{"id":26342,"date":"2025-12-09T04:05:55","date_gmt":"2025-12-09T04:05:55","guid":{"rendered":"https:\/\/kasaba.uz\/?p=26342"},"modified":"2025-12-09T04:05:55","modified_gmt":"2025-12-09T04:05:55","slug":"mehr-muruvvat-oyligi-tadbirlari-hamzhihatlikda-otkazilmoqda","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/2025\/12\/09\/mehr-muruvvat-oyligi-tadbirlari-hamzhihatlikda-otkazilmoqda\/","title":{"rendered":"\u201cMehr-muruvvat oyligi\u201d tadbirlari hamjihatlikda o\u2018tkazilmoqda"},"content":{"rendered":"<p><strong>09.12.2025.<\/strong> Har yili 3 dekabr&#8217; \u2014 Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan O\u2018zbekistonda nogironligi bo\u2018lgan shaxslarni qo\u2018llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotida faol ishtirokini ta&#8217;minlash, huquq va manfaatlarini himoya qilishga alohida e&#8217;tibor qaratib kelinadi. Ayni shu maqsadda \u201cMehr-muruvvat oyligi\u201d o\u2018tkazilib, ijtimoiy himoya yo\u2018nalishida chora-tadbirlar asosida ishlar amalga oshirib kelinmoqda.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston kimyo va farmasevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi va tizimdagi boshlang\u2018ich kasaba uyushmalari tashkilotlari tomonidan ham \u201cMehr-muruvvat oyligi\u201d doirasida ma&#8217;naviy-ma&#8217;rifiy tadbirlar, homiylik ishlari va sport musobaqalari o\u2018tkazilmoqda.<\/p>\n<p>Jumladan, tarmoq tizimidagi \u201cQo\u2018ng\u2018irod soda zavodi\u201d MChJ QK rahbariyati va kasaba uyushmasi qo\u2018mitasi hamkorligida Qoraqalpog\u2018iston Respublikasi Chimboy tumanida joylashgan \u201cMuruvvat\u201d nogironligi bo\u2018lgan shaxslar uchun erkaklar internat uyiga 900 kg kartoshka, 600 kg piyoz, 600 kg sabzi va 900 kg guruch mahsulotlari berildi. Shuningdek, Qo\u2018ng\u2018irod tumanida yashovchi 20 nafar nogironligi bo\u2018lgan shaxslarga 600 kg kartoshka, 400 kg piyoz, 400 kg sabzi va 600 kg guruch mahsulotlari tarqatildi.<\/p>\n<p>Shunday tadbirlardan yana biri \u2014 \u201cAmmofos-Makham\u201d kasaba uyushmasi qo\u2018mitasi tomonidan Olmaliq shahar 6-sonli alohida ta&#8217;lim ehtiyoji bo\u2018lgan bolalar uchun ixtisoslashgan yordam maktabi bilan hamkorlikda bayram dasturi o\u2018tkazildi.<\/p>\n<p>Kimyo va farmasevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tomonidan maktab tarbiyalanuvchilariga \u201cTurkiston\u201d saroyida tashkil etiladigan Yangi yil bayram dasturiga beg\u2018araz chiptalar olib berildi.<\/p>\n<p>Ushbu kunni nishonlashdan asosiy maqsadlardan biri \u2014 butun dunyoda amalga oshiriladigan dastur va loyihalarda nogironligi bo\u2018lgan shaxslarning jamiyat hayotida teng huquqlilik asosida ishtirok etishini ta&#8217;minlash, ularning manfaatlari va qadr-qimmatini himoyalovchi qonunlar hamda barcha uchun ochiq va do\u2018stona jamiyat qurishdan iboratdir.<\/p>\n<p>Tadbirda bolajonlarning sahnaviy chiqishlari, jumladan raqslari, barchaga yanada xursandchilik ulashdi. Tashkilotchilar tomonidan maktabga foydalanish uchun esdalik sovg\u2018alari taqdim etildi.<\/p>\n<p>Tarmoq tizimidagi \u201cNavoiyazot\u201d AJ korxonasida ham kasaba uyushmasi qo\u2018mitasi faollari tomonidan Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan nogironligi bo\u2018lgan shaxslar va yolg\u2018iz pensionerlar holidan xabar olindi.<\/p>\n<p>Xayrli tashabbus doirasida oilalar vakillariga birlamchi oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.<\/p>\n<p>3 dekabr&#8217; \u2014 Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan \u201cDehqonobod kaliy zavodi\u201d AJ kasaba uyushmasi qo\u2018mitasi hamda korxona mas&#8217;ullari tomonidan \u201cImkoniyati cheklangan fuqarolar \u2014 doimo e&#8217;tiborimizda\u201d shiori ostida nogironligi bo\u2018lgan shaxslar hamda yolg\u2018iz yashovchi pensionerlar holidan xabar olindi.<\/p>\n<p>Tadbir davomida ularning turmush sharoitlari o\u2018rganildi, murojaatlari tinglandi va amaliy yordam ko\u2018rsatildi. Shuningdek, korxona tomonidan mehr-oqibat ramzi sifatida oziq-ovqat to\u2018plamlari topshirildi.<\/p>\n<p>Shuningdek, \u201cDehqonobod kaliy zavodi\u201d AJ xodimlari o\u2018rtasida bir qator sport musobaqalari tashkil etildi. Jumladan, erkaklar o\u2018rtasida darts, xotin-qizlar o\u2018rtasida esa shashka musobaqalari o\u2018tkazildi.<\/p>\n<p>Musobaqada faol ishtirok etgan barcha g\u2018oliblar jamiyat kasaba uyushmasi qo\u2018mitasi tomonidan diplom hamda esdalik sovg\u2018alari bilan taqdirlandilar.<\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>Shavkat Toirov<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>O\u2018zbekiston kimyo va farmasevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisining yoshlar masalalari bo\u2018yicha maslahatchisi<\/strong><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-26344 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/12\/4779.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/12\/4779.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/12\/4779-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/12\/4779-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/12\/4779-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-26345 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/12\/4778.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/12\/4778.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/12\/4778-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/12\/4778-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/12\/4778-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-26346 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/12\/4780.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/12\/4780.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/12\/4780-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/12\/4780-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/12\/4780-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>09.12.2025. Har yili 3 dekabr&#8217; \u2014 Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan O\u2018zbekistonda nogironligi bo\u2018lgan shaxslarni qo\u2018llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotida faol ishtirokini ta&#8217;minlash, huquq va manfaatlarini himoya qilishga alohida e&#8217;tibor qaratib kelinadi. Ayni shu maqsadda \u201cMehr-muruvvat oyligi\u201d o\u2018tkazilib, ijtimoiy himoya yo\u2018nalishida chora-tadbirlar asosida ishlar amalga oshirib kelinmoqda. O\u2018zbekiston kimyo va farmasevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[12,30,24],"tags":[],"class_list":["post-26342","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-kasaba-uyushmasi-yordam-berdi","category-kultura-i-sport","category-novosti-v-slajdere"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26342","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=26342"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26342\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":26347,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26342\/revisions\/26347"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=26342"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=26342"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=26342"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}