{"id":26601,"date":"2026-01-28T07:24:28","date_gmt":"2026-01-28T07:24:28","guid":{"rendered":"https:\/\/kasaba.uz\/?p=26601"},"modified":"2026-01-28T07:24:28","modified_gmt":"2026-01-28T07:24:28","slug":"agrosanoat-sohasida-yangi-davr","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/2026\/01\/28\/agrosanoat-sohasida-yangi-davr\/","title":{"rendered":"Agrosanoat sohasida yangi davr"},"content":{"rendered":"<p><strong>28.01.2026.<\/strong> Bu jarayonda kasaba uyushmalarining o\u2018rni qanday bo\u2018lishi kerak?<\/p>\n<p>Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi 13 ta vazirlik va idora bilan tarmoq Jamoa kelishuvlarini imzolagan. Ular mehnat munosabatlarini tartibga solish, xodimlarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda ijtimoiy sheriklikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.<\/p>\n<p>Tarmoq kasaba uyushmasi Respublika Kengashining kuni kecha bo\u2018lib o\u2018tgan yig\u2018ilishida o\u2018tgan yilgi faoliyat sarhisob qilinib, navbatdagi vazifalar belgilab olindi. Unda Respublika Kengashi rahbariyati, apparat xodimlari, shuningdek, ijtimoiy sherik tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar.<\/p>\n<p>Muzokaralar davomida tarmoq jamoa kelishuvi doirasida xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish, munosib mehnat sharoitlarini yaratish, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarni qo\u2018llab-quvvatlash, ish haqi hamda kafolatli to\u2018lovlarni o\u2018z vaqtida berish borasida erishilgan ijobiy natijalar alohida qayd etildi.<\/p>\n<p>Ta&#8217;kidlanganidek, qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar xodimlar manfaatlarini himoya qilishda dasturilamal bo\u2018lmoqda. Nizolarni hal etishga alohida e&#8217;tibor qaratilib, ish beruvchi bilan xodim o\u2018rtasida yuzaga keladigan kelishmovchiliklarni sudgacha hal etishda kasaba uyushmalari yarashtiruvchi institut sifatida faol ishtirok etmoqda.<\/p>\n<p>Bandlik masalasi ham jamoa kelishuvida ustuvor yo\u2018nalish sifatida belgilab olingan. Yangi ish o\u2018rinlarini yaratish, ishsiz fuqarolarni, ayniqsa, yoshlar, xotin-qizlar va nogironligi bor shaxslar bandligini ta&#8217;minlashga alohida e&#8217;tibor qaratilyapti.<\/p>\n<p>Mehnatga haq to\u2018lash tizimini takomillashtirish masalasi ham kengashning doimiy e&#8217;tiborida. Ish haqi ulushini oshirish, tarif stavkalari va koeffisientlarini jamoa shartnomalari orqali belgilash, ish haqi kechiktirilgan hollarda kompensasiya to\u2018lash kabi me&#8217;yorlar xodimlar daromadlarini barqaror ta&#8217;minlashga xizmat qilmoqda. Shu bilan birga, gender tenglikni ta&#8217;minlash, bir xil mehnat uchun teng haq to\u2018lash tamoyilini amaliyotga to\u2018liq joriy etish masalasiga aohida e&#8217;tibor qaratilmoqda.<\/p>\n<p>Xotin-qizlar va yoshlar uchun qo\u2018shimcha ijtimoiy kafolatlar ham jamoa kelishuvidan alohida o\u2018rin olgan. Xususan, homilador ayollar va yosh bolali onalar uchun yengil mehnat sharoitlari, yosh mutaxassislarga foizsiz ssudalar ajratish, gender auditlar o\u2018tkazish hamda kasbiy rivojlanishga qaratilgan o\u2018quv dasturlarini amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Jumladan, o\u2018tgan yili kengash, Toshkent shahar birlashgan qo\u2018mitasi hamda tuman (shahar) kengashlari tomonidan tizimga kiruvchi 3 mingdan ortiq tashkilotda yangi qabul qilingan jamoa shartnomalarini ekspertizadan o\u2018tkazish jarayonida ijtimoiy sheriklik asosida hamkorlik masalalariga alohida e&#8217;tibor qaratildi.<\/p>\n<p>Tarmoq jamoa kelishuvi va jamoa shartnomalarida belgilangan vazifalarning amalga oshirilishi xodimlarning ijtimoiy himoyasini mustahkamlashga, ularning sog\u2018lig\u2018ini tiklash hamda mehnat jamoalarida hamjihatlikni kuchaytirishga xizmat qilmoqda. Quyi bo\u2018g\u2018in tashkilotlarida qabul qilingan jamoa shartnomalari orqali 1 ming 500 nafardan ziyod xodim qo\u2018shimcha ijtimoiy kafolatlardan foydalandi.<\/p>\n<p>Shuningdek, Bosh jamoa kelishuviga muvofiq, jamoa shartnomalarining bajarilishi yakunlarini har yili aprel&#8217; oyidan kechiktirmasdan ko\u2018rib chiqish masalasi bo\u2018yicha ijtimoiy sheriklar bilan hamkorlikda tizimli ishlar olib borildi. Ular umumiy yig\u2018ilishlar va konferensiyalarda muhokama qilinib, ko\u2018rib chiqish jarayonida oshkoralik va shaffoflik tamoyillariga qat&#8217;iy rioya etildi.<\/p>\n<p>Jamoa shartnomalari doirasida ayollar va yoshlar uchun belgilangan imtiyoz va kafolatlardan 800 ming nafardan ortiq xodimlar foydalandi. Chunonchi, 4,5 ming nafarga yaqin xodim kasaba uyushmasi imtiyozli yo\u2018llanmalari asosida sanatoriy-kurortlarda sog\u2018lomlashtirildi.<\/p>\n<p>Hududlarda uyushtirilgan sport tadbirlariga 5 215 nafar mehnatkash qamrab olindi. Shuningdek, \u201cO\u2018zbekiston bo\u2018ylab sayohat qil!\u201d shiori ostida o\u2018tkazilgan sayohatlarda 285 ming nafardan ortiq kasaba uyushmasi a&#8217;zolari mamlakatimizning turli manzillariga tashrif buyurdilar. \u201cTeatr \u2013 ibratxona\u201d dasturi doirasida xodimlarning madaniyat va san&#8217;at muassasalariga, jumladan, muzey va ziyoratgohlarga jamoaviy hamda oilaviy tashriflari tizimli tashkil etildi.<\/p>\n<p>Davra suhbatining ikkinchi qismida Prezidentimizning 2025 yil 17 oktyabrda kasaba uyushmalari faollari va faxriylari, shuningdek, 11 dekabr&#8217; kuni agrar soha xodimlari bilan o\u2018tkazgan uchrashuvlarida ilgari surgan g\u2018oya va tashabbuslari, 2025 yil 26 dekabrda Oliy Majlis va O\u2018zbekiston xalqiga yo\u2018llagan Murojaatnomasida belgilangan vazifalar muhokama qilindi.<\/p>\n<p>Co\u2018ngra Vazirlar Mahkamasi, O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi hamda O\u2018zbekiston ish beruvchilar konfederatsiyasi o\u2018rtasida 2026-2028 yillarga imzolangan Bosh jamoa kelishuvi talablaridan kelib chiqqan holda, amaldagi tarmoq jamoa kelishuviga o\u2018zgartirish va qo\u2018shimchalar kiritish masalasi ko\u2018rib chiqildi.<\/p>\n<p>Yig\u2018ilishda xodimlar salomatligini mustahkamlash, mehnat jamoalarida faollikni oshirish maqsadida joylarda madaniy-ma&#8217;rifiy, sport-sog\u2018lomlashtirish hamda \u201cMahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili\u201d Davlat dasturi ijrosini ta&#8217;minlash bo\u2018yicha qo\u2018shma tadbirlar tashkil etib borishga kelishib olindi.<\/p>\n<p>\u0421\u0438\u0440\u0430\u0441\u0438\u043d\u0438 \u0430\u0439\u0442\u0433\u0430\u043d\u0434\u0430, \u0430\u0433\u0440\u043e\u0441\u0430\u043d\u043e\u0430\u0442 \u0441\u043e\u04b3\u0430\u0441\u0438\u0434\u0430 \u04b3\u0430\u043c \u044f\u043d\u0433\u0438 \u0434\u0430\u0432\u0440 \u0431\u043e\u0448\u043b\u0430\u043d\u0433\u0430\u043d. \u00a0\u0411\u0443 \u0436\u0430\u0440\u0430\u0451\u043d\u0434\u0430 \u043a\u0430\u0441\u0430\u0431\u0430 \u0443\u044e\u0448\u043c\u0430\u043b\u0430\u0440\u0438 \u0438\u0448\u0447\u0438-\u0445\u043e\u0434\u0438\u043c\u043b\u0430\u0440 \u043c\u0430\u043d\u0444\u0430\u0430\u0442\u043b\u0430\u0440\u0438\u043d\u0438 \u04b3\u0438\u043c\u043e\u044f\u043b\u0430\u0448, \u0443\u043b\u0430\u0440\u043d\u0438\u043d\u0433 \u043c\u0435\u04b3\u043d\u0430\u0442\u0438 \u0432\u0430 \u049b\u0430\u0434\u0440-\u049b\u0438\u043c\u043c\u0430\u0442\u0438\u043d\u0438 \u0443\u043b\u0443\u0493\u043b\u0430\u0448\u0433\u0430 \u0430\u043b\u043e\u04b3\u0438\u0434\u0430 \u044d\u044a\u0442\u0438\u0431\u043e\u0440 \u049b\u0430\u0440\u0430\u0442\u043c\u043e\u049b\u0434\u0430.<\/p>\n<p>\u0419\u0438\u0493\u0438\u043b\u0438\u0448\u0434\u0430 \u0430\u043d\u0430 \u0448\u0443 \u0442\u0430\u043c\u043e\u0439\u0438\u043b \u043a\u0435\u043b\u0433\u0443\u0441\u0438\u0434\u0430\u0433\u0438 \u0444\u0430\u043e\u043b\u0438\u044f\u0442\u043d\u0438\u043d\u0433 \u0443\u0441\u0442\u0443\u0432\u043e\u0440 \u0432\u0430\u0437\u0438\u0444\u0430\u0441\u0438 \u0431\u045e\u043b\u0438\u0448\u0438 \u0430\u043b\u043e\u04b3\u0438\u0434\u0430 \u049b\u0430\u0439\u0434 \u044d\u0442\u0438\u043b\u0434\u0438.<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-26602 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/4919.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/4919.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/4919-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/4919-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/4919-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>28.01.2026. Bu jarayonda kasaba uyushmalarining o\u2018rni qanday bo\u2018lishi kerak? Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi 13 ta vazirlik va idora bilan tarmoq Jamoa kelishuvlarini imzolagan. Ular mehnat munosabatlarini tartibga solish, xodimlarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda ijtimoiy sheriklikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Tarmoq kasaba uyushmasi Respublika Kengashining kuni kecha bo\u2018lib o\u2018tgan yig\u2018ilishida o\u2018tgan [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[27,24],"tags":[],"class_list":["post-26601","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-zashhita-socialno-ekonomicheskix-interesov","category-novosti-v-slajdere"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26601","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=26601"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26601\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":26603,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26601\/revisions\/26603"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=26601"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=26601"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=26601"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}