{"id":26635,"date":"2026-02-08T07:09:09","date_gmt":"2026-02-08T07:09:09","guid":{"rendered":"https:\/\/kasaba.uz\/?p=26635"},"modified":"2026-02-08T07:09:09","modified_gmt":"2026-02-08T07:09:09","slug":"ayollar-daftari-tizimining-7-bosqichi-boshlanmoqda","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/2026\/02\/08\/ayollar-daftari-tizimining-7-bosqichi-boshlanmoqda\/","title":{"rendered":"\u201cAyollar daftari\u201d tizimining 7-bosqichi boshlanmoqda"},"content":{"rendered":"<p>08.02.2026. O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasida Xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy qo\u2018llab-quvvatlash bo\u2018yicha Respublika komissiyasining kengaytirilgan videoselektor yig\u2018ilishi bo\u2018lib o\u2018tdi. Uni O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi, Xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy qo\u2018llab-quvvatlash bo\u2018yicha Respublika komissiyasi raisi Qudratilla Rafikov olib bordi.<\/p>\n<p>Videoselektor yig\u2018ilishida Markaziy studiyadan O\u2018zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o\u2018rinbosari \u2013 Oila va xotin-qizlar qo\u2018mitasi raisi Zulayho Mahkamova, O\u2018zbekiston mahallalar uyushmasi, Oila va xotin-qizlar qo\u2018mitasi, O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi va tarmoq kasaba uyushmalari Respublika kengashlari mutasaddilari, hududiy studiyalardan Qoraqalpog\u2018iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining va viloyatlar hokimlarining Oila va xotin-qizlar masalalari bo\u2018yicha o\u2018rinbosarlari, Mahallalar uyushmasining hududiy boshqarmalari boshliqlari, Federatsiyaning hududiy kengashlari raislari va mas&#8217;ul xodimlari, tuman (shahar) hokimlarining oila va xotin-qizlar masalalari bo\u2018yicha o\u2018rinbosarlari, Mahallalar uyushmasining tuman (shahar) bo\u2018limlari boshliqlari ishtirok etdilar.<\/p>\n<p>Kengaytirilgan videoselektor yig\u2018ilishida muhtaram Prezidentimiz tashabbuslari bilan amalda tatbiq etilgan noyob tizim &#8211; \u201cAyollar daftari\u201d tizimining 7-bosqichiga tayyorgarlik ko\u2018rish va uni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.<\/p>\n<p>Tadbirda ta&#8217;kidlanganidek, 2021 yildan beri muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tashabbuslari bilan joriy etilgan \u201cAyollar daftari\u201d tizimining 6 ta bosqichi orqali shu paytgacha Respublika bo\u2018yicha jami 4 mln 538 ming nafardan ziyod ehtiyojmand xotin-qizlarga amaliy yordamlar berildi. Birgina 2025 yil davomida Ayollar daftari\u201d tizimining 6-bosqichida jami 1 mln 22 ming nafarga yaqin xotin-qizga ijtimoiy yordamlar ko\u2018rsatildi.<\/p>\n<p>Davlatimiz rahbarining 2025 yil 17 oktyabr&#8217; kuni kasaba uyushmalari faollari va faxriylari bilan bo\u2018lib o\u2018tgan uchrashuvida \u201cAyollar daftari\u201d bilan bog\u2018liq 2 ta muhim vazifa ilgari surilgan edi. Xususan, \u201cAyollar daftari\u201d tizimi doirasida Kasaba uyushmalari bilan O\u2018zbekiston mahallalari uyushmasi hamkorligini yanada mustahkamlab, ishlarni mahalla darajasida manzilli tashkil etish vazifasi belgilangan edi. Ma&#8217;lumki, uning ijrosi yuzasidan O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan Mahallalar uyushmasi bilan Hamkorlik memorandumi imzolandi.<\/p>\n<p>Ikkinchi esa, \u201cAyollar daftari\u201d tizimini yanada takomillashtirib, u orqali uy-joy va yashash sharoitini yaxshilashga, tibbiy va psixologik yordamga muhtoj, tazyiq va zo\u2018ravonlikka uchragan, huquqiy yordamga muhtoj ayollarga ham amaliy yordam berish vazifasi bo\u2018lib, mazkur topshiriqqa asosan Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan Oila va xotin-qizlar qo\u2018mitasi bilan birgalikda \u201cAyollar daftari\u201d tizimining 7-bosqichi yuqori saviyada va sifatli amalga oshiriladi.<\/p>\n<p>Endilikda \u201cAyollar daftari\u201dga kiritiladigan xotin-qizlar toifalari yanada takomillashtirilib, 5 ta toifa bo\u2018yicha, ya&#8217;ni, ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar, tadbirkorlik qilish istagida bo\u2018lgan opa-singillarimiz, uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj xotin-qizlar, tibbiy va psixologik yordamga muhtoj xotin-qizlar hamda huquqiy yordamga muhtoj xotin-qizlar ro\u2018yxatga kiritilishi ko\u2018zda tutilmoqda.<\/p>\n<p>1-toifaga bandligi ta&#8217;minlanmagan, ishlash istagida bo\u2018lgan va daromad manbaiga ega bo\u2018lmagan ehtiyojmand xotin-qizlar kiritiladi.<\/p>\n<p>2-toifaga kiritiladigan xotin-qizlarga imtiyozli kreditlar beriladi. Bular: bandligi ta&#8217;minlanmagan va tadbirkorlik qilish istagida bo\u2018lgan ehtiyojmand xotin-qizlar hamda tadbirkorligini yo\u2018lga qo\u2018ygan va ushbu faoliyati rivojlanishining dastlabki bosqichida turgan tadbirkor yoki o\u2018zini-o\u2018zi band qilgan xotin-qizlardir.<\/p>\n<p>3-toifaga esa uy-joyi ta&#8217;mirlashga muhtoj, biroq oilasining moddiy imkoniyati yetmaydigan ehtiyojmand xotin-qizlar, shuningdek, noturar joylarda istiqomat qilayotgan, doimiy yashash uchun turar joyi bo\u2018lmagan, bir xonadonda (kichik hovlida) uch va undan ortiq oila yashayotgan va uy-joy maydoni belgilangan ijtimoiy normadan kam bo\u2018lgan, o\u2018zining yoki birgalikda yashovchi oila a&#8217;zolarining nomida turar joy mavjud bo\u2018lmagan, xususiy uy-joy fondida ijara huquqi asosida istiqomat qilayotgan xotin-qizlar kiritiladi. Ushbu xotin-qizlarga ijara kompensasiya to\u2018lovi to\u2018lab beriladi yoki moliyaviy imkoniyatdan kelib chiqib, uy-joy bilan ta&#8217;minlanadi.<\/p>\n<p>4-toifaga ruhiy holatini yaxshilashga yoki Ijtimoiy reestrga kiritilgan oila a&#8217;zolarini jarrohlik amaliyotisiz davolash va jarrohlik amaliyotini o\u2018tkazishga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar kiritiladi.<\/p>\n<p>5-toifaga huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilgan, ajrim, yarashtiruv, sud, aliment va boshqa shu kabi masalalarda maslahat va amaliy yordamga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar kiritiladi.<\/p>\n<p>\u201cAyollar daftari\u201dga kiritilgan xotin-qizlarga ko\u2018rsatiladigan amaliy yordamlar jarayonida ularning doimiy daromad manbaiga ega bo\u2018lishi, sog\u2018ligini tiklashi, ruhiy holatini yaxshilash, huquqlarining tiklanishi kabi yangi turdagi ijtimoiy yordamlar ko\u2018rsatish masalasiga alohida e&#8217;tibor qaratiladi. Shuningdek, tadbirkorlik faoliyati uchun imtiyozli kreditlar turlari kengaytirilishi ko\u2018zda tutilgan.<\/p>\n<p>Sirasini aytganda, asosiy maqsad \u2013 ehtiyojmand xotin-qizlarga shunchaki bir martalik yordam ko\u2018rsatish emas, balki ularning doimiy daromad manbaiga ega bo\u2018lishi va kambag\u2018allikdan xalos bo\u2018lishiga ko\u2018maklashishdan iboratdir. Eng muhimi muhtaram Prezidentimiz tashabbuslari bilan joriy yilda ham \u201cAyollar daftari\u201d orqali 1 mln nafar ehtiyojmand xotin-qizga manzilli yordam ko\u2018rsatilishi rejalashtirilgan. Xususan, hududlar kesimida tahlillar shuni ko\u2018rsatadiki, Qoraqalpog\u2018iston Respublikasida \u2013 58 ming, \u00a0Andijon viloyatida \u2013 82 ming, Buxoroda \u2013 62 ming, Jizzaxda \u2013 46 ming, Qashqadaryoda \u2013 102 ming, Navoiyda \u2013 30 ming, Namanganda \u2013 82 ming, Samarqandda \u2013 105 ming, Sirdaryoda \u2013 27 ming, Surxondaryoda \u2013 71 ming, Toshkent viloyatida \u2013 90 ming, Farg\u2018onada \u2013 112 ming, Xorazmda \u2013 60 ming, Toshkent shahrida \u2013 98 ming ehtiyojmand xotin-qizga yordam ko\u2018rsatilishi zarur.<\/p>\n<p>Buning uchun, mahallalardagi xotin-qizlarni xatlovdan o\u2018tkazilib, \u201cdaftar\u201dga kiritiladigan xotin-qizlar ro\u2018yxatlari shakllantiriladi hamda \u201cmahalla yettiligi\u201d tomonidan tasdiqlanadi. Shu maqsadda O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan har bir hudud, tuman va shaharga mas&#8217;ullar, Mahallalar uyushmasi bilan imzolangan Hamkorlik memorandumiga muvofiq esa har 10 ta mahallaga bir nafardan kasaba uyushmasi xodimi biriktiriladi. Shuningdek, \u201cmahalla \u2013 tuman (shahar) \u2013 viloyat\u201d darajasida shtablar tashkil etiladi. Mahalla shtabiga \u2013 \u201cmahalla yettiligi\u201d a&#8217;zolari kiritiladi. Tuman (shahar) hamda viloyat shtablari tarkibiga \u2013 \u201cAyollar daftari\u201d tizimi bo\u2018yicha mas&#8217;ul vazirlik va idoralarning hududiy boshqarma va bo\u2018limlari rahbarlari kiritiladi. Barcha darajadagi shtablar faoliyati kasaba uyushmalaridan biriktirilgan vakillar tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.<\/p>\n<p>Mas&#8217;ullar tomonidan anketa-so\u2018rovnoma asosida xotin-qizlarning barcha yo\u2018nalishdagi muammolari uyma-uy yurish orqali o\u2018rganiladi va buning asosida \u201cmahalla yettiligi\u201d tomonidan xotin-qizlarning ijtimoiy himoyaga muhtojlik darajasi, ya&#8217;ni toifasi aniqlanadi hamda \u201cAyollar daftari\u201dga kiritiladigan xotin-qizlarning ro\u2018yxatlari shakllantirilib, \u201cmahalla yettiligi\u201dning kollegial qarori bilan tasdiqlanadi.<\/p>\n<p>Ro\u2018yxatlar tuzilgandan so\u2018ng har bir xotin-qiz uchun individual dastur ishlab chiqiladi va mas&#8217;ul tashkilotlar bilan kelishilgan holda \u201cmahalla yettiligi\u201d tomonidan tasdiqlanadi. Individual dasturda har bir ehtiyojmand ayolga ko\u2018rsatiladigan asosiy va qo\u2018shimcha \u201camaliy yordamlar\u201d aniq ko\u2018rsatiladi. Bunda muhim jihatlardan yana biri -Individual dastur tasdiqlanishidan avval \u201cdaftar\u201dga kiritilayotgan ayolning o\u2018ziga ko\u2018rsatilib, imzolatiladi.<\/p>\n<p>Videoselektor yig\u2018ilishida belgilab berilgan vazifalarni yuqori saviyada amalga oshirishni ta&#8217;minlash borasida markaziy va hududiy studiyalardan ishtirok etgan mutasaddi va mas&#8217;ullar ham o\u2018z taklif va mulohazalarini bildirdilar.<\/p>\n<p>Yig\u2018ilish yakunida Prezidentimiz tashabbuslari bilan amalga kiritilgan \u201cAyollar daftari\u201d tizimi doirasida amalga oshirilayotgan ezgu ishlar millionlab opa-singillarimiz va ularning oilalari turmush sharoitlarini yanada yaxshilash, ularning hayotiga yorug\u2018lik va rozilik olib kirishga qaratilgani, buning uchun barcha mas&#8217;ullar bor imkoniyatlarni ishga solishi va yakdillik bilan ish olib borishi zarurligi ta&#8217;kidlandi.\u00a0 Bu yo\u2018lda barcha mutasaddi tashkilotlarni xalqimizni rozi qilishdek ulkan mas&#8217;uliyat birlashtirib turgani qayd etildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>Muhabbat O\u2018rmonbekova<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Matbuot xizmati rahbari<\/strong><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-26638 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/3.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/3.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/3-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/3-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/3-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-26636 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/1.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/1.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/1-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/1-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/1-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-26637 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/2.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/2.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/2-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/2-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/2-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-26639 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/4.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/4.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/4-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/4-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/4-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>08.02.2026. O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasida Xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy qo\u2018llab-quvvatlash bo\u2018yicha Respublika komissiyasining kengaytirilgan videoselektor yig\u2018ilishi bo\u2018lib o\u2018tdi. Uni O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi, Xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy qo\u2018llab-quvvatlash bo\u2018yicha Respublika komissiyasi raisi Qudratilla Rafikov olib bordi. Videoselektor yig\u2018ilishida Markaziy studiyadan O\u2018zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o\u2018rinbosari \u2013 Oila va xotin-qizlar qo\u2018mitasi raisi Zulayho Mahkamova, O\u2018zbekiston mahallalar uyushmasi, Oila va [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[24],"tags":[],"class_list":["post-26635","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-novosti-v-slajdere"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26635","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=26635"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26635\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":26640,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26635\/revisions\/26640"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=26635"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=26635"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=26635"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}