{"id":26397,"date":"2025-12-15T05:42:48","date_gmt":"2025-12-15T05:42:48","guid":{"rendered":"https:\/\/kasaba.uz\/?p=26397"},"modified":"2025-12-15T05:42:48","modified_gmt":"2025-12-15T05:42:48","slug":"mehnat-sohasidagi-muhim-ahamiyatga-molik-masalalar-mavzusida-davra-suhbati-bolib-otdi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/2025\/12\/15\/mehnat-sohasidagi-muhim-ahamiyatga-molik-masalalar-mavzusida-davra-suhbati-bolib-otdi\/","title":{"rendered":"\u201cMehnat sohasidagi muhim ahamiyatga molik masalalar\u201d mavzusida Davra suhbati bo\u2018lib o\u2018tdi"},"content":{"rendered":"<p><strong>15.12.2025.<\/strong> Prezidentimiz tashabbuslari bilan mamlakatimizda olib borilayotgan kuchli ijtimoiy himoya siyosati hamda inson huquq va manfaatlarini ta&#8217;minlash yo\u2018nalishlaridagi tizimli islohotlarda O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi ham faol ishtirok etib kelmoqda. Kasaba uyushmalarining ish beruvchilar va davlat organlari bilan ijtimoiy sheriklikni rivojlantirish sohasida amalga oshirayotgan keng ko\u2018lamli ishlari,\u00a0muzokara va maslahatlashuvlari natijasida ijtimoiy-mehnat sohasiga oid dolzarb\u00a0masalalar hal etib kelinmoqda.<\/p>\n<p>Xabaringiz bor, har yili an&#8217;anaviy ravishda O\u2018zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, idoralar mutasaddilarining kasaba uyushmalari faollari bilan ijtimoiy-mehnat sohasidagi dolzarb masalalar muhokamasiga bag\u2018ishlangan Davra suhbatlari o\u2018tkazib boriladi. Mazkur an&#8217;anaga asosan, O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan Hukumat, vazirlik va idoralar vakillari ishtirokida \u201cMehnat sohasidagi muhim ahamiyatga molik masalalar\u201d mavzusida Davra suhbati tashkil etildi.<\/p>\n<p>Davra suhbati \u201cKasaba uyushmalari to\u2018g\u2018risida\u201dgi Qonun va Bosh jamoa kelishuvining amaliy ijrosi sifatida jamoatchilik eshituvi shaklida o\u2018tkazildi.<\/p>\n<p>Davra suhbatida O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Bosh prokuratura, Markaziy bank, manfaatdor vazirliklar va idoralar, Ish beruvchilar Konfederatsiyasi, Ish beruvchilar assosiasiyasi, nodavlat notijorat tashkilotlari, tarmoq kasaba uyushmalari Respublika kengashlari vakillari bevosita, Qoraqalpog\u2018iston va viloyatlar kasaba uyushmalari kengashlari esa onlayn tarzda ishtirok etdilar.<\/p>\n<p>Joylarda o\u2018tkazilgan yig\u2018ilishlar va ochiq muloqotlarda respublika miqyosidagi tashkilotlar ko\u2018rib chiqishi lozim bo\u2018lgan qator masalalar ko\u2018tarilgan bo\u2018lib, ularni birgalikda muhokama qilish va yechim topish Respublika Davra suhbati ishtirokchilarining diqqat markazida bo\u2018ldi.<\/p>\n<p>Mamlakatimizda kasaba uyushmalarining erkin va keng ko\u2018lamli faoliyat yuritishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Natijada oxirgi yillarda kasaba uyushmalari va ish beruvchilar o\u2018rtasidagi ijtimoiy sheriklik yangi bosqichga ko\u2018tarildi, kasaba uyushmalarining xodimlar mehnat huquqlarini himoyalash, mehnat qonunchiligini takomillashtirish va XMT konvensiyalarini ratifikasiya qilishda hamkorlik yo\u2018nalishlaridagi faoliyati sezilarli darajada oshdi.<\/p>\n<p>So\u2018nggi yillarda kasaba uyushmalari mehnatkashlarning huquqiy himoyasini ta&#8217;minlash bilan birga mehnat sohasida muhim ahamiyatga ega bo\u2018lgan 2,5 mingdan ziyod normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari bo\u2018yicha taklif va tavsiyalar kiritdilar.<\/p>\n<p>Tizimda Mehnat inspeksiyasining tashkil etilgani jamoatchilik nazoratini o\u2018rnatish borasidagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqdi. Oxirgi besh yillikda kasaba uyushmalari inspektorlari tomonidan 13 mingdan ziyod tashkilotda qariyb 46 mingta kamchilik aniqlandi va ularning 39 mingdan ortig\u2018i bartaraf etildi. Jamoatchilik nazorati orqali qariyb 500\u00a0ming nafar xodimning huquqi tiklanib, ular foydasiga 267 mlrd. so\u2018m undirib berildi.<\/p>\n<p>2025 yil 1 yanvarga kelib, jamoa shartnomalari soni 2021 yildagi 110 mingdan 127 mingtaga, jamoa shartnomalari bilan qamrab olingan xodimlar soni esa 4,5\u00a0mln.dan 5 mln. 540 ming nafarga yetdi. Jamoa shartnomalari va kelishuvlari orqali 960 mingdan ortiq ayollar, keksalar \u00a0va \u00a0yoshlar manzilli qo\u2018llab-quvvatlandi.<\/p>\n<p>Bugungi kunda jamoa shartnomalari xodimlar uchun bandlik va munosib mehnat kafolatlarini belgilash, ish haqi miqdorini oshirishning samarali vositasiga aylangan. Tuzilgan jamoa shartnomalarining barchasida xodim bilan mehnat shartnomasini ish beruvchi tashabbusiga ko\u2018ra bekor qilishdan oldin kasaba uyushma qo\u2018mitasining roziligini albatta olish talabi kiritilgan.<\/p>\n<p>Respublika bo\u2018yicha 32 ming 251 ta korxona va tashkilotda jamoa shartnomalari asosida yagona tarif setkasida belgilangan razryadlar koeffisienti ko\u2018tarilgan bo\u2018lib, bu orqali 1 mln. 342 ming nafar xodimning ish haqi oshirilishiga erishilgan.<\/p>\n<p>Jamoa shartnomalari orqali 101 ming 159 nafar xodimga to\u2018liqsiz ish vaqti sharoitida ishlash, 2 mln. 635 ming nafar xodimga asosiy uzaytirilgan, 4 mln. 257 ming nafar xodimga esa yillik qo\u2018shimcha ta&#8217;tillardan foydalanish imkoniyati yaratilgan.\u00a0Shuningdek, 80 mingdan ziyod tashkilotda jamoa shartnomalari asosida ijtimoiy ta&#8217;tillar belgilangan va ulardan foydalangan xodimlar soni qariyb 2,5 mln. nafarni tashkil etadi.<\/p>\n<p>Tahlillarga ko\u2018ra, jamoa shartnomalarida xodimlar uchun qo\u2018shimcha imtiyozlar kiritilishi natijasida, respublika bo\u2018yicha o\u2018rta hisobda bir xodimga yil davomida sarflangan mablag\u2018 10 mln. 89 ming so\u2018mni tashkil etib,\u00a0 2020 yilga nisbatan \u00a02 barobarga ortgan.<\/p>\n<p>Aholining kam ta&#8217;minlangan qatlamlari ijtimoiy himoyasini ta&#8217;minlash yo\u2018nalishida ham salmoqli ishlar amalga oshirildi.\u00a0Xususan, \u201cAyollar daftari\u201d orqali 4,5 million nafar kam ta&#8217;minlangan xotin-qizga amaliy yordamlar ko\u2018rsatildi.<\/p>\n<p>Mamlakatimizning\u00a014\u00a0ta\u00a0hududida\u00a0969\u00a0ta\u00a0kooperatsiya usulidagi loyiha tufayli\u00a0124 mingdan ziyod\u00a0aholi, jumladan,\u00a090 mingdan ortiq\u00a0ayollar bandligi ta&#8217;minlanishi bo\u2018yicha\u00a0jamoatchilik nazorati o\u2018rnatildi. Shuningdek, Genderga oid audit\u00a0o\u2018tkazish amaliyoti yo\u2018lga qo\u2018yilib, 5\u00a0ta vazirlik hamda uning tarkibiy tuzilmalarida genderga oid audit o\u2018tkazildi. Federatsiyaning \u201c1211\u201d Ishonch telefoniga xotin-qizlardan tushgan 200 mingdan ziyod murojaatning 99,6 foizida ko\u2018tarilgan masalalar hal etildi.<\/p>\n<p>Bugungi kunda aholi salomatligini muhofaza qilish, davlat siyosatining eng ustuvor yo\u2018nalishlaridan biriga aylangan. Kasaba uyushmalari bu borada katta tajriba va salohiyatga ega. Raqamlarga murojaat etsak, mamlakatimiz mustaqillikka erishgan \u00a01991 yildan 2017 yilgacha o\u2018tgan 26 yil davomida kasaba uyushmalari tizimida 1 ta yangi sanatoriy qurilgan bo\u2018lsa, oxirgi to\u2018qqiz yilda 14 ta yangi sanatoriy qurilib, foydalanishga topshirildi va yana 10 ga yaqini rekonstruksiya qilindi. Natijada o\u2018rinlar soni 2017 yilga nisbatan 2 ming 43 taga oshib, yiliga qo\u2018shimcha 60 mingdan ortiq aholini sog\u2018lomlashtirish imkoni yaratildi.<\/p>\n<p>So\u2018nggi besh yillikda Federatsiya tizimidagi sanatoriy va dam olish uylarida 900 mingga yaqin fuqaro sog\u2018lomlashtirildi, ularning 43 foiziga imtiyozli yo\u2018llanmalar ajratilib, salomatligi mustahkamlandi.<\/p>\n<p>Bundan tashqari tizimda 9 ta yangi bolalar oromgohi qurildi, 76 tasi kapital ta&#8217;mirlandi. 1 mln. 545 ming nafardan ziyod bola,\u00a0shu jumladan, ularning 800 ming nafari stasionar, 700 ming nafardan ziyodi kunduzgi oromgohlarda sog\u2018lomlashtirildi.<\/p>\n<p>Ma&#8217;lumki, 2025 yil 17 oktyabrda Davlatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoevning kasaba uyushmalari faollari va faxriylari bilan uchrashuvi bo\u2018lib o\u2018tdi. Uchrashuvda Ijtimoiy-mehnat masalalari bo\u2018yicha komissiyalarning mehnat sohasidagi masalalarda ta&#8217;sirini oshirish muhim vazifalardan ekanligini ta&#8217;kidlab, Prezidentimiz kasaba uyushmalari oldiga aniq vazifalar qo\u2018ydilar. Unga ko\u2018ra, kelgusi yildan mehnatga haq to\u2018lashning eng kam miqdoriga oid qonunchilik hujjatlarini tayyorlash jarayoniga Ijtimoiy-mehnat masalalari bo\u2018yicha uch tomonlama komissiyasini ham jalb qilish topshirildi. Mazkur yangicha yondashuv ushbu masalada xodimlar manfaatini kafolatli himoya qilish imkonini beradi.<\/p>\n<p>Shuningdek, muhtaram Prezidentimiz vazirlik va idoralar hamda tarmoq kasaba uyushmalari kollegial organlarining qo\u2018shma yig\u2018ilishini doimiy ravishda o\u2018tkazib borish, tarmoq kasaba uyushmalari raislarini vazirlik va\u00a0 idoralar xay&#8217;ati a&#8217;zoligiga kiritish taklifini berdilar. Bu \u2013 qo\u2018shma majlislarda tarmoq jamoa kelishuvlari va shartnomalarining bajarilishi, ish haqining o\u2018z vaqtida to\u2018lanishi va boshqa ijtimoiy masalalarni muhokama qilib borish va yechimini topish imkonini beradi.<\/p>\n<p>Davra suhbatida xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy himoyasini ta&#8217;minlash, mehnatni muhofaza qilish, ish o\u2018rinlarini shahodatdan o\u2018tkazish, xodimlarga beriladigan imtiyoz va kafolatlar hamda joylarda ko\u2018tarilgan respublika miqyosidagi vazirlik va idoralarga bog\u2018liq qator boshqa masalalar, savol va takliflar muhokama qilindi, ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga oid zarur tavsiyalar belgilab olindi, ularni birgalikda amalga oshirish yo\u2018llariga aniqlik kiritildi.<\/p>\n<p>Jamoatchilik eshituvi shaklida o\u2018tkazilgan davra suhbatida mehnat sohasida kelgusi yilda amalga oshirilishi ko\u2018zda tutilayotgan qator ijobiy o\u2018zgarishlar to\u2018g\u2018risida ham axborot berildi.<\/p>\n<p>Shuningdek, byudjet tashkilotlarida ish haqi, ijtimoiy himoya hamda mehnat muhofazasi ishlarini moliyalashtirish, bandlik va mehnat munosabatlarini yanada takomillashtirish, xodimlar sog\u2018ligini muhofaza qilish borasidagi savollarga vazirlik va idoralar vakillari tomonidan aniq va batafsil javoblar berildi.<\/p>\n<p>Kelgusida ham ushbu yo\u2018nalishlardagi masalalarni davlat organlari va kasaba uyushmalarining hamkorligida hal etib borish xususida kelishib olindi.<\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Matbuot xizmati<\/strong><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-26399 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/12\/4826.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/12\/4826.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/12\/4826-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/12\/4826-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/12\/4826-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-26400 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/12\/4825.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/12\/4825.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/12\/4825-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/12\/4825-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/12\/4825-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-26398 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/12\/4827.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/12\/4827.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/12\/4827-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/12\/4827-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/12\/4827-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-26401 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/12\/4824.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/12\/4824.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/12\/4824-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/12\/4824-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/12\/4824-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-26403 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/12\/4828.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/12\/4828.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/12\/4828-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/12\/4828-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/12\/4828-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-26402 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/12\/4823.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/12\/4823.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/12\/4823-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/12\/4823-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/12\/4823-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>15.12.2025. Prezidentimiz tashabbuslari bilan mamlakatimizda olib borilayotgan kuchli ijtimoiy himoya siyosati hamda inson huquq va manfaatlarini ta&#8217;minlash yo\u2018nalishlaridagi tizimli islohotlarda O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi ham faol ishtirok etib kelmoqda. Kasaba uyushmalarining ish beruvchilar va davlat organlari bilan ijtimoiy sheriklikni rivojlantirish sohasida amalga oshirayotgan keng ko\u2018lamli ishlari,\u00a0muzokara va maslahatlashuvlari natijasida ijtimoiy-mehnat sohasiga oid dolzarb\u00a0masalalar hal etib [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[27,24],"tags":[],"class_list":["post-26397","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-zashhita-socialno-ekonomicheskix-interesov","category-novosti-v-slajdere"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26397","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=26397"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26397\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":26404,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26397\/revisions\/26404"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=26397"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=26397"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=26397"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}