{"id":26619,"date":"2026-01-31T13:47:23","date_gmt":"2026-01-31T13:47:23","guid":{"rendered":"https:\/\/kasaba.uz\/?p=26619"},"modified":"2026-01-31T15:03:06","modified_gmt":"2026-01-31T15:03:06","slug":"ozbekiston-kasaba-uyushmalari-federatsiyasi-va-ozbekiston-mahallalari-uyushmasi-ortasida-ozaro-hamkorlik-boyicha-memorandum-imzolandi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/2026\/01\/31\/ozbekiston-kasaba-uyushmalari-federatsiyasi-va-ozbekiston-mahallalari-uyushmasi-ortasida-ozaro-hamkorlik-boyicha-memorandum-imzolandi\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi va O\u2018zbekiston mahallalari uyushmasi o\u2018rtasida o\u2018zaro hamkorlik bo\u2018yicha Memorandum imzolandi"},"content":{"rendered":"<p><strong>31.01.2026.<\/strong> O\u2018zbekiston Respublikasi \u00a0Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2025 yil 17 oktyabr&#8217; kuni kasaba uyushmalari faollari va faxriylari bilan bo\u2018lib o\u2018tgan uchrashuvda kasaba uyushmalari bilan mahallalar uyushmasi hamkorligini yanada mustahkamlash bo\u2018yicha qator vazifalarni ilgari surgan edi. Ushbu vazifalar ijrosini ta&#8217;minlash maqsadida O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tashabbusiga ko\u2018ra O\u2018zbekiston mahallalari uyushmasi bilan o\u2018zaro hamkorlik bo\u2018yicha Memorandum imzolash marosimi o\u2018tkazildi.<\/p>\n<p>Videokonferens aloqa formatida tashkil etilgan anjumanda Markaziy studiyadan O\u2018zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O\u2018zbekiston mahallalari uyushmasi, O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi va tarmoq kasaba uyushmalari Respublika Kengashlari mutasaddilari hamda mas&#8217;ul xodimlari, hududiy studiyalardan O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining hududiy kengashlari, O\u2018zbekiston mahallalari uyushmasining hududiy boshqarmalari va tuman bo\u2018limlari mutasaddilari, jami mingga yaqin mahalla raislari ishtirok etdilar.<\/p>\n<p>Yig\u2018ilishni O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi Qudratilla Rafikov olib bordi.<\/p>\n<p>Ma&#8217;lumki, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning 2025 yil 17 oktyabr&#8217; kuni kasaba uyushmalari faollari va faxriylari bilan bo\u2018lib o\u2018tgan tarixiy uchrashuvida Davlatimiz Rahbari tomonidan kasaba uyushmalari va mahalla instituti o\u2018rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish, xotin-qizlarning faol ijtimoiy qatlam bo\u2018lib shakllanishida \u201cKasaba uyushmalari \u2013 ayollar manfaati yo\u2018lida\u201d shiori asosida yangi tizimni yo\u2018lga qo\u2018yish taklifi ilgari surilgan edi. Ushbu tizim doirasida Xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy qo\u2018llab-quvvatlash bo\u2018yicha Respublika komissiyasi va O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan mehnat bozorida xotin-qizlar uchun teng imkoniyatlar yaratish, ularning hayotda o\u2018z o\u2018rnini topishiga va ijtimoiy faolligini oshirishga ko\u2018maklashish bo\u2018yicha yangi yondashuvlarni joriy etish vazifasi belgilab berilgandi.<\/p>\n<p>Bunda xotin-qizlarning uy-joy va yashash sharoitlarini yaxshilash, tibbiy, psixologik, huquqiy yordamga muhtoj, taz&#8217;yiq va zo\u2018ravonlikka uchragan ayollarni ham \u201cAyollar daftari\u201d orqali qo\u2018llab-quvvatlashni yo\u2018lga qo\u2018yish, qishloq joylarda ayollar bandligi va tadbirkorligini qo\u2018llab-quvvatlash dasturlarini yanada kengaytirish, har yili mehnat jamoalaridagi gender audit natijalarini muhokama qilib, ish beruvchilar bilan birgalikda xotin-qizlarga yanada qulay mehnat sharoitlarini yaratish, 14 ta tarmoq kasaba uyushmalarining gender tenglikni ta&#8217;minlash uchun manzilli strategiyalar ishlab chiqish bo\u2018yicha choralar ko\u2018rib borishi lozimligi ta&#8217;kidlangandi.<\/p>\n<p>Bundan kelib chiqqan holda O\u2018zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tashabbusi bilan kasaba uyushmalari mutasaddilarining \u201cmahalla yettiligi\u201d bilan hamkorlikda xotin-qizlarga amaliy yordam berish tizimini kuchaytirish maqsadida kasaba uyushmalari hamda mahallalar uyushmasi o\u2018rtasida Hamkorlik memorandumi ishlab chiqildi.<\/p>\n<p>Ushbu Memorandumdan ko\u2018zlangan asosiy maqsad &#8211; \u201cAyollar daftari\u201d tizimining yangi bosqichida ehtiyojmand va ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlarning bandligini ta&#8217;minlash va tadbirkorligini yo\u2018lga qo\u2018yish hamda ularni ijtimoiy-iqtisodiy qo\u2018llab-quvvatlash bo\u2018yicha belgilangan chora-tadbirlarni birgalikda amalga oshirishdan iboratdir.<\/p>\n<p>Ta&#8217;kidlash zarurki, Memorandum jami 9 ta moddadan iborat bo\u2018lib, u muhim ijtimoiy loyihani\u00a0 mukammal darajada tashkil etish mexanizmini o\u2018z ichiga oladi. Shubhasiz, mazkur hujjat O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi hamda O\u2018zbekiston mahallalari uyushmasi o\u2018rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga ko\u2018tarishga xizmat qiladi.<\/p>\n<p>Yig\u2018ilishda ta&#8217;kidlanganidek, Prezidentimiz tashabbusi bilan xotin-qizlar muammolarini hal qilish bo\u2018yicha yo\u2018lga qo\u2018yilgan va dunyoda analogi bo\u2018lmagan noyob tizim &#8211; \u201cAyollar daftari\u201d tizimining 6 ta bosqichi orqali 2021 yildan to bugungi kungacha Respublika bo\u2018yicha jami 4,5 mln. nafardan ziyod ehtiyojmand xotin-qizlarga amaliy yordamlar berildi. Buning uchun jami 7 trillion so\u2018mga yaqin mablag\u2018 yo\u2018naltirildi.<\/p>\n<p>Davlatimiz rahbari tomonidan uzoqni ko\u2018zlab yuritilayotgan odilona va xalqchil siyosat natijasida \u201cmahalla yettiligi\u201d tizimi joriy etilganidan so\u2018ng esa \u201cAyollar daftari\u201d tizimi doirasidagi ishlar sifat jihatidan yangi bosqichga ko\u2018tarildi.<\/p>\n<p>Yig\u2018ilishda \u201cAyollar daftari\u201d tizimini amalga oshirish bo\u2018yicha ishlar samaradorligini yuksaltirish va kasaba uyushmalari bilan mahallalar hamkorligini yanada mustahkamlash maqsadida amalga oshiriladigan ishlar chuqur tahlil etildi. Xususan, O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan har bir viloyat, tuman, shaharga hamda mahallalarga mas&#8217;ullar biritkirilishi qayd etib o\u2018tildi. Ular mahalla raisi boshchiligidagi \u201cmahalla yettiligi\u201d bilan hamkorlikda anketa-so\u2018rovnoma asosida xotin-qizlarning muammolarini har yilning 1 martigacha xonadonma-xonadon yurib, o\u2018rganishadi. Anketa-so\u2018rovnomalar to\u2018ldirilganidan so\u2018ng \u201cmahalla yettiligi\u201d a&#8217;zolari tomonidan xotin-qizlarning ijtimoiy himoyaga muhtojlik darajasi, ya&#8217;ni toifasi aniqlanib, ro\u2018yxat shakllantiriladi. Har bir xotin-qiz uchun individual dastur ishlab chiqiladi va mas&#8217;ul tashkilotlar bilan kelishilgan holda \u201cmahalla yettiligi\u201d tomonidan tasdiqlanadi. \u201cMahalla yettiligi\u201d va mahallaga biriktirilgan kasaba uyushmalari xodimi tomonidan \u201cAyollar daftari\u201dga kiritilgan xotin-qizlarga ijro etuvchi tashkilotlar tomonidan belgilangan yordamlar ko\u2018rsatilishi doimiy monitoring qilib boriladi. \u201cAyollar daftari\u201dga kiritilgan xotin-qizlarning individual dasturda qayd etilgan masalalari to\u2018liq hal etilganidan keyingina har yili dekabr&#8217; oyida \u201cmahalla yettiligi\u201d tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo\u2018limi bilan kelishilgan holda ularni \u201cAyollar daftari\u201ddan chiqaradi.<\/p>\n<p>Bordi-yu hal etilmay qolgan masalalar bo\u2018lsa, ularni tuman, viloyat va respublika darajasiga ko\u2018tarib, muammolarni o\u2018z vaqtida bartaraf etish choralari ko\u2018riladi.<\/p>\n<p>Bu borada ikki jamoat tashkilotining hamkorligi Prezidentimizning insonparvar tashabbuslarining amaldagi ijrosiga xizmat qiladi.<\/p>\n<p>Yig\u2018ilishda ishtirok etayotgan kasaba uyushmalari va mahallalar uyushmasi mutasaddilari ham o\u2018z fikr va mulohazalarini bildirdilar.<\/p>\n<p>Alohida ta&#8217;kidlash zarurki, Davlatimiz Rahbari kasaba uyushmalari faollari bilan uchrashuvda \u201cbiz mahalla institutini tubdan isloh qilib, barcha darajadagi rahbarlar eng quyi bo\u2018g\u2018inga tushib ishlaydigan xalqchil tizim yaratdik&#8230; Endi, kasaba uyushmalari ham mahallalar bilan yaqindan ishlaydigan samarali tizimni yo\u2018lga qo\u2018ysa, o\u2018ylaymanki, to\u2018g\u2018ri bo\u2018ladi\u201d deb ta&#8217;kidlagan edilar.<\/p>\n<p>Mazkur topshiriq ijrosining amaliy ifodasi sifatida O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi va O\u2018zbekiston Mahallalari uyushmasi o\u2018rtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi.<\/p>\n<p>Yig\u2018ilish yakunida O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi va O\u2018zbekiston mahallalar uyushmasi vakillari Prezidentimizning xotin-qizlarga amaliy yordam berish bo\u2018yicha topshiriqlari ijrosini ta&#8217;minlash yo\u2018lida bir yoqadan bosh chiqarib, opa-singillarimiz hayotiga yorug\u2018lik va rozilik olib kirishdek ezgu ish yo\u2018lida bor imkoniyatlarini ishga solishlari va yakdillik bilan ish olib borishlarini ta&#8217;kidladilar.\u00a0 Bu yo\u2018lda barcha mutasaddi tashkilotlarni xalqimizni rozi qilishdek ulkan mas&#8217;uliyat birlashtirib turgani qayd etildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>Muhabbat O\u2018rmonbekova<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Matbuot xizmati rahbari<\/strong><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-26620 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/1-2.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/1-2.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/1-2-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/1-2-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/1-2-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-26622 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/3-2.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/3-2.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/3-2-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/3-2-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/3-2-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-26621 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/2-2.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/2-2.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/2-2-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/2-2-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/2-2-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-26623 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/4-2.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/4-2.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/4-2-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/4-2-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/4-2-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>31.01.2026. O\u2018zbekiston Respublikasi \u00a0Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2025 yil 17 oktyabr&#8217; kuni kasaba uyushmalari faollari va faxriylari bilan bo\u2018lib o\u2018tgan uchrashuvda kasaba uyushmalari bilan mahallalar uyushmasi hamkorligini yanada mustahkamlash bo\u2018yicha qator vazifalarni ilgari surgan edi. Ushbu vazifalar ijrosini ta&#8217;minlash maqsadida O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tashabbusiga ko\u2018ra O\u2018zbekiston mahallalari uyushmasi bilan o\u2018zaro hamkorlik bo\u2018yicha Memorandum imzolash marosimi [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[24],"tags":[],"class_list":["post-26619","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-novosti-v-slajdere"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26619","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=26619"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26619\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":26625,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26619\/revisions\/26625"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=26619"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=26619"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=26619"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}