{"id":26861,"date":"2026-04-03T12:28:21","date_gmt":"2026-04-03T12:28:21","guid":{"rendered":"https:\/\/kasaba.uz\/?p=26861"},"modified":"2026-04-03T12:28:21","modified_gmt":"2026-04-03T12:28:21","slug":"kasaba-uyushmalari-nashrlari-transformatsiya-sharoitida-konvergentsiya-sari-yol","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/2026\/04\/03\/kasaba-uyushmalari-nashrlari-transformatsiya-sharoitida-konvergentsiya-sari-yol\/","title":{"rendered":"Kasaba uyushmalari nashrlari transformasiya sharoitida: konvergensiya sari yo\u2018l"},"content":{"rendered":"<p><strong>03.04.2026.<\/strong> 2026 yilning 3 aprel&#8217; kuni Toshkentda O\u2018zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tashabbusi bilan \u201cKasaba uyushmalari nashrlari transformasiya sharoitida: konvergensiya sari yo\u2018l\u201d mavzuidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o\u2018tkazildi. O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi muassisligida chop etilayotgan \u201cIshonch\u201d gazetasi tashkil topganining 35 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan xalqaro anjumanni O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi Qudratilla Rafikov ochib berdi.<\/p>\n<p>Xalqaro ilmiy-amaliy Konferensiya ishida O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kommunikasiyalar departamenti rahbari, O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot kotibi Sherzod Asadov, O\u2018zbekiston Respublikasida xizmat ko\u2018rsatgan yoshlar murabbiysi, O\u2018zbekiston Milliy axborot agentligi direktori, senator Abdusaid Ko\u2018chimov,\u00a0 Milliy teleradiokompaniya raisi\u00a0 Abdurashid Jo\u2018raboev, Inson huquqlari bo\u2018yicha milliy markaz rahbari, akademik Akmal Saidov, O\u2018zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid, O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, ta&#8217;lim va sog\u2018liqni saqlash masalalari qo\u2018mitasi raisi Bahrom Abdullaev,\u00a0\u00a0 O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalari qo\u2018mitasi raisi Gulrux Agzamova, markaziy nashrlar muharrirlari, taniqli va ustoz jurnalistlar, jurnalist kadrlar tayyorlashda jonbozlik qilayotgan olimlar, tadqiqotchilar, faxriy jurnalistlar, Qozog\u2018iston, Qirg\u2018iz Respublikasi, Tojikiston, Ozarbayjon va Turkiya kasaba uyushmalari tizimidagi nashrlar hamda media va kommunikasiyalar, ommaviy axborot vositalari bilan ishlash sektorlari rahbar va mutaxassislari ishtirok etdilar.<\/p>\n<p>Anjumanda qayd etilganidek, bugun mamlakatimizda muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tashabbuslari bilan so\u2018z va axborot erkinligi, ochiqlik, jamoatchilik bilan muloqot, inson qadrini ulug\u2018lash kabi tamoyillar asosida tub islohotlar amalga oshirilib, salmoqli natijalarga erishilmoqda. Natijada, ommaviy axborot vositalariga munosabat tubdan o\u2018zgardi va matbuot uchun keng imkoniyatlar yaratilishi bilan birga zalvorli mas&#8217;uliyat ham yuklandi.<\/p>\n<p>Ma&#8217;lumki, muhtaram Prezidentimizning 2025 yil 17 oktyabr&#8217; kuni O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari faollari bilan bo\u2018lib o\u2018tgan uchrashuvida bir qator hayotbaxsh tashabbuslar ilgari surildi. Xususan, Davlatimiz rahbari Axborot kommunikasiyalari shiddat bilan rivojlanib borayotgan hozirgi davrda odamlarga ishonchli ma&#8217;lumotlarni o\u2018z vaqtida, to\u2018g\u2018ri yetkazish juda muhim ekanligini ta&#8217;kidlab, kasaba uyushmalarida buning uchun imkoniyat ham, sharoit ham, salohiyat ham yetarli ekanligini e&#8217;tirof etdilar. Shuningdek, \u201cEng katta auditoriyaga ega bo\u2018lgan kasaba uyushmalari halol va fidoyi mehnatni targ\u2018ib qilish hamda mehnat munosabatlarida qonuniylikni ta&#8217;minlashga oid axborotlarni jamoatchilikka birinchilardan bo\u2018lib yetkazib borishi kerak\u201d deya ta&#8217;kidladilar.<\/p>\n<p>Mazkur xalqaro anjuman xuddi shu dolzarb tashabbuslarning amaliy ifodasi sifatida tashkil etildi. Anjumandan ko\u2018zlangan maqsad \u2013 turli soha xodimlarining ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari va mehnat sohasidagi huquqlarini himoya qiluvchi kasaba uyushmalarining bir vaqtning o\u2018zida ishonchli so\u2018z, haqqoniy munosabat va keng jamoatchilikka xolis axborot va ma&#8217;lumotlarni yetkazib berish borasidagi faoliyatini yanada rivojlantirishdir.<\/p>\n<p>Ta&#8217;kidlash zarurki, mazkur angjuman nafaqat \u201cIshonch\u201d gazetasi tahririyati, balki butun kasaba uyushmalari harakati, milliy matbuotimiz va jamoatchilik fikri taraqqiyoti uchun alohida ahamiyatga ega fikrlash maydoni bo\u2018ldi.<\/p>\n<p>Bugun O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Yangi O\u2018zbekiston sharoitida, ya&#8217;ni, dunyoga ochiq, islohotlarga, xalqaro jarayonlarga integratsiyalashuvga intilayotgan mamlakat sharoitida faoliyat ko\u2018rsatmoqda. So\u2018zsiz uning nashri bo\u2018lgan \u201cIshonch\u201d va \u201cIshonch-Doverie\u201d gazetalari ham shu yo\u2018ldan bormoqda.<\/p>\n<p>&#8211; Kasaba uyushmalari \u2013 bu, eng avvalo, inson manfaati degani. Shu ma&#8217;noda, kasaba uyushmalari nashrlari ham doimo inson qadri, mehnat huquqi, ijtimoiy himoya, adolat va hamjihatlik kabi ezgu tamoyillarga xizmat qilishi lozim, &#8211; dedi jumladan O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi, Senator Qudratilla Rafikov. &#8211; Shunday ekan, \u201cIshonch\u201d va \u201cIshonch\u201d-Doverie\u201d gazetalarini faqat axborot tarqatuvchi nashr emas, baki, mehnatkash insonning dardi, huquqi, orzu-intilishi va jamiyatdagi o\u2018rnini ifoda etishga intilib kelayotgan minbar desak, mubolag\u2018a bo\u2018lmaydi. Bugungi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyamiz ham bejiz \u201cKasaba uyushmalari nashrlari transformasiya sharoitida: konvergensiya sari yo\u2018l\u201d deb nomlanmagan. Zero, zamon o\u2018zgarmoqda, auditoriya o\u2018zgarmoqda, axborot iste&#8217;moli shakllari tez sur&#8217;atlarda yangilanmoqda. Endi gazeta faqat qog\u2018ozda chiqadigan nashr emas. U veb-sayt, telegram, Yutub, Instagram, foto va videokontent, tezkor raqamli muloqot imkoniyatlari bilan uyg\u2018unlashgan yaxlit media muhitning ajralmas qismiga aylanib bormoqda. Shu nuqtai nazardan qaraganda, bugungi anjuman tajriba almashish, fikrlashish, hamkorlikni kuchaytirish va kelgusi vazifalarni belgilab olish uchun muhim muloqot maydoni bo\u2018lib xizmat qiladi.<\/p>\n<p>Ma&#8217;lumki, \u201cIshonch\u201d gazetasining ilk soni 1991 yil 21 mart kuni nashr etilgan. Shu vaqtdan buyon uning 5 ming 500 dan ortiq soni mushtariylar qo\u2018liga yetib bordi. Bu raqamlar ortida uzoq yillik mehnat, tahririyat tajribasi, turli avlod jurnalistlarining izlanishlari va eng muhimi, o\u2018quvchi ishonchi mujassamdir.<\/p>\n<p>Bugun \u201cIshonch\u201d va \u201cIshonch-Doverie\u201d nashrlari mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy va ma&#8217;naviy hayotini yoritib kelayotgan, mehnat ahli hayoti, uning huquq va manfaatlariga doir mavzularni muntazam ko\u2018tarib chiqayotgan nashrlar sifatida e&#8217;tirof etilmoqda.<\/p>\n<p>Ayni kunda gazetalarning umumiy adadi 37 ming 500 nusxaga yetgani, ijtimoiy tarmoqlardagi jami auditoriyasi esa 250 mingga yaqinlashgani ularning o\u2018z o\u2018quvchisi, o\u2018z kuzatuvchisi, o\u2018z ta&#8217;sir doirasi borligini ko\u2018rsatadi. Shu bilan birga, bu holat tahririyat zimmasiga yanada katta mas&#8217;uliyat yuklaydi.<\/p>\n<p>So\u2018nggi yillarda tahririyat faoliyatida qator yangilanishlar ko\u2018zga tashlanayotgani quvonarlidir. Xususan, tahririyatda konvergeniya jarayoni tizimli tus olgan holda tahririyat negizida mediamarkaz tashkil etildi, ijtimoiy tarmoqlarda sahifalar ishga tushirildi, gazetaning bosma shaklini hududlarda chop etish va tezkor tarqatish tizimi yo\u2018lga qo\u2018yildi. Shuningdek, har yili gazeta sahifalarida e&#8217;lon qilingan eng sara maqolalar asosida kitoblar nashr etish an&#8217;anasi ham shakllandi.<\/p>\n<p>Qayd etish zarurki, matbuot \u2013 jamiyat hayotining shu kundagi, ayni zamondagi ijtimoiy ahamiyatga molik voqea-hodisalarini aks ettirib, ommaga yetkazadigan, davrning dolzarb masalalariga munosabat bildiradigan, yechimini kutayotgan masalalarni ko\u2018tarib chiqadigan minbardir. Bugun zamonaviy jurnalistikaning umumiy tabiati sezilarli darajada o\u2018zgardi: bu jamiyat shaffoflashayotgani, auditoriya faollashayotgani, shaxslar faoliyati va axborot tezligi o\u2018sganligi bilan bevosita bog\u2018liq. Ma&#8217;lumki, auditoriya axborotni tez va sof holatda qabul qilishni istaydi. Zamon talabi bilan matbuotning raqamli texnologiyalar rivojlanishi barobarida transformasiyalashuvga o\u2018tishi ham muhim bo\u2018lib qolmoqda.\u00a0 Shu nuqtai nazardan \u201cIshonch\u201d gazetasi\u00a0 tahririyati bosma nashr missiyasi bilan cheklanib qolmasdan zamonaviy texnologiyalar platformalaridan faollik bilan foydalanmoqda va bugun u chin ma&#8217;noda konvergent tahririyatga aylandi.<\/p>\n<p>Anjumanda Kasaba uyushmalari nashrlari \u2013 ijtimoiy adolatni ta&#8217;minlash va mehnat huquqlarini himoya qilishda medianing o\u2018rni, Kasaba uyushmalari nashrlari raqamlashuv davrida \u2013 transformasiya, ishonch va rivojlanish strategiyalari kabi mavzular ham muhokama qilindi.<\/p>\n<p>Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya davomida O\u2018zbekistondagi Media-konvergensiya, raqamli tahririyat va mediaiqtisod, Media-konvergensiya sharoitida mediamahsulotlarni monetizasiya qilish modellari, Telegram, YouTube va Instagram platformalarida mediastrategiya: \u00abIshonch\u00bb gazetasi misolida, \u201cIshonch\u201d va \u201cIshonch-Doverie\u201d gazetalari jurnalistlarining zamonaviy axborot manbalari, Jurnalistikada sun&#8217;iy intellekt: Avtomatlashtirilgan kontent yaratish va RAG tizimining afzalliklari, Jurnalistlarning raqamli kontent yaratish kompetensiyalarini rivojlantirish, Videojurnalistika va mul&#8217;timedia formatlari \u2013 bosma OAV uchun yangi imkoniyatlar, Postjurnalistika fenomeni: xarakterli jihatlari va taraqqiyot tendensiyalari kasaba uyushmalari faoliyatini yoritish misolida, raqamli media auditoriyasining yangi iste&#8217;mol odatlari, Media transformasiyasi sharoitida polemik mavzularning jamoatchilik fikrini shakllantirishdagi o\u2018rni \u201cIshonch\u201d gazetasi materiallari misolida ko\u2018rib chiqildi.<\/p>\n<p>Shuningdek, horijiy ishtirokchilar ham bu boradagi o\u2018z tajribalari bilan o\u2018rtoqlashdilar. Xususan, O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi nashri bo\u2018lgan \u201cIshonch\u201d, \u201cIshonch-Doverie\u201d gazetalari faoliyati bilan bir qatorda Ozarbayjon tajribasi: kasaba uyushmalari nashrlari transformasiya sharoitida \u2013 mosashuv yo\u2018nalishlari, Qirg\u2018iziston kasaba uyushmalari mediasida konvergensiyalashuv, Qozog\u2018iston kasaba uyushmalarida media faoliyat, Tojikiston kasaba uyushmalari nashrlari axborot jamiyati tizimida, Turkiya tajribasi: Aloqa vositalarining xilma-xillashuvi va kasaba uyushmalari nashrchiligi borasidagi tajribalar ham o\u2018rganildi.<\/p>\n<p>Sirasini aytganda, ochiq muloqot, savol-javob, fikr va muloazalarga boy bo\u2018lgan xalqaro anjuman tajriba almashish, fikrlashish, hamkorlikni kuchaytirish va kelgusi vazifalarni belgilab olish uchun muhim muloqot maydoni bo\u2018lib xizmat qildi. Yana bir muhim jihat &#8211; ushbu muloqot kasaba uyushmalari nashrlari o\u2018rtasida tajriba va yondashuvlarni o\u2018zaro boyitish, media sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega bo\u2018ldi.<\/p>\n<p>Ta&#8217;kidlash zarurki, ko\u2018zlangan maqsadlarga ko\u2018ra mazkur xalqaro konferensiya bevosita anjuman ishtirokchilarining takliflari, fikrlari va tajribalarini konstruktiv muhokama qilish uchun qulay maydon vazifasini o\u2018tadi. Anjumanning aynan shu formatda o\u2018tishi shak-shubhasiz O\u2018zbekistonning xalqaro hamjamiyatga ochiqligini, mazkur yo\u2018nalishda faol, amaliy hamkorlikka, xalqaro va chet el tajribasini o\u2018rganish hamda hayotga tatbiq etishga tayyorligini namoyish qildi.<\/p>\n<p>Anjuman yakunida oldinda turgan asosiy vazifa \u2013 kasaba uyushmalari nashrlarini yangi bosqichga olib chiqish, ta&#8217;sirchanligini oshirish, raqamli muhitdagi imkoniyatlardan samarali foydalanish, yosh auditoriya bilan ishlashning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish, tahliliy va mul&#8217;timedia kontent salmog\u2018ini kengaytirishdan iborat ekanligi qayd etildi. Bu jarayonda an&#8217;ana va yangilanishni uyg\u2018unlashtira oladigan, ishonch va tezkorlikni birlashtira oladigan, so\u2018z erkinligi bilan so\u2018z mas&#8217;uliyati o\u2018rtasidagi muvozanatni saqlay oladigan media muhim ahamiyatga ega ekanligi ta&#8217;kidlandi. Zero \u201cIshonch\u201d va \u201cIshonch-Doverie\u201d gazetalari ana shu yo\u2018lda izlanmoqda. Mazkur anjuman esa ushbu harakatlarni yangi davr talablari asosida yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>Muhabbat O\u2018rmonbekova<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Matbuot xizmati rahbari<\/strong><\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><strong><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-26864 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/5079.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/5079.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/5079-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/5079-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/5079-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/strong><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-26862 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/5081.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/5081.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/5081-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/5081-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/5081-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-26866 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/5077.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/5077.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/5077-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/5077-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/5077-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-26865 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/5078.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/5078.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/5078-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/5078-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/5078-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-26863 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/5080.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/5080.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/5080-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/5080-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/5080-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>03.04.2026. 2026 yilning 3 aprel&#8217; kuni Toshkentda O\u2018zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tashabbusi bilan \u201cKasaba uyushmalari nashrlari transformasiya sharoitida: konvergensiya sari yo\u2018l\u201d mavzuidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o\u2018tkazildi. O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi muassisligida chop etilayotgan \u201cIshonch\u201d gazetasi tashkil topganining 35 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan xalqaro anjumanni O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi Qudratilla Rafikov ochib berdi. Xalqaro [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[20,24],"tags":[],"class_list":["post-26861","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-mezhdunarodnaya-rabota","category-novosti-v-slajdere"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26861","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=26861"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26861\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":26867,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26861\/revisions\/26867"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=26861"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=26861"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=26861"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}