{"id":26246,"date":"2025-11-30T08:34:16","date_gmt":"2025-11-30T08:34:16","guid":{"rendered":"https:\/\/kasaba.uz\/?p=26246"},"modified":"2025-11-30T08:34:16","modified_gmt":"2025-11-30T08:34:16","slug":"sanator-kurort-davolash-va-tibbiy-turizmning-zamonaviy-istiqbollari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/2025\/11\/30\/sanator-kurort-davolash-va-tibbiy-turizmning-zamonaviy-istiqbollari\/","title":{"rendered":"Sanator-kurort davolash va tibbiy turizmning zamonaviy istiqbollari"},"content":{"rendered":"<p><strong>30.11.2025.<\/strong> O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan 2025 yilning 27\u201329 noyabr&#8217; kunlari Toshkent shahridagi &#8220;Chinobod Plaza&#8221; sanatoriysida \u201cSanator-kurort davolash va tibbiy turizmning zamonaviy istiqbollari\u201d mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o\u2018tkazildi.<\/p>\n<p>Keng qamrovli mazkur konferensiyani o\u2018tkazishdan asosiy maqsad \u2014 O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbuslari bilan mamlakatimizda sanator-kurort sohasini modernizasiya qilish, tabiiy shifobaxsh omillar asosida davolash usullarini takomillashtirish, tibbiy turizm sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish yo\u2018nalishlarida amalga oshirilayotgan keng ko\u2018lamli ishlar va ularning natijalarini dunyo hamjamiyatiga yetkazish, mazkur yo\u2018nalishlarda o\u2018zaro tajriba almashish hamda ilmiy-tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy etishdan iboratdir.<\/p>\n<p>Xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda jami 15 ta davlatdan, xususan, Rossiya Federatsiyasi, Belorus&#8217;, Vengriya, Chexiya, Isroil, Qozog\u2018iston, Tojikiston, Turkiya, Italiya, Ukraina, Ozarbayjon, Gruziya, Shveysariya kabi mamlakatlardan 40 nafarga yaqin horijiy mutaxassislar ishtirok etdilar. Ular tomonidan mavzuga oid 29 ta ma&#8217;ruza taqdim etildi.<\/p>\n<p>Xalqaro anjumanning 1-kuni Konferensiyaning tantanali ochilish marosimi va yalpi majlisi bo\u2018lib o\u2018tdi. \u201cSanator-kurort tibbiyoti va reabilitasiya: global chaqiriqlar va milliy rivojlanish modellari\u201d mavzuidagi Yalpi majlis davomida xalqaro va mahalliy ekspertlar ma&#8217;ruzalari tinglandi.<\/p>\n<p>Ma&#8217;lumki, Sanator-kurort ishi va tibbiy turizm sohalaridagi zamonaviy tendensiyalar yangi\u00a0 yondoshuvlar, innovasion yechimlar, an&#8217;anaviy tajriba va yangi ilmiy ishlanmalarning uyg\u2018un kombinasiyasini talab qiladi. Bugun sanator-kurort davolash va tibbiy turizm nafaqat jahon iqtisodiyotining bir qismiga, balki, o\u2018z salomatligini tiklash va farovonligini oshirishga intilayotgan odamlarning hayot sifatini oshirishning muhim omiliga aylanib borayotgan bir paytda mazkur ilmiy-amaliy konferensiyani o\u2018tkazish dolzarb ahamiyatga egadir.<\/p>\n<p>Ma&#8217;lumki, har bir davlat o\u2018z fuqarolarining salomatliini muhofaza qilish va mustahkamlashni ta&#8217;minlashga intiladi. Xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda ta&#8217;kidlanganidek, o\u2018tgan 9 yilda O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tashabbuslari bilan mamlakatimiz hayotining barcha jabhalarida amalga oshirilayotgan tub islohotlar doirasida Yangi O\u2018zbekistonda sog\u2018liqni saqlash, jumladan, sanator-kurort sohasi va tibbiy turizmni rivojlantirishga katta e&#8217;tibor qaratilmoqda. Mehnatkashlar va ularning oila a&#8217;zolari salomatligini mustahkamlash, jamiyatda sog\u2018lom turmush tarzi madaniyatini yuksaltirish, yangi ijtimoiy ob&#8217;ektlar barpo etish va ularning moddiy-texnik negizini mustahkamlash borasidagi tizimli ishlar izchil davom ettirilmoqda.<\/p>\n<p>Mazkur jarayonlarda O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi ham faol ishtirok etmoqda. Xususan, 2017 yilda O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimida 17 ta sanatoriy va dam olish uylari faoliyat ko\u2018rsatgan bo\u2018lsa, bugungi kunda ularning soni 33 taga yetdi. Shu bilan birga o\u2018rinlar soni 5 mingdan 8 mingtaga ko\u2018paydi. Natijada har yili qo\u2018shimcha ravishda 60 mingdan ortiq kishiga sanator-kurort xizmati ko\u2018rsatish imkoniyati yaratildi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimida mavjud sanatoriylar infratuzilmasi to\u2018liq yangilandi, zamonaviy qo\u2018shimcha binolar, shu jumladan, davolash va yotoqxona binolari, ovqatlanish zallari, madaniyat va dam olish ob&#8217;ektlari, zamonaviy yopiq suzish havzalari barpo etildi.<\/p>\n<p>Qayd etish joizki, yangi sanatoriylar barpo etish va mavjudlarini rekonstruksiya qilish sanator-kurort tarmog\u2018i rivojlanishi va talabiga muvofiq amalga oshirilmoqda. Ayni paytda Davlatimiz rahbari tashabbuslari bilan xalqaro tajriba va mahalliy iqlimni hisobga olgan holda yirik, markazlashgan sanator-kurort majmualari qurilmoqda. Shuningdek, horijda ham O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari sanatoriylari tashkil etilmoqda. Xususan, O\u2018zbekiston va Qirg\u2018iziston Prezidentlarining siyosiy irodasi tufayli O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan 2025 yilda mashhur Issiqko\u2018l hududida umumiy maydoni qariyb 10 gektar bo\u2018lgan, barcha qulayliklarga ega, xalqaro standartlarga javob beradigan \u201cBo\u2018ston Rezort\u201d sog\u2018lomlashtirish kurortining birinchi bosqichi foydalanishga topshirildi. Endilikda Ozarbayjon va Gruziyada ham shunday dam olish maskanlarini qurish rejalashtirilgan.<\/p>\n<p>Yana bir ahamiyatli jihat shuki, yangi sanatoriylarning qurilishi va foydalanishga topshirilishi 1500 dan ortiq qo\u2018shimcha ish o\u2018rni yaratish imkonini berdi.<\/p>\n<p>Bugungi kunda O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi sanatoriylarda 4 mingga yaqin kishi, shu jumladan, 1200 nafar malakali shifokor va hamshiralar faoliyat ko\u2018rsatmoqda. So\u2018nggi 5 yil davomida tizimdagi sanatoriylarda 800 ming nafardan ortiq kishi sog\u2018lomlashtirildi. Ulardan 320 ming nafardan ortig\u2018i imtiyozli va bepul yo\u2018llanmalar asosida dam oldirildi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekistondagi sanatoriylarda dam olib, salomatligini mustahkamlash uchun horijlik fuqarolar tomonidan ham talab otib bormoqda. Xususan, mamlakatimiz kasaba uyushmalari tizimidagi sanatoriylarda 2017 yilda qariyb 300 nafar horij fuqarosi sog\u2018lomlashtirilgan bo\u2018lsa, 2025 yilga kelib 6,5 ming nafardan ortiq horijiy fuqarolarga davolash-sog\u2018lomlashtirish xizmati ko\u2018rsatildi.<\/p>\n<p>Bugungi kunda rivojlangan davlatlarning xalqaro tajribasidan foydalanish sanatoriylarda zamonaviy davolash va sog\u2018lomlashtirish texnologiyalarini keng joriy etish imkonini bermoqda. Natijada sanatoriylarda dam oluvchilar soni yil sayin ko\u2018payib, xizmat ko\u2018rsatish sifati oshib bormoqda.<\/p>\n<p>O\u2018zining shifobaxsh xususiyati bo\u2018yicha mashhur Truskoves, Borjomi, Karlovi Vari suvlari bilan qiyoslanadigan noyob iqlim sharoiti, tabiiy landshaftlar, mineral buloqlarga ega O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari sanatoriylari odamlarga nafaqat dam olish, balki, salomatligini tiklash, immunitetini mustahkamlash imkonini bermoqda.<\/p>\n<p>Konferensiya davomida ilg\u2018or tajribalar bilan o\u2018rtoqlashildi, O\u2018zbekistonning muvaffaqiyatli tajribalari o\u2018rganilib, ushbu muhim sohani yanada rivojalantirishning strategik yo\u2018nalishlari muhokama qilindi.<\/p>\n<p>Yalpi majlisdan so\u2018ng xalqaro anjuman ishi ikkita seksiyada davom etdi. Birinchi seksiya ishtirokchilari \u201cMarkaziy Osiyoda reabilitasiya va sanator-kurort tibbiyoti\u201d, ikkinchi seksiyadagi mutaxassislar \u201cReabilitasiyada innovasiyalar va interdisiplinar yondashuvlar\u201d masalalarini muhokama etib, o\u2018zaro tajriba almashdilar. Seksiyalar ishi bo\u2018yicha xulosa va natijalar ko\u2018rib chiqilib, Xalqaro konferensiya Tavsiyalari loyihasi yuzasidan takliflar ishlab chiqildi.<\/p>\n<p>Xalqaro ilmiy-amaliy Konferensiya davomida Trukiya, Italiya va Vengriyaning bal&#8217;neologiya assosiasiyalari bilan o\u2018zaro xalqaro hamkorlik bo\u2018yicha memorandumlar imzolandi. Shu bilan birga, tibbiy turizmni rivojlantirish bo\u2018yicha yangi qo\u2018shma loyihalarni amalga oshirish yuzasidan kelishuvlarga erishildi. Shuningdek, konferensiya yakunlari bo\u2018yicha sanator-kurort sohasini rivojlantirishga oid ilmiy takliflar, amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.<\/p>\n<p>Anjumanning 2-kuni horijlik mutaxassislar O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi \u201cSevarsoy\u201d va \u201cOq tosh\u201d sanatoriylari faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Bu yerda mehmonlar mehnatkashlar va ularning oila a&#8217;zolari salomatligini mustahkamlash va sog\u2018lomlashtirish uchun yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar, sanatoriylarning eng so\u2018nggi rusumdagi tibbiy-asbob uskunalar bilan ta&#8217;minlanganlik darajasiga yuqori baho berdilar. Jahon standartlari talablariga javob beruvchi davolash usullari, suv havzasi, tabiiy iqlim sharoitlarining yuqori samarasini e&#8217;tirof etdilar.<\/p>\n<p>Shuningdek, mazkur sanatoriylar faoliyati bilan tanishuv jarayonida mehmonlarga so\u2018nggi yillarda O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan yangi sanatoriylarni barpo etish va foydalanishga topshirish, tizimda mavjud sanatoriylarni kapital ta&#8217;mirlash va rekonstrukiya qilish, qayta jihozlash va innovasion davolash texnologiyalarini joriy etish borasida amalga oshirilgan tizimli ishlar to\u2018g\u2018risida batafsil ma&#8217;lumotlar berildi.<\/p>\n<p>Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman doirasida horijiy ekspertlar uchun Samarqand shahriga madaniy-turistik sayohat ham tashkil etildi. Sayohat davomida konferensiya ishtirokchilari mamlakatimizning boy madaniy va tarixiy merosi bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo\u2018ldilar.<\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>Muhabbat O\u2018rmonbekova<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Matbuot xizmati rahbari<\/strong><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-26250 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/4-7.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/4-7.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/4-7-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/4-7-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/4-7-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-26247 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/1-16.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/1-16.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/1-16-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/1-16-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/1-16-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-26248 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/2-16.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/2-16.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/2-16-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/2-16-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/2-16-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-26249 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/3-13.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/3-13.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/3-13-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/3-13-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/3-13-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-26251 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/5-3.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/5-3.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/5-3-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/5-3-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/5-3-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>30.11.2025. O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan 2025 yilning 27\u201329 noyabr&#8217; kunlari Toshkent shahridagi &#8220;Chinobod Plaza&#8221; sanatoriysida \u201cSanator-kurort davolash va tibbiy turizmning zamonaviy istiqbollari\u201d mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o\u2018tkazildi. Keng qamrovli mazkur konferensiyani o\u2018tkazishdan asosiy maqsad \u2014 O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbuslari bilan mamlakatimizda sanator-kurort sohasini modernizasiya qilish, tabiiy shifobaxsh omillar asosida davolash usullarini takomillashtirish, tibbiy turizm [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[32,20,24],"tags":[],"class_list":["post-26246","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-ozdorovlenie","category-mezhdunarodnaya-rabota","category-novosti-v-slajdere"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26246","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=26246"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26246\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":26252,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26246\/revisions\/26252"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=26246"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=26246"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=26246"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}