{"id":26723,"date":"2026-03-04T04:43:58","date_gmt":"2026-03-04T04:43:58","guid":{"rendered":"https:\/\/kasaba.uz\/?p=26723"},"modified":"2026-03-04T04:43:58","modified_gmt":"2026-03-04T04:43:58","slug":"yurakdan-chiqqan-yordam-shifo-sari-qadam","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/2026\/03\/04\/yurakdan-chiqqan-yordam-shifo-sari-qadam\/","title":{"rendered":"\u201cYurakdan chiqqan yordam \u2013 shifo sari qadam!\u201d"},"content":{"rendered":"<p><strong>04.03.2026.<\/strong> Mamlakatimizda so\u2018nggi yillarda inson qadrini ulug\u2018lash, fuqarolar farovonligini ta&#8217;minlash, og\u2018ir ahvolga tushib qolganlarni qo\u2018llab-quvvatlash va jamiyatda mehr-oqibat muhitini kuchaytirishga qaratilgan islohotlar amalga oshirilmoqda.<\/p>\n<p>Saraton kasalligiga chalingan bolalar jamiyatimizda alohida e&#8217;tibor va mehr talab qiladigan toifa hisoblanadi. Bolalar saratoni kam uchrasa-da, u og\u2018ir va murakkab kasallik bo\u2018lib, nafaqat bolaning o\u2018zi, balki uning oilasi hayotiga ham katta ta&#8217;sir ko\u2018rsatadi. Zamonaviy tibbiyot rivoji tufayli bugungi kunda ko\u2018plab bolalar to\u2018liq sog\u2018ayish imkoniyatiga ega.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 16 fevraldagi \u201cMuborak Ramazon oyida ehtiyojmand aholini davlat tomonidan ijtimoiy qo\u2018llab-quvvatlash chora-tadbirlari to\u2018g\u2018risida\u201dgi PQ\u201367-sonli qarorida saxovat ishlari ko\u2018lamini Ramazon oyida yanada kengaytirish bo\u2018yicha amaliy tadbirlar aniq belgilab berildi.<\/p>\n<p>Qolaversa, Davlatimiz rahbarining Ramazon oyi munosabati bilan O\u2018zbekiston xalqiga yo\u2018llagan tabrigida ham ushbu muborak oyda nuroniylar, yolg\u2018iz va ehtiyojmand fuqarolar holidan xabar olish, og\u2018ir ahvolga tushib qolganlarga amaliy ko\u2018mak berish ezgu qadriyat ekani ta&#8217;kidlandi.<\/p>\n<p>Joriy yil 27 fevral&#8217; kuni O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent shahar Kengashi hamda O\u2018zbekiston ta&#8217;lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent shahar bo\u2018linmasi tomonidan \u201cBolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi\u201dda \u201cYurakdan chiqqan yordam \u2013 shifo sari qadam!\u201d shiori ostida xayriya tadbiri tashkil etildi. O\u2018tkazilgan xayriya tadbiri og\u2018ir kasallik bilan kurashayotgan bolalarni qo\u2018llab-quvvatlashga qaratildi.<\/p>\n<p>Ushbu tadbirda bemor bolalarga kundalik ehtiyojlari uchun zarur bo\u2018lgan buyumlar, tibbiy anjomlar hamda bolajonlar qalbiga quvonch ulashuvchi sovg\u2018alar topshirildi. Tadbir davomida bolalarga ham moddiy, ham ma&#8217;naviy yordam ko\u2018rsatilib, ularning ruhiyatini ko\u2018tarish, tezroq sog\u2018ayishiga ishonch uyg\u2018otish asosiy maqsad etib belgilandi.<\/p>\n<p>Bugungi kunda dunyoda ko\u2018plab bolalar saraton kasalligi bilan kurashmoqda. Bu kasallik nafaqat ularning sog\u2018lig\u2018iga, balki ruhiy holatiga ham jiddiy ta&#8217;sir ko\u2018rsatadi. Shu sababli jamiyatning yordam qo\u2018lini cho\u2018zishi, xayriya tadbirlari orqali bu bolalarga quvonch va umid ulashishi muhimdir.<\/p>\n<p>Har bir bola hayotda quvonchga va kelajak orzulariga loyiqdir. Ammo ba&#8217;zi bolalar uchun hayot sinov bilan boshlanadi. Saraton kasalligi bilan og\u2018rigan bolalar va ularning oilalari nafaqat ruhiy, balki moliyaviy qiyinchiliklarga ham duch keladi. Shu sababli jamiyatning yordam qo\u2018lini cho\u2018zishi ular uchun katta ahamiyatga ega.<\/p>\n<p>Shuningdek, bolalar saratonini davolashda psixologik yordam ham muhim o\u2018rin tutadi. Uzoq muddatli davolanish jarayoni bolaga ham, uning ota-onasiga ham ruhiy bosim keltirib chiqarishi mumkin. Shu bois tibbiy yordam bilan bir qatorda ma&#8217;naviy qo\u2018llab-quvvatlash, ijtimoiy yordam va reabilitasiya xizmatlari ham katta ahamiyatga ega.<\/p>\n<p>Saraton kasalligiga chalingan bolalar uchun o\u2018tkazilgan har bir xayriya tadbiri \u2014 bu nafaqat yordam, balki katta umiddir.<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-26724 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/03\/4982.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"801\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/03\/4982.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/03\/4982-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/03\/4982-1024x684.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/03\/4982-768x513.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-26725 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/03\/4981.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/03\/4981.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/03\/4981-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/03\/4981-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/03\/4981-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>04.03.2026. Mamlakatimizda so\u2018nggi yillarda inson qadrini ulug\u2018lash, fuqarolar farovonligini ta&#8217;minlash, og\u2018ir ahvolga tushib qolganlarni qo\u2018llab-quvvatlash va jamiyatda mehr-oqibat muhitini kuchaytirishga qaratilgan islohotlar amalga oshirilmoqda. Saraton kasalligiga chalingan bolalar jamiyatimizda alohida e&#8217;tibor va mehr talab qiladigan toifa hisoblanadi. Bolalar saratoni kam uchrasa-da, u og\u2018ir va murakkab kasallik bo\u2018lib, nafaqat bolaning o\u2018zi, balki uning oilasi hayotiga ham [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[12,30,24],"tags":[],"class_list":["post-26723","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-kasaba-uyushmasi-yordam-berdi","category-kultura-i-sport","category-novosti-v-slajdere"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26723","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=26723"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26723\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":26726,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26723\/revisions\/26726"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=26723"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=26723"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=26723"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}