{"id":26122,"date":"2025-11-11T17:27:36","date_gmt":"2025-11-11T17:27:36","guid":{"rendered":"https:\/\/kasaba.uz\/?p=26122"},"modified":"2025-11-11T17:27:36","modified_gmt":"2025-11-11T17:27:36","slug":"11-noyabr-ozbekiston-kasaba-uyushmalari-kuni-yangi-ozbekistonning-yangi-kasaba-uyushmalari-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/2025\/11\/11\/11-noyabr-ozbekiston-kasaba-uyushmalari-kuni-yangi-ozbekistonning-yangi-kasaba-uyushmalari-2\/","title":{"rendered":"11 noyabr&#8217; \u2013 O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari kuni: Yangi O\u2018zbekistonning yangi kasaba uyushmalari"},"content":{"rendered":"<p><strong>11.11.2025.<\/strong> O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari saroyida 11 noyabr&#8217; \u2013 O\u2018zbekiston Kasaba uyushmalari kuni hamda O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yillik yubileyiga bag\u2018ishlangan tantanali bayram tadbiri bo\u2018lib o\u2018tdi.<\/p>\n<p>Unda O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi, uning hududiy kengashlari, tarmoq kasaba uyushmalari Respublika kengashlari, tasarrufdagi tashkilotlar rahbarlari, hamkor vazirlik, idora va tashkilotlar, xalqaro tashkilotlar, Xalqaro kasaba uyushmalari birlashmalari, 20 dan ortiq horijiy davlatlar kasaba uyushmalari tashkilotlari rahbar va mutasaddilari, O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari faxriylari va faollari hamda turli sohalarda faoliyat ko\u2018rsatayotgan mehnatkashlar ishtirok etdilar.<\/p>\n<p>Tadbir ishtirokchilari saroyda karnay-surnay sadolari ostida kutib olindi.<\/p>\n<p>Bayram tadbirining rasmiy qismi ochiq deb e&#8217;lon qilingach O\u2018zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi ijro etildi.<\/p>\n<p>Dastlab 11 noyabr&#8217; \u2013 O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari kuni va O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi munosabati bilan O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan kasaba uyushmalari xodimlari va faollariga yo\u2018llangan bayram tabrigi o\u2018qib eshittirildi.<\/p>\n<p>Prezidentimiz tabrigi 8 millionlik a&#8217;zoga ea bo\u2018lgan kasaba uyushma faollari va xodimlari hamda ishtirokchilar tomonidan katta hayajon va faxr bilan qarshi olindi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari kuni hamda mamlakat kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi nishonlanayotgan kunlar kasaba uyushmalari tarixiga zarhal harflar bilan yoziladigan kunlar bo\u2018ldi, desak mubolag\u2018a bo\u2018lmaydi. Zero ushbu sana munosabati bilan kasaba uyushmalari harakati rivojiga qo\u2018shgan munosib hissasi uchun eng faol, fidoyi va tashabbuskor kasaba uyushma faollari Prezidentimizning Farmonlari bilan Davlat mukofotlariga sazovor bo\u2018lishdi. Tadbirda Davlatimiz rahbari Farmoni o\u2018qib eshittirildi va davlat mukofotlari tantanali ravishda o\u2018z egalariga topshirildi.<\/p>\n<p>Tantanali tadbirda muhtaram Prezidentimiz tashabbuslari bilan inson manfaatlarini ta&#8217;minlash yo\u2018lida o\u2018tgan 8-9 yil davomida jamiyat hayotining barcha jabhalarida birdek olib borilayotgan keng ko\u2018lamli va tizimli islohotlar hamda yangilanishlar, ularning salmoqli natijalari alohida ta&#8217;kidlandi. Xususan, o\u2018tgan qisqa vaqt ichida xalqimiz turmush darajasi va farovonligini oshirish, xalqaro aloqalarni mustahkamlash, O\u2018zbekiston nufuzini dunyo miqyosida yuqori pog\u2018onaga ko\u2018tarish borasida tizimli islohotlar amalga oshirilib, salmoqli natijalarga erishilgani, ushbu yutuqlar bugun jamiyatimiz hayoti va xalqimiz turmushidagi ijobiy o\u2018zgarishlarda namoyon bo\u2018layotgani, sirasini aytganda, Yangi O\u2018zbekiston fuqarolari yangicha dunyoqarash bilan yangicha hayot kechirayotganlari qayd etildi.<\/p>\n<p>Haqiqatdan ham Prezidentimiz tashabbuslari bilan Inson qadri uchun amalga oshirilayotgan ulkan va tizimli ishlar davlatimiz va jamiyatimizni taraqqiyotning mutlaqo yangi bosqichiga olib chiqdi. Yangi O\u2018zbekistonning bu boradagi yutuqlari va qo\u2018lga kiritayotgan natijalari bugun xalqaro miqyosda ham tan olinib, yuksak e&#8217;tiroflarga sazovor bo\u2018lmoqda. Amalga oshirilayotgan o\u2018zgarishlar va yangilanishlar, aholining turli toifalari, ayniqsa, xotin-qizlar va yoshlarga ko\u2018rsatilayotgan e&#8217;tibor, ularni har tomonlama qo\u2018llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan tizimli ishlar natijasida O\u2018zbekiston aholisining ijtimoiy-siyosiy faolligi va tashabbuskorligi ortib, yangi marralar sari olg\u2018a intilmoqda.<\/p>\n<p>Tadbirda ta&#8217;kidlanganidek, so\u2018nggi yillarda O\u2018zbekistonda davlat, kasaba uyushmalari va ish beruvchilar o\u2018rtasidagi ijtimoiy sheriklik uchun yaratilgan keng imkoniyatlar natijasida mamlakatimiz kasaba uyushmalari faoliyati yangi rivojlanish bosqichiga kirdi. Yangi O\u2018zbekistonning Yangi kasaba uyushmalari yurtimizdagi islohotlar, yangilanish va o\u2018zgarishlardagi faolliklarini yanada oshirib, turli soha xodimlarining ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari va mehnat sohasidagi huquqlarini himoyalash borasida tizimli ishlarni amalga oshirib kelmoqdalar.<\/p>\n<p>Xususan, bugun xalq tashkilotiga aylangan kasaba uyushmalari O\u2018zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi va Ish beruvchilar Konfederatsiyasi o\u2018rtasida imzolangan Bosh jamoa kelishuvi, amaldagi 103 ta tarmoq kelishuvi hamda 127 mingdan ortiq jamoa shartnomalari orqali mehnatkashlar va ular oila a&#8217;zolarining ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoyalash, ish haqining o\u2018z vaqtida to\u2018lanishi, mehnatga haq to\u2018lashning eng kam miqdori standartlariga ish beruvchilar tomonidan rioya etilishi bo\u2018yicha jamoatchilik nazoratini olib borish kabi ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Kasaba uyushmalari inspektorlari tomonidan o\u2018tgan 5 yillik hisobot davri davomida 13 mingdan ortiq tashkilotda jamoatchilik nazorati amalga oshirilib, 46 mingta kamchilik aniqlandi va ularning 39 mingdan ortig\u2018i bartaraf etildi.<\/p>\n<p>Hisobot davrida kasaba uyushmalariga kelib tushgan qariyb 27,5 ming murojaatni ko\u2018rib chiqish natijalariga ko\u2018ra jami 32 ming 651 nafar shaxsning huquqlari tiklanib, xodimlar foydasiga qariyb 106 mlrd. so\u2018m mablag\u2018 undirib berilishiga erishildi. Nodavlat sektoridagi xodimlarning ham jamoa shartnomalaridagi imtiyoz va kafolotlardan foydalanishlarini ta&#8217;minlash maqsadida ularni kasaba uyushmalariga jalb etish borasida amalga oshirilgan sa&#8217;y-harakatlar natijasida kasaba uyushma a&#8217;zolari soni 8 million nafarga yetdi.<\/p>\n<p>Davlat dasturlarini amalga oshirishda kasaba uyushmalarining faol ishtirokini ta&#8217;minlash, aholi turli qatlamlarini ijtimoiy himoya qilish sohasidagi ishlarni yanada kuchaytirish choralari ko\u2018rildi. O\u2018tgan 5 yil davomida ijtimoiy yo\u2018naltirilgan davlat dasturlarini bajarish doirasida jamoa shartnomalari va kelishuvlari orqali ish beruvchilar va kasaba uyushmalari ijtimoiy sherikligida 353 ming 325 ta oilaga va 945 ming 853 nafar fuqaroga 966 mlrd. so\u2018mdan ziyod mablag\u2018 yo\u2018naltirildi.<\/p>\n<p>Kasaba uyushmalarining xodimlar va ularning oila a&#8217;zolarini sog\u2018lomlashtirish yo\u2018nalishidagi ishlari ham sifat va miqdor jihatidan yangi bosqichga ko\u2018tarildi. Hisobot davrida ushbu yo\u2018nalishda barcha imkoniyatlardan keng foydalanildi. Xususan, oxirgi to\u2018qqiz yilda 14 ta yangi sanatoriy qurilib, foydalanishga topshirildi va yana 10 ga yaqini rekonstruksiya qilindi. Natijada o\u2018rinlar soni 2017 yilga nisbatan 2 ming 43 taga oshib, yiliga qo\u2018shimcha 60 mingdan ortiq aholini sog\u2018lomlashtirish imkoni yaratildi.<\/p>\n<p>Hisobot davrida Federatsiya tizimidagi sanatoriylarda 900 mingga yaqin fuqaro sog\u2018lomlashtirildi, ularning 43 foiziga imtiyozli yo\u2018llanmalar ajratilib, salomatligi mustahkamlandi.<\/p>\n<p>Qayd etilganidek, bayram tadbirida 20 dan ortiq xorijiy davlatlardan tashrif buyurgan mehmonlar, shu jumladan, Xalqaro Mehnat Tashkiloti, Umumkasaba uyushmalari Konfederatsiyasi, Arab kasaba uyushmalari Konfederatsiyasi, Turkiya, Gruziya, Moldova, Latviya, Litva, Gresiya, Quvayt, Mongoliya, V&#8217;etnam, Xitoy, Pokiston, Livan, Aljir, Kot-d&#8217;Ivuar, Rossiya, Belarus&#8217;, Ozarbayjon, Qozog\u2018iston, Qirg\u2018iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Boshqirdiston, Tatariston kasaba uyushmalari mutasaddilari ham ishtirok etdilar. Tadbirda ular ham O\u2018zbekistonda kasaba uyushmalari harakatining 120 yillik shonli tarixi bilan tanishish imkoniga ega bo\u2018ldilar.<\/p>\n<p>Xususan, badiiy sahna ko\u2018rinishlari orqali yurtimizda ilk kasabachilik harakatining paydo bo\u2018lishi, so\u2018ngra Sirdaryo viloyati idora xodimlari va buxgalterlari kasaba uyushmasi, Turkiston farmasevtika xodimlari uyushmasi, oshpaz va uy xizmatchilari, tikuvchi va etikdo\u2018zlar, matbaa, mexanika ishlab chiqarish, shuningdek, quruvchilar kasaba uyushmalari tashkil etilishi, ularning Ustavi qabul qilinishi tarixiy faktlar asosida ko\u2018rsatib berildi.<\/p>\n<p>Birinchi O\u2018zbekiston kasaba uyushmalarining Kengashi (Uzsovprof) bundan bir asr oldin 1925 yilning mart oyida mazkur tadbir bo\u2018lib o\u2018tayotgan ushbu muhtasham Saroyda tashkil etilgani qayd etildi. Bu paytga kelib, kasaba uyushmalarini tashkil etgan ziyolilarimiz tomonidan xalqimiz ma&#8217;naviyati va ma&#8217;rifatini yuksaltirish ishlari keng yo\u2018lga qo\u2018yilgani namoyish etildi.<\/p>\n<p>Ma&#8217;lumki, Jadidchilik harakati haqida ko\u2018p va xo\u2018b yozilgan, tadqiqotlar qilingan. Biroq ularning kasabachilik harakatidagi fao\u00adliyati ko\u2018pchilik uchun ayon bo\u2018lmagan tarixiy fakt ekanligi ham sahna ko\u2018rinishlari orqali ko\u2018rsatib berildi.<\/p>\n<p>Shu tariqa O\u2018zbekiston kasaba uyushmalarining 1930-1941 yillardagi, II jahon urushi davridagi, Urushdan keyingi tiklanish davridagi, 1966 yilgi Toshkent zilzilasidan keyin poytaxtimiz qayta qurilishi davridagi, 1991 yilda Vatanimiz Mustaqillikni qo\u2018lga kiritgan yillardagi faoliyati aks ettirilgan lavhalar namoyish etildi.<\/p>\n<p>Shundan so\u2018ng keyingi to\u2018qqiz yilda Yangi O\u2018zbekistonning Yangi kasaba uyushmalari shakllangani, O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbuslari bilan amalga oshirilgan ulkan ishlar mamlakat va xalqimiz hayotida keskin burilish yasagani, bugun har birimiz bu xalqchil siyosat natijalarini o\u2018z hayotimizda, kundalik turmushimizda ko\u2018rib turganimiz, Yangi O\u2018zbekistonning Yangi kasaba uyushmalari ham xodimlar manfaatlarini hamisha himoya qilishga, ularni qo\u2018llab-quvvatlashga tayyor ekanligi sahna ko\u2018rinishlarida namoyon bo\u2018ldi.<\/p>\n<p>Tadbirda joriy yilning 17 oktyabr&#8217; kuni Muhtaram Prezidentimizning kasaba uyushmalari faollari bilan tarixiy uchrashuvi bo\u2018lib o\u2018tgani, uchrashuvda Yurtboshimiz tomonidan xalqning turmush darajasini va huquqiy himoyasini yaxshilash hamda sohani yanada xalqchil qilish yo\u2018lida bildirilgan tashabbuslar kasaba uyushmalariga, mehnat ahliga bo\u2018lgan doimiy e&#8217;tibor sifatida mamlakatimizdagi 8 millionlik kasaba uyushma a&#8217;zolarining qalbida yuksak tuyg\u2018ularni uyg\u2018otgani, ularga yangi kuch va ilhom bag\u2018ishlagani alohida ta&#8217;kidlandi.<\/p>\n<p>Kasaba uyushmalari hamisha mehnatkashlar himoyachisi sifatida hayotimizda ijtimoiy adolat yanada mustahkam qaror topishiga o\u2018z hissasini qo\u2018shishda davom etishi qayd etildi.<\/p>\n<p>Tantanali tadbir davomida ishtirokchilar e&#8217;tiboriga bayramona konsert dasturi namoyish etildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>Muhabbat O\u2018rmonbekova<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Matbuot xizmati rahbari<\/strong><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-26123 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/1-7.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/1-7.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/1-7-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/1-7-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/1-7-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-26124 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/2-7.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/2-7.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/2-7-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/2-7-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/2-7-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-26125 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/3-6.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/3-6.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/3-6-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/3-6-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/3-6-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-26126 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/4-4.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/4-4.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/4-4-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/4-4-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/4-4-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-26127 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/5-2.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/5-2.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/5-2-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/5-2-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/5-2-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-26128 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/6-1.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/6-1.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/6-1-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/6-1-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/6-1-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-26129 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/7-1.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/7-1.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/7-1-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/7-1-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/7-1-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>11.11.2025. O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari saroyida 11 noyabr&#8217; \u2013 O\u2018zbekiston Kasaba uyushmalari kuni hamda O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yillik yubileyiga bag\u2018ishlangan tantanali bayram tadbiri bo\u2018lib o\u2018tdi. Unda O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi, uning hududiy kengashlari, tarmoq kasaba uyushmalari Respublika kengashlari, tasarrufdagi tashkilotlar rahbarlari, hamkor vazirlik, idora va tashkilotlar, xalqaro tashkilotlar, Xalqaro kasaba uyushmalari birlashmalari, 20 dan [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[30,24],"tags":[],"class_list":["post-26122","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-kultura-i-sport","category-novosti-v-slajdere"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26122","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=26122"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26122\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":26130,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26122\/revisions\/26130"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=26122"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=26122"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=26122"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}