{"id":26822,"date":"2026-03-26T07:07:54","date_gmt":"2026-03-26T07:07:54","guid":{"rendered":"https:\/\/kasaba.uz\/?p=26822"},"modified":"2026-03-26T07:07:54","modified_gmt":"2026-03-26T07:07:54","slug":"mehnat-zhamoasining-zhamoa-shartnomasi-muhokamasiga-bagishlangan-konferentsiyasi-bolib-otdi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/2026\/03\/26\/mehnat-zhamoasining-zhamoa-shartnomasi-muhokamasiga-bagishlangan-konferentsiyasi-bolib-otdi\/","title":{"rendered":"\u041c\u0435\u04b3\u043d\u0430\u0442 \u0436\u0430\u043c\u043e\u0430\u0441\u0438\u043d\u0438\u043d\u0433 \u0436\u0430\u043c\u043e\u0430 \u0448\u0430\u0440\u0442\u043d\u043e\u043c\u0430\u0441\u0438 \u043c\u0443\u04b3\u043e\u043a\u0430\u043c\u0430\u0441\u0438\u0433\u0430 \u0431\u0430\u0493\u0438\u0448\u043b\u0430\u043d\u0433\u0430\u043d \u043a\u043e\u043d\u0444\u0435\u0440\u0435\u043d\u0446\u0438\u044f\u0441\u0438 \u0431\u045e\u043b\u0438\u0431 \u045e\u0442\u0434\u0438"},"content":{"rendered":"<p><strong>26.03.2026.<\/strong> \u201cAmmofos-Maxam\u201d Aksiyadorlik jamiyatida 2023-2025 yillarga tuzilgan Jamoa shartnomasining 2025 yilda bajarilishi yakunlariga bag\u2018ishlangan mehnat jamoasi konferensiyasi o\u2018tkazildi.<\/p>\n<p>Tadbir davomida ish beruvchi va kasaba uyushma qo\u2018mitasi tomonidan jamoa shartnomasida belgilangan tadbirlarning bajarilishi to\u2018g\u2018risida mehnat jamoasiga hisobot berildi.<\/p>\n<p>Toshkent viloyatining Olmaliq shaxrida joylashgan\u201cAmmofos-Maxam\u201d aksiyadorlik jamiyati azot va fosfori bo\u2018lgan murakkab mineral o\u2018g\u2018itllar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yirik qo\u2018shma korxona hisoblanadi. Bugungi kunda korxonada 2 476 nafar xodim mehnat qilmoqda.<\/p>\n<p>Ta&#8217;kidlash joizki, \u201cAmmofos-Maxam\u201d AJ Jamoa shartnomasiga 347 ta band kiritilgan bo\u2018lib, 2025 yil yakuni bo\u2018yicha barcha bandlar bajarilishiga erishildi. Xodimlar manfaatlarini himoyalash borasida qator ijobiy ishlar amalga oshirilishi natijasida 2025-yilda\u00a0 jamoa shartnomasi tadbirlarini bajarilishi uchun o\u2018rta hisobda\u00a0 bir xodimga 24\u00a0million 270 ming 610 so\u2018m sarflangan. Ushbu ko\u2018rsatkich 2023 yilga nisbatan qariyb 2 barobarga ko\u2018pdir.<\/p>\n<p>Hisobotlarda qayd etilganidek, korxonada oylik ish haqdan muddati o\u2018tgan qarzdorlik mavjud emas. Yana bir muhim jihat \u2013 2025 yil davomida oylik ish haqi 15 % ga ko\u2018tarilgan.<\/p>\n<p>Korxonada O\u2018zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 264-moddasiga asosan xar bir tungi ish soati uchun bir yarim baravar miqdorida to\u2018lovlar amalga oshirib kelinmoqda. Korxona tomonidan har oyda Kasaba uyushmasi qo\u2018mitasiga mehnatga haq to\u2018lash fondidan 1,0 % miqdorida mablag\u2018 o\u2018tkazilishi ta&#8217;minlab kelinmoqda.<\/p>\n<p>Korxonada mehnat muhofazasi masalalariga ustuvor ahamiyat qaratilib, ishlab chiqarishdagi jarohatlanish, kasb kasalliklari va baxtsiz xodisalarning oldini olish borasida samarali natijalarga erishilmoqda. O\u2018tgan 2025 yil davomida korxonada baxtsiz hodisa sodir bo\u2018lmagani so\u2018zimizning yorqin dalilidir.<\/p>\n<p>Korxonada 52 nafar mehnat muhofazasi yo\u2018riqchilari (vakillari) bor. Ular xar yili jamiyatning \u201cmalakalarni baholash markazida\u201d malakalarini oshirib keladi. Ish joyida mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya etilishini ta&#8217;minlash, xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish borasida kasaba uyushmasi qo\u2018mitasining mehnatni muhofaza qilish xizmati yaqindan yordam ko\u2018rsatadi.<\/p>\n<p>Ish joylaridagi mehnat sharoitlarining holatini, ayniqsa zararli va xavfli ishlab chiqarish omillarini to\u2018liq nazorat qilish amalga oshirilmoqda. Ishlab chiqarishdagi shikastlanishlarning oldini oluvchi zamonaviy xavfsizlik vositalari joriy etilgan. Kasb kasalliklari paydo bo\u2018lishining oldini oluvchi sanitariya-gigiena sharoitlari ta&#8217;minlagan. Ish joylarida chang, gaz, shovqin va tebranishning me&#8217;yoriy ko\u2018rsatkichlariga rioya etilishi ham ta&#8217;minlangan bo\u2018lib, me&#8217;yoriy harorat rejimi va ish joylarining yoritilishi talab darajasida tashkil etilgan. Bu borada aspiratsiya, shamollatish va gazni tozalash uskunalarining ishlashi doimiy nazorat qilib boriladi.<\/p>\n<p>Shuni ham alohida ta&#8217;kidlash zarurki, amaldagi qonunchilikka muvofiq har bir ish joyiga nisbatan yo\u2018riqnomalar ishlab chiqilgan bo\u2018lib, mehnatkashlarning mehnat jarayonidagi o\u2018zgarishlar, ish sharoitlariga qo\u2018yiladigan talablarning oshishi, xodimlarning sog\u2018lig\u2018ini himoya qilish va barqaror ishlashini ta&#8217;minlash uchun yo\u2018riqnomalarga muntazam ravishda zarur tuzatishlar kiritib boriladi.<\/p>\n<p>Xodimlarning mehnat sharoitlari, shu jumladan, kasbiy va boshqa kasalliklar xavfi mavjudligi, muayyan ish joylarida va ishlab chiqarishda mehnatni muhofaza qilish holati, shuningdek, ularga tegishli bo\u2018lgan imtiyozlar va kompensatsiyalar, shaxsiy va jamoaviy himoya vositalari to\u2018g\u2018risida yo\u2018riqnomadan o\u2018z vaqtida o\u2018tkazish alohida nazoratga olingan. Har yili birinchi fevralga qadar o\u2018tgan yilda ishlab chiqarishdagi shikastlanishlar va kasb kasalliklari bilan bog\u2018liq vaziyat tahlil qilinib, xavfsizlik va mehnat sharoitlarini yaxshilash bo\u2018yicha kompleks rejaning bajarilishi hamda sanitariya-sog\u2018lomlashtirish tadbirlari natijalari sarhisob qilinadi. Xavfsizlik texnikasi xonalari va mehnatni muhofaza qilish burchaklari tegishli ofis uskunalari, zarur texnik vositalar, o\u2018quv va ko\u2018rgazmali qurollar, tashviqot va targ\u2018ibot vositalari, plakatlar va mehnatni muhofaza qilish bo\u2018yicha o\u2018qitish uchun boshqa jihozlar bilan to\u2018liq ta&#8217;minlangan.<\/p>\n<p>\u201cDavolash-profilaktika ovqatlanish huquqini beradigan ishlab chiqarishlar, kasblar, lavozimlar ro\u2018yxati\u201d ga muvofiq, mehnat sharoitlari noqulay bo\u2018lgan ishlarda ishlaydigan xodimlar belgilangan me&#8217;yorlarga muvofiq davolash-profilaktika oziq-ovqatlari bilan bepul ta&#8217;minlangan. Xususan, sut mahsulotlari va mineral suv bepul ajratiladi. Jamiyatning issiq sexlarida ishlaydigan xodimlar gazlangan sho\u2018r suv bilan ta&#8217;minlangan. Har bir xodimga bepul sovun ajratiladi. \u201cJamiyat ishchi va xodimlariga maxsus kiyim-kechak, maxsus poyabzal va boshqa shaxsiy himoya vositalarini bepul berish ro\u2018yxati\u201d ga muvofiq mehnatkashlar maxsus kiyim va poyafzal hamda boshqa shaxsiy himoya vositalari bilan bepul ta&#8217;minlangan. Xususan, korxona xodimlari hisobot yili davomida 2 200 juft maxsus poyabzal, 2 200 to\u2018plam maxsus kiyim va 18 000 juft himoya qo\u2018lqopi\u00a0 20 000 dona respirator, 25 to\u2018plam L-1 himoya kostyumi bilan ta&#8217;minlangan. Ushbu maqsadlarga sarflangan mablag\u2018 1 mld 537 mln 186 ming 136 so\u2018mni tashkil etgan.<\/p>\n<p>Mehnat kodeksining 360-moddasiga binoan xodimlarni dastlabki, ya&#8217;ni mehnat shartnomasini tuzayotganda va davriy \u2013 mehnat faoliyati davomida majburiy tibbiy ko\u2018rikdan o\u2018tkazishda xodimlarni chiqimdor qilmagan holda amalga oshirib kelinmoqda. Majburiy tibbiy ko\u2018riklarni o\u2018tkazish vaqtida xodimning ish joyi (lavozimi) va o\u2018rtacha ish haqi saqlanib qolingan holda 1900 nafar xodim tibbiy ko\u2018rikdan o\u2018tkazilgan va ushbu maqsadlarga 739 mln 100 ming so\u2018m sarflangan.<\/p>\n<p>Bundan tashqari homilador ayollarga antenatal (tug\u2018ruqqacha) parvarishlash uchun qo\u2018shimcha bo\u2018sh kunlar berilishi ta&#8217;milangan. Homiladorlik va tug\u2018ish ta&#8217;tili o\u2018z vaqtida amalga oshiriladi, Mehnat shartnomasini bekor qilish chog\u2018ida homilador ayollar uchun kafolatlar qo\u2018llaniladi.<\/p>\n<p>Shuningdek, ikki yoshga to\u2018lmagan farzandi bor ayollar va shaxslarga qonunchilikda belgilangan ijtimoiy ta&#8217;tillar beriladi. Ish beruvchi xodimga kafolatli to\u2018lovlarni amalga oshirish majburiyatini tuliq amalga oshirib kelmoqda. Bolani ikki va uch yoshga to\u2018lguniga qadar parvarishlash ta&#8217;tillari hamda bolani ovqatlantirish uchun tanaffuslar beriladi.<\/p>\n<p>Tungi ishlarda, dam olish kunlaridagi hamda ishlanmaydigan bayram kunlaridagi ishlarda homilador ayollar va yosh bolasi bor shaxslar mehnati qo\u2018llanilishiga hamda ularni xizmat safariga yuborishga yo\u2018l qo\u2018yilmaydi.<\/p>\n<p>Uch yoshga to\u2018lmagan bolaning ota-onasidan birining qisqartirilgan ish vaqti davomiyligiga bo\u2018lgan huquqi ta&#8217;minlab kelinmoqda. Shuningdek, bolani ikki va uch yoshga to\u2018lguniga qadar parvarishlash ta&#8217;tillari qo\u2018llanilmokda. 2 yoshgacha bolasi bo\u2018lgan ayollarni yoki ota-onalardan birini yoki homilador ayollarni osonroq ishga o\u2018tkazishda oldingi ish joyidagi o\u2018rtacha oylik ish haqi saqlab qolinadi.<\/p>\n<p>Ishga qabul qilish va martabasi oshishida ayollar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar yaratilgan. Ayollar va erkaklar o\u2018rtasidagi ish haqi tengsizligiga yo\u2018l qo\u2018yilmaydi.<\/p>\n<p>Ijtimoiy imtiyolar va kafolatlar berilishi ham namunali yo\u2018lga qo\u2018yilgan. Xususan, korxonada bayram sanalari munosabati bilan hamda xizmat qilgan yillari uchun pul mukofotlari berilishi yo\u2018lga qo\u2018yilgan. Shuningdek, mazkur korxonada kamida 15 yil ishlagan xodimning yubiley yoshlari (50, 55, 60, 65, 70 yosh) munosabati 58 nafar xodim rag\u2018batlantirilgan. Jamoa shartnomasiga muvofiq har bir xodim uchun qishki mavsum uchun \u00a0qishloq xo\u2018jalik mahsulotlari bilan ta&#8217;minlangan.<\/p>\n<p>\u201cAmmofos-Maxam\u201d AJ tasarrufidagi \u201cChimyon\u201d bolalar sog\u2018lomlashtirish oromgohi 2025 yil yozgi mavsumga o\u2018z vaqtida tayyorlanib, ushbu maskanda korxona ishchi-xodimlarining 1000 nafar o\u2018g\u2018il-qizlari sog\u2018lomlashtirildi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj xodimlar farzandlari oromga bepul yo\u2018llanma bilan ta&#8217;minlandi.<\/p>\n<p>Ta&#8217;kildanganidek, korxonada uzluksiz ishlagan xodimlarga, ya&#8217;ni 20 yil uzluksiz mehnat qilayotgan erkaklarga, va 15 yildan beri uzluksiz ishlayotgan ayollarga \u00abKimyogarlar kuni\u00bb kasb bayrami munosabati bilan\u00a0 \u00abMehnat faxriysi\u00bb unvoni hamda lavozim maoshi miqdorida bir martalik pul mukofoti berilishi yo\u2018lga qo\u2018yilgan.<\/p>\n<p>Korxonada yana bir ajoyib an&#8217;ana bor. Ya&#8217;ni, yillik ta&#8217;til hisobidan kamida 5 kun davom etadigan \u00aboilaviy ta&#8217;til\u00bbni tashkil etilgan bo\u2018lib, ushbu ta&#8217;til kunlarida ota-onalar va qarindoshlar bilan birgalikdagi sayohatlar tashkil etiladi. \u00abOilaviy ta&#8217;til\u00bb yillik asosiy ta&#8217;til hisobidan ish beruvchining roziligi bilan rasmiylashtiriladi.<\/p>\n<p>Xodimlarni ijtimoiy qo\u2018llab-quvvatlash maqsadida kasaba uyushmasi mablag\u2018lari hisobidan jami 238 nafar xodimni sog\u2018liqlari tiklangan, shuningdek, 38 nafar xodimning murojaatlariga ko\u2018ra jarrohlik amaliyotlarini o\u2018tkazish uchun 197 million so\u2018m miqdorida moddiy yordam pullari ajratilgan.<\/p>\n<p>Kam ta&#8217;minlangan, ko\u2018p bolali oilalarga va mehnat faxriylari bo\u2018lgan 28\u00a0 nafar xodimga 114 million so\u2018m miqdorida moddiy yordam ajratilgan.<\/p>\n<p>Yil davomida \u201cO\u2018zbekiston bo\u2018ylab sayohat qil!\u201d shiori ostida\u00a0 respublikamizning Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent shaharlariga 350 nafar xodimlar uchun sayohatlar tashkil etilgan va buning uchun 378 mln. so\u2018m mablag\u2018 sarflangan.<\/p>\n<p>Ommaviy sport va jismoniy tarbiyani rivojlantirishga ko\u2018maklashish, sog\u2018lom turmush tarzini targ\u2018ib qilish maqsadida 2025 yil davomida sport musobaqalari va sog\u2018lomlashtirish tadbirlari tashkil etilgan bo\u2018lib, ularga 700 ga yaqin xodimlar va ularning oila a&#8217;zolari jalb etilgan.<\/p>\n<p>Mehnat jamoasi konferensiyasi yakunida delegatlar tomonidan jamoa shartnomasining 2025 yilda bajarilishi qoniqarli deb topildi. Shuningdek, \u201cAmmofos-Maxam\u201d aksiyadorlik jamiyatining 2026\u20132028 yillar uchun mo\u2018ljallangan jamoa shartnomasiga kiritilgan o\u2018zgartirishlar ko\u2018rib chiqildi va ma&#8217;qullandi. Delegatlar tomonidan kasaba uyushmasining kelgusidagi faoliyati samaradorligini oshirish, sexlarda mavjud masalalar yuzasidan taklif va mulohazalar bildirildi.<\/p>\n<p>Konferensiya ishida ishtirok etgan O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi o\u2018rinbosari Baxtiyor Maxmadaliev hamda Kimyo va farmasevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi Nigora Alimjonova mehnatkashlarga bugungi kunda O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi va tarmoq kasaba uyushmami tizimida amalga oshirilayotgan ishlar to\u2018g\u2018risida batafsil ma&#8217;lumot berdilar. Shu kuni \u201cYashil makon\u201d umummilliy loyihasi doirasida korxona hududiga daraxt ekish tadbiri ham o\u2018tkazildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>Muhabbat O\u2018rmonbekova<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Matbuot xizmati rahbari<\/strong><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-26825 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/03\/5033.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/03\/5033.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/03\/5033-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/03\/5033-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/03\/5033-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-26824 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/03\/5034.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/03\/5034.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/03\/5034-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/03\/5034-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/03\/5034-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-26826 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/03\/5035.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/03\/5035.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/03\/5035-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/03\/5035-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/03\/5035-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>26.03.2026. \u201cAmmofos-Maxam\u201d Aksiyadorlik jamiyatida 2023-2025 yillarga tuzilgan Jamoa shartnomasining 2025 yilda bajarilishi yakunlariga bag\u2018ishlangan mehnat jamoasi konferensiyasi o\u2018tkazildi. Tadbir davomida ish beruvchi va kasaba uyushma qo\u2018mitasi tomonidan jamoa shartnomasida belgilangan tadbirlarning bajarilishi to\u2018g\u2018risida mehnat jamoasiga hisobot berildi. Toshkent viloyatining Olmaliq shaxrida joylashgan\u201cAmmofos-Maxam\u201d aksiyadorlik jamiyati azot va fosfori bo\u2018lgan murakkab mineral o\u2018g\u2018itllar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yirik [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[27,24],"tags":[],"class_list":["post-26822","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-zashhita-socialno-ekonomicheskix-interesov","category-novosti-v-slajdere"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26822","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=26822"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26822\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":26827,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26822\/revisions\/26827"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=26822"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=26822"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=26822"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}