{"id":26060,"date":"2025-11-07T11:28:49","date_gmt":"2025-11-07T11:28:49","guid":{"rendered":"https:\/\/kasaba.uz\/?p=26060"},"modified":"2025-11-07T11:28:49","modified_gmt":"2025-11-07T11:28:49","slug":"11-noyabr-ozbekiston-kasaba-uyushmalari-kuni-yangi-ozbekistonning-yangi-kasaba-uyushmalari-faoliyatiga-nazar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/2025\/11\/07\/11-noyabr-ozbekiston-kasaba-uyushmalari-kuni-yangi-ozbekistonning-yangi-kasaba-uyushmalari-faoliyatiga-nazar\/","title":{"rendered":"\u201c11 noyabr&#8217; \u2013 O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari kuni: Yangi O\u2018zbekistonning Yangi kasaba uyushmalari faoliyatiga nazar\u201d"},"content":{"rendered":"<p><strong>07.11.2025.<\/strong> Avvalombor, ta&#8217;kidlash zarurki, so\u2018nggi 8-9 yil davomida muhtaram Prezidentimiz tomonidan mamlakatimizda barcha sohalarda birdek olib borilayotgan keng ko\u2018lamli va tizimli islohotlar natijasida inson qadrini ulug\u2018lash va manfaatlarini ta&#8217;minlash yo\u2018nalishlarida yuksak natijalarga erishildi. Ana shunday izchil islohotlar va yangilanishlar jarayonida O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari ham faol ishtirok etmoqdalar.<\/p>\n<p>Buni O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev joriy yil 17 oktyabr&#8217; kuni O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari faollari va faxriylari bilan bo\u2018lib o\u2018tgan tarixiy uchrashuvda alohida qayd etdi. Xususan, mazkur uchrashuvda Davlatimiz rahbari \u201cHech shubhasiz, biz erishayotgan natijalarda 8 millionga yaqin a&#8217;zoga ega, eng xalqchil va katta nodavlat tashkiloti bo\u2018lgan kasaba uyushmalarining munosib hissasi bor. Fursatdan foydalanib, har bir korxona va tashkilotga \u2013 ishchanlik muhitini, mehnat jamoalariga \u2013 rag\u2018bat va adolat ruhini olib kirayotgan kasaba uyushmalari faollariga chin dildan minnatdorlik bildiraman\u201d, deya alohida ta&#8217;kidladilar.<\/p>\n<p>Davlatimiz rahbari qayd etganlaridek, mamlakatimizda kasaba uyushmalarining erkin va mustaqil faoliyat yuritishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Buni muhtaram Prezidentimiz tashabbuslari bilan mustaqil O\u2018zbekiston tarixida ilk bora \u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a011 noyabrni \u201cKasaba uyushmalari kuni\u201d etib belgilash taklifi ilgari surilgach, \u201cO\u2018zbekiston kasaba uyushmalari kunini belgilash to\u2018g\u2018risida\u201dgi Qonun qabul qilingani, va bu kasaba uyushmalari hayotida unutilmas voqea sifatida tarixga muhrlangani ham ko\u2018rsatib turibti.<\/p>\n<p>Prezidentimiz bo\u2018lib o\u2018tgan tarixiy uchrashuvda O\u2018zbekiston kasaba uyushmalarining korxona va tashkilotlarda mehnatga oid huquqlarni himoya qilishdagi jonbozligini alohida e&#8217;tirof etish bilan birga bir qator salmoqli takliflarni ham ilgari surdilar. Ularni amalga oshirish bo\u2018yicha maxsus yo\u2018l xaritasi ishlab chiqildi.<\/p>\n<p>Ta&#8217;kidlash zarurki,\u00a0 mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar zamirida inson qadrini ulug\u2018lash mujassamdir. Inson manfaatlariga qaratilgan islohotlar natijasida milliy huquq tizimimiz xalqaro standartlarga moslashib, inson huquqlari, fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatining barqaror kafolatiga aylandi.<\/p>\n<p>Natijada oxirgi yillarda kasaba uyushmalari va ish beruvchilar o\u2018rtasidagi ijtimoiy sheriklik yangi bosqichga ko\u2018tarildi, kasaba uyushmalarining xodimlar mehnat huquqlarini himoyalash, mehnat qonunchiligini takomillashtirish va XMT konvensiyalarini ratifikasiya qilishda hamkorlik yo\u2018nalishlaridagi faoliyati sezilarli darajada oshdi.<\/p>\n<p>Shu o\u2018rinda 2025 yilda O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi kasaba uyushmalari tashkilotlarida bo\u2018lib o\u2018tgan hisobot-saylovlar yakunlari to\u2018g\u2018risida to\u2018xtalib o\u2018tish lozim.<\/p>\n<p>2025 yilda barcha darajadagi kasaba uyushmalari organlarining vakolat muddatlari tugashi munosabati bilan, kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi kasaba uyushmalari tashkilotlarida hisobot-saylovlar o\u2018tkazildi.<\/p>\n<p>Tizimda ichki demokratiyani yanada mustahkamlash sari muhim qadam qo\u2018yilib, O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari tarixida ilk marotaba hisobot-saylovlarni o\u2018tkazish to\u2018g\u2018risidagi Nizomda barcha darajadagi kasaba uyushmalari tashkilotlari raislari va rais o\u2018rinbosarlari saylovi muqobillik asosida, ishlab chiqarishdagi ishidan ozod etilgan holda faoliyat olib boradigan rais va rais o\u2018rinbosarlari saylovi esa muqobillik asosida, muqarrar ravishda yashirin ovoz berish yo\u2018li bilan o\u2018tkazildi.<\/p>\n<p>2025 yilning fevral&#8217;-aprel&#8217; oylari davomida Federatsiya tizimidagi 37\u00a0ming 23 ta boshlang\u2018ich tashkilotda hisobot-saylovlar, jumladan, 34 ming 411 ta boshlang\u2018ich tashkilotda hisobot-saylov yig\u2018ilishlari, 2 ming 613 ta boshlang\u2018ich tashkilotda hisobot-saylov konferensiyalari o\u2018tkazildi.<\/p>\n<p>Hisobot-saylovlar jarayonida faoliyati bugungi kun talabiga javob bermaydigan, xodimlar ishonchini oqlamagan qo\u2018mita raislari va tashkilotchilar o\u2018rniga yosh, tashabbuskor xodimlarni jalb etish ishlariga alohida e&#8217;tibor qaratilib, boshlang\u2018ich tashkilotlar raislarining 16,5\u00a0foizi (6 ming 107 nafari) mazkur lavozimlarga birinchi bor saylandilar.<\/p>\n<p>2025 yilning may-iyun&#8217; oylarida 70 ta birlashgan qo\u2018mitalar, 573 ta tuman, shahar va 83 ta viloyat bo\u2018linmalarida hisobot-saylov konferensiyalari bo\u2018lib o\u2018tdi.<\/p>\n<p>Konferensiyalarda birlashgan qo\u2018mitalar, tuman, shahar, viloyat kengashlari a&#8217;zoligiga jami 10 ming 192 nafar a&#8217;zolar, shulardan 3 ming 652 nafari (qariyb 36 foizi) birinchi bor, saylandi.<\/p>\n<p>Kasaba uyushmalari qurultoylari, hududiy Kengashlarning konferensiyalariga jami 2 ming 965 nafar delegatlar saylanib, qurultoy va konferensiyalarda 2 ming 843 nafari yoki 92,5 foizi ishtirok etdi.<\/p>\n<p>Qurultoy va konferensiyalarda Respublika kengashlari, hududiy Kengashlar a&#8217;zoligiga 942 kishi saylandi, ularning 266 nafari (28,2%) ayollarni, 356 nafari (38%) birinchi bor saylanganlarni tashkil qildi.<\/p>\n<p>Joriy yilning 1 noyabr&#8217; kuni Toshkent shahrida O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining IX Qurultoyi bo\u2018lib o\u2018tdi.<\/p>\n<p>Qurultoy ishida 400 dan ziyod delegatlar, kasaba uyushmalarining ijtimoiy hamkorlari bo\u2018lgan ko\u2018plab vazirlik, idoralar rahbarlari, shuningdek, Xalqaro kasaba uyushmalari Konfederatsiyasi, Xalqaro mehnat tashkiloti vakilllari qatnashdi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi Qudratilla Rafikovning \u201cYangi O\u2018zbekiston &#8211; yangi kasaba uyushmalari: Federatsiyaning 2021-2025 yillardagi faoliyati va milliy taraqqiyotning zamonaviy bosqichida kasaba uyushmalarining ustuvor vazifalari to\u2018g\u2018risida\u201dgi hisobot ma&#8217;ruzasi Qurultoy ishtirokchilari e&#8217;tiboriga havola etildi. Qurultoyda O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Nazorat-taftish\u00a0 komissiyasining 2021-2025 yillardagi faoliyati to\u2018g\u2018risidagi hisoboti ham tinglandi. Har ikkala masala yuzasidan bo\u2018lib o\u2018tgan muhokamalar jarayonida so\u2018zga chiqqan delegatlar O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi faoliyatiga qoniqarli baho berib, Nazorat-taftish komisiyasi hisobotini tasdiqladilar.<\/p>\n<p>Shundan so\u2018ng O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi va uning o\u2018rinbosarlarini, O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Bosh kengashi, Ijroiya qo\u2018mitasi, shuningdek Nazorat-taftish komissiyasi tarkibi va raisini saylash to\u2018g\u2018risidagi masalalar ko\u2018rib chiqildi. Hisobot-saylovlarni o\u2018tkazish to\u2018g\u2018risida Nizomga muvofiq Federatsiya raisi va rais o\u2018rinbosarlari saylovi yashirin ovoz berish yo\u2018li bilan o\u2018tkazildi.<\/p>\n<p>Federatsiya tizimida ilk bora muqobillik asosida o\u2018tkazilgan saylovda yashirin ovoz berish natijalariga ko\u2018ra, Rafikov Qudratilla Mirsoatovich ko\u2018pchilik ovoz bilan O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining raisi etib saylandi.<\/p>\n<p>Endi ijozatingiz bilan raqamlarga to\u2018xtalib o\u2018tsam.<\/p>\n<p>O\u2018tgan 5 yillik hisobot davrida kasaba uyushmalarining korxona va tashkilotlarda mehnatga oid huquqlarni himoya qilishdagi jonbozligi natijasida \u00a0\u00a0\u00a0500 mingga yaqin xodimning qonuniy huquqlari himoya qilinib, ular foydasiga \u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0267 milliard so\u2018m undirib berildi. Shuningdek, ishdagi baxtsiz hodisalar tufayli jabrlangan 1\u00a0ming nafar xodimga 35 milliard so\u2018m tovon puli to\u2018lab berildi. Bundan tashqari, nohaq bo\u2018shatilgan 13 ming xodim ishga tiklangan.<\/p>\n<p>Kasaba uyushma tashkilotlari tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarning 27 ming 387 ta murojaati ko\u2018rib chiqilishi natijasiga ko\u2018ra jami 32 ming \u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0651 nafar shaxsning huquqlari tiklanib, xodimlar foydasiga 105\u00a0mlrd. 909 mln. so\u2018mdan ziyod mablag\u2018 undirib berildi. Xodimlar huquqlarini tiklashni so\u2018rab ish beruvchilarga 8 ming 135 ta taqdimnoma kiritilib, 38 ming 841 ta kamchilik bartarf etilishiga erishildi. O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan davlat organlari va tashkilotlarida jamoatchilik nazorati doirasida Genderga oid audit o\u2018tkazish ishlari yo\u2018lga qo\u2018yildi.<\/p>\n<p>Bugungi kunda O\u2018zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi va Ish beruvchilar Konfederatsiyasi o\u2018rtasida ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo\u2018yicha imzolangan Bosh jamoa kelishuvi, 14 ta hududiy jamoa kelishuvi, 103 ta tarmoq jamoa kelishuvi xodimlar uchun ijtimoiy kafolatlar ko\u2018lamini yanada kengaytirishning muhim va ishonchli mexanizmi bo\u2018lib xizmat qilmoqda. 2025 yilga kelib hududiy-tarmoq kelishuvlari soni 2021 yildagi 354 tadan 540 taga oshdi. 2025 yil 1 yanvarga kelib yuridik shaxslarda imzolangan jamoa shartnomalari soni 127 mingdan oshdi. Bugungi kunda jamoa shartnomalari xodimlar uchun bandlik va munosib mehnat kafolatlarini belgilash, ish haqi miqdorini oshirishning samarali vositasiga aylangan. Tuzilgan jamoa shartnomalarining barchasida xodim bilan mehnat shartnomasini ish beruvchi tashabbusiga ko\u2018ra bekor qilishdan oldin kasaba uyushma qo\u2018mitasining roziligini albatta olish zarurligi talabi kiritilgan.<\/p>\n<p>2024 yil yakunlariga ko\u2018ra respublika bo\u2018yicha 32 ming 251 ta korxona va tashkilotda jamoa shartnomalari asosida yagona tarif setkasida belgilangan razryadlar koeffisienti ko\u2018tarilgan bo\u2018lib, bu orqali 1 mln. 342 ming nafar xodimning ish haqi oshirilishiga erishilgan. Jamoa shartnomalarida\u00a0 xodimlar uchun qo\u2018shimcha imtiyozlar kiritilishi natijasida jamoa shartnomasi tadbirlarini bajarish uchun respublika bo\u2018yicha o\u2018rta hisobda bir xodimga yil davomida sarflangan mablag\u2018 10 mln. 89 ming so\u2018mni tashkil etib,\u00a0 2021 yilga nisbatan 2 barobarga ortgan.<\/p>\n<p>Hisobot davrida ijtimoiy yo\u2018naltirilgan davlat dasturlarini bajarish doirasida jamoa shartnomalari va kelishuvlari orqali 945 ming 853 nafar fuqaroga va 353 ming 325 ta oilaga qariyb 966 milliard so\u2018mdan ziyod mablag\u2018 sarflandi.<\/p>\n<p>Barcha hududlarda ish beruvchilar tomonidan xodimlarga to\u2018lanadigan ish haqi ularning malakasiga muvofiqligi nazorati olib borilmoqda. Xususan, hisobot davrida kasaba uyushmalari tomonidan 36 mingdan ziyod korxona, tashkilot va muassasada ish beruvchilar tomonidan eng kam ish haqi me&#8217;yorlariga rioya etilishi holati o\u2018rganildi va qonun buzilishi holatlari bartaraf etildi. 2021-2025 yillar mobaynida ish beruvchilarga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga, banklarga, huquqiy inspeksiyalarga, prokuratura va sud organlariga 974 ta murojaat kiritilib,\u00a0 769 milliard so\u2018mdan ortiq o\u2018z vaqtida to\u2018lanmagan ish haqi undirilishiga erishildi.<\/p>\n<p>Mehnat muhofazasi bo\u2018yicha nazorat-profilaktika ishlari bilan birga xodimlarga munosib mehnat sharoitlari yaratilishi yuzasidan monitoring amalga oshirilmoqda. Hisobot davrida 5 ming 850 ta korxona va tashkilotda mehnat muhofazasi holati o\u2018rganilib, aniqlangan 21 ming 346 ta kamchilik bo\u2018yicha\u00a0 ish beruvchilarga 2 ming 762 ta taqdimnoma kiritildi va\u00a0 kamchiliklarning aksariyati bartaraf etilishiga erishildi. Shuningdek, korxona va tashkilotlarda baxtsiz xodisalar va kasb kasalliklarining oldini olish maqsadida doimiy monitoring amalga oshirilib, tegishli ma&#8217;lumotlar Vazirlar Mahkamasiga kiritib borilmoqda.<\/p>\n<p>Kasaba uyushma tashkilotlari tuzilmagan korxona va tashkilotlar hodimlarini kasaba uyushmalariga jalb qilish ishlari hisobot davrida sezilarli darajada kuchaytirilishiga erishildi. Natijada, 2021 yilda kasaba uyushmalari a&#8217;zolari soni 5 mln. nafarni tashkil etgan bo\u2018lsa, bugunga kelib qariyb 8 mln. nafarga yetdi.<\/p>\n<p>So\u2018nggi yillarda kasaba uyushmalarining horijiy mamlakatlar kasaba uyushmalari va nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalari rivojlandi. Xalqaro mehnat tashkiloti bilan hamkorlik yangi bosqichga ko\u2018tarildi. O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tashabbusi bilan Markaziy Osiyo mamlakatlari kasaba uyushmalari Kengashi tuzildi. Turkiy davlatlar kasaba uyushmalari Kengashi tashkil etildi. Xalqaro kasaba uyushmalari Konfederatsiyasi bilan tizimli hamkorlik o\u2018z natijasini berib, O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Konfederatsiyaga haqiqiy a&#8217;zolikka qabul qilindi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi faoliyatining yana bir muhim yo\u2018nalishi \u2013 xodimlar va ularning oila a&#8217;zolarini sog\u2018lomlashtirishdir. Ta&#8217;kidlash zarurki, 2016 yilda kasaba uyushmalari tizimida jami 17 ta sanatoriy faoliyat ko\u2018rsatgan bo\u2018lsa, 2025 yilga kelib tizimdagi sanatoriylar soni 33\u00a0taga yetdi. Federatsiya tizimidagi sanatoriy va dam olish uylarida 2017 yilga nisbatan o\u2018rinlar soni 2043 taga oshdi va yiliga qo\u2018shimcha 60 mingdan ortiq aholini sog\u2018lomlashtirish imkoni yaratildi. Yangi qurilgan sanatoriylar, qo\u2018shimcha yotoq va davolash bo\u2018limlarini ishga tushirilishi hisobiga qo\u2018shimcha 1433 ta muqim ish o\u2018rinlari yaratildi. Hisobot davrida kasaba uyushmalari tizimidagi sanatoriylarda 900 ming nafarga yaqin dam oluvchi sog\u2018lomlashtirildi. Ulardan qariyb 341 ming\u00a0nafar mehnatkash imtiyozli va \u00a0\u00a0\u00a0\u00a021 ming 831\u00a0nafari bepul yo\u2018llanmalar asosida o\u2018z salomatliklarini tikladilar.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining \u201cBolalarning dam olishlarini tizimli tashkil etish va sog\u2018lomlashtirish ishlarini yanada takomillashtirishga doir qo\u2018shimcha chora-tadbirlar to\u2018g\u2018risida\u201dgi Qaroriga muvofiq O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimida \u201cBolalarning dam olishi va sog\u2018lomlashtirilishini tashkil etish departamenti\u201d tashkil etildi. 2017-2023 yillar davomida 8 ta yangi bolalar sog\u2018lomlashtirish oromgohi qurilib foydalanishga topshirildi, faoliyat yuritmayotgan yoki samarasiz ishlayotgan 82 ta bolalar sog\u2018lomlashtirish oromgohi O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi balansiga o\u2018tkazildi va tasarrufdagi oromgohlar soni 107 taga yetdi. Bugungi kunda 14 ta faoliyat yuritmayotgan oromgohlarni bosqichma-bosqich yangidan qurish ishlari olib borilmoqda.<\/p>\n<p>2021-2025 yillar davomida yoz mavsumida oromgohlarda mehnatkashlarning qariyb 1 mln. 545 ming nafar farzandi sog\u2018lomlashtirildi. Shu jumladan, \u201cIjtimoiy himoya yagona reestri\u201d axborot tizimida ro\u2018yxatda bo\u2018lgan yoki \u201cTemir daftar\u201d, \u201cAyollar daftari\u201d va \u201cYoshlar daftari\u201ddan biriga kiritilgan hamda mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolarning farzandlari, ota-ona qarovisiz qolgan, nogironligi bor bolalar, Mehribonlik uylari va oilaviy bolalar uylari tarbiyalanuvchilaridan qariyb 75 ming nafari imtiyozli va bepul asosda dam oldirildi.<\/p>\n<p>Hisobot yillarida mamlakatimiz kasaba uyushmalari harakati tarixini o\u2018rganish va keng jamoatchilikka yetkazish borasida bir qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan, 2021 yilda O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tarixi muzeyi tashkil etildi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tashabbusi bilan tuzilgan Ishchi guruh tomonidan mamlakatimiz va horijdagi arxiv hamda kutubxonalar fondidagi 1\u00a0000\u00a0dan ortiq tarixiy hujjatlar shuningdek, o\u2018tgan asrning boshida chop etilgan \u201cTurkiston\u201d, \u201cIshchilar dunyosi\u201d, \u201cXurshid\u201d, \u201cTaraqqiy\u201d va \u201cSamarqand\u201d gazetalarining 200 dan ortiq sonlari o\u2018rganildi. Ilmiy o\u2018rganish va tarixiy-nazariy tahlillar natijasida mamlakatimizda ilk kasaba uyushmalari harakati 1905 yilda boshlanganligi hamda 2025 yilda 120 yil to\u2018lishi tarixiy hujjatlar hamda aniq manbalar asosida to\u2018liq isbotini topdi.<\/p>\n<p>Joriy yilda mamlakatimizda O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi va 11 noyabr&#8217; \u2013 O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari kuni keng nishonlanmoqda. Respublikamiz hududlaridagi korxona, tashkilot va muassasalar mehnat jamoalarida, eng chekka hududlarda mazkur sanalarga bag\u2018ishlangan tadbirlar o\u2018tkazilmoqda. O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi munosabati bilan O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi \u201cO\u2018zbekiston kasaba uyushmalarining 120 yilligi\u201d esdalik nishonini ta&#8217;sis etdi. Undan kasaba uyushmalari harakatining yubiley sanasini tantanali nishonlash, mazkur sana munosabati bilan soha faollarini ma&#8217;naviy jihatdan rag\u2018batlantirish maqsad qilingan. Bayram arafasida ushbu nishon bilan kasaba uyushmasi a&#8217;zosi bo\u2018lgan, sohaning tarixini yaxshi bilgan va uni keng ommaga targ\u2018ib qilgan, mehnat faoliyatida yuqori natijalarga erishgan ishchi-xizmatchilar, mazkur yo\u2018nalishga katta hissa qo\u2018shgan, nufuzini oshirib, xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilishda faol ishtirok etgan shaxslar taqdirlanmoqda.<\/p>\n<p>Matbuot konferensiyasi davomida O\u2018zbekiston Kasaba uyushmalari tashkil topganligining 120 yilligiga bag\u2018ishlab chiqarilgan maxsus pochta markalarining taqdimoti hamda maxsus xotira shtempeli bilan so\u2018ndirish marosimi ham o\u2018tkazildi.<\/p>\n<p>2025-yilda O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yillik yubileyi keng nishonlanishi munosabati O\u2018zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan 2025-yil 2-oktabrdan O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligiga bag\u2018ishlangan maxsus pochta markalari turkumi muomalaga kiritildi. Mazkur turkum 9 ta pochta markalaridan iborat bo\u2018lib, kichik varaq ko\u2018rinishida\u00a0 tayyorlangan. Maxsus pocha markalarida mamlakatimiz mehnatkashlarini yuqori ijtimoiy va ma&#8217;naviy faravonligini ta&#8217;minlovchi dam olish maskanlari, ularning salomatligi uchun sport hamda sog\u2018lomlashtirish majmualari, shuningdek, bolalar oromgohlari tasvirlangan. Kichik varaqning hoshiyasida O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi logotipi aks ettirilgan. Turkum uchun maxsus sovg\u2018a albomi va pochta konverti tayyorlangan. Maxsus pochta markalariga identifikatsiya raqamlari berilgan va nominallar o\u2018rnatilgan. Pochta markalar bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog\u2018ozi oq silliq. Kichik varaqning o\u2018chami 200&#215;170 mm, pochta markalarining o\u2018lchami 52&#215;37 mm. Turkumning adadi 1500 nusxa. O\u2018zbekiston Kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligiga bag\u2018ishlangan pochta markalarini so\u2018ndirish maqsadida maxsus xotira shtempeli tayyorlandi. Maxsus xotira shtempelining o\u2018rtasida O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi logotipi tasviri tushirilgan. O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligiga bag\u2018ishlangan maxsus pochta markalari xat va banderollar orqali butun dunyo bo\u2018ylab aylanib chiqadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Matbuot xizmati<\/strong><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-26062 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/4672.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/4672.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/4672-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/4672-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/4672-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-26064 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/4671.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/4671.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/4671-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/4671-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/4671-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-26063 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/4673.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/4673.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/4673-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/4673-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/4673-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-26065 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/4674.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/4674.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/4674-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/4674-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/4674-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-26066 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/4675.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/4675.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/4675-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/4675-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/4675-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-26061 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/4670.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/4670.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/4670-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/4670-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/4670-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>07.11.2025. Avvalombor, ta&#8217;kidlash zarurki, so\u2018nggi 8-9 yil davomida muhtaram Prezidentimiz tomonidan mamlakatimizda barcha sohalarda birdek olib borilayotgan keng ko\u2018lamli va tizimli islohotlar natijasida inson qadrini ulug\u2018lash va manfaatlarini ta&#8217;minlash yo\u2018nalishlarida yuksak natijalarga erishildi. Ana shunday izchil islohotlar va yangilanishlar jarayonida O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari ham faol ishtirok etmoqdalar. Buni O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev joriy yil [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[25,24],"tags":[],"class_list":["post-26060","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-informacionnoe-sotrudnichestvo","category-novosti-v-slajdere"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26060","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=26060"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26060\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":26067,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26060\/revisions\/26067"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=26060"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=26060"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=26060"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}