{"id":26179,"date":"2025-11-19T09:01:56","date_gmt":"2025-11-19T09:01:56","guid":{"rendered":"https:\/\/kasaba.uz\/?p=26179"},"modified":"2025-11-19T09:01:56","modified_gmt":"2025-11-19T09:01:56","slug":"mangu-hilpirayver-vatan-bayrogi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/2025\/11\/19\/mangu-hilpirayver-vatan-bayrogi\/","title":{"rendered":"Mangu hilpirayver, vatan bayrog\u2018i!"},"content":{"rendered":"<p><strong>19.11.2025.<\/strong> Har bir davlatning bayrog\u2018i \u2014 uning milliy davlatchiligi, suvereniteti va milliy o\u2018zligini ifodalovchi muqaddas timsol hisoblanadi.<\/p>\n<p>1991 yil 18 noyabr&#8217; kuni O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida \u201cO\u2018zbekiston Respublikasi Davlat bayrog\u2018i to\u2018g\u2018risida\u201dgi Qonun qabul qilinib, milliy ramzimizning huquqiy asosi yaratiladi. 1992 yil 2 mart kuni mamlakatimiz Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a&#8217;zo bo\u2018lgach, bayrog\u2018imiz dunyo tribunalarida ilk bor hilpiradi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston bayrog\u2018idagi ranglar, ramzlar va tasvirlar yurtimizning ham tarixi, ham kelajagiga ishora qiladi. Ko\u2018k rang \u2014 mangu osmon, tinchlik va halollik timsoli; oq rang \u2014 poklik, beg\u2018ubor niyatlar va bag\u2018rikenglik mezoni; yashil rang \u2014 tabiat navqironligi, yangilanish va umid ramzi; qizil yo\u2018lak esa hayot qudrati va intilish shiddati ifodasidir. Bayroqdagi hilol tasviri ezgulikka intilish, yangi davlatchilikning pok tadrijini anglatsa, o\u2018n ikki yulduz qadimgi burjlar va xalqimiz madaniy tafakkuriga xos mukammallik ramzini mujassam etadi.<\/p>\n<p>Umuman, O\u2018zbekiston bayrog\u2018i \u2014 mustaqillikning mustahkam belgisi, Vatanga muhabbat, millatga fidoyilik va ozodlikka sadoqat timsoli. U yurt osmonida hilpirar ekan, har bir yurtdoshimizga mas&#8217;uliyat, g\u2018urur va birlik ruhini bag\u2018ishlaydi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Xorazm viloyat kengashi tomonidan sana munosabati bilan bir qator ma&#8217;naviy-ma&#8217;rifiy tadbirlar va davra suhbatlari tashkil etildi. Ularda korxona va tashkilotlarda faoliyat ko\u2018rsatayotgan yoshlar ham faol ishtirok etdilar.<\/p>\n<p>Shuni aytish kerakki, viloyat kengashi tashabbusi bilan bugungi kunda viloyatdagi barcha kasaba uyushmasi xodimlari uylarida O\u2018zbekiston bayrog\u2018i hilpirab turibdi. Zero, milliy bayrog\u2018imizni hurmat qilish, uning ostida birdam bo\u2018lib yashash va Vatan ravnaqi uchun xizmat qilish \u2014 har bir fuqaroning muqaddas burchidir. Bayroqni asrash \u2014 yurtni asrash, milliy qadriyatni ardoqlash demakdir.<\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>Baxtiyor Ismoilov<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Xorazm viloyat kengashi raisining yoshlar masalalari bo\u2018yicha maslahatchisi<\/strong><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-26180 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/4712.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/4712.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/4712-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/4712-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/4712-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>19.11.2025. Har bir davlatning bayrog\u2018i \u2014 uning milliy davlatchiligi, suvereniteti va milliy o\u2018zligini ifodalovchi muqaddas timsol hisoblanadi. 1991 yil 18 noyabr&#8217; kuni O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida \u201cO\u2018zbekiston Respublikasi Davlat bayrog\u2018i to\u2018g\u2018risida\u201dgi Qonun qabul qilinib, milliy ramzimizning huquqiy asosi yaratiladi. 1992 yil 2 mart kuni mamlakatimiz Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a&#8217;zo bo\u2018lgach, bayrog\u2018imiz dunyo [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[30,24],"tags":[],"class_list":["post-26179","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-kultura-i-sport","category-novosti-v-slajdere"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26179","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=26179"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26179\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":26181,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26179\/revisions\/26181"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=26179"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=26179"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=26179"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}