{"id":26943,"date":"2026-04-27T14:56:18","date_gmt":"2026-04-27T14:56:18","guid":{"rendered":"https:\/\/kasaba.uz\/?p=26943"},"modified":"2026-04-27T14:56:23","modified_gmt":"2026-04-27T14:56:23","slug":"toshkentda-markaziy-osiyo-mamlakatlari-kasaba-uyushmalari-kengashining-umumiy-yigilishi-bolib-otdi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/2026\/04\/27\/toshkentda-markaziy-osiyo-mamlakatlari-kasaba-uyushmalari-kengashining-umumiy-yigilishi-bolib-otdi\/","title":{"rendered":"Toshkentda Markaziy Osiyo mamlakatlari kasaba uyushmalari Kengashining umumiy yig\u2018ilishi bo\u2018lib o\u2018tdi"},"content":{"rendered":"<p><strong>27.04.2026.<\/strong> Toshkent shahrida Markaziy Osiyo mamlakatlari kasaba uyushmalari Kengashining umumiy yig\u2018ilishi bo\u2018lib o\u2018tdi.<\/p>\n<p>Umumiy yig\u2018ilishda Markaziy Osiyo mamlakatlari kasaba uyushmalari Kengashiga a&#8217;zo bo\u2018lgan O\u2018zbekiston, Qozog\u2018iston, Tojikiston, Qirg\u2018iziston, Mongoliya milliy kasaba uyushmalari markazlari mutasaddilari rahbarligidagi delegasiyalar, shuningdek, Turkmaniston kasaba uyushmalari Milliy markazi delegasiyasi, Xalqaro mehnat tashkilotining mehnatkashlar faoliyati bo\u2018yicha Byurosi (ACTRAV) Yevropa va Markaziy Osiyo sektori mudiri Sergius Glovaskas, O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining hududiy kengashlari hamda tarmoq kasaba uyushmalari Respublika Kengashlari raislari, Federatsiya apparati mas&#8217;ul xodimlari, tasarrufdagi tashkilotlar rahbarlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.<\/p>\n<p>Nufuzli anjumanga O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi Qudratilla Rafikov raislik qildi.<\/p>\n<p>Anjumanda ta&#8217;kidlanganidek, oxirgi 9 yilda Markaziy Osiyoda ulkan ijobiy o\u2018zgarishlar ro\u2018y bermoqda. Mintaqa mamlakatlari o\u2018rtasida do\u2018stlik, o\u2018zaro manfaatlar va ishonch tamoyillariga asoslangan do\u2018stona qo\u2018shnichilik munosabatlari jadal rivojlanib bormoqda. Bularning barchasi tarixan qisqa vaqt ichida Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlari rahbarlarining siyosiy irodasi natijasida mintaqa mamlakatlari o\u2018rtasidagi munosabatlarda ulkan ijobiy o\u2018zgarishlar amalga oshirilgani hamda hamkorlik aloqalarining yangi bosqichga olib chiqilgani natijasidir.<\/p>\n<p>Alohida ta&#8217;kidlash zarurki, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining o\u2018zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish borasidagi sa&#8217;y-harakatlari mintaqa mamlakatlari kasaba uyushmalarining do\u2018stona aloqalarini yanada mustahkamlash va asosiy vazifalarini amalga oshirishda tajriba almashish ishlarini tamomila yangi bosqichga olib chiqdi. Bunda bandlikni ta&#8217;minlash, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami ijtimoiy himoyasi, xotin-qizlar va yoshlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish, munosib mehnat sharoitlarini ta&#8217;minlash, milliy va xalqaro mehnat standartlarini hayotga tatbiq etish, xodimlar ma&#8217;naviyatini yuksaltirish, sifat jihatidan yangilangan ta&#8217;limni ilgari surish, kadrlar malakasini oshirish, ixtisoslashgan o\u2018quv muassasalarida kasaba uyushma xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash vazifalari ustuvorlik kasb etmoqda.<\/p>\n<p>Shu ma&#8217;noda O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tashabbusi bilan tuzilgan Markaziy Osiyo mamlakatlari kasaba uyushmalari Kengashi ham turli soha mehnatkashlarining ijtimoiy-mehnat, kasbiy, iqtisodiy va boshqa qonuniy huquq hamda manfaatlarini, kasaba uyushmalari faoliyatining huquq va kafolatlarini himoyalash, kasaba uyushmalarining xalqaro birdamligini mustahkamlashga ko\u2018maklashish bo\u2018yicha ishtirokchi mamlakatlar kasaba uyushmalari harakatlarini birlashtirdi.<\/p>\n<p>&#8211; Markaziy Osiyo mamlakatlari kasaba uyushmalari Kengashi tashkil topganiga qariyb 5 yil bo\u2018ldi. Bugungi umumiy yig\u2018ilishni tarixiy ahamiyatga ega desak, mubolag\u2018a bo\u2018lmaydi, &#8211; deya ta&#8217;kidladi jumladan, O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi Qudratilla Rafikov. \u2013 Bundan qariyb 5 yil muqaddam Toshkentda O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tashabbusi bilan Markaziy Osiyo mamlakatlari kasaba uyushmalari Kengashining ta&#8217;sis yig\u2018ilishi o\u2018tkazilgan edi. Bugun biz ishonch bilan ta&#8217;kidlashimiz mumkinki, Kengash o\u2018zini a&#8217;zo mamlakatlarda kasaba uyushmalari harakati va uning rivojlanish istiqbollari holati hamda faoliyati to\u2018g\u2018risida muntazam fikr va tajriba almashish uchun muhim platforma vazifasini bajaruvchi hayotiy va nufuzli xalqaro mintaqaviy kasaba uyushma tuzilmasi sifatida ko\u2018rsata oldi.<\/p>\n<p>Haqiqatdan ham Kengash rivojlanishining 5 yillik yo\u2018li kasaba uyushmalari birdamligi samaradorligini va mehnatkashlar huquqlarini himoya qilishda umumiy yondoshuvlarga bo\u2018lgan talabni yaqqol ko\u2018rsatdi. Kengashning umumiy yig\u2018ilishlarida mehnat muhofazasi, ijtimoiy himoya, kasaba uyushma ta&#8217;limi, yangi informasion texnologiyalarni tatbiq etish va kasaba uyushmalari faoliyatiga taalluqli boshqa ko\u2018plab muhim yo\u2018nalishlardagi dolzarb masalalar muhokama etilib, tegishli qarorlar qabul qilindi. Ijtimoiy muloqot uchun samarali maydonga aylangan Kengash faoliyati Xalqaro Mehnat tashkiloti (XMT) va Xalqaro kasaba uyushmalari Konfederatsiyasi (XKUK) tomonidan ham yuqori baholandi va Markaziy Osiyodagi asosiy hamkor sifatida tan olindi. Bir so\u2018z bilan aytganda, Kengash qisqa muddat ichida shunchaki rasmiy tuzilma emas, balki chinakam jonli va samarali mexanizmga aylandi va bu nufuzli xalqaro tashkilotlar tomonidan e&#8217;tirof etildi.<\/p>\n<p>Markaziy Osiyo mamlakatlari kasaba uyushmalari Kengashi umumiy yig\u2018ilishi ochiq deb e&#8217;lon qilingach, kun tartibi tasdiqlab olindi.<\/p>\n<p>Yig\u2018ilishda 2026 yilda Markaziy Osiyo mamlakatlari kasaba uyushmalari Kengashiga raislik qilish vakolati bir ovozdan O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga berildi.<\/p>\n<p>Kun tartibiga muvofiq \u201cMarkaziy Osiyo mamlakatlarida milliy uch tomonlama itimoiy muloqot amaliyoti\u201d masalasi ko\u2018rib chiqildi. Qayd etilganidek, ma&#8217;lumki, ijtimoiy muloqot munosib mehnat, inklyuziv rivojlanish va ijtimoiy hamjihatlikni ilgari surish va ta&#8217;minlash, shuningdek, samarali boshqaruvni rivojlantirishning asosiy vositasidir. Tripartizm esa Xalqaro mehnat tashkilotining asossoluvchi tamoyili va asosiy qadriyati hisoblanadi. Markaziy Osiyo mintaqasidagi har bir mamlakatda ijtimoiy muloqot o\u2018zining shakllanish va rivojlanish tarixiga, shuningdek, ko\u2018rib chiqilayotgan masalalar doirasiga ega. Shuningdek, mamlakatlarimizda uch tomonlama maslahatlashuvlar mavzusi bo\u2018lgan bir qator umumiy sohalar mavjudki, bular bandlik va mehnat munosabatlari, iqtisodiy siyosat, ish o\u2018rinlarini yaratish, gender tengligi, ijtimoiy ta&#8217;minot va ijtimoiy himoya, mehnat sharoitlari, Xalqaro mehnat me&#8217;yorlari va Xalqaro mehnat tashkiloti dasturlari kabi masalalarni qamrab oladi. Mintaqadagi har bir mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy siyosatning asosiy yo\u2018nalishlarini belgilovchi uch tomonlama Bosh jamoa kelishuvlari qabul qilinadi. Markaziy Osiyo mamlakatlari kasaba uyushmalari Kengashiga kiruvchi kasaba uyushma markazlari bu borada o\u2018ziga xos tajribaga ega. Bundan kelib chiqqan holda yig\u2018ilishda milliy uch tomonlama muloqot bo\u2018yicha tajriba almashildi va yaqin istiqboldagi umumiy vazifalar belgilab olindi.<\/p>\n<p>Shundan so\u2018ng yana bir muhim masala \u2013 \u201cMarkaziy Osiyo mamlakatlarida qulay psixososial ish sharoitlarini yaratishda kasaba uyushmalarining roli\u201d masalasi muhokama etildi. Ta&#8217;kidlanganidek, har yili 28 aprel&#8217; sanasi barcha mamlakatlarda Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni sifatida nishonlanadi. Odatda ushbu kun shiori Xalqaro mehnat tashkiloti tomonidan belgilanadi. Bu yil Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni \u201cKeling, sog\u2018lom psixososial ish muhitini ta&#8217;minlaylik\u201d shiori ostida o\u2018tkazilmoqda. Ushbu kun doirasida o\u2018tkazilayotgan tadbirlarda psixososial xavflar: ish joyida stress, charchoq, zo\u2018ravonlik va ta&#8217;qiblarga qarshi kurashish, mehnat sharoitlari: ish hajmini optimallashtirish, xavfsizlik madaniyati: ruhiy farovonlik va hissiy xavfsizlik jismoniy himoya bilan teng ravishda qadrlanadigan muhitni yaratish kabi jihatlarga alohida e&#8217;tibor qaratilmoqda. Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni doirasida kasaba uyushmalari ijtimoiy sheriklar bilan hamkorlikda mehnat jamoalarida mavzuga oid viktorinalar va tanlovlar, o\u2018quv seminarlari va treninglar, ish joylarini o\u2018rganish va yo\u2018riqnomalarni yangilash tadbirlarini o\u2018z ichiga olgan mehnat muhofazasi haftaliklarini o\u2018tkazmoqdalar.<\/p>\n<p>Kun tartibidan o\u2018rin olgan navbatdagi masala \u201cMarkaziy Osiyo mamlakatlari kasaba uyushmalarining platforma iqtisodiyotidagi pozisiyasini shakllantirish\u201d mavzusini qamrab oldi. Ta&#8217;kidlanganidek, 2026 yilning iyun&#8217; oyida Xalqaro mehnat Konferensiyasining 114-Sessiyasi bo\u2018lib o\u2018tadi. Unda platforma iqtisodiyotida munosib mehnat, ish joyida gender tenglik, shuningdek, ijtimoiy muloqot va uch tomonlama hamkorlikka taalluqli masalalar muhokama etilishi ko\u2018zda tutilgan. Sessiyada platformali bandlik bo\u2018yicha Xalqaro mehnat tashkiloti Konvensiyasi yoki Tavsiyasi qabul qilinishi kutilmoqda.<\/p>\n<p>Markaziy Osiyo mamlakatlari kasaba uyushmalari Kengashi umumiy yig\u2018ilishida platformali bandlik sohasiga oid barcha masalalar, shu jumladan, mavjud xavflar batafsil muhokama etildi. Bu sohada Markaziy Osiyo mamlakatlari kasaba uyushmalari Kengashi bayonoti ishlab chiqilgani, keyinchalik ushbu bayonot Xalqaro mehnat tashkiloti va Xalqaro kasaba uyushmalari Konfederatsiyasiga rasman taqdim etilishi bildirildi.<\/p>\n<p>Navbatdagi muhokamalar davomida \u201cMarkaziy Osiyo mamlakatlari kasaba uyushmalari Kengashini Markaziy Osiyo mamlakatlari kasaba uyushmalari Konfederatsiyasiga aylantirish va Ustavni tasdiqlash\u201d masalasi ko\u2018rib chiqildi.<\/p>\n<p>Qayd etilganidek, ilgariroq Markaziy Osiyo mamlakatlari kasaba uyushmalari Kengashini doimiy apparatga ega tuzilmaga aylantirishga kelishib olingan edi. Bugun Kengashni doimiy shtab kvartiraga ega xalqaro tuzilma sifatida tashkil etish ayni muddaodir. Kengashni Konfederatsiyaga aylantirish masalasi bo\u2018yicha Qozog\u2018iston Respublikasi kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi Sotiboldi Dauletalin, Qirg\u2018iziston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi Muradil Djumadilde uulu, Tojikiston mustaqil kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisining birinchi o\u2018rinbosari Ismoil Fayzizoda, Mongoliya kasaba uyushmalari Konfederatsiyasi faxriy prezidenti Ad&#8217;yaa Gorchinsuren so\u2018zga chiqib, Kengashni Konfederatsiyaga aylantirish tashabbusini to\u2018la qo\u2018llab-quvvatladilar. Yangi Konfederatsiya Ustavini tasdiqlash to\u2018g\u2018risidagi qaror bir ovozdan qabul qilindi. Bu orqali faqat tuzilma nomi o\u2018zgartirilmadi, balki, mintaqa kasaba uyushmalari harakti tarixining yangi sahifasi ochildi, desak, mubolag\u2018a bo\u2018lmaydi.<\/p>\n<p>Shundan so\u2018ng \u201cMarkaziy Osiyo mamlakatlari kasaba uyushmalari Konfederatsiyasi Bosh kotibini saylash to\u2018g\u2018risida\u201dgi masala ko\u2018rib chiqildi.<\/p>\n<p>So\u2018zga chiqqanlar Markaziy Osiyo mamlakatlari kasaba uyushmalari Konfederatsiyasi Bosh kotibi etib O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi Qudratilla Mirsoatovich Rafikovni saylash taklifini ilgari surdilar. Taklif bir ovozdan qabul qilinib, Qudratilla Rafikov Markaziy Osiyo mamlakatlari kasaba uyushmalari Konfederatsiyasi Bosh kotibi etib saylandi.<\/p>\n<p>Umymiy yig\u2018ilish davomida Markaziy Osiyo mamlakatlari kasaba uyushmalari Konfederatsiyasi Bosh kengashi va uning tarkibi saylandi, Konfederatsiyaning Ijroiya qo\u2018mitasi tarkibi tasdiqlandi. Shuningdek, \u201cMarkaziy Osiyo mamlakatlari kasaba uyushmalari Konfederatsiyasining ishchi apparatini tuzish, uning shtatlarini tasdiqlash va moliyalashtirish manbaini belgilash to\u2018g\u2018risida\u201dgi masala ham ko\u2018rib chiqilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-26945 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/2-2.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/2-2.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/2-2-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/2-2-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/2-2-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-26946 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/3-1.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/3-1.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/3-1-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/3-1-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/3-1-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-26948 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/5.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/5.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/5-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/5-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/5-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-26949 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/6.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/6.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/6-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/6-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/6-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-26950 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/7.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/7.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/7-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/7-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/7-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-26947 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/4-1.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/4-1.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/4-1-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/4-1-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/4-1-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-26951 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/8.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/8.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/8-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/8-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/8-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-26944 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/1-3.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/1-3.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/1-3-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/1-3-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/1-3-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>27.04.2026. Toshkent shahrida Markaziy Osiyo mamlakatlari kasaba uyushmalari Kengashining umumiy yig\u2018ilishi bo\u2018lib o\u2018tdi. Umumiy yig\u2018ilishda Markaziy Osiyo mamlakatlari kasaba uyushmalari Kengashiga a&#8217;zo bo\u2018lgan O\u2018zbekiston, Qozog\u2018iston, Tojikiston, Qirg\u2018iziston, Mongoliya milliy kasaba uyushmalari markazlari mutasaddilari rahbarligidagi delegasiyalar, shuningdek, Turkmaniston kasaba uyushmalari Milliy markazi delegasiyasi, Xalqaro mehnat tashkilotining mehnatkashlar faoliyati bo\u2018yicha Byurosi (ACTRAV) Yevropa va Markaziy Osiyo sektori [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[20,24],"tags":[],"class_list":["post-26943","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-mezhdunarodnaya-rabota","category-novosti-v-slajdere"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26943","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=26943"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26943\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":26953,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26943\/revisions\/26953"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=26943"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=26943"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=26943"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}