{"id":25952,"date":"2025-10-27T04:13:35","date_gmt":"2025-10-27T04:13:35","guid":{"rendered":"https:\/\/kasaba.uz\/?p=25952"},"modified":"2025-10-27T04:13:35","modified_gmt":"2025-10-27T04:13:35","slug":"b2-sertifikati-muammosi-yana-kun-tartibida-vazirlik-kasaba-uyushmasi-va-mutasaddilar-echim-izlamoqda","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/2025\/10\/27\/b2-sertifikati-muammosi-yana-kun-tartibida-vazirlik-kasaba-uyushmasi-va-mutasaddilar-echim-izlamoqda\/","title":{"rendered":"B2 sertifikati muammosi yana kun tartibida: Vazirlik, kasaba uyushmasi va mutasaddilar yechim izlamoqda"},"content":{"rendered":"<p><strong>27.10.2025.<\/strong> Xorijiy til o\u2018qituvchilari uchun majburiy V2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan xalqaro sertifikat talabi ta&#8217;lim tizimidagi eng dolzarb masalalardan biri bo\u2018lib qolmoqda. Yaqinda O\u2018zbekiston ta&#8217;lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining sa&#8217;y-harakatlari bilan muhim yutuqqa erishildi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston ta&#8217;lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining O\u2018zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta&#8217;limi vazirligiga yuborgan rasmiy xati natijasida, V2 sertifikatiga ega bo\u2018lmaganligi sababli mehnat shartnomasi bekor qilinishi xavfi ostida qolgan 20 mingdan ziyod pedagogning huquqlari himoya qilindi va joylardagi keskinlik bartaraf etildi.<\/p>\n<p>Biroq, ushbu pedagoglarga 2026-yil 1-yanvariga qadar sertifikat olish uchun muhlat berilishi ortidan yangi savollar, murojaatlar va muammolar kelib chiqa boshladi. Muhlatning cheklanganligi va sertifikat olish jarayonlari bilan bog\u2018liq qator omillar o\u2018qituvchilar orasida yana xavotir uyg\u2018otmoqda.<\/p>\n<p>Yuqoridagilardan kelib chiqib hamda O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2025-yil 17-sentyabrdagi tegishli topshirig\u2018i ijrosini ta&#8217;minlash maqsadida, joriy yilning 24-oktyabr&#8217; kuni Maktabgacha va maktab ta&#8217;limi vazirligida hamkor vazirlik va idoralar bilan kengaytirilgan ijtimoiy muloqot o\u2018tkazildi.<\/p>\n<p>Ushbu muhim uchrashuvda Kambag\u2018allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Adliya vazirligi vakillari, taniqli yurist-blogerlar qatorida mazkur masalaning asosiy tashabbuskorlaridan bo\u2018lgan O\u2018zbekiston ta&#8217;lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi vakili ham faol ishtirok etdi.<\/p>\n<p>Muhokamalar davomida barcha tomonlar masalaning yechimi yuzasidan o\u2018zlarining dastlabki takliflarini, joylardagi haqiqiy muammolarni va ularning yechimlari bo\u2018yicha fikrlarini bayon etdilar.<\/p>\n<p>O\u2018z navbatida, Kasaba uyushmasi Respublika kengashi vakillari o\u2018qituvchilarning manfaatlaridan kelib chiqqan holda qat&#8217;iy pozisiyani e&#8217;lon qildilar. Xususan, muammoni vaqtinchalik yoki qisman hal etish o\u2018rniga, Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga aniq va to\u2018g\u2018ridan-to\u2018g\u2018ri qo\u2018shimcha o\u2018zgartirish kiritish, ya&#8217;ni masalani tubdan hal qiladigan aniq norma qabul qilish maqsadga muvofiq ekanligi ta&#8217;kidlandi.<\/p>\n<p>Qizg\u2018in bahs-munozaralarga boy o\u2018tgan uchrashuv yakunida tomonlar ushbu masala bo\u2018yicha doimiy muloqotni davom ettirishga va tez kunlarda barchani qanoatlantiradigan aniq huquqiy yechimni ishlab chiqishga kelishib oldilar.<\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>L.Turikova<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>O\u2018zbekiston ta&#8217;lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining ijtimoiy himoya masalalari bo\u2018yicha bosh mutaxassisi<\/strong><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-25953 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/10\/4616.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/10\/4616.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/10\/4616-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/10\/4616-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/10\/4616-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-25954 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/10\/4615.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/10\/4615.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/10\/4615-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/10\/4615-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/10\/4615-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>27.10.2025. Xorijiy til o\u2018qituvchilari uchun majburiy V2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan xalqaro sertifikat talabi ta&#8217;lim tizimidagi eng dolzarb masalalardan biri bo\u2018lib qolmoqda. Yaqinda O\u2018zbekiston ta&#8217;lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining sa&#8217;y-harakatlari bilan muhim yutuqqa erishildi. O\u2018zbekiston ta&#8217;lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining O\u2018zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta&#8217;limi vazirligiga yuborgan [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[27,22,24],"tags":[],"class_list":["post-25952","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-zashhita-socialno-ekonomicheskix-interesov","category-pravovaya-zashhita","category-novosti-v-slajdere"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/25952","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=25952"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/25952\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":25955,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/25952\/revisions\/25955"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=25952"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=25952"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=25952"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}