{"id":26774,"date":"2026-03-17T09:26:48","date_gmt":"2026-03-17T09:26:48","guid":{"rendered":"https:\/\/kasaba.uz\/?p=26774"},"modified":"2026-03-17T10:24:29","modified_gmt":"2026-03-17T10:24:29","slug":"yashil-makon-umummilliy-loyihasi-amalda","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/2026\/03\/17\/yashil-makon-umummilliy-loyihasi-amalda\/","title":{"rendered":"\u201cYashil makon\u201d umummilliy loyihasi amalda"},"content":{"rendered":"<p><strong>17.03.2026.<\/strong> O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari bog\u2018ida katta ko\u2018lamdagi ko\u2018kalamzorlashtirish va obodonlashtirish tadbiri o\u2018tkazilib, yangi daraxt va gul ko\u2018chatlari ekildi.<\/p>\n<p>Mamlakatimizda Prezidentimiz tashabbuslari bilan hayotga tatbiq etilayotgan \u201cYashil makon\u201d umummilliy loyihasi doirasida Respublikamizning barcha hududlarida yangi bog\u2018lar tashkil etilib, ko\u2018plab mevali va manzarali daraxt nihollari ekilmoqda. O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi ham bunday xayrli ishlarga munosib hissa qo\u2018shib kelmoqda. Jumadan, Respublikamiz hududlarida Kasaba uyushmalari bog\u2018lari barpo etilib, minglab daraxt ko\u2018chatlari o\u2018tkazilmoqda va ularni doimiy parvarishlash tizimi yo\u2018lga qo\u2018yilmoqda.<\/p>\n<p>O\u2018lkamizda yangilanish fasli bo\u2018lmish bahor nafasi ufurib turgan kunlarda \u00a0O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan yana bir xayrli ishga qo\u2018l urildi. Xususan, O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 6 martdagi \u201c2026 yilgi Navro\u2018z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko\u2018rish va uni o\u2018tkazish to\u2018g\u2018risida\u201dgi Qaroriga asosan bayramga munosib tuhfa sifatida Toshkent viloyatining Nurafshon shahrida tashkil etilgan \u201cKasaba uyushmalari bog\u2018i\u201dda katta ko\u2018lamdagi \u201cKo\u2018chat ekish\u201d aksiyasi hamda obodonlashtirish va ko\u2018kalamzorlashtirish tadbirlari o\u2018tkazildi.<\/p>\n<p>Ma&#8217;lumki, O\u2018zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan Toshkent viloyatining Nurafshon shahrida tashkil etilgan \u201cKasaba uyushmalari bog\u2018i\u201d \u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a05,5 gektarni tashkil etadi. Ayni kunda mazkur bog\u2018da jami 46 ming 250 tup daraxt va gul ko\u2018chatlari, shu jumladan, 5 ming tup olma, 200 tup gilos, 100 tup nok, 250 tup shaftoli, 200 dona mojevel&#8217;nik, 50 ta majnuntol, 50 tup qoratol, 200 tup tut va 200 tup manzarali daraxt ko\u2018chatlari, 20 mingdan ortiq xrizantema va 20 ming tupdan ortiq atirgul ko\u2018chatlari ekilgan bo\u2018lib, tegishli tartibda parvarishlab kelinmoqda. O\u2018tgan qisqa vaqt ichida Kasaba uyushmalari bog\u2018i hududiga yangi nihollarni o\u2018tkazish, mavjudlarini mehr bilan parvarishlash bo\u2018yicha keng ko\u2018lamli ishlar amalga oshirilgani natijasida zarang, shumtol, sakura, kashtan daraxtlari, shu bilan birga butasimon o\u2018simliklar ham gurkirab rivojlanmoqda. Shu tariqa qisqa vaqt ichida keng maydonda inson ko\u2018zini yashnatib, dillarga orom beruvchi yaxlit go\u2018zal manzara hosil qilinib, yashillikning betakror simfoniyasi yaratildi. Bog\u2018 zamonaviy devorlar bilan o\u2018ralib, uning atroflari obodonlashtirildi.<\/p>\n<p>Ayni ko\u2018chat o\u2018tkazish pallasi bo\u2018lgan ushbu kunlarda bog\u2018ni kkengaytirish maqsadida qo\u2018shimcha ravishda 4,7 gektar yangi yer maydoni olinib, Kasaba uyushmalari bog\u2018i maydoni 10,2 gektarga yetkazildi. Eng avvalo puxta tayyorlangan loyihaga ko\u2018ra, tegishli agrotexnika talablari asosida yerga ishlov berildi. Toshloq yerlar tekislanib, shudgorlash ishlari amalga oshirildi. O\u2018g\u2018itlash ishlari olib borildi.<\/p>\n<p>Navro\u2018z bayrami arafasida tashkil etilgan tadbirda \u201cKasaba uyushmalari bog\u2018i\u201dga ajratilgan yangi yer maydoniga O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi, uning tasarrufidagi tashkilotlar hamda tarmoq kasaba uyushmalari Respublika Kengashlari mutasaddilari va xodimlari, kasaba uyushma faollari, shuningdek, Nurafshon shahri nuroniylari ishtirokida 21 mingdan ortiq mevali va manzarali nihollar hamda gul ko\u2018chatlari o\u2018tkazildi. Xususan, 500 tup olma daraxti, 400 tup tut, 200 tup chinor, 60 tup Qrim sosnasi, 200 tup manzarali daraxtlar, xususan katalpa va yapon saforasi, 20 mingta atirgul ko\u2018chatlari ekildi. Shuningdek, 2 gektar maydonga gazonlar o\u2018tkazildi. Bog\u2018ga ekilgan mazkur ko\u2018chatlarning barchasi tup qo\u2018yib, ko\u2018karishiga erishish maqsadida talab darajasida parvarishlash, o\u2018z vaqtida to\u2018g\u2018ri sug\u2018orish, tabiiy o\u2018g\u2018itlar bilan oziqlantirish ishlariga alohida e&#8217;tibor qaratilgan holda, tegishli chora-tadbirlar amalga oshirildi.<\/p>\n<p>Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan dolzarb tashabbus \u2013 \u201cYashil makon\u201d umummilliy dasturi quloch yoyib, yurtimiz bo\u2018ylab bog\u2018u bo\u2018stonlar ko\u2018payishiga xizmat qilmoqda. Kasaba uyushmalari bog\u2018ida tashkil etilgan tadbirda ham atrof-muhit musaffoligiga hissa qo\u2018shuvchi yashillik olami bir necha ming daraxtlar hisobiga yana bir necha karraga ko\u2018paydi. Har bir ko\u2018chat turiga karab, mehr bilan belgilangan qatorlarga joylashtirildi. Chin dildan bajarilgan xayrli ishlar natijasida qisqa vaqt ichida bu joylar ko\u2018zni kuvontirib, dilni yayratadigan maskanga aylanib ulgurdi, desak mubolag\u2018a bo\u2018lmaydi. Ha demay ushbu bog\u2018 nafaqat Nurafshon shahri, balki butun o\u2018lkamiz ko\u2018rkiga ko\u2018rk bag\u2018ishlovchi maskanga aylanishiga shubha yo\u2018q.<\/p>\n<p>Ta&#8217;kidlash o\u2018rinliki, ko\u2018chat ekib, bog\u2018 yaratish shunchaki mavsumiy yumush emas, balki insonning hayotiga haqiqiy baraka kiritadigan ezgu amaldir. So\u2018zimizning isboti sifatida o\u2018tgan yili kasaba uyushmalari bog\u2018idan samarali foydalangan holda 1 gektar maydonga mosh, loviya, qovoq kabi ekinlar ekilib, olingan hosil aholi dasturxoniga tortiq qilinganini keltirishimiz mumkin. Bundan tashqari, O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan barpo etilayotgan yangi sanatoriy va bolalar sog\u2018lomashtirish oromgohlariga ham zamonaviy usullarda daraxt va gul ko\u2018chatlari yetkazib berilmoqda.<\/p>\n<p>\u201cKasaba uyushmalari bog\u2018i\u201dning yangi qo\u2018shilgan yer maydonida ekilgan nihollarning kelgusida gurkirab yashnashi uchun O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan daraxt va gul ko\u2018chatlarini tomchilatib sug\u2018orish texnologiyasi joriy etilmoqda. Maqsad, barcha ko\u2018chat va gullarni o\u2018z vaqtida suv bilan ta&#8217;minlash. Bog\u2018ga o\u2018tkazilgan ko\u2018chatlarning sug\u2018orish tizimlari, vegetasiya va ko\u2018karish jarayonlari nazorati esa bog\u2018ning malakali agronom va mutaxassislari nazorati ostida olib borilmoqda. O\u2018z navbatida, ushbu ekilgan daraxtlarni parvarishlash, turli kasalliklardan saqlash va sug\u2018orish ishlari jadal yo\u2018lga qo\u2018yilganini aytib o\u2018tish\u00a0 xam joiz.<\/p>\n<p>Xususan, shu kunga qadar biogumus va ammofos dori preparatlari bilan yerni o\u2018g\u2018itlash, qayta ishlash ishlari amalga oshirildi. Kelgusida esa suvni yanada tejash maqsadida Koreya tajribasi bo\u2018yicha suvsizlikka chidamli, iqlim sharoitiga mos yopiq ildizli konteyner va in-vitro\u00a0 usulida ko\u2018chat yetishtirish ishlarini amalga oshirish uchun \u201cyo\u2018l xaritalari\u201d\u00a0 ishlab chiqilmoqda.<\/p>\n<p>Har bir qarich yerni asrab-avaylash, obod qilish, atrof-muhit musaffoligini ta&#8217;minlash bugun dunyo miqyosida dolzarb masala bo\u2018lib turgan iqlim o\u2018zgarishi jarayonida juda muhimdir. Shu ma&#8217;noda Yangi O\u2018zbekiston bo\u2018ylab jadal sur&#8217;atlarda amalga oshirilayotgan \u201cYashil makon\u201d umummilliy loyihasi yurtimizning yashil belbog\u2018ini yaratishga xizmat qilayotganini, kasaba uyushmalari ham ushbu ezgu ishlarga munosib hissa qo\u2018shayotganini ta&#8217;kidlab o\u2018tish o\u2018rinlidir.<\/p>\n<p>Tiriklikning yorqin ranglari aks etgan mazkur bog\u2018 ham hudud ekologiyasiga ijobiy ta&#8217;sir etishi bilan birga, nafaqat Nurafshon shahri, balki viloyatning dilni yayratadigan maskanlaridan biriga aylanishi shubhasiz. O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan bu boradagi ishlar davom ettirilib, ana shunday istikbolli loyihalar mamlakatimizning barcha hududlarida hayotga tatbiq etilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>Muhabbat O\u2018rmonbekova<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Matbuot xizmati rahbar<\/strong><strong>i<\/strong><\/p>\n<p>\u00a0<img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-26776 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/03\/5001.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/03\/5001.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/03\/5001-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/03\/5001-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/03\/5001-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-26777 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/03\/5000.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/03\/5000.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/03\/5000-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/03\/5000-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/03\/5000-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-26778 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/03\/4999.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/03\/4999.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/03\/4999-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/03\/4999-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/03\/4999-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-26775 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/03\/5002.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/03\/5002.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/03\/5002-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/03\/5002-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/03\/5002-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>17.03.2026. O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari bog\u2018ida katta ko\u2018lamdagi ko\u2018kalamzorlashtirish va obodonlashtirish tadbiri o\u2018tkazilib, yangi daraxt va gul ko\u2018chatlari ekildi. Mamlakatimizda Prezidentimiz tashabbuslari bilan hayotga tatbiq etilayotgan \u201cYashil makon\u201d umummilliy loyihasi doirasida Respublikamizning barcha hududlarida yangi bog\u2018lar tashkil etilib, ko\u2018plab mevali va manzarali daraxt nihollari ekilmoqda. O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi ham bunday xayrli ishlarga munosib hissa qo\u2018shib [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[30,24],"tags":[],"class_list":["post-26774","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-kultura-i-sport","category-novosti-v-slajdere"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26774","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=26774"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26774\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":26780,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26774\/revisions\/26780"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=26774"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=26774"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=26774"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}