{"id":26479,"date":"2026-01-07T15:33:08","date_gmt":"2026-01-07T15:33:08","guid":{"rendered":"https:\/\/kasaba.uz\/?p=26479"},"modified":"2026-01-08T04:18:43","modified_gmt":"2026-01-08T04:18:43","slug":"yoshlarga-oid-davlat-siyosati-mamlakat-kelazhagi-barqarorligi-va-taraqqiyotining-kafolatidir","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/2026\/01\/07\/yoshlarga-oid-davlat-siyosati-mamlakat-kelazhagi-barqarorligi-va-taraqqiyotining-kafolatidir\/","title":{"rendered":"Yoshlarga oid davlat siyosati \u2013 mamlakat kelajagi barqarorligi va taraqqiyotining kafolatidir"},"content":{"rendered":"<p><strong>07.01.2026.<\/strong> Dunyo aholisining 2 milliarddan ziyodi, ya&#8217;ni 25 foizdan ortig\u2018ini yoshlar tashkil etadi. Mamlakatimizda esa yoshlar qatlami jami aholining qariyb 60 foiziga yaqin. Shuning uchun O\u2018zbekiston yoshlar mamlakati sifatida e&#8217;tirof etiladi. Yurtimizda yoshlarga oid davlat siyosati sohasida keng ko\u2018lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, yoshlarni qo\u2018llab-quvvatlash borasida hurmatli Prezidentimizning ko\u2018plab farmon va qarorlari qabul qilinib, ular doirasida yoshlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan qator ishlar amalga oshirildi, mamlakatimiz istiqboli uchun mas&#8217;uliyatni o\u2018z zimmasiga olishga qodir, tashabbuskor va shijoatli yoshlarni tarbiyalash borasida alohida tizim yaratildi. Ayni paytda yoshlarga oid davlat siyosati to\u2018liq ushbu maqsadlarga yo\u2018naltirilgan. Yosh avlodga huquqiy kafolatlarni yaratishdan tortib, sifatli bilim olishi, kasb-hunar egallashi, tadbirkorlik bilan shug\u2018ullanishi, shaxs sifatida kamol topishi, qo\u2018yingki, mehnat qilib, farovon kelajagini bunyod etishi uchun barcha imkoniyatlar safarbar etilmoqda.<\/p>\n<p>Bu borada O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan ham yoshlar siyosati borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, o\u2018tkazilayotgan turli tanlov va tadbirlarning o\u2018rni va ahamiyati nihoyatda muhimligini ta&#8217;kidlash lozim. Bu ayniqsa, yosh avlodni kasaba uyushmalari tizimlariga keng jalb qilish, ijtimoiy-siyosiy ko\u2018nikmalarini yanada mukammallashtirish masalalarida yaqqol ko\u2018zga tashlanmoqda.<\/p>\n<p>Mamlakat ijtimoiy hayotida yoshlar ishtirokini kuchaytirish, yurt taraqqiyoti yo\u2018lida yoshlarning daxldorligi va mas&#8217;uliyatini oshirishga yaqindan ko\u2018maklashish maqsadida 2025 yil fevralida viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi va viloyat Kengashining \u201cO\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyat Kengashi tizimida yoshlarga oid davlat siyosati sohasida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan yillik Yoshlar dasturi\u201d ishlab chiqildi.<\/p>\n<p>\u201cO\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyat Kengashi tizimida yoshlarga oid davlat siyosati sohasida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan yillik Yoshlar dasturi\u201d asosida tarmoq kasaba uyushmalari, tuman va shahar kengashlari, boshlang\u2018ich kasaba uyushmalari tashkilotlarida birlashma va komissiyalarning dasturlari ishlab chiqilib, tasdiqlandi. Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturi 22 ta yo\u2018nalishni o\u2018z ichiga qamrab olgan bo\u2018lib, mazkur yo\u2018nalishlarning har biri aynan yoshlarni rag\u2018batlantirish, ularga e&#8217;tibor qaratish va salohiyatli yoshlar safini yanada kengaytirishga xizmat qiladi.<\/p>\n<p>Oliy ta&#8217;lim muassasalarida tahsil olayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj, iqtidorli talabalarni qo\u2018llab-quvvatlash maqsadida ta&#8217;sis etilgan \u201cKasaba uyushmalari stipendiyasi\u201d bo\u2018yicha har bir hududdan bir nafardan talabalar ro\u2018yxati shakllantirilib, g\u2018olib deb topilgan Sunnatova Nozima Ismatillo qiziga oyma-oy o\u2018z vaqtida stipendiya to\u2018lab berildi.<\/p>\n<p>Tashkilotdagi yosh xodimlarning tashabbus va qiziqishlarini yaqindan o\u2018rganish hamda yosh xodimlarning rahbariyat bilan to\u2018g\u2018ridan-to\u2018g\u2018ri ochiq muloqotini yo\u2018lga qo\u2018yish maqsadida \u201cRahbar va yoshlar\u201d uchrashuvida 4 286 nafar yoshlarning ishtiroki ta&#8217;minlandi.<\/p>\n<p>15 fevral&#8217; \u2013 Saraton kasalligiga chalingan bolalar kuni munosabati bilan \u201cMen donorman\u201d xayriya aksiyasi o\u2018tkazilib, unda 79 nafar yoshlar ishtirok etdi.<\/p>\n<p>Yoshlarda vatanparvarlik, yurtga sadoqat, halollik va mardlik tuyg\u2018ularini mustahkamlashga qaratilgan 40 dan ortiq ma&#8217;naviy-ma&#8217;rifiy tadbirlarda 5 372 nafar yosh ishtirok etdi. Ular o\u2018rtasida ekologik madaniyatni rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan \u201cEkoturizm\u201d aksiyasi doirasida 190 nafar yosh qamrab olindi. 7 aprel&#8217; \u2013 Butun jahon salomatlik kuni munosabati bilan korxona va tashkilotlarda ishlayotgan yoshlar ishtirokida tashkil etilgan yurish bo\u2018yicha marafonlarda 1 000 nafarga yaqin yosh qatnashdi. Nuroniy va mehnat faxriylari holidan xabar olish orqali yoshlar ongida oila muqaddasligi, milliy qadriyatlarga sodiqlik g\u2018oyalarini shakllantirish maqsadida \u201cNuroniylar e&#8217;zozimizda\u201d nomli uchrashuv va davra suhbatlarida 350 nafardan ortiq yosh ishtirok etdi.<\/p>\n<p>Tashkilotdagi yosh xodimlarga milliy qadriyatlarimizni singdirish va tarixga bo\u2018lgan hurmatini oshirish maqsadida mamlakatimizning tarixiy obidalari va qadamjolariga ziyorat turizmi dasturlari amalga oshirilib, 1 300 nafar yoshlarning sayohatlari tashkil etildi.<\/p>\n<p>Yosh xodimlar ishtirokida \u201cZakovat\u201d intellektual o\u2018yini o\u2018tkazilib, unda 240 nafar ishtirok etdi. Mehnat jamoalaridagi yosh xodimlar o\u2018rtasida sportning \u201cStol tennisi\u201d turi bo\u2018yicha o\u2018tkazilgan musobaqada 100 nafar ishtirok etdi. Viloyatdagi kasbiy ta&#8217;lim tashkiloti talabalari ishtirokida o\u2018tkazilgan \u201cMehnat huquqi bilimdoni\u201d tanlovida 50 nafar ishtirok etdi. O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi munosabati bilan Navoiy shahridagi \u201cYoshlar markazi\u201dda o\u2018tkazilgan \u201cO\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kubogi\u201d uchun shaxmat musobaqasining viloyat bosqichida 100 nafar yoshlarning faol ishtiroki ta&#8217;minlandi.<\/p>\n<p>1 iyun&#8217; \u2013 Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyat Kengashi hamda a&#8217;zo tashkilotlar tomonidan viloyatdagi 500 nafar \u201cOilaviy bolalar uyi\u201d tarbiyalanuvchilari, mustaqillik yillarida xizmat vazifasini bajarish vaqtida halok bo\u2018lgan harbiylar va Ichki ishlar idoralari xodimlari farzandlari, chin yetim va ehtiyojmand oilalar farzandlari, iqtidorli bolalarning viloyat qo\u2018g\u2018irchoq teatriga, 300 dan ortiq bolalarning hayvonot bog\u2018iga, mingdan ortiq bolalarning madaniyat va istirohat bog\u2018lariga tashriflari tashkil etildi. 100 dan ortiq madaniy-ma&#8217;rifiy va sport tadbirlari uyushtirilib, mingdan ortiq bolalarning ishtiroki ta&#8217;minlandi.<\/p>\n<p>Ularga kasaba uyushmalari va ish beruvchilar tomonidan turli ko\u2018rinishdagi bayram sovg\u2018alari ulashildi. Maxsus maktab-internatlarda tarbiyalanayotgan 200 nafar bolalarga manzilli tashriflar uyushtirildi.<\/p>\n<p>Shuningdek, yoshlar siyosatini amalga oshirish bo\u2018yicha belgilangan masalalar Bosh kelishuv, tarmoq va hududiy kelishuvlar hamda korxona, tashkilot va muassasalarda imzolanayotgan jamoa shartnomalarida o\u2018z ifodasini topib kelmoqda. Jamoa kelishuvlari va shartnomalariga yoshlar uchun qo\u2018shimcha imtiyoz va kafolatlar ko\u2018zda tutilgan alohida bo\u2018limlar kiritilishiga erishildi. Oliy va o\u2018rta maxsus kasb-hunar ta&#8217;limi muassasalarida ta&#8217;lim olayotgan, korxona va tashkilotlarda mehnat qilayotgan yoshlarning intilishlarini qo\u2018llab-quvvatlash maqsadida qator ko\u2018rik-tanlovlar o\u2018tkazilib, g\u2018oliblar munosib taqdirlandi.<\/p>\n<p>Davlat dasturi doirasida 2025 yilning o\u2018tgan davrida mehnat jamoalarida faoliyat olib borayotgan yoshlarga jamoa shartnomalari orqali quyidagi yordamlar ko\u2018rsatildi:<br \/>\n996 ta korxona, tashkilot va muassasada 4 290 nafar kam ta&#8217;minlangan oilalar vakillariga ish beruvchi tomonidan 2 332 539,3 ming so\u2018m va kasaba uyushmasi tomonidan 1 390 358,5 ming so\u2018mlik moddiy yordamlar ko\u2018rsatildi;<br \/>\n124 ta nodavlat mulk shaklidagi korxona va tashkilotlarda mehnat qilayotgan bolali 219 nafar ayollarga oylik maoshi saqlangan holda ish vaqti haftasiga 35 soatdan oshmaydigan qilib belgilandi va buning uchun ish beruvchilar tomonidan 114 232,0 ming so\u2018m mablag\u2018 sarflandi;<br \/>\n35 ta korxona, tashkilot va muassasada oliy o\u2018quv yurtlarida tahsil olayotgan 37 nafar iqtidorli, kam ta&#8217;minlangan va chin yetim talabalarga 289 980,0 ming so\u2018mlik o\u2018quv shartnoma mablag\u2018lari qisman to\u2018lab berildi;<br \/>\n34 ta korxona, tashkilot va muassasada 40 nafar yosh oilalarga uy-joy qurish va mamlakatimizda ishlab chiqarilgan, uzoq muddat foydalaniladigan tovarlarni xarid qilish uchun 387 800,0 ming so\u2018mlik foizsiz ssudalar ajratildi;<br \/>\n231 ta korxona, tashkilot va muassasada 350 nafar ikki yoshdan uch yoshgacha bola parvarishi uchun ta&#8217;tilda bo\u2018lgan yosh onalarga 189 947,0 ming so\u2018mlik moddiy yordam ko\u2018rsatildi;<br \/>\n41 ta korxona, tashkilot va muassasada 46 nafar yosh xodimlarga safarbarlik zaxirasidagi harbiy xizmatga chaqirilishi munosabati bilan 278 400,0 ming so\u2018mlik foizsiz ssudalar berildi.<\/p>\n<p>Shu bilan birga, kam ta&#8217;minlangan va ijtimoiy-iqtisodiy himoyaga muhtoj xodimlar farzandlarining tahsil olishlari uchun ularni moddiy jihatdan qo\u2018llab-quvvatlash maqsadida belgilangan tartibda amaliy yordamlar ko\u2018rsatib kelinmoqda. 3 dekabr&#8217; \u2013 Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyat Kengashi tashabbusi bilan viloyat bolalar ko\u2018p tarmoqli tibbiyot markazida davolanayotgan bolajonlarga bayram sovg\u2018alari ulashildi. Shuningdek, tashkilot rahbarlari tomonidan yakka tartibda uyda ta&#8217;lim olayotgan o\u2018quvchilar holidan xabar olindi. Viloyat Kengashi tashabbusi bilan Xatirchi tumanidagi Changir, Qoracha, Nayman, Xo\u2018jaqo\u2018rg\u2018on va A. Navoiy MFYlarda yashovchi ehtiyojmand hamda nogironligi mavjud oilalarga tashrif buyurilib, ular bayram bilan tabriklandi, farzandlariga Yangi yil sovg\u2018alari va oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi. Inson qadr-qimmatini yuksaltirishga qaratilgan bunday e&#8217;tibor uchun fuqarolar, ayniqsa yoshlar, chuqur minnatdorlik bildirdilar.<\/p>\n<p>Joriy yilning bugungi kuniga qadar 60 nafar yosh ishchi-xodimlarga viloyat Kengashining yuridik bo\u2018limi tomonidan huquqiy yordam ko\u2018rsatildi. Shuningdek, 35 nafar yosh ishchi-xodimlar viloyat Kengashining kasaba uyushmalari ijtimoiy sug\u2018urta mablag\u2018lari hisobidan sog\u2018lomlashtirildi.<\/p>\n<p>Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar zamirida \u201cInson manfaatlari hamma narsadan ustun\u201d degan g\u2018oya mujassam. Ana shu hayotbaxsh g\u2018oya asosida odamlar dardi bilan yashash, ularga e&#8217;tibor va g\u2018amxo\u2018rlik ko\u2018rsatish faoliyatimizning asosiy mezonlaridan biriga aylandi. Biz kasaba uyushmalarida faoliyat yuritar ekanmiz, barchamizning maqsadimiz bitta \u2014 yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquqlari va manfaatlarini himoya qilish, iqtidorli yoshlarni qo\u2018llab-quvvatlash, kasaba uyushmasi a&#8217;zoligiga yanada ko\u2018proq yoshlarni jalb etish hamda ularning huquqiy manfaatlarini ta&#8217;minlashdan iborat.<\/p>\n<p>Shuni katta ishonch bilan ayta olamizki, navoiylik yoshlarning barchasi bugungi hayotdan mamnun, ertangi kundan umidlari katta. Biz kasaba uyushmalari yo\u2018nalishida amalga oshirayotgan ishlarimiz orqali yosh avlodning ertangi kuni yanada farovon bo\u2018lishiga munosib hissa qo\u2018shayotganimizdan benihoya mamnunmiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>Dilafro\u2018z O\u2018razova<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyat Kengashi raisining yoshlar masalalari bo\u2018yicha maslahatchisi<\/strong><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-26481 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/4859.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"799\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/4859.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/4859-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/4859-1024x682.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/4859-768x511.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>07.01.2026. Dunyo aholisining 2 milliarddan ziyodi, ya&#8217;ni 25 foizdan ortig\u2018ini yoshlar tashkil etadi. Mamlakatimizda esa yoshlar qatlami jami aholining qariyb 60 foiziga yaqin. Shuning uchun O\u2018zbekiston yoshlar mamlakati sifatida e&#8217;tirof etiladi. Yurtimizda yoshlarga oid davlat siyosati sohasida keng ko\u2018lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, yoshlarni qo\u2018llab-quvvatlash borasida hurmatli Prezidentimizning ko\u2018plab farmon va qarorlari qabul qilinib, ular [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[3,81,24],"tags":[],"class_list":["post-26479","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-molodezhnyj-sovet-sfpuz","category-uzyoshlar-birlashmasirumolodezhnyj-obedi","category-novosti-v-slajdere"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26479","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=26479"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26479\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":26483,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26479\/revisions\/26483"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=26479"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=26479"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=26479"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}