{"id":26840,"date":"2026-03-31T05:00:54","date_gmt":"2026-03-31T05:00:54","guid":{"rendered":"https:\/\/kasaba.uz\/?p=26840"},"modified":"2026-03-31T07:57:49","modified_gmt":"2026-03-31T07:57:49","slug":"ozbekiston-respublikasi-vazirlar-mahkamasi-ozbekiston-kasaba-uyushmalari-federatsiyasi-va-ozbekiston-ish-beruvchilari-konfederatsiyasi-ortasida-izhtimoiy-iqtisodiy-masalalar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/2026\/03\/31\/ozbekiston-respublikasi-vazirlar-mahkamasi-ozbekiston-kasaba-uyushmalari-federatsiyasi-va-ozbekiston-ish-beruvchilari-konfederatsiyasi-ortasida-izhtimoiy-iqtisodiy-masalalar\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O\u2018zbekiston\u00a0\u00a0Kasaba uyushmalari Federatsiyasi va O\u2018zbekiston Ish\u00a0\u00a0beruvchilari konfederatsiyasi o\u2018rtasida ijtimoiy-iqtisodiy masalalar\u00a0\u00a0bo\u2018yicha 2023-2025 yillar uchun Bosh jamoa kelishuvining 2025 yildagi ijrosi to\u2018g\u2018risida"},"content":{"rendered":"<p><strong>31.03.2026.\u00a0<\/strong>O\u2018zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi va O\u2018zbekiston Ish beruvchilari konfederatsiyasi o\u2018rtasida ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo\u2018yicha 2023-2025 yillar uchun Bosh jamoa kelishuvining 2025 yilda bajarilishi Ijtimoiy-mehnat masalalari bo\u2018yicha respublika uch tomonlama komissiyasida ko\u2018rib chiqildi.<\/p>\n<p>Ta&#8217;kidlanishicha, Bosh jamoa kelishuvining ijrosini ta&#8217;minlash borasida 2025\u00a0yil davomida davlat organlari, kasaba uyushmalari va ish beruvchilar tomonidan bir qator ishlar amalga oshirildi.<\/p>\n<p>Xususan, mamlakat iqtisodiyotini, ishlab chiqarishni hamda tadbirkorlikni rivojlantirishga katta e&#8217;tibor berib kelinmoqda.<\/p>\n<p>Milliy statistika qo\u2018mitasining ma&#8217;lumotlariga binoan O\u2018zbekiston yalpi ichki mahsuloti 2025 yil yakuniga ko\u2018ra 7,7 foizga o\u2018sib, 1\u00a0849,7 trillion so\u2018mni, ya&#8217;ni 147,06 milliard AQSh dollarini tashkil etdi. 2024 yilda yalpi ichki mahsulot 121 milliard dollarga baholangan edi. Aholi jon boshiga YaIM dastlabki hisobda 48,8 mln so\u2018m (3881 dollar)ni tashkil etdi.<\/p>\n<p>Yalpi ichki mahsulot o\u2018sishiga xizmat ko\u2018rsatish sohasi eng katta hissa qo\u2018shdi, u 8,5 foizga o\u2018sdi va iqtisodiyotning umumiy o\u2018sishiga 3,9 foiz band qo\u2018shdi. Sektor ichida eng yuqori o\u2018sish sur&#8217;atlarini namoyish etgan savdo, yashash va ovqatlanish xizmatlari 12 foizga, transport, saqlash, axborot va\u00a0\u00a0aloqa 14,5 foizga o\u2018sdi.<\/p>\n<p>Sanoatning o\u2018sishi 6,8 foizni tashkil etdi, uning YaIM o\u2018sishiga qo\u2018shgan hissasi 1,7 foiz bandga baholanmoqda. Qishloq, o\u2018rmon va baliqchilik xo\u2018jaligi 4,4 foizga (+0,8) o\u2018sdi. Qurilish ishlari hajmi 14 foizga oshdi, qurilishning YaIM o\u2018sishidagi hissasi 1 foiz bandni tashkil etdi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekistonda 2025 yilda inflyasiya 7,3 foizgacha pasaydi, bu esa so\u2018nggi to\u2018qqiz yildagi eng past ko\u2018rsatkichdir. Oziq-ovqat mahsulotlari yil davomida o\u2018rtacha 5,5 foizga qimmatlashgan. Nooziq-ovqat mahsulotlari narxlari yil davomida 5,1\u00a0foizga oshdi. Xizmatlar yil davomida 13,9\u00a0\u00a0foizga qimmatlashdi.<\/p>\n<p>Ijtimoiy sheriklar bilan hamkorlikda Bosh jamoa kelishuvi ijrosi doirasida me&#8217;yoriy huquq ijodkorligi va xodimlarning huquqiy himoyasiga doir tizimli chora-tadbirlar amalga oshirildi.<\/p>\n<p>Ijtimoiy sheriklarning ijtimoiy-mehnat sohasiga oid normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, qabul qilingan qonunlar mazmun-mohiyatini xodimlarga yetkazish, ularning huquqiy madaniyatini yuksaltirish hamda mehnat sohasidagi huquqlari himoyasini ta&#8217;minlash borasidagi faoliyati muntazam ravishda takomillashtirib borilmoqda.<\/p>\n<p>Hisobot davrida ijtimoiy-mehnat sohasiga doir 200 dan ziyod normativ va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ko\u2018rib chiqildi va takliflar berildi.<\/p>\n<p>Jumladan, O\u2018zbekiston Respublikasining \u00abDavlat ijtimoiy sug\u2018urtasi to\u2018g\u2018risida\u00bbgi\u00a0 qonunini ishlab chiqish va qabul qilish yuzasidan takliflar kiritilib, ish jarayonida faol ishtirok etib kelindi. Qonun 2025 yil 10 dekabrda\u00a0 qabul qilindi.<\/p>\n<p>\u201cO\u2018zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o\u2018zgartirish va qo\u2018shimchalar kiritish to\u2018g\u2018risida\u201dgi qonun loyihasi bo\u2018yicha Mehnat kodeksiga qo\u2018shimchalar kiritish bo\u2018yicha takliflar berildi, shuningdek, O\u2018zbekiston Respublikasining \u00abMa&#8217;muriy tartib-taomillar to\u2018g\u2018risida\u00bbgi va\u00a0\u00a0\u00abIjtimoiy ish to\u2018g\u2018risida\u00bbgi qonun loyihalari, vazirlik va idoralar buyruqlari va nizomlari yuzasidan\u00a0 takliflar berildi.<\/p>\n<p>Mehnatga haq to\u2018lash, aholining real daromadlari va turmush darajasini oshirish borasida ham muayyan natijalarga erishildi.<\/p>\n<p>Milliy statistika qo\u2018mitasi ma&#8217;lumotlariga ko\u2018ra, O\u2018zbekiston aholisining yalpi daromadlari 2025 yilda 1\u00a0134,3 trillion so\u2018mga\u00a0\u00a0etdi.\u00a0\u00a0Bunda daromadlarning nominal o\u2018sishi \u2013 18,9 foizga, real o\u2018sishi \u20139,2\u00a0foizga teng bo\u2018ldi.<\/p>\n<p>Aholi jon boshiga daromad \u2013 yiliga 29,9 million so\u2018mni tashkil etdi. Rezidentlarning umumiy daromadlarida pul o\u2018tkazmalarining ulushi \u2013 21\u00a0\u00a0foizga teng bo\u2018ldi.<\/p>\n<p>Aholining yalpi daromadlari tarkibida yollanma xodimlar daromadi 26,4\u00a0\u00a0foiz, mustaqil ravishda band bo\u2018lishdan olingan daromadlar 34\u00a0foiz bo\u2018ldi. Hisob-kitoblarga ko\u2018ra Yalpi ichki mahsulot tarkibida mehnat haqi ulushi 37 foizga teng bo\u2018ldi.<\/p>\n<p>Ish haqi oshirilishiga jamoa shartnomaviy munosabatlar ham\u00a0\u00a0o\u2018z\u00a0\u00a0hissasini qo\u2018shdi. Respublika bo\u2018yicha 13 ta, ya&#8217;ni 12,6 foiz tarmoq jamoa kelishuvlarida tarmoq tarif setkalari, 32\u00a0251\u00a0ta tashkilotda lokal tarif setkalari joriy qilinishi natijasida 1\u00a0342\u00a0300 nafar xodimlarning ish haqlari oshirilgan bo\u2018lib, avvalgi yilga nisbatan bunday tashkilotlar soni 8\u00a0247\u00a0taga ko\u2018paydi.<\/p>\n<p>Ish beruvchilar tomonidan mehnatga haq to\u2018lashning eng kam miqdoriga rioya etilishi holati yuzasidan davlat va jamoatchilik nazorati amalga oshirildi. Ushbu talablar bo\u2018yicha Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan bir qator tizimli ishlar amalga oshirildi. Xususan, 341 ta korxonaga xatlar yuborilib, mehnatga haq to\u2018lashning eng kam miqdoridan kam ish haqi to\u2018lagan korxonalar bo\u2018yicha manzilli ish tashkil etilgan.<\/p>\n<p>Kasaba uyushmalari faollari tomonidan 12\u00a0395\u00a0ta tashkilotda mehnatga haq to\u2018lashning eng kam miqdoriga rioya etilish yuzasidan jamoatchilik monitoringlari amalga oshirildi. Shulardan 25\u00a0ta tashkilotda kamchiliklar aniqlanib, ular joyida bartaraf etildi.<\/p>\n<p>Mehnat bozorini rivojlantirish, aholi bandligiga ko\u2018maklashish masalalarida asosiy e&#8217;tibor barqaror ish haqi va mehnat xavfsizligini ta&#8217;minlovchi, ayniqsa, qishloq joylaridagi ish\u00a0\u00a0o\u2018rinlarini tashkil etishga, oliy va o\u2018rta maxsus ta&#8217;lim muassasalari bitiruvchilari va aholining boshqa ijtimoiy zaif qatlamlarini ishga joylashtirilishiga qaratildi.<\/p>\n<p>2025 yilda respublika bo\u2018yicha ishsizlik darajasi 5,5 foizdan 4,9\u00a0\u00a0foizga tushdi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 30 avgustdagi \u201cNorasmiy bandlik ulushini qisqartirish hamda mehnat resurslari balansini zamonaviy yondashuvlar asosida shakllantirish chora-tadbirlari to\u2018g\u2018risida\u201dgi PQ-366-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta&#8217;minlash choralari ko\u2018rildi.<\/p>\n<p>Natijada norasmiy sektorda band bo\u2018lganlar soni 4\u00a0379,2 ming kishini tashkil etib, avvalgi yilga nisbatan 21,2 foizga yoki 1\u00a0176,0 ming kishiga kamaygan.<\/p>\n<p>2025 yilda tuman (shahar) hokimliklarining qarorlariga asosan ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun 14\u00a0\u00a0mingta korxona va tashkilot tomonidan jami 49,7 mingta ish o\u2018rinlari zahiralab qo\u2018yildi.<\/p>\n<p>Mehnat xavfsizligi va gigienasi tizimini joriy etish, uning faoliyat ko\u2018rsatishi va rivojlanishini ta&#8217;minlash masalalari tarmoq va\u00a0\u00a0hududiy kelishuvlarda va jamoa shartnomalarida o\u2018z aksini topmoqda va\u00a0\u00a0kasaba uyushmalari tomonidan nazoratga olingan.<\/p>\n<p>Ijtimoiy kafolatlar va ijtimoiy himoya borasida tizimli choralar ko\u2018rildi.<\/p>\n<p>Kambag\u2018allik darajasi yil davomida 8,9 foizdan 5,8 foizga tushdi (5\u00a0million aholi daromadli bo\u2018ldi, 1,5\u00a0\u00a0million ehtiyojmand aholi kambag\u2018allikdan chiqarildi).<\/p>\n<p>Ishsiz band bo\u2018lmagan fuqarolarni ijtimoiy qo\u2018llab-quvvatlash maqsadida Bandlikka ko\u2018maklashish davlat jamg\u2018armasi hisobidan 1,2 ming nafar fuqaroga subsidiya mablag\u2018lari ajratildi. Bundan tashqari 1,6\u00a0ming nafar\u00a0 fuqaro ishsiz deb e&#8217;tirof etilib, ishsizlik nafaqalari tayinlandi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining \u201cO\u2018zbekiston &#8211; 2030\u201d strategiyasini \u201cAtrof-muhitni asrash va \u201cyashil\u201d iqtisodiyot yili\u201dda\u00a0 amalga\u00a0\u00a0oshirishga oid davlat dasturi to\u2018g\u2018risida\u201dgi 2025 yil 30 yanvardagi PF-16-son Farmoni ijrosida kasaba uyushmalarining faol ishtirokini ta&#8217;minlash maqsadida O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining dasturi qabul qilindi.<\/p>\n<p>Dastur doirasida jamoa shartnomalari va kelishuvlari orqali pensiya yoshidagi shaxslar hamda korxonalarning sobiq xodimlari bo\u2018lgan nogironligi bor shaxslar va o\u2018zgalar parvarishiga muhtoj kishilar, ishlamaydigan pensionerlardan 112\u00a0279 nafari jami 154\u00a0507,7 mln. so\u2018mlik turli ko\u2018rinishda moddiy qo\u2018llab-quvvatlandi.<\/p>\n<p>Navro\u2018z, Xotira va qadrlash kuni, Mustaqillik bayramlari,\u00a0 arafasida respublikamiz hududidagi \u201cMuruvvat\u201d va \u201cSaxovat\u201d uylarida yashovchilar holidan xabar olindi va ularga jami 560,1 mln. so\u2018mlik maishiy jihozlar, kiyim-kechaklar, gigienik vositalar topshirildi.<\/p>\n<p>Tizimdagi sanatoriylarda 1941\u20131945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylaridan 164 nafari davlat byudjetidan bepul davolandi.<\/p>\n<p>Korxona, tashkilot va muassasalarda mehnat qilayotgan pensionerlar, shuningdek, kasaba uyushmasi a&#8217;zolarining pensioner ota-onalaridan 8\u00a0520\u00a0\u00a0nafari imtiyozli ravishda sog\u2018lomlashtirildi.<\/p>\n<p>Umuman, mazkur dastur doirasida jamoa shartnomalari va kelishuvlari orqali 198\u00a0693 nafar fuqaro va 71\u00a0940 ta oilaga 338\u00a0150\u00a0764 ming so\u2018mlik ijtimoiy ko\u2018mak ko\u2018rsatildi.<\/p>\n<p>Bosh jamoa kelishuvi doirasida mehnat sohasida ijtimoiy muloqot va ijtimoiy sheriklikni rivojlantirish choralari ko\u2018rildi.<\/p>\n<p>2025 yil davomida 28\u00a0210\u00a0ta tashkilotda yangi kasaba uyushma tashkilotlari tuzilib, ularda mehnat qilayotgan 993\u00a0665 nafar xodimning kasaba uyushmalariga birlashish huquqlari ta&#8217;minlandi.<\/p>\n<p>Yil yakuniga ko\u2018ra, Qoraqalpog\u2018iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri miqyosida 14 ta hududiy jamoa kelishuvlari, tarmoqlarda respublika miqyosida 103 ta tarmoq jamoa kelishuvlari, tashkilotlarda 134 mingdan ko\u2018p jamoa shartnomalari\u00a0 amal qilmoqda.<\/p>\n<p>Bosh jamoa kelishuvini amaliyotga tatbiq etish jarayonida o\u2018z yechimini kutayotgan masalalar ham aniqlandi.<\/p>\n<p>Statistika agentligi ma&#8217;lumotlari tahlilidan, hududlarda, jumladan,\u00a0 Navoiy, Toshkent, Sirdaryo, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahrida ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish ishlariga e&#8217;tibor yetarli emasligi ayon bo\u2018lmoqda. Masalan, 2025 yil davomida Toshkent shahri va\u00a0\u00a0Toshkent viloyatida yangi qurilish hisobidan kasalxonalarda yangi yotoq o\u2018rinlari va yangi poliklinik muassasalar ishga tushirilmadi.<\/p>\n<p>Ko\u2018rilayotgan choralarga qaramasdan, 2025 \u00a0yil yakunlariga ko\u2018ra ish haqi to\u2018lovlaridan muddati o\u2018tgan qarzdorlik salkam 235 mlrd. so\u2018mni tashkil etib, uning asosiy qismi neft-gaz va geologiya sohasidagi \u201cEpsilon\u00a0\u00a0Development Company\u201d, \u201cEnter Engineering\u201d, \u201cEriell\u201d kabi yirik kompaniyalarga to\u2018g\u2018ri kelgan.<\/p>\n<p>Respublikada kuzatilmaydigan (ya&#8217;ni norasmiy va yashirin) iqtisodiyotning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 26,9 foizni (2024 yilda &#8211; 35\u00a0\u00a0foiz edi), norasmiy sektorda bandlar soni 4\u00a0379,2 ming kishini (2024\u00a0\u00a0yilda \u2013 5,5 mln kishi edi) tashkil etadi. Mazkur muammolarni hal etish choralarini izchillik bilan davom ettirish lozim.<\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>Ijtimoiy-mehnat masalalari bo\u2018yicha respublika Uch tomonlama komissiyasi kotibiyati<\/strong><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-22411 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/12\/2829.jpg\" alt=\"\" width=\"900\" height=\"601\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/12\/2829.jpg 900w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/12\/2829-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/12\/2829-768x513.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 900px) 100vw, 900px\" \/><\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>31.03.2026.\u00a0O\u2018zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi va O\u2018zbekiston Ish beruvchilari konfederatsiyasi o\u2018rtasida ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo\u2018yicha 2023-2025 yillar uchun Bosh jamoa kelishuvining 2025 yilda bajarilishi Ijtimoiy-mehnat masalalari bo\u2018yicha respublika uch tomonlama komissiyasida ko\u2018rib chiqildi. Ta&#8217;kidlanishicha, Bosh jamoa kelishuvining ijrosini ta&#8217;minlash borasida 2025\u00a0yil davomida davlat organlari, kasaba uyushmalari va ish beruvchilar tomonidan bir qator ishlar [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[27,24],"tags":[],"class_list":["post-26840","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-zashhita-socialno-ekonomicheskix-interesov","category-novosti-v-slajdere"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26840","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=26840"}],"version-history":[{"count":3,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26840\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":26843,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26840\/revisions\/26843"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=26840"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=26840"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=26840"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}