{"id":25979,"date":"2025-10-30T03:48:15","date_gmt":"2025-10-30T03:48:15","guid":{"rendered":"https:\/\/kasaba.uz\/?p=25979"},"modified":"2025-10-30T03:48:15","modified_gmt":"2025-10-30T03:48:15","slug":"yoshlar-bilan-ochiq-muloqot-kasaba-uyushmalari-faoliyati-va-izhtimoiy-rivozhlanish","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/2025\/10\/30\/yoshlar-bilan-ochiq-muloqot-kasaba-uyushmalari-faoliyati-va-izhtimoiy-rivozhlanish\/","title":{"rendered":"Yoshlar bilan ochiq muloqot: Kasaba uyushmalari faoliyati va ijtimoiy rivojlanish"},"content":{"rendered":"<p><strong>30.10.2025.<\/strong> So\u2018nggi yillarda O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari tomonidan yoshlar muammolarini o\u2018rganish, ularning huquqiy savodxonligini oshirish va sog\u2018lom turmush tarzini targ\u2018ib qilish borasida keng ko\u2018lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu jarayonda yoshlar bilan ochiq uchrashuvlar va muloqotlar alohida ahamiyat kasb etadi.<\/p>\n<p>2025 yil 29 oktyabr&#8217; kuni Nukus shahrida Samarqand davlat veterinariya, tibbiyot, farmasevtika va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali majlislar zalida O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog\u2018iston kengashi raisi, Qoraqalpog\u2018iston Respublikasi Jo\u2018qorg\u2018i Kengesi deputati Ulug\u2018bek Jalmenov yoshlar bilan uchrashuv o\u2018tkazdi. Tadbirda shuningdek, O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi o\u2018rinbosari, Mehnat inspeksiyasi boshlig\u2018i Qobiljon Qirg\u2018izaliev ishtirok etib, yurtimizda yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil so\u2018z yuritdi.<\/p>\n<p>Uchrashuvda yoshlarga kasaba uyushmalari tizimini takomillashtirish, mamlakatda demokratik tamoyillarni rivojlantirish, fuqarolarning huquqiy ongi va ijtimoiy faolligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma&#8217;lumotlar berildi. Bu, o\u2018z navbatida, yoshlarning jamoatchilik va mehnat faolligiga bo\u2018lgan qiziqishini yanada kuchaytirdi.<\/p>\n<p>Shuningdek, ta&#8217;lim olish bilan birga jamoatchilik ishlariga hissa qo\u2018shib kelayotgan, iqtidorli va kam ta&#8217;minlangan, shuningdek jismoniy imkoniyati cheklangan talabalar kasaba uyushmalari tomonidan ta&#8217;sis etilgan stipendiyalar va respublikamizning eng yaxshi sanatoriylariga bepul yo\u2018llanmalar bilan rag\u2018batlantirildi. Bir guruh yosh mutaxassislar \u201cFaxriy yorliqlar\u201d va esdalik sovg\u2018alar bilan taqdirlandi.<\/p>\n<p>Bunday tadbirlar yoshlarning huquqiy va ijtimoiy ongini yuksaltirishda, ularni mamlakat hayotida faol ishtirok etishga undashda muhim ahamiyatga ega. Shu bilan birga, kasaba uyushmalari faoliyati yoshlar va jamoatchilik orasida ishonchni mustahkamlaydi va ijtimoiy adolat tamoyillarini amaliyotda rivojlantirishga xizmat qiladi.<\/p>\n<p>Ochiq muloqot tarzida o\u2018tkazilgan uchrashuvda universitetda faoliyat yuritayotgan yosh mutaxassislar va faol talabalar ishtirok etdilar.<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-25981 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/10\/4627.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/10\/4627.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/10\/4627-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/10\/4627-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/10\/4627-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-25982 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/10\/4626.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/10\/4626.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/10\/4626-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/10\/4626-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/10\/4626-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-25983 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/10\/4625.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/10\/4625.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/10\/4625-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/10\/4625-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/10\/4625-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-25980 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/10\/4628.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/10\/4628.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/10\/4628-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/10\/4628-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/10\/4628-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>30.10.2025. So\u2018nggi yillarda O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari tomonidan yoshlar muammolarini o\u2018rganish, ularning huquqiy savodxonligini oshirish va sog\u2018lom turmush tarzini targ\u2018ib qilish borasida keng ko\u2018lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu jarayonda yoshlar bilan ochiq uchrashuvlar va muloqotlar alohida ahamiyat kasb etadi. 2025 yil 29 oktyabr&#8217; kuni Nukus shahrida Samarqand davlat veterinariya, tibbiyot, farmasevtika va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[3,81,30,24],"tags":[],"class_list":["post-25979","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-molodezhnyj-sovet-sfpuz","category-uzyoshlar-birlashmasirumolodezhnyj-obedi","category-kultura-i-sport","category-novosti-v-slajdere"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/25979","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=25979"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/25979\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":25984,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/25979\/revisions\/25984"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=25979"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=25979"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=25979"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}