{"id":26848,"date":"2026-04-01T10:08:46","date_gmt":"2026-04-01T10:08:46","guid":{"rendered":"https:\/\/kasaba.uz\/?p=26848"},"modified":"2026-04-01T11:40:20","modified_gmt":"2026-04-01T11:40:20","slug":"zhamoa-shartnomasining-bazharilishi-delegatlar-tomonidan-qoniqarli-baholandi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/2026\/04\/01\/zhamoa-shartnomasining-bazharilishi-delegatlar-tomonidan-qoniqarli-baholandi\/","title":{"rendered":"Jamoa shartnomasining bajarilishi delegatlar tomonidan qoniqarli baholandi"},"content":{"rendered":"<p><strong>01.04.2026.<\/strong> \u201cFarg\u2018onaazot\u201d AJ korxonasining 2023\u20132025 yillarga mo\u2018ljallangan jamoa shartnomasining 2025 yil yakunlari bo\u2018yicha bajarilishiga bag\u2018ishlangan mehnat jamoasining konferensiyasi bo\u2018lib o\u2018tdi.<\/p>\n<p>Konferensiyada jamiyat boshqaruvi raisi G\u2018ulomjon Soliev, O\u2018zbekiston kimyo va farmasevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi o\u2018rinbosari Ibrohim Isoqov, mehnat-huquq inspektori Mirsulton Abbosov, kasaba uyushmasi qo\u2018mitasi raisi Ilhom Abduvohidov, shuningdek, tarkibiy bo\u2018linmalar rahbarlari va saylangan delegatlar ishtirok etdi.<\/p>\n<p>Konferensiya kun tartibiga muvofiq, boshqaruv raisi hamda kasaba uyushmasi qo\u2018mitasi raisining jamoa shartnomasi ijrosi bo\u2018yicha hisobotlari tinglandi.<\/p>\n<p>O\u2018tgan davr mobaynida xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilish, mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish, ijtimoiy qo\u2018llab-quvvatlash, ularning salomatligini mustahkamlash va bolalarni sog\u2018lomlashtirish, madaniy-ma&#8217;rifiy tadbirlar hamda sport musobaqalarini o\u2018tkazish bo\u2018yicha tizimli ishlar amalga oshirildi.<\/p>\n<p>Kasaba uyushmasi a&#8217;zolik badallari hisobidan 130 nafar xodim yurtimizning eng so\u2018lim sihatgohlarida dam oldirildi. Xo\u2018jalik organi mablag\u2018lari hisobidan 28 nafar xodimga, ijtimoiy sug\u2018urta mablag\u2018lari hisobidan esa 43 nafar xodimga mablag\u2018 ajratilib, sog\u2018lomlashtirildi. Shuningdek, to\u2018g\u2018ridan-to\u2018g\u2018ri tibbiy ko\u2018mak sifatida 182 nafar xodim uchun stomatologik xizmatlar tashkil etilib, ularning xarajatlari qoplab berildi.<\/p>\n<p>Bugungi kunda korxonada faoliyat yuritayotgan xodimlarning 700 nafarga yaqinini yoshlar tashkil etadi. 2025 yil davomida korxonada yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish doirasida ham ko\u2018plab tadbirlar tashkil etildi. Xususan, yoshlarning intellektual qobiliyatini yanada yuksaltirish maqsadida \u201cEng faol yosh kitobxon\u201d, \u201cZakovat\u201d kabi intellektual o\u2018yinlar, shuningdek, yoshlar kuni munosabati bilan \u201cYoshlar haftaligi\u201d doirasida tadbirlar, \u201cSalomatlik uchun 5 ming qadam\u201d shiori ostida yurish marafonlari, mini-futbol, voleybol, stol tennisi, shaxmat, shashka va sportning boshqa turlari bo\u2018yicha spartakiada o\u2018yinlari o\u2018tkazilib, ushbu tadbirlarga 600 dan ziyod yoshlar jalb etildi.<\/p>\n<p>Yoshlarning kasbiy mahoratini oshirish maqsadida 5 ta yo\u2018nalish bo\u2018yicha \u201cEng yaxshi yosh elektromontyor\u201d, \u201cEng yaxshi yosh payvandchi\u201d, \u201cEng yaxshi yosh laborant\u201d, \u201cEng yaxshi yosh chilangar\u201d va \u201cEng yaxshi yosh metrolog\u201d yo\u2018nalishlarida \u201cKasb mahorati\u201d ko\u2018rik-tanlovi hamda \u201cEng yaxshi yosh kimyogar\u201d tanlovi o\u2018tkazildi.<\/p>\n<p>O\u2018tgan yil davomida o\u2018z muammolari bilan murojaat qilib kelgan 190 nafar yoshlarga 86 mln so\u2018m miqdorda bir martalik moddiy yordam berildi.<\/p>\n<p>Birinchi martda kuni nikohdan o\u2018tayotgan 21 nafar yoshga 25 mln so\u2018mdan ziyod miqdorda mukofot pullari taqdim etildi.<\/p>\n<p>Yoshlarning ma&#8217;naviyatini yuksaltirish, yurtimiz tarixini yanada chuqurroq o\u2018rgatish maqsadida ma&#8217;naviy-ma&#8217;rifiy soatlar hamda tarixiy shaharlarga \u201cO\u2018zbekiston bo\u2018ylab sayohat qil!\u201d shiori ostida sayohatlar tashkil etildi.<\/p>\n<p>Delegatlar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar asosida jamoa shartnomasining bajarilishi qoniqarli deb topildi.<\/p>\n<p>Yig\u2018ilish davomida korxonaning 2026\u20132028 yillarga mo\u2018ljallangan yangi jamoa shartnomasi loyihasi ham keng muhokama qilindi. Loyihani takomillashtirish jarayonida ishtirokchilarning taklif va tavsiyalari inobatga olinib, kelgusidagi ustuvor yo\u2018nalishlar belgilandi.<\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>Shavkat Toirov<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>Kimyo va farmasevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisining yoshlar masalalari bo\u2018yicha maslahatchisi<\/strong><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-26849 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/5053.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/5053.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/5053-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/5053-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/5053-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-26850 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/5052.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/5052.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/5052-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/5052-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/5052-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-26851 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/5051.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/5051.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/5051-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/5051-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/5051-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>01.04.2026. \u201cFarg\u2018onaazot\u201d AJ korxonasining 2023\u20132025 yillarga mo\u2018ljallangan jamoa shartnomasining 2025 yil yakunlari bo\u2018yicha bajarilishiga bag\u2018ishlangan mehnat jamoasining konferensiyasi bo\u2018lib o\u2018tdi. Konferensiyada jamiyat boshqaruvi raisi G\u2018ulomjon Soliev, O\u2018zbekiston kimyo va farmasevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi o\u2018rinbosari Ibrohim Isoqov, mehnat-huquq inspektori Mirsulton Abbosov, kasaba uyushmasi qo\u2018mitasi raisi Ilhom Abduvohidov, shuningdek, tarkibiy bo\u2018linmalar rahbarlari va [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[27,24],"tags":[],"class_list":["post-26848","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-zashhita-socialno-ekonomicheskix-interesov","category-novosti-v-slajdere"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26848","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=26848"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26848\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":26859,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26848\/revisions\/26859"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=26848"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=26848"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=26848"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}