{"id":26051,"date":"2025-11-07T06:31:11","date_gmt":"2025-11-07T06:31:11","guid":{"rendered":"https:\/\/kasaba.uz\/?p=26051"},"modified":"2025-11-07T14:40:11","modified_gmt":"2025-11-07T14:40:11","slug":"11-noyabr-ozbekiston-kasaba-uyushmalari-kuni-munosabati-bilan-tadbirlar-yuqori-kayfiyatda-otkazilmoqda","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/2025\/11\/07\/11-noyabr-ozbekiston-kasaba-uyushmalari-kuni-munosabati-bilan-tadbirlar-yuqori-kayfiyatda-otkazilmoqda\/","title":{"rendered":"11 noyabr&#8217; \u2013 O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan tadbirlar yuqori kayfiyatda o\u2018tkazilmoqda"},"content":{"rendered":"<p><strong>07.11.2025.<\/strong> O\u2018zbekiston kimyo va farmasevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi tizimidagi\u00a0 \u201cAmmofos-Maxam\u201d AJda korxona rahbariyati va kasaba uyushmasi qo\u2018mitasi hamkorligida, 11 noyabr&#8217; \u2013 O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari kuni hamda O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi munosabati bilan chora-tadbirlar rejasiga asosan qator tadbirlar o\u2018tkazilmoqda.<\/p>\n<p>Korxonada \u201cKasaba uyushmasi bog\u2018i\u201d tashkil etildi. \u201cYashil makon\u201d umummilliy loyihasi doirasida ushbu bog\u2018ga bir qator mevali va manzarali daraxt ko\u2018chatlari ekildi. Kelgusida korxona hududiga iqlim sharoitiga chidamli ko\u2018plab ko\u2018chatlarni ekish maqsad qilingan.<\/p>\n<p>Shuningdek, kasaba uyushmasi qo\u2018mitasi tomonidan bayram munosabati bilan sportning mini-futbol turi bo\u2018yicha musobaqa o\u2018tkazilib, g\u2018olib jamoalar aniqlandi.<\/p>\n<p>Yoshlarning kasbga bo\u2018lgan qiziqishlarini oshirish, salohiyatini ro\u2018yobga chiqarish hamda iste&#8217;dodini qo\u2018llab-quvvatlash maqsadida korxonada \u201cYilning eng yaxshi yosh mutaxassisi\u201d tanlovi o\u2018tkazildi. Tanlov doirasida \u201cEng yaxshi yosh NOA va A chilangari\u201d, \u201cEng yaxshi yosh elektr chilangari\u201d va \u201cEng yaxshi yosh payvandchisi\u201d yo\u2018nalishlarida yoshlar o\u2018zaro bellashdilar.<\/p>\n<p>Ishtirokchilar nazariy va amaliy bosqichlarda o\u2018z bilim va mahoratlarini namoyish etdilar. Hakamlar hay&#8217;ati tomonidan eng munosib yosh mutaxassislar aniqlanib, g\u2018olib va faol ishtirokchilar AJ \u201cAmmofos-Maxam\u201d rahbariyati va kasaba uyushmasi qo\u2018mitasi tomonidan diplom hamda qimmatbaho sovg\u2018alar bilan taqdirlandilar.<\/p>\n<p>Korxona oshxonasida xodimlar uchun bayram oshi tayyorlanib, dasturxon yozildi.<\/p>\n<p>Tantanali bayram tadbiri 11 noyabr&#8217; \u2013 O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari kuni bayrami arafasida o\u2018tkazilishi rejalashtirilgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>Shavkat Toirov<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>Kimyo va farmasevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisining yoshlar masalalari bo\u2018yicha maslahatchisi<\/strong><\/p>\n<p data-start=\"2945\" data-end=\"3086\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-26052 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/4666.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/4666.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/4666-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/4666-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/4666-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p data-start=\"2945\" data-end=\"3086\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-26053 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/4665.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/4665.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/4665-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/4665-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/4665-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>07.11.2025. O\u2018zbekiston kimyo va farmasevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi tizimidagi\u00a0 \u201cAmmofos-Maxam\u201d AJda korxona rahbariyati va kasaba uyushmasi qo\u2018mitasi hamkorligida, 11 noyabr&#8217; \u2013 O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari kuni hamda O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi munosabati bilan chora-tadbirlar rejasiga asosan qator tadbirlar o\u2018tkazilmoqda. Korxonada \u201cKasaba uyushmasi bog\u2018i\u201d tashkil etildi. \u201cYashil makon\u201d umummilliy loyihasi doirasida ushbu bog\u2018ga bir [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[30,24],"tags":[],"class_list":["post-26051","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-kultura-i-sport","category-novosti-v-slajdere"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26051","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=26051"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26051\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":26073,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26051\/revisions\/26073"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=26051"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=26051"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=26051"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}