{"id":25908,"date":"2025-10-16T06:13:22","date_gmt":"2025-10-16T06:13:22","guid":{"rendered":"https:\/\/kasaba.uz\/?p=25908"},"modified":"2025-10-16T06:13:22","modified_gmt":"2025-10-16T06:13:22","slug":"izhtimoiy-himoya-inson-manfaatlari-hamisha-himoyada","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/2025\/10\/16\/izhtimoiy-himoya-inson-manfaatlari-hamisha-himoyada\/","title":{"rendered":"Ijtimoiy himoya: inson manfaatlari hamisha himoyada"},"content":{"rendered":"<p><strong>16.10.2025.<\/strong> Mamlakatimizda kasaba uyushmalari tashkilotlari tomonidan fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari, mehnat huquqlarini muhofaza qilishga qaratilgan keng ko\u2018lamli ishlar amalga oshirilmoqda.<\/p>\n<p>Jumladan,\u00a0O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Andijon viloyati\u00a0kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi tomonidan ham mazkur yo\u2018nalishda e&#8217;tiborga molik ishlar olib borilmoqda.<\/p>\n<p>\u2013 Viloyat hokimligi, hamkor tashkilotlar bilan tuzilgan ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga oid 1 ta hududiy, 47 ta tarmoq jamoa kelishuvi hamda 11 ming 349 ta korxona va tashkilotlarda qabul qilingan jamoa shartnomalari doirasida zarur ishlar olib borilmoqda, \u2013\u00a0deydi O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Andijon viloyat kengashining\u00a0mehnatkashlarni ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish bo\u2018limi mudiri Ergashali Teshaboev.\u00a0\u2013 Ana shu kelishuv va shartnomalar asosida mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va intellektual manfaatlarini himoya qilish, mehnatni muhofaza qilish, xodimlar, ularning oila a&#8217;zolarini qo\u2018llab-quvvatlash va sog\u2018lomlashtirish borasida muayyan ishlar amalga oshirildi.<\/p>\n<p>Jamoa shartnomalari va kelishuvlarga asosan\u00a0mehnatkashlarni ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy manfaatlari himoyasini ta&#8217;minlash maqsadida jamoa shartnomalarida xodim hamda ish beruvchi o\u2018rtasidagi mehnat shartnomasini bekor qilishdan oldin kasaba uyushma qo\u2018mitasining roziligini olish tartibi to\u2018la joriy etildi. Ushbu tartib korxona va tashkilotlardagi 375,5 ming nafardan ziyod xodimlarga tatbiq etildi.<\/p>\n<p>Viloyatdagi korxona va tashkilotlarda\u00a04 ming 873 nafar xodim hamda ularning oila a&#8217;zolarini sog\u2018lomlashtirish uchun 5 milliard 159 million 800 ming so\u2018m miqdorida mablag\u2018 sarflandi.<\/p>\n<p>Bandlik bosh boshqarmasi, tuman, shahar bandlikka ko\u2018maklashish markazlari va boshqa tashkilotlar tashabbusi bilan o\u2018tkazilgan 164 ta \u201cBo\u2018sh ish o\u2018rinlari mehnat yarmarkalari\u201dda kasaba uyushmalari tashkilotlari faol ishtirok etdi. O\u2018tkazilgan ana shu mehnat yarmarkalarida 6,5 ming nafarga yaqin fuqaro ishtirok etdi, shundan 4 ming 259 nafar fuqaroga ishga joylashish uchun yo\u2018llanmalar berildi. Shuningdek, 818 nafar fuqaroga mehnat qonunchiligi va boshqa masalalarda huquqiy maslahatlar berildi.<\/p>\n<p>O\u2018tgan davr mobaynida 147 ta korxonadagi 238 nafar pensiya yoshidagi fuqaroga 132\u00a0million\u00a0209 ming so\u2018m, 543 ta korxonada 960 nafar ishlamaydigan pensionerga 348 million 31 ming so\u2018m miqdoridagi moddiy yordamlar ko\u2018rsatildi. Yubiley sanalari munosabati bilan 158 ta korxonada 251 nafar xodimga 127 million 250 ming so\u2018m miqdoridagi sovg\u2018alar topshirildi.<\/p>\n<p>Shuningdek, bayramlar munosabati bilan 75 ta korxonada nogironligi bo\u2018lgan va o\u2018zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarning 101 nafariga 55 million 974 ming so\u2018m, ikki yoshdan uch yoshgacha bola parvarishi uchun korxonalarda 218\u00a0nafar ayolga 124 million 387 ming so\u2018m miqdorida moddiy yordamlar ko\u2018rsatildi.<\/p>\n<p>Tarmoq korxonalarida kam ta&#8217;minlangan, boquvchisini yo\u2018qotgan oilalarning 2 ming 328 nafar farzandiga 307 million 230\u00a0ming so\u2018m miqdoridagi o\u2018quv qurollari xarid qilish xarajatlari qoplab berildi.<\/p>\n<p>Nodavlat mulk shaklidagi 114 ta korxona va tashkilotda ishlayotgan 181 nafar bolali ayolga oylik maoshi saqlangan holda ish vaqti haftasiga 35 soatdan oshmaydigan tarzda belgilandi.<\/p>\n<p>Viloyatdagi korxonalarda 1 ming 414 ta kam ta&#8217;minlangan yosh oila vakillariga 741 million 40 ming so\u2018m miqdorida moddiy yordam ko\u2018rsatildi, oliy o\u2018quv yurtlarida tahsil olayotgan kam ta&#8217;minlangan va chin yetim 41 nafar talabaga kontrakt to\u2018lovining bir qismini to\u2018lash uchun 324 million 741 ming so\u2018m miqdorida mablag\u2018 yo\u2018naltirildi.<\/p>\n<p>Uy-joy qurish va mamlakatimizda ishlab chiqarilgan, uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar xarid qilish uchun 44 ta yosh oilaga 319\u00a0million 700 ming so\u2018m foizsiz ssudalar ajratildi. 24 nafar yosh xodimga safarbarlik zaxirasidagi harbiy xizmatni o\u2018tashi uchun to\u2018lanadigan mablag\u2018ni qoplashga 111 million 212\u00a0ming so\u2018m foizsiz ssudalar berildi.<\/p>\n<p>Kasaba uyushmalari mas&#8217;ul xodimlari tomonidan 96 ta korxona, tashkilot va muassasada ish beruvchilarning mehnatga haq to\u2018lashning eng kam miqdoriga amal qilinishi holati o\u2018rganilib chiqildi. Bu borada qonunbuzilish holatlari aniqlanmadi. Ish beruvchilarga mehnatga haq to\u2018lash me&#8217;yorlarining eng kam miqdori yuzasidan zarur tushunchalar berildi.<\/p>\n<p>Bundan tashqari, ish haqidan muddati o\u2018tgan qarzdorlik, xodimlarga to\u2018lanayotgan ish haqi ularning malaka darajasiga muvofiqligi bo\u2018yicha ham monitoring o\u2018rganishlar o\u2018tkazildi. O\u2018rganishlar davomida ish haqidan muddati o\u2018tgan qarzdorlik, xodimlarga malaka darajasidan past haq to\u2018lash holatlari aniqlanmadi.<\/p>\n<p>Aholi o\u2018rtasida ishsizlikni kamaytirish, ularning bandligini ta&#8217;minlashga ko\u2018maklashish bo\u2018yicha ham zarur ishlar olib borildi.\u00a0Xususan, Bandlik bosh boshqarmasi taqdim etgan ma&#8217;lumotlar tahlil etilganida ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun band qilib qo\u2018yilgan 4 ming 968 ta ish o\u2018rniga ana shu toifaga kiruvchi 2 ming 785 nafar ishsiz fuqaro ishga joylashtirildi.<\/p>\n<p>Zararli, xavfli va noqulay mehnat sharoitlarida ishlovchi xodimlarning mehnat sharoitlari, ularning zarur kiyim-bosh, oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta&#8217;minlanishi borasidagi ishlar ham doimiy ravishda o\u2018rganib kelinmoqda.<\/p>\n<p>Korxona, tashkilot va muassasalarda sodir bo\u2018layotgan baxtsiz hodisalar hamda kasb kasalliklari tahlil qilinib, ularning kelib chiqish sabablarini bartaraf etish bo\u2018yicha doimiy jamoatchilik nazorati va monitoringi yo\u2018lga qo\u2018yildi.<\/p>\n<p>Bir so\u2018z bilan aytganda,\u00a0viloyati\u00a0kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi tomonidan yuqoridagi kabi ishlar tizimli va reja asosida olib borilmoqda. Bundan ko\u2018zlangan asosiy maqsad mehnatkashlar, kasaba uyushma a&#8217;zolarining ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlari himoyasini ta&#8217;minlashdir.<\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>Faxriddin Ubaydullaev<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>Zuhriddin Umrzoqov (foto), O\u2018zA<\/strong><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-25909 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/10\/4598.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/10\/4598.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/10\/4598-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/10\/4598-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/10\/4598-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-25910 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/10\/4597.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/10\/4597.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/10\/4597-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/10\/4597-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/10\/4597-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-25911 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/10\/4596.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/10\/4596.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/10\/4596-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/10\/4596-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/10\/4596-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>16.10.2025. Mamlakatimizda kasaba uyushmalari tashkilotlari tomonidan fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari, mehnat huquqlarini muhofaza qilishga qaratilgan keng ko\u2018lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan,\u00a0O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Andijon viloyati\u00a0kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi tomonidan ham mazkur yo\u2018nalishda e&#8217;tiborga molik ishlar olib borilmoqda. \u2013 Viloyat hokimligi, hamkor tashkilotlar bilan tuzilgan ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga oid 1 ta hududiy, 47 ta tarmoq jamoa kelishuvi [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[24],"tags":[],"class_list":["post-25908","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-novosti-v-slajdere"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/25908","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=25908"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/25908\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":25913,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/25908\/revisions\/25913"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=25908"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=25908"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=25908"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}