{"id":26543,"date":"2026-01-17T06:16:42","date_gmt":"2026-01-17T06:16:42","guid":{"rendered":"https:\/\/kasaba.uz\/?p=26543"},"modified":"2026-01-17T06:16:42","modified_gmt":"2026-01-17T06:16:42","slug":"interaktiv-usullar-kreativ-goyalar-va-qizgin-debatlar-asosida-otgan-zharayonlar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/2026\/01\/17\/interaktiv-usullar-kreativ-goyalar-va-qizgin-debatlar-asosida-otgan-zharayonlar\/","title":{"rendered":"Interaktiv usullar, kreativ g\u2018oyalar va qizg\u2018in debatlar asosida o\u2018tgan jarayonlar"},"content":{"rendered":"<p><strong>17.01.2026.<\/strong> Farg\u2018onada yaxshi an&#8217;ana bor. Ya&#8217;ni O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg\u2018ona viloyati Kengashi raisi Erkinjon Nuraliev tashabbusi bilan tarmoq kasaba uyushmalarining tuman-shahar kengashlari hamda yirik boshlang\u2018ich kasaba uyushma tashkilotlari raislarining bilimlarini doimiy ravishda oshirib borishga alohida e&#8217;tibor qaratilmoqda.<\/p>\n<p>Yil boshi ham ana shunday xayrli ish bilan boshlandi. 10\u201315 yanvar&#8217; kunlari O\u2018zbekiston Ta&#8217;lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi tizimidagi tuman, shahar kengashlari va kasaba uyushmasi qo\u2018mitalari raislarining malakasini oshirish bo\u2018yicha o\u2018quv-seminari bo\u2018lib o\u2018tdi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tasarrufidagi \u201cZarkent\u201d sanatoriysida tashkil etilgan o\u2018quv-seminar davlatimiz rahbarining Oliy Majlis va O\u2018zbekiston xalqiga yo\u2018llagan Murojaatnomasining mazmun-mohiyatidan kelib chiqadigan kasaba uyushmalarining ustuvor vazifalari mavzusi bilan boshlandi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Ta&#8217;lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Farg\u2018ona viloyati bo\u2018yicha mas&#8217;ul tashkilotchisi Nozima Mirsalimovaning qayd etishicha, Murojaatnomada yurtimizda oxirgi yillarda amalga oshirilgan keng ko\u2018lamli islohotlar natijalari bilan bir qatorda, yaqin va kelgusi davr uchun belgilangan ustuvor vazifalar ham aniq ifoda etilgan. Kasaba uyushmalari ham Murojaatnomadan kelib chiqib, o\u2018z oldiga bir qator ustuvor vazifalarni belgilab oldi.<\/p>\n<p>O\u2018quv-seminarda O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg\u2018ona viloyati Kengashi raisi o\u2018rinbosari Abror Otaboev tomonidan O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 17 oktyabrdagi kasaba uyushmalari faollari va faxriylari bilan uchrashuvida, shuningdek, O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining IX qurultoyida berilgan topshiriqlardan kelib chiqadigan vazifalar to\u2018g\u2018risida ishtirokchilarga ma&#8217;lumot berildi.<\/p>\n<p>O\u2018quv jarayonida ishtirokchilar guruhlarga bo\u2018lingan holda \u201cJamoaviy muzokaralarni tashkil qilish to\u2018g\u2018risida\u201dgi, \u201cIjtimoiy mehnat masalalari bo\u2018yicha komissiyalar faoliyatini tashkil qilish to\u2018g\u2018risida\u201dgi, \u201cJamoa shartnomasi loyihasini muhokama qilish va qabul qilish to\u2018g\u2018risida\u201dgi hamda \u201cJamoa shartnomasini ekspertizadan o\u2018tkazish va ijrosini nazorat qilish to\u2018g\u2018risida\u201dgi mavzular bo\u2018yicha taqdimotlar qildilar.<\/p>\n<p>Shuningdek, \u201cYo\u2018llanmalardan samarali foydalanish to\u2018g\u2018risida\u201dgi, \u201cMehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish to\u2018g\u2018risidagi taqdimnomani ko\u2018rib chiqish to\u2018g\u2018risida\u201dgi, \u201cMuddatidan oldin saylovni tashkil qilish to\u2018g\u2018risida\u201dgi, \u201cMurojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish to\u2018g\u2018risida\u201dgi hamda \u201cMadaniy, ma&#8217;rifiy va sport ishlarini samarali tashkil qilish to\u2018g\u2018risida\u201dgi mavzular bo\u2018yicha ham dars mashg\u2018ulotlari o\u2018tkazilib, ishtirokchilarga batafsil ma&#8217;lumot berildi.<\/p>\n<p>O\u2018quv jarayonlari davomida \u201cBilimlar bahsi\u201d intellektual o\u2018yini o\u2018tkazilib, ishtirokchilar o\u2018quvlarda olgan bilimlarini yanada mustahkamladilar va mantiqiy fikrlash doiralarini kengaytirdilar.<\/p>\n<p>Interaktiv usullar, kreativ g\u2018oyalar va qizg\u2018in debatlar asosida o\u2018tgan jarayonlarda ishtirokchilar faol qatnashib, o\u2018z fikr-mulohazalarini, tajriba va takliflarini o\u2018rtoqlashdilar.<\/p>\n<p>Abdurahim Meliboevning Farg\u2018ona tumanidagi 28-umumta&#8217;lim maktabi boshlang\u2018ich kasaba uyushma tashkiloti raisi vazifasida ish boshlaganiga endigina bir oy bo\u2018ldi. Uning qayd etishicha, o\u2018quv-seminar yetakchilar uchun har tomonlama foydali bo\u2018lgan. Ayniqsa, ish faoliyatida ko\u2018p uchraydigan masalalar bo\u2018yicha ma&#8217;ruzachilardan ko\u2018plab ma&#8217;lumotlar olgan. Bunday o\u2018quvlarning tashkil etilishi kasaba uyushmasi faollarining o\u2018z ustida tinimsiz ishlashiga, yurtimizda olib borilayotgan ulkan islohotlardan xabardorlik hissini oshirishga undaydi. Shu o\u2018rinda u barcha tashkilotchilarga o\u2018z minnatdorchiligini bildirdi.<\/p>\n<p>\u2014 Hayot shiddat bilan rivojlanayotgan ekan, bu barchamizdan izlanishni, intilishni talab etaveradi. Tashkil etilgan mazkur o\u2018quv-seminar biz uchun ayni muddao bo\u2018ldi. Interaktiv usullar, yuzma-yuz muloqotlar, erkin fikrlar asosida tashkil etilgan o\u2018quvlardan ko\u2018p narsalarni o\u2018rgandik. Bundan tashqari, boshqa hududlardagi hamkasblarimiz bilan ham tanishib, fikr almashdik. Shunday shart-sharoitlar yaratib berganliklari uchun tashkilotchilarga rahmat aytaman, \u2014 deydi Furqat tumanidagi 31-umumta&#8217;lim maktabi boshlang\u2018ich kasaba uyushma tashkiloti raisi Feruzaxon Vahobova.<\/p>\n<p>Ishtirokchilar o\u2018quvlarda qatnashish bilan birga, davolash muolajalarini ham qabul qildilar. Shuningdek, ularning vaqtlarini yanada mazmunli o\u2018tkazish maqsadida ma&#8217;naviy-ma&#8217;rifiy va sport tadbirlari, konsert dasturlari ham tashkil etildi.<\/p>\n<p>Yakunda O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg\u2018ona viloyati Kengashi tomonidan kasaba uyushma tashkilotlari faollarining bilimlarini yanada oshirish va mustahkamlash maqsadida maxsus ishlab chiqilgan \u201cKasaba malaka\u201d onlayn platformasi orqali ishtirokchilar test topshiriqlarini bajarib, onlayn sertifikat bilan taqdirlandilar.<\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>Shohsulton To\u2018xtamatov<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg\u2018ona viloyati Kengashi raisining yoshlar masalalari bo\u2018yicha maslahatchisi<\/strong><\/p>\n<p data-start=\"5769\" data-end=\"5908\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-26544 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/1.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/1.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/1-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/1-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/1-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p data-start=\"5769\" data-end=\"5908\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-26545 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/2.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/2.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/2-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/2-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/2-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p data-start=\"5769\" data-end=\"5908\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-26546 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/3.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/3.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/3-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/3-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/3-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p data-start=\"5769\" data-end=\"5908\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-26547 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/4.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/4.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/4-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/4-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/4-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>17.01.2026. Farg\u2018onada yaxshi an&#8217;ana bor. Ya&#8217;ni O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg\u2018ona viloyati Kengashi raisi Erkinjon Nuraliev tashabbusi bilan tarmoq kasaba uyushmalarining tuman-shahar kengashlari hamda yirik boshlang\u2018ich kasaba uyushma tashkilotlari raislarining bilimlarini doimiy ravishda oshirib borishga alohida e&#8217;tibor qaratilmoqda. Yil boshi ham ana shunday xayrli ish bilan boshlandi. 10\u201315 yanvar&#8217; kunlari O\u2018zbekiston Ta&#8217;lim va fan xodimlari [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[28,24],"tags":[],"class_list":["post-26543","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-28","category-novosti-v-slajdere"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26543","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=26543"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26543\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":26548,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26543\/revisions\/26548"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=26543"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=26543"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=26543"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}