{"id":26581,"date":"2026-01-23T13:47:41","date_gmt":"2026-01-23T13:47:41","guid":{"rendered":"https:\/\/kasaba.uz\/?p=26581"},"modified":"2026-01-23T13:47:41","modified_gmt":"2026-01-23T13:47:41","slug":"ozbekiston-suv-sporti-federatsiyasi-konferentsiyasi-bolib-otdi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/2026\/01\/23\/ozbekiston-suv-sporti-federatsiyasi-konferentsiyasi-bolib-otdi\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston Suv sporti Federatsiyasi Konferensiyasi bo\u2018lib o\u2018tdi"},"content":{"rendered":"<p><strong>23.01.2026.<\/strong> O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasida O\u2018zbekiston Suv sporti Federatsiyasining yil yakunlariga bag\u2018ishlangan navbatdagi hisobot Konferensiyasi bo\u2018lib o\u2018tdi. Unda O\u2018zbekiston Respublikasi Sport vaziri Adham Ikramov, Milliy olimpiya qo\u2018mitasi raisining birinchi o\u2018rinbosari Otabek Umarov, suv sporti Federatsiyasi mutasaddi va mas&#8217;ullari, Qoraqalpog\u2018iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 500 dan ortiq mutaxassislar ishtirok etdilar.<\/p>\n<p>Videokonferens aloqa formatida o\u2018tkazilgan anjumanni O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi, O\u2018zbekiston Suv sporti Federatsiyasi raisi Qudratilla Rafikov olib bordi.<\/p>\n<p>Konferensiyada O\u2018zbekiston suv sporti Federatsiyasining 2025 yilgi faoliyati yakunlari tahlil etilib, istiqboldagi vazifalar belgilab olindi.<\/p>\n<p>Tadbirda ta&#8217;kidlanganidek, bugungi kunda O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan mamlakatimizda sport sohasiga yuksak e&#8217;tibor qaratilmoqda. Xususan, yurtimizda ommaviy va professional sportni, shu jumaladan, suv sportini rivojlantirish, zamonaviy sport inshootlarini barpo etish, buning uchun zarur tuzilmalarni shakllantirish yo\u2018nalishlarida keng ko\u2018lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Buning natijasida so\u2018nggi yillarda mamlakatimiz sportchilari xalqaro musobaqalarda tarixiy yutuqlarga erishmoqdalar. O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 4 noyabrdagi \u00abSuv sportini rivojlantirish chora-tadbirlari to\u2018g\u2018risida\u00bbgi Qarori ijrosini ta&#8217;minlash maqsadida O\u2018zbekiston suv sporti Federatsiyasi tomonidan boshqaruv va muvofiqlashtirish, xalqaro aloqalar va hamkorlikni yo\u2018lga qo\u2018yish hamda rivojlantirish, infratuzilma va moddiy-texnik negizni mustahkamlash, sportchilar va murabbiylarni tayyorlash kabi muhim yo\u2018nalishlarda tizimli ishlar amalga oshirildi.<\/p>\n<p>2025 yil suv sporti uchun ishonchli taraqqiyot yili, hayajonli startlar, murosasiz musobaqalar va munosib g\u2018alabalar yili bo\u2018ldi. Suv yo\u2018lkalari va suzish havzalarida nafaqat sport natijalari, balki intizom, iroda va g\u2018alaba qozonish istagi orqali xarakter ham shakllandi. O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasida bo\u2018lib o\u2018tgan konferensiya murabbiylar, sportchilar va soha mutaxassislarini birlashtirdi. Ular nafaqat medallar va rekordlarni, balki har bir muvaffaqiyat ortidagi odamlar, jamoaviy jipslik va Davlatitmiz rahbarining sportni rivojlantirishga muntazam ravishda ko\u2018rsatayotgan e&#8217;tibori natijalarini e&#8217;tirof etdilar. Mamlakat rahbari tomonidan ilgari surilayotgan dolzarb masalalar va vazifalar ijrosini ta&#8217;minlashga qaratilgan yangi, yanada yuksak maqsadlar belgilab olindi.<\/p>\n<p>&#8211; Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev sportni ham sog\u2018liq, ham natijalar nuqtai nazaridan rivojlantirish vazifasini ilgari surganlar, &#8211; dedi jumladan, O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi, O\u2018zbekiston Suv sporti Federatsiyasi raisi Qudratilla Rafikov. \u2013 Bu &#8211; katta fidoiylik va intizom, o\u2018zini tuta bilish, matonat va sabr-toqat, jamoada ishlash va qaror qabul qilish qobiliyatini hamda harakatlarimiz va natijalarimiz uchun yuqori darajadagi mas&#8217;uliyatni namoyon etishni talab qiladi. Bu kuchli xarakter, qat&#8217;iyat va ishonchlilikni shakllantiradi. Aynan shu fazilatlarni O\u2018zbekiston davlat bayrog\u2018ini jahon sahnasida sharaf bilan baland ko\u2018tarib yuradigan hamda o\u2018z mamlakati obro\u2018sini oshirayotgan sportchilarimizda rivojlantirishimiz kerak.<\/p>\n<p>Mamlakatimizda sport infratuzilmasini rivojlantirish, zamonaviy inshootlarni qurish va modernizasiya qilish bo\u2018yicha keng ko\u2018lamli dasturlar izchil amalga oshirilmoqda. Bu sport bilan shug\u2018ullanish imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytirdi, uning mashhurligini oshirdi va yangi sport maktablari qurilishiga turtki berdi. Xususan, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Olimpiya shaharchasi sport majmuasida suv sportini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratildi. Ushbu sport inshooti barcha zamonaviy talablarga javob beradi va jahon chempionati kabi yirik xalqaro sport tadbirlarini o\u2018tkazishga qodir inshoot sifatida tan olindi.<\/p>\n<p>Har bir yutuq ortida soatlab fidoiylik bilan qilingan mashg\u2018ulotlar, murabbiylarning ustozligi va davlatimiz rahbarining eng yuqori darajada har tomonlama qo\u2018llab-quvvatlashi mujassam. So\u2018nggi 9 yil ichida millionlab odamlar sport bilan shug\u2018ullanishga jalb etildi, yangi sport maktablari, seksiyalari va klublari tashkil etildi. Mustahkam sport infratuzilmasi barpo etilib, rivojlanishda davom etmoqda.<\/p>\n<p>Tanlangan yo\u2018nalishning to\u2018g\u2018riligi va amalga oshirilayotgan ishlarning samarali natijalarini yaqinda Fransiyaning Parij shahrida bo\u2018lib o\u2018tgan XXXIII yozgi Olimpiya o\u2018yinlarida mamlakatimiz ishtirokchi davlatlar orasida umumjamoa hisobida 13-o\u2018rinni egallagani ham ko\u2018rsatib turibdi. O\u2018zbekiston tarixida ilgari hech qachon bo\u2018lmagan bu kabi yutuqlar Davlatimiz rahbarining sport sohasiga va sportchilarga ko\u2018rsatayotgan yuksak e&#8217;tiborlari samarasidir.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti, Milliy Olimpiya qo\u2018mitasi raisi Shavkat Mirziyoev nafaqat erishilgan natijalarni saqlab qolish, balki, ikki yildan so\u2018ng Los Anjelosda bo\u2018lib o\u2018tadigan yozgi Olimpiada o\u2018yinlarida yanada yuqori natijalarga erishish vazifasini qo\u2018ygan. Bu borada Suv sporti Federatsiyasi oldida ham katta mas&#8217;uliyat turibdi.<\/p>\n<p>Konferensiyada shuningdek, suzish, sinxron suzish, suvga sakrash va suv polosi bo\u2018yicha bosh murabbiylarning 2025 yilda amalga oshirilgan ishlar va 2026 yilga mo\u2018ljallangan rejalar bo\u2018yicha hisobotlari tinglandi. Hududlarda suv sportini rivojlantirish, moddiy-texnik bazani mustahkamlash va seleksiya foliyatini kuchaytirish bo\u2018yicha ishlarning holati to\u2018g\u2018risidagi masalalar muhokama etildi.<\/p>\n<p>Anjuman yakunida xalqaro musobaqalarda yuqori natilarni qo\u2018lga kiritgan sportchilar va ularning murabbiylari munosib taqdirlandi.<\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Matbuot xizmati<\/strong><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-26582 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/1-1.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/1-1.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/1-1-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/1-1-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/1-1-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-26583 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/2-1.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/2-1.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/2-1-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/2-1-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/2-1-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-26584 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/3-1.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/3-1.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/3-1-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/3-1-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/3-1-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-26585 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/4-1.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/4-1.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/4-1-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/4-1-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/4-1-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>23.01.2026. O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasida O\u2018zbekiston Suv sporti Federatsiyasining yil yakunlariga bag\u2018ishlangan navbatdagi hisobot Konferensiyasi bo\u2018lib o\u2018tdi. Unda O\u2018zbekiston Respublikasi Sport vaziri Adham Ikramov, Milliy olimpiya qo\u2018mitasi raisining birinchi o\u2018rinbosari Otabek Umarov, suv sporti Federatsiyasi mutasaddi va mas&#8217;ullari, Qoraqalpog\u2018iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 500 dan ortiq mutaxassislar ishtirok etdilar. Videokonferens aloqa formatida o\u2018tkazilgan anjumanni [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[24],"tags":[],"class_list":["post-26581","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-novosti-v-slajdere"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26581","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=26581"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26581\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":26586,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26581\/revisions\/26586"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=26581"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=26581"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=26581"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}