{"id":26559,"date":"2026-01-21T10:11:18","date_gmt":"2026-01-21T10:11:18","guid":{"rendered":"https:\/\/kasaba.uz\/?p=26559"},"modified":"2026-01-21T10:11:18","modified_gmt":"2026-01-21T10:11:18","slug":"samarqand-viloyatida-kasaba-uyushmalari-va-nuroniylar-hamkorligi-yanada-zhadallashadi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/2026\/01\/21\/samarqand-viloyatida-kasaba-uyushmalari-va-nuroniylar-hamkorligi-yanada-zhadallashadi\/","title":{"rendered":"Samarqand viloyatida kasaba uyushmalari va nuroniylar hamkorligi yanada jadallashadi"},"content":{"rendered":"<p><strong>21.01.2026.<\/strong> O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyati Kengashi faollar zalida O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2025-yil 26-dekabr kuni Oliy Majlis va O\u2018zbekiston xalqiga yo\u2018llagan Murojaatnomasining mazmun-mohiyati va ahamiyati, shuningdek O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Samarqand viloyati kengashi hamda O\u2018zbekiston faxriylari ijtimoiy faoliyatini qo\u2018llab-quvvatlash \u201cNuroniy\u201d jamg\u2018armasi viloyat bo\u2018limi o\u2018rtasida 2026 yilga mo\u2018ljallangan hamkorlik memorandumni imzolash tadbiri bo\u2018lib o\u2018tdi.<\/p>\n<p>Kasaba uyushmalari viloyat Kengashi hamda \u201cNuroniy\u201d jamg\u2018armasi viloyat bo\u2018limining bir guruh faxriylari, viloyat Kengashining apparat xodimlari hamda tarmoq kasaba uyushmalari raislari ishtirok etdi.<\/p>\n<p>Tadbir avvalida tarix fanlari doktori, professor Farhod Nabiev Prezident Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlis va O\u2018zbekiston xalqiga yo\u2018llagan Murojaatnomasining jamiyatimiz va davlatimiz hayotidagi ahamiyati hamda undan kelib chiqadigan vazifalar haqida so\u2018zlab berdi.<\/p>\n<p>U Murojaatnomada 2026-yilda amalga oshiriladigan eng muhim 6 ta ustuvor yo\u2018nalishga atroflicha to\u2018xtalib o\u2018tdi. Jumladan:<br \/>\n\u2014 birinchi ustuvor yo\u2018nalish: mahalla infratuzilmasini yanada yaxshilash, ularga Yangi O\u2018zbekiston qiyofasini olib kirish;<br \/>\n\u2014 ikkinchi ustuvor yo\u2018nalish: iqtisodiyotni texnologik va innovasion o\u2018sish modeliga o\u2018tkazish;<br \/>\n\u2014 uchinchi ustuvor yo\u2018nalish: ichki bozorda talabni rag\u2018batlantirish;<br \/>\n\u2014 to\u2018rtinchi ustuvor yo\u2018nalish: kasblarni rivojlantirish va yangi mehnat bozori arxitekturasini yaratish;<br \/>\n\u2014 beshinchi ustuvor yo\u2018nalish: ekologik muvozanatni ta&#8217;minlash, \u201cyashil\u201d energetika va suv resurslaridan oqilona foydalanish;<br \/>\n\u2014 oltinchi ustuvor yo\u2018nalish: zamonaviy davlat boshqaruvi va adolatli sud-huquq tizimi bo\u2018yicha islohotlarni amalga oshirish.<\/p>\n<p>Kasaba uyushmalari Federatsiyasi viloyat kengashi raisi Suhrob Rafiqov \u201cNuroniy\u201d jamg\u2018armasi bilan imzolanishi ko\u2018zda tutilgan memorandumning maqsad va vazifalari xususida to\u2018xtalib, jumladan shunday dedi:<\/p>\n<p>\u2014 Memorandumni imzolashdan maqsad mamlakatimizda keksalar, urush va mehnat faxriylarini ma&#8217;naviy va moddiy qo\u2018llab-quvvatlash, e&#8217;zozlash hamda ularni ijtimoiy muhofaza qilishni yanada kuchaytirishdagi hamkorlikni oshirish, shuningdek yoshlarni ona Vatanga, milliy istiqlol g\u2018oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashda nuroniylarimizning boy hayotiy tajribalaridan foydalanish hamda kasaba uyushmalari tizimidagi korxona, tashkilot va muassasalarda faoliyat olib borayotgan pensiya yoshidagi xodimlarni qo\u2018llab-quvvatlash, ularni ijtimoiy muhofaza qilishni yanada kuchaytirishdan iborat.<\/p>\n<p>\u201cNuroniy\u201d jamg\u2018armasi viloyat bo\u2018limi Kengashi raisi Shuhrat Negmatov hamkorlik memorandumining imzolanishi viloyatimizdagi keksalar va mehnat faxriylarini ma&#8217;naviy va moddiy qo\u2018llab-quvvatlashni yanada mustahkamlashini, birgalikda amalga oshiriladigan tadbirlar \u2014 mehnat faxriylari va nuroniylar ishtirokida \u201cUch avlod uchrashuvi\u201d, davra suhbatlari, madaniy-ma&#8217;naviy va sport tadbirlarini yanada yuqori saviyada tashkil etishga imkon yaratishini ta&#8217;kidladi.<\/p>\n<p>Tadbir davomida yig\u2018ilganlarga \u201cO\u2018zbekiston kasaba uyushmalari \u2014 kecha, bugun, ertaga\u201d nomli tarixiy-hujjatli fil&#8217;m namoyish etildi.<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-26562 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/4901.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/4901.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/4901-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/4901-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/4901-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-26563 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/4900.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/4900.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/4900-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/4900-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/4900-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-26561 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/4902.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/4902.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/4902-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/4902-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/4902-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>21.01.2026. O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyati Kengashi faollar zalida O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2025-yil 26-dekabr kuni Oliy Majlis va O\u2018zbekiston xalqiga yo\u2018llagan Murojaatnomasining mazmun-mohiyati va ahamiyati, shuningdek O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Samarqand viloyati kengashi hamda O\u2018zbekiston faxriylari ijtimoiy faoliyatini qo\u2018llab-quvvatlash \u201cNuroniy\u201d jamg\u2018armasi viloyat bo\u2018limi o\u2018rtasida 2026 yilga mo\u2018ljallangan hamkorlik memorandumni imzolash tadbiri bo\u2018lib [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[30,24],"tags":[],"class_list":["post-26559","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-kultura-i-sport","category-novosti-v-slajdere"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26559","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=26559"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26559\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":26564,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26559\/revisions\/26564"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=26559"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=26559"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=26559"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}