{"id":26828,"date":"2026-03-27T06:33:43","date_gmt":"2026-03-27T06:33:43","guid":{"rendered":"https:\/\/kasaba.uz\/?p=26828"},"modified":"2026-03-27T06:33:43","modified_gmt":"2026-03-27T06:33:43","slug":"boshlangich-tashkilot-raislari-malakasi-oshirildi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/2026\/03\/27\/boshlangich-tashkilot-raislari-malakasi-oshirildi\/","title":{"rendered":"Boshlang\u2018ich tashkilot raislari malakasi oshirildi"},"content":{"rendered":"<p><strong>27.03.2026.<\/strong> O\u2018zbekiston agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasining X qurultoyida Respublika kengashining yaqin istiqbolga mo\u2018ljallangan Harakatlar dasturida ustuvor yo\u2018nalishlardan biri sifatida \u201cYangi O\u2018zbekiston \u2014 yangi kasaba uyushmalari\u201d shiori asosida quyi bo\u2018g\u2018inlar, jumladan boshlang\u2018ich kasaba uyushma tashkilotlari faoliyatini yangi bosqichga ko\u2018tarish vazifalari belgilangan.<\/p>\n<p>Mazkur vazifalar ijrosini ta&#8217;minlash maqsadida joriy yilning 24\u201325 mart kunlari Jizzax viloyatida \u201cO\u2018zbekiston agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tizimidagi boshlang\u2018ich kasaba uyushma tashkilotlari raislarining malakasini oshirish\u201d mavzusida o\u2018quv-seminar tashkil etildi.<\/p>\n<p>O\u2018quv-seminarda O\u2018zbekiston agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi o\u2018rinbosari X. Begmatov, Mehnat inspeksiyasi boshlig\u2018i \u2014 Bosh mehnat inspektori A. Musulmanov, tegishli bo\u2018lim rahbarlari, Jizzax viloyati hokimligi mutasaddi vakillari, shuningdek 12 ta tuman kengashlari raislari hamda 90 nafar boshlang\u2018ich tashkilot raislari ishtirok etdilar.<\/p>\n<p>O\u2018quv-seminarni O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Jizzax viloyati kengashi raisi v.v.b. A. Ixtiyorov ochib berdi va ishtirokchilarga muvaffaqiyat tiladi.<\/p>\n<p>Seminar davomida mehnatkashlarni ijtimoiy himoya qilish, mehnat sharoitlarini yaxshilash, mehnat xavfsizligi talablariga rioya etish, mehnat shartnomalarini to\u2018g\u2018ri rasmiylashtirish hamda hujjatlar yuritish masalalari atroflicha muhokama qilindi.<\/p>\n<p>Shuningdek, \u201cKasaba uyushmalari to\u2018g\u2018risida\u201dgi Qonun, Mehnat kodeksi mazmuni, kasaba uyushmalari faoliyatini ustav talablari asosida tashkil etish, xalqaro mehnat standartlari va gender tenglik masalalari bo\u2018yicha ma&#8217;ruzalar tinglandi. Korxona va tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish, jamoatchilik nazoratini tashkil etish, mehnat munosabatlarini huquqiy tartibga solish, ijtimoiy sheriklik asoslari hamda jamoa shartnomalarini tuzishga alohida e&#8217;tibor qaratildi.<\/p>\n<p>O\u2018quv-seminar doirasida ishtirokchilar Jizzax viloyati ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o\u2018zgarishi boshqarmasi faoliyati bilan tanishdilar. Shuningdek, ish beruvchi va kasaba uyushmasi qo\u2018mitasi o\u2018rtasidagi hamkorlik, xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishildi.<\/p>\n<p>Shu bilan birga, ishtirokchilar uchun Jizzax viloyati tarixi va madaniyati muzeyi hamda Hamid Olimjon va Zulfiya muzeyiga sayohatlar tashkil etildi.<\/p>\n<p>Seminar yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi hamda o\u2018zaro fikr almashildi.<\/p>\n<p>O\u2018quv yakunida barcha ishtirokchilarga O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Malaka oshirish instituti tomonidan sertifikatlar topshirildi.<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-26829 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/03\/5041.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/03\/5041.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/03\/5041-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/03\/5041-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/03\/5041-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-26830 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/03\/5040.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/03\/5040.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/03\/5040-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/03\/5040-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/03\/5040-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>27.03.2026. O\u2018zbekiston agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasining X qurultoyida Respublika kengashining yaqin istiqbolga mo\u2018ljallangan Harakatlar dasturida ustuvor yo\u2018nalishlardan biri sifatida \u201cYangi O\u2018zbekiston \u2014 yangi kasaba uyushmalari\u201d shiori asosida quyi bo\u2018g\u2018inlar, jumladan boshlang\u2018ich kasaba uyushma tashkilotlari faoliyatini yangi bosqichga ko\u2018tarish vazifalari belgilangan. Mazkur vazifalar ijrosini ta&#8217;minlash maqsadida joriy yilning 24\u201325 mart kunlari Jizzax viloyatida \u201cO\u2018zbekiston agrosanoat [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[28,24],"tags":[],"class_list":["post-26828","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-28","category-novosti-v-slajdere"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26828","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=26828"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26828\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":26831,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26828\/revisions\/26831"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=26828"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=26828"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=26828"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}