kasaba.uz\/?p=25754"},"modified":"2025-09-24T08:25:42","modified_gmt":"2025-09-24T08:25:42","slug":"ozbekiston-kasaba-uyushmalari-federatsiyasi-2025-yilgi-pakhta-yigim-terimi-mavsumida-milliy-monitoring-otkazadi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/2025\/09\/24\/ozbekiston-kasaba-uyushmalari-federatsiyasi-2025-yilgi-pakhta-yigim-terimi-mavsumida-milliy-monitoring-otkazadi\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi 2025 yilgi paxta yig\u2018im-terimi mavsumida milliy monitoring o\u2018tkazadi"},"content":{"rendered":"<p><strong>24.09.2025.<\/strong> O\u2018zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi 2025 yilgi paxta yig\u2018im-terimi mavsumida terimchilar uchun shart-sharoitlar yaratilishini o\u2018rganish, bolalar mehnati va majburiy mehnatdan foydalanmaslik yuzasidan Milliy monitoring o\u2018tkazadi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan \u201c2025 yilgi paxta yig\u2018im-terimi mavsumida terimchilar uchun shart-sharoit yaratilishini o\u2018rganish, bolalar mehnati va majburiy mehnatga yo\u2018l qo\u2018ymaslik bo\u2018yicha Milliy monitoringni tashkil etish borasida olib borilayotgan ishlar to\u2018g\u2018risida\u201d Brifing o\u2018tkazildi.<\/p>\n<p>Anjumanda ta&#8217;kidlanganidek, so\u2018nggi 7-8 yil davomida O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti muhtaram Shavkat Mirziyoev tashabbuslari bilan xalq manfaatlarini ta&#8217;minlash va inson qadrini ulug\u2018lash maqsadida barcha sohalarda birdek amalga oshirilayotgan tizimli islohotlar natijasida ijtimoiy mehnat munosabatlari sohasida ham salmoqli yutuqlarga erishildi. Xususan, Davlatimiz rahbarining qat&#8217;iy siyosiy irodasi tufayli mamlakatimizda bolalar mehnati va majburiy mehnatga butunlay barham berildi. Xuddi shu maqsadlarda qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinib, mavjudlari takomillashtirildi. Bu kabi sa&#8217;y-harakatlar natijasi o\u2018laroq Xalqaro mehnat tashkiloti tomonidan 2021 yilgi paxta-yig\u2018im terimi mavsumi davomida o\u2018tkazilgan \u201cUchinchi tomon monitoringi\u201d natijalariga ko\u2018ra O\u2018zbekistonda bolalar mehnati va majburiy mehnatdan umuman foydalanilmagani e&#8217;tirof etildi. 2022 yil 10 mart kuni esa \u201cCotton Campaign\u201d xalqaro koalisiyasi o\u2018zbek paxtasiga nisbatan global boykot bekor qilinganini e&#8217;lon qildi va bu O\u2018zbekiston uchun katta yutuq bo\u2018ldi.<\/p>\n<p>Bolalar mehnati va majburiy mehnatga yo\u2018l qo\u2018ymaslik borasida O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan ham tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Xususan, mana bir necha yildirki, O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan fuqarolik jamiyati instutlari ishtirokida paxta yig\u2018im-terimi davrida bolalar mehnati va majburiy mehnatga yo\u2018l qo\u2018ymaslik va terimchilar uchun yaratilgan sharoitlarni o\u2018rganish yuzasidan Milliy monitoring o\u2018tkazib kelinmoqda.<\/p>\n<p>Milliy monitoringni o\u2018tkazishdan ko\u2018zlangan asosiy maqsad &#8211; paxta yig\u2018im-terimi ishlarida voyaga yetmagan shaxslarning, o\u2018quvchi va talabalarning, byudjet va nobyudjet tashkilotlari xodimlarining majburiy mehnatidan foydalanishga yo\u2018l qo\u2018yilmasligi yuzasidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, paxta yig\u2018im-terimi mavsumida terimchilar uchun yetarli yashash, dam olish va mehnat sharoitlari yaratilganini baholash, qo\u2018lda terilgan har bir kilogramm paxta xom ashyosi uchun adolatli mehnat haqi to\u2018lanishini, paxta-to\u2018qimachilik klasterlari, fermer xo\u2018jaliklari xodimlari bilan mehnat shartnomasi, vaqtinchalik terimga jalb qilingan fuqarolar bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda muddatli mehnat shartnomasi tuzilganligini hamda terim otryadlari va paxta yetishtiruvchi xo\u2018jalik o\u2018rtasida jamoa shartnomasi tuzilganligini nazorat qilishdan iboratdir. Shuningdek, Ijtimoiy-mehnat masalalari bo\u2018yicha respublika uch tomonlama komissiyasi tomonidan tayyorlangan Tavsiyalarga rioya etilishi ham monitoring jarayonida o\u2018rganiladi.<\/p>\n<p>Brifingda joriy yilgi Milliy monitoring 25 sentyabrdan boshlanib, 31 oktyabrgacha davom etishi ma&#8217;lum qilindi. Milliy monitoring davomida kamchiliklar aniqlansa, ularni joyida bartaraf etish choralari ko\u2018rilishi, monitoring yuzasidan O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi hamda Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari bo\u2018yicha Milliy komissiyasiga axborot berib borilishi qayd etildi.<\/p>\n<p>Ta&#8217;kidlanganidek, bu yilgi monitoring ham O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan Savdo-sanoat palatasi, O\u2018zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assosiasiyasi (O\u2018zNNTMA)ga a&#8217;zo bo\u2018lgan fuqarolik jamiyati institutlari vakillari ishtirokida Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari bo\u2018yicha Milliy komissiyasi hamda Ijtimoiy-mehnat masalalari bo\u2018yicha Respublika uch tomonlama komissiyasining majlis bayonlari bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar, tavsiyalar, shuningdek, O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Ijroiya qo\u2018mitasi qarori bilan tasdiqlagan chora-tadbirlarga asosan o\u2018tkaziladi.<\/p>\n<p>Monitoringni tashkil etish maqsadida O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan hududiy monitoring guruhlari tuzilib, ular tarkibiga tarmoq kasaba uyushmalari Respublika kengashlarining mas&#8217;ul xodimlari, O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining hududiy kengashlari mehnat texnik inspektorlari, shuningdek, kelishilgan holda, Savdo-sanoat palatasi va O\u2018zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assosiasiyasining joylardagi a&#8217;zo tashkilotlari vakillari kiritildi. Monitoring samaradorligini oshirish maqsadida Monitoring o\u2018tkazish ishchi guruhlari tarkibidagi mutaxassislar monitoring jarayonida foydalanish uchun maxsus kiyim bosh va hududiy guruhlar rahbarlari internet tarmog\u2018iga ulangan planshetlar bilan ta&#8217;minlandi. Shuningdek, Milliy monitoringni sifatli o\u2018tkazish maqsadida uning uslubiyoti, \u201cMonitoring guruhlarining joylarda harakatlanish ketma-ketligi\u201d, \u201cMonitoringda interv&#8217;yu olish savolnomasi\u201d, \u201cPaxta yig\u2018im-terimi ishtirokchilari uchun yaratilgan shart-sharoitlarni baholash bo\u2018yicha savolnoma\u201d va axborot berish shakllari ishlab chiqilib, monitoring guruhlariga taqdim etildi.<\/p>\n<p>Brifingda Milliy monitroing jarayonida paxta terayotgan voyaga yetmagan shaxslar aniqlansa, ularni zudlik bilan daladan olib chiqish va o\u2018quv dargohiga yoki uyiga qaytarish choralari ko\u2018rilishi, bu haqda Akt (Dalolatnoma) tuzilib, aybdor shaxslarga nisbatan chora ko\u2018rish uchun mehnat inspeksiyasiga yuborilishi qayd etildi. Majburiy mehnatdan foydalanish xolatlari aniqlangan holda esa zudlik bilan kasaba uyushmalari inspektori tomonidan vaziyat o\u2018rganilishi hamda Akt (Dalolatnoma) tuzilib, ularni ish joylariga qaytarish choralari ko\u2018rilishi, shu bilan birga hududiy \u201cQayta aloqa mexanizmi\u201d (QAM) vakillariga ham xabar berilishi ma&#8217;lum qilindi.<\/p>\n<p>Shu o\u2018rinda eslatib o\u2018tish joizki, xodimlarning mehnat huquqlari buzilishining oldini olishga qaratilgan Qayta aloqa mexanizmi O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimida tashkil etilgan bo\u2018lib, mavsum davomida uzluksiz ravishda kechayu kunduz ishlaydi. Buning uchun Federatsiya Yuridik klinikasi va uning hududlardagi filiallarida kasaba uyushmalari vakillarining doimiy navbatchiligi tashkil qilingan. Kelib tushgan murojaatlarni tezkorlik bilan ko\u2018rib chiqish maqsadida 10-92 qisqa raqamli \u201cIshonch telefoni\u201d, internet saytlar, telegramm ijtimoiy tarmog\u2018i imkoniyatlaridan keng foydalaniladi. Bu haqda kasaba uyushmalari tomonidan maxsus bannerlar tayyorlanib, respublikamizning barcha hududlaridagi tuman, shahar markazlariga o\u2018rnatilmoqda. Korxona, tashkilot, muassasalar hamda odam gavjum bo\u2018ladigan joylarga esa 10 ming dona posterlar joylashtirildi va mehnatkashlar hamda aholi vakillariga 200 mingta flaerlar tarqatilmoqda.<\/p>\n<p>Brifingda ta&#8217;kidlanganidek, Milliy monitoring jarayonida o\u2018rganish natijalarini oshkor etmaslik tamoyiliga amal qilinadi (O\u2018zbekiston Respublikasining \u201cBola huquqlari to\u2018g\u2018risida\u201dgi va \u201cShaxsiy ma&#8217;lumotlar to\u2018g\u2018risida\u201dgi Qonunlari hamda Xalqaro mehnat tashkiloti bilan kelishilgan \u201cMonitoring uslubiyoti\u201d talablariga muvofiq oshkor etmaslik tamoyiliga amal qilinadi) \u00a0va monitoring yakunlari to\u2018g\u2018risida joriy yil dekabr&#8217; oyida o\u2018tkaziladigan Davra suhbatida batafsil ma&#8217;lumotlar beriladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>Muhabbat O\u2018rmonbekova<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Matbuot xizmati rahbari<\/strong><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-25756 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/4514.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/4514.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/4514-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/4514-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/4514-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-25755 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/4516.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/4516.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/4516-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/4516-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/4516-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-25758 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/4517.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/4517.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/4517-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/4517-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/4517-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-25757 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/4515.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/4515.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/4515-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/4515-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/4515-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>24.09.2025. O\u2018zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi 2025 yilgi paxta yig\u2018im-terimi mavsumida terimchilar uchun shart-sharoitlar yaratilishini o\u2018rganish, bolalar mehnati va majburiy mehnatdan foydalanmaslik yuzasidan Milliy monitoring o\u2018tkazadi. O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan \u201c2025 yilgi paxta yig\u2018im-terimi mavsumida terimchilar uchun shart-sharoit yaratilishini o\u2018rganish, bolalar mehnati va majburiy mehnatga yo\u2018l qo\u2018ymaslik bo\u2018yicha Milliy monitoringni tashkil etish borasida olib borilayotgan [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[27,31,24],"tags":[],"class_list":["post-25754","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-zashhita-socialno-ekonomicheskix-interesov","category-oxrana-truda","category-novosti-v-slajdere"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/25754","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=25754"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/25754\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":25759,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/25754\/revisions\/25759"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=25754"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=25754"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=25754"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}