{"id":26275,"date":"2025-12-03T07:07:56","date_gmt":"2025-12-03T07:07:56","guid":{"rendered":"https:\/\/kasaba.uz\/?p=26275"},"modified":"2025-12-03T07:07:56","modified_gmt":"2025-12-03T07:07:56","slug":"gender-tengligi-va-khavfsiz-mehnat-muhitini-yaratish-yolida-amalga-oshirilayotgan-islohotlar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/2025\/12\/03\/gender-tengligi-va-khavfsiz-mehnat-muhitini-yaratish-yolida-amalga-oshirilayotgan-islohotlar\/","title":{"rendered":"Gender tengligi va xavfsiz mehnat muhitini yaratish yo\u2018lida amalga oshirilayotgan islohotlar"},"content":{"rendered":"<p><strong>03.12.2025.<\/strong> O\u2018zbekistonda xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish, jamiyatda teng imkoniyatlar yaratish va ish joyida xavfsiz muhit ta&#8217;minlash bo\u2018yicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Bu chora-tadbirlar nafaqat qonunchilik bazasini mustahkamlash, balki amaliyotda tatbiq etiladigan samarali mexanizmlarni shakllantirishga qaratilgan bo\u2018lib, shu bilan birga yurtimizda gender tengligini mustahkamlash, xotin-qizlar huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda barcha uchun xavfsiz, shaffof va inklyuziv mehnat muhitini yaratishga qaratilgan keng qamrovli va izchil siyosatning muhim tarkibiy qismini tashkil etmoqda.<\/p>\n<p>Shu maqsadda 2025 yil 1 dekabr&#8217; kuni \u201cXotin-qizlarga nisbatan raqamli zo\u2018ravonlikka barham berish uchun birlashaylik\u201d shiori ostida o\u2018tayotgan 16 kunlik kampaniya doirasida \u201cIsh joyida genderga asoslangan zo\u2018ravonlik: nazariya va amaliyot\u201d mavzusidagi yirik seminar-trening o\u2018tkazildi.<\/p>\n<p>Oila va xotin-qizlar qo\u2018mitasi hamda Osiyo taraqqiyot bankining O\u2018zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida tashkil etilgan ushbu seminarda davlat tashkilotlari, nodavlat tashkilotlar, ish beruvchilar va kasaba uyushmalari vakillari ishtirok etdilar.<\/p>\n<p>Xususan, O\u2018zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining xotin-qizlar va gender tengligi masalalari bo\u2018yicha rais maslahatchisi Yu. Adilova ishtirok etib, sohadagi amaliyot va mavjud muammolar xususida fikr almashdi.<\/p>\n<p>Seminar davomida mutaxassislar tomonidan ish joyida uchraydigan gender zo\u2018ravonligining turli shakllari \u2014 jismoniy, psixologik, iqtisodiy va jinsiy zo\u2018ravonlik, shuningdek raqamli dunyodagi tahdidlar keng yoritib berildi.<\/p>\n<p>Ishtirokchilar genderga asoslangan zo\u2018ravonlik jamoa muhitini izdan chiqarishi, mehnat unumdorligini pasaytirishi, xodimlar o\u2018rtasida ishonchni susaytirishi va korxonaning umumiy samaradorligiga salbiy ta&#8217;sir ko\u2018rsatishi, bunday holatlarni aniqlash mezonlari, ularni huquqiy baholash tartibi hamda jabrlanuvchilarni himoya qilish bo\u2018yicha milliy va xalqaro tajribalar bilan tanishdilar.<\/p>\n<p>Seminarning muhim jihatlaridan biri \u2014 ishtirokchilar amaliy mashg\u2018ulotlar va real vaziyatlar ssenariylari asosida zo\u2018ravonlikka ishora bo\u2018lishi mumkin bo\u2018lgan alomatlarni aniqlash, jabrlanuvchiga qanday yordam ko\u2018rsatish, unga bosim o\u2018tkazmaslik, ish joyida xavfsiz murojaat kanallarini tashkil etish, ish beruvchi, kadrlar xizmati, kasaba uyushmasi va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning o\u2018zaro hamkorlik algoritmlarini amalda o\u2018rgandilar.<\/p>\n<p>Seminar davomida nodavlat tashkilotlarning roli alohida qayd etildi. Kasaba uyushmalari ham xodimlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, mehnat muhitini xavfsiz va teng huquqli qilish, jamoalarda gender zo\u2018ravonligiga nisbatan \u201cnol&#8217; tolerantlik\u201d siyosatini joriy etish, ichki himoya mexanizmlarini kuchaytirish, xodimlar o\u2018rtasida xabardorlikni oshirish, jabrlanuvchilarni huquqiy va psixologik yordam tizimlariga yo\u2018naltirish kabi vazifalarni amalga oshirishda hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligi ta&#8217;kidlandi.<\/p>\n<p>O\u2018tkazilgan trening kasaba uyushmalari yetakchilariga ushbu sohadagi bilim va amaliy ko\u2018nikmalarni yanada chuqurlashtirish imkonini berdi.<\/p>\n<p>Tadbir yakunida mutaxassislar tomonidan korxonalarda gender zo\u2018ravonligiga qarshi ichki nizom va mexanizmlarni yaratish, ularni amaliyotga joriy etish, xodimlar uchun psixologik qo\u2018llab-quvvatlash xizmatlari va ishonch telefonlarini tashkil etish, xodimlar uchun muntazam o\u2018quv-treninglar o\u2018tkazish, rahbarlar va kadr xizmati xodimlari uchun maxsus tayyorlov kurslarini joriy qilish, tezkor murojaat va yordam tizimlarini kuchaytirish hamda raqamli zo\u2018ravonlikka qarshi kurashish bo\u2018yicha zamonaviy dasturlardan foydalanish bo\u2018yicha muhim tavsiyalar qabul qilindi.<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-26278 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/12\/4740.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/12\/4740.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/12\/4740-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/12\/4740-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/12\/4740-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-26277 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/12\/4741.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/12\/4741.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/12\/4741-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/12\/4741-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/12\/4741-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-26276 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/12\/4742.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/12\/4742.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/12\/4742-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/12\/4742-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/12\/4742-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>03.12.2025. O\u2018zbekistonda xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish, jamiyatda teng imkoniyatlar yaratish va ish joyida xavfsiz muhit ta&#8217;minlash bo\u2018yicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Bu chora-tadbirlar nafaqat qonunchilik bazasini mustahkamlash, balki amaliyotda tatbiq etiladigan samarali mexanizmlarni shakllantirishga qaratilgan bo\u2018lib, shu bilan birga yurtimizda gender tengligini mustahkamlash, xotin-qizlar huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda barcha uchun xavfsiz, shaffof va [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[27,24],"tags":[],"class_list":["post-26275","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-zashhita-socialno-ekonomicheskix-interesov","category-novosti-v-slajdere"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26275","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=26275"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26275\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":26279,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26275\/revisions\/26279"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=26275"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=26275"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=26275"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}