{"id":26484,"date":"2026-01-08T06:50:47","date_gmt":"2026-01-08T06:50:47","guid":{"rendered":"https:\/\/kasaba.uz\/?p=26484"},"modified":"2026-01-08T06:50:47","modified_gmt":"2026-01-08T06:50:47","slug":"ozbekiston-kasaba-uyushmalari-federatsiyasi-tomonidan-zhamoa-shartnomasining-2026-yil-uchun-maketi-ishlab-chiqildi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/2026\/01\/08\/ozbekiston-kasaba-uyushmalari-federatsiyasi-tomonidan-zhamoa-shartnomasining-2026-yil-uchun-maketi-ishlab-chiqildi\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan Jamoa shartnomasining 2026 yil uchun maketi ishlab chiqildi"},"content":{"rendered":"<p><strong>08.01.2026.<\/strong> Ma&#8217;lumki, boshlang\u2018ich darajadagi ijtimoiy sheriklikning eng muhim hujjati\u00a0 \u2013 Mehnat kodeksining alohida bobi bag\u2018ishlangan Jamoa shartnomasi hisoblanadi.<\/p>\n<p>Jamoa shartnomasi \u2013 tashkilot yoki yakka tartibdagi tadbirkordagi individual mehnat munosabatlari va bevosita ular bilan bog\u2018liq bo\u2018lgan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi hamda xodimlar tomonidan ularning vakillari bo\u2018lgan kasaba uyushmalari va ish beruvchi o\u2018rtasida tuziladigan mehnat to\u2018g\u2018risidagi huquqiy hujjat hisoblanadi.<\/p>\n<p>Jamoa shartnomasi butun bir tashkilotda, uning alohida bo\u2018linmalarida tuzilishi mumkin. Jamoa shartnomasi yozma shaklda tuziladi.<\/p>\n<p>Jamoa shartnomasini tuzish zarurligi to\u2018g\u2018risidagi qaror va uni tuzish masalasi bo\u2018yicha jamoa muzokaralarini boshlash to\u2018g\u2018risidagi taklif tomonlardan biri, ya&#8217;ni xodimlar yoki ish beruvchidan tomonidan berilishi mumkin.<\/p>\n<p>Jamoa muzokaralarini o\u2018tkazish va Jamoa shartnomasi loyihasini tayyorlash uchun ijtimoiy mehnat-masalalari bo\u2018yicha komissiya tuziladi.<\/p>\n<p>Jamoa shartnomasining mazmunini va tuzilishini uning taraflari belgilaydi.<\/p>\n<p>Jamoa shartnomasiga ish beruvchining va xodimlarning quyidagi masalalar bo\u2018yicha o\u2018zaro majburiyatlari kiritilishi mumkin:<\/p>\n<p>mehnatga haq to\u2018lash shakli, tizimi va miqdori, pul mukofotlari, nafaqalar, kompensasiyalar, qo\u2018shimcha to\u2018lovlar;<\/p>\n<p>narxlarning o\u2018zgarishidan, inflyasiya darajasidan, jamoa shartnomasida belgilangan ko\u2018rsatkichlarning bajarilishidan kelib chiqqan holda mehnatga haq to\u2018lashni tartibga solish mexanizmi;<\/p>\n<p>xodimlarning bandligi, ularni qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish, ularni ishdan bo\u2018shatish shartlari;<\/p>\n<p>ish vaqti va dam olish vaqtining, ta&#8217;tillarning davomiyligi;<\/p>\n<p>xodimlarning, shu jumladan ayollarning, nogironligi bo\u2018lgan shaxslarning va o\u2018n sakkiz yoshga to\u2018lmagan shaxslarning mehnat sharoitlari hamda mehnat muhofazasini yaxshilash, ekologik xavfsizlikni ta&#8217;minlash;<\/p>\n<p>tashkilotni, idoraga qarashli uy-joyni xususiylashtirish chog\u2018ida xodimlarning manfaatlarini hisobga olish;<\/p>\n<p>ishni ta&#8217;lim bilan qo\u2018shib olib borayotgan xodimlar uchun imtiyozlar;<\/p>\n<p>ixtiyoriy tibbiy va ijtimoiy sug\u2018urta;<\/p>\n<p>ish beruvchi tomonidan xodimlarning shaxsiy jamg\u2018arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga qo\u2018shimcha badallar kiritish miqdorlari va muddatlari;<\/p>\n<p>jamoa shartnomasining bajarilishi ustidan nazorat qilish, taraflarning javobgarligi, kasaba uyushmasi qo\u2018mitasi faoliyat ko\u2018rsatishi uchun normal sharoitlar bilan ta&#8217;minlash.<\/p>\n<p>Tashkilotning iqtisodiy imkoniyatlari hisobga olingan holda, jamoa shartnomasida boshqa shartlar, shu jumladan mehnat to\u2018g\u2018risidagi qonunchilikda va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda belgilangan normalar hamda qoidalarga nisbatan imtiyozliroq mehnat shartlari va ijtimoiy-iqtisodiy shartlar (qo\u2018shimcha ta&#8217;tillar, pensiyalarga ustamalar, muddatidan oldin pensiyaga chiqish, transport va xizmat safari xarajatlarini kompensasiya qilish, xodimlarni ishlab chiqarishda hamda ularning farzandlarini umumiy o\u2018rta ta&#8217;lim tashkilotlarida va maktabgacha ta&#8217;lim tashkilotlarida bepul yoki qisman haq to\u2018lanadigan tarzda ovqatlantirish, uyali aloqa, Internet jahon axborot tarmog\u2018i uchun haq to\u2018lash, oliy ta&#8217;lim tashkilotlarida o\u2018qitish uchun ssudalar to\u2018lash va haq to\u2018lash, boshqa qo\u2018shimcha imtiyozlar va kompensasiyalar) ham bo\u2018lishi mumkin.<\/p>\n<p>Agar qonunchilikda qoidalar jamoa shartnomasida albatta mustahkamlab qo\u2018yilishi shartligi to\u2018g\u2018risidagi to\u2018g\u2018ridan-to\u2018g\u2018ri ko\u2018rsatma mavjud bo\u2018lsa, ushbu qoidalar jamoa shartnomasiga kiritiladi.<\/p>\n<p>Jamoa shartnomasining maketi amaldagi jamoa shartnomalari tahlilini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan va mehnat qonunchiligining 2025 yil 25\u00a0dekabrgacha bo\u2018lgan o\u2018zgarishlariga muvofiqlashtirilgan.<\/p>\n<p>Maket matni tavsiyaviy tusga ega.<\/p>\n<p>Davlat byudjeti hisobidan moliyaviy jihatdan ta&#8217;minlanadigan tashkilotlar va muassasalarning jamoa shartnomalari loyihalarini qabul qilishdan oldin tegishli moliya organlari bilan kelishib olish tavsiya etiladi.<\/p>\n<p>Jamoa shartnomasi maketini ushbu <a href=\"https:\/\/kasaba.uz\/interaktiv-hizmatlar-2\/zhamoa-shartnomalarining-maketlari\/\">havola<\/a> orqali yuklab olish mumkin.<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-24059 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/04\/3959.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"803\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/04\/3959.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/04\/3959-300x201.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/04\/3959-1024x685.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/04\/3959-768x514.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>08.01.2026. Ma&#8217;lumki, boshlang\u2018ich darajadagi ijtimoiy sheriklikning eng muhim hujjati\u00a0 \u2013 Mehnat kodeksining alohida bobi bag\u2018ishlangan Jamoa shartnomasi hisoblanadi. Jamoa shartnomasi \u2013 tashkilot yoki yakka tartibdagi tadbirkordagi individual mehnat munosabatlari va bevosita ular bilan bog\u2018liq bo\u2018lgan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi hamda xodimlar tomonidan ularning vakillari bo\u2018lgan kasaba uyushmalari va ish beruvchi o\u2018rtasida tuziladigan mehnat to\u2018g\u2018risidagi huquqiy [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[27,24],"tags":[],"class_list":["post-26484","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-zashhita-socialno-ekonomicheskix-interesov","category-novosti-v-slajdere"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26484","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=26484"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26484\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":26490,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26484\/revisions\/26490"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=26484"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=26484"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=26484"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}