{"id":27005,"date":"2026-05-08T03:54:31","date_gmt":"2026-05-08T03:54:31","guid":{"rendered":"https:\/\/kasaba.uz\/?p=27005"},"modified":"2026-05-08T03:54:31","modified_gmt":"2026-05-08T03:54:31","slug":"bolalar-soglomlashtirish-oromgohlari-boyicha-ozbekiston-va-amerika-qoshma-shtatlari-ortasida-tazhriba-almashildi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/2026\/05\/08\/bolalar-soglomlashtirish-oromgohlari-boyicha-ozbekiston-va-amerika-qoshma-shtatlari-ortasida-tazhriba-almashildi\/","title":{"rendered":"Bolalar sog\u2018lomlashtirish oromgohlari bo\u2018yicha O\u2018zbekiston va Amerika qo\u2018shma shtatlari o\u2018rtasida tajriba almashildi"},"content":{"rendered":"<p><strong>08.05.2026.<\/strong> O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tashabbusi bilan Federatsiya qoshidagi Bolalarning dam olishini va sog\u2018lomlashtirilishini tashkil etish Departamenti tomonidan Amerikaning Camp Education International (CEI) global tashkiloti ishtirokida ikki kunlik xalqaro o\u2018quv seminari o\u2018tkazildi.<\/p>\n<p>Xalqaro o\u2018quv seminarida O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi 85 ta bolalar sog\u2018lomlashtirish oromgohlari rahbarlari, Bolalarning dam olishini va sog\u2018lomlashtirilishini tashkil etish Departamenti mutasaddilari, Kasaba uyushmalari mas&#8217;ul xodimlari va Camp Education International (CEI) global tashkiloti rahbarlari ishtirok etdilar.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi qoshidagi Bolalarning dam olishini va sog\u2018lomlashtirilishini tashkil etish Departamenti va Amerika bolalar oromgohlari Assosiasiyasi o\u2018rtasida imzolangan Memorandum ijrosi doirasida tashkil etilgan Xalqaro o\u2018quv-seminardan ko\u2018zlangan asosiy maqsad \u2013 o\u2018zaro tajriba almashuv bo\u2018lib, O\u2018zbekiston va Amerika qo\u2018shma shtatlarida bolalarni sog\u2018lomlashtirish bo\u2018yicha to\u2018plangan tajribalar bilan o\u2018rtoqlashildi.<\/p>\n<p>Camp Education International (CEI) global tashkiloti \u2013 bolalarni rivojlantirishning zamonaviy yondashuvlarini ilgari suruvchi xalqaro ijtimoiy tashkilot bo\u2018lib, \u201coromgoh ta&#8217;limi\u201d tizimini rivojlantirishga ixtisoslashgan. Camp education, ya&#8217;ni oromgoh ta&#8217;limi \u2013 bu an&#8217;anaviy sinf muhitidan tashqarida amalga oshiriladigan, ilmiy asoslangan va bolani har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan tizimli ta&#8217;lim modeli hisoblanadi. Camp Education International (CEI) davlat organlari, ta&#8217;lim muassasalari va yoshlar tashkilotlari bilan hamkorlikda bolalar oromgohlari tizimini rivojlantirishga, xodimlarni o\u2018qitishga, dasturlar ishlab chiqishga hamda xalqaro tajriba almashishga ko\u2018maklashadi.<\/p>\n<p>Seminar treninglar davomidagi fikr almashuvlar jarayonida O\u2018zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan mamlakat o\u2018g\u2018il-qizlarini bolalar sog\u2018lomlashtirish oromgohlarida dam oldirish va sog\u2018lomlashtirish uchun yaratib berilayotgan qator imtiyoz va kaolatlar mehmonlarda katta qiziqish uyg\u2018otdi va yuksak baholandi.<\/p>\n<p>&#8211; Mening fikrimcha, davlatning o\u2018z fuqarolariga sarmoya kiritishi juda kuchli va to\u2018g\u2018ri yondashuv hisoblanadi, &#8211; dedi \u00a0Amerikaning Camp Education International (CEI) global tashkiloti asoschisi va direktori Styuart Kolin Jones. \u2013 Buni amalga oshirishning turli shakllari muhim: bu 50 foizlik imtiyoz bo\u2018ladimi yoki to\u2018liq qoplab berish bo\u2018ladimi, ehtiyojga qarab tashkil etiladimi \u2014 har bir bola oromgoh tajribasini olishga haqli. Bu g\u2018oyani biz butun dunyo bo\u2018ylab targ\u2018ib qilib kelmoqdamiz. Dunyo amaliyotida ko\u2018p hollarda oromgohlar faqat moliyaviy imkoniyati yetarli bo\u2018lgan oilalar farzandlari uchun mo\u2018ljallangan bo\u2018ladi. Shu nuqtai nazardan, O\u2018zbekistonning yondashuvi juda ilg\u2018or \u2014 bu milliy darajadagi sarmoya bo\u2018lib, har bir bolaga bunday dasturlarda ishtirok etish imkoniyatining yaratilgani tahsinga loyiq. Ya&#8217;ni, O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan bolalarni sog\u2018lomlashtirish uchun ota-onalar harid qilayotgan oromgoh yo\u2018llanmalarining 50 foiz miqdori kompensasiya tarzida davlat tomonidan to\u2018lab berilishi yo\u2018lga qo\u2018yilgani, ijtimoiy reesrga kiritilgan oilalardagi a&#8217;lo baholarga o\u2018qiyotgan maktab o\u2018quvchilariga bepul yo\u2018llanmalar ajratilayotgani noyob tajriba sifatida tahsinga sazovordir.\u00a0 O\u2018zbekistonda oromgohlar tizimini rivojlantirish va yangi amaliyotlarni joriy etish masalasiga kelsak, biz shuni ko\u2018rmoqdamizki, O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi qoshidagi Departament va davlat organlari xalqaro hamkorlikka ochiq. Ular dunyo bo\u2018ylab oromgoh tashkilotlari bilan hamkorlik va tajriba almashishni faol yo\u2018lga qo\u2018ygan. Bu esa O\u2018zbekistondagi oromgoh sohasi xalqaro hamkorlikka keng sarmoya kiritayotganini ko\u2018rsatadi.<\/p>\n<p>O\u2018quv mashg\u2018ulotlari davomida bolalarda chidamlilik, yetakchilik, o\u2018zaro muloqot, kreativlik va jamoada ishash kabi muhim hayotiy ko\u2018nikmalarni shakllantirish bo\u2018yicha O\u2018zbekiston va Amerika qo\u2018shma shtatlari oromgohlari o\u2018rtasida tajribalar almashildi.<\/p>\n<p>Seminarning birinchi kuni ishtirokchilar oromgoh pedagogik jamoasini samarali boshqarish, oromgoh direktorining dasturlarni amalga oshirishdagi roli, 12 kunlik oromgoh dasturi doirasida madaniy-ma&#8217;rifiy va sport tadbirlarini tashkil etish masalalarini muhokama qildilar. Shuningdek, hamkor tashkilotlar bilan o\u2018zaro aloqalar va bolalar uchun to\u2018garak hamda klublarni rivojlantirish masalasiga alohida e&#8217;tibor qaratildi.<\/p>\n<p>Bundan tashqari, bolalar xavfsizligi va salomatligini ta&#8217;minlash, sanitariya-gigiena talablariga rioya etish hamda oromgohlardagi yashash sharoitlarini tizimli monitoring qilish masalalarida ham fikr-mulohazalar almashildi.<\/p>\n<p>\u2014 Biz O\u2018zbekistonlik mutaxassislardan juda katta taassurot oldik va ko\u2018p narsa o\u2018rgandik. Ularning yangiliklarni qabul qilishga bo\u2018lgan ochiqligi alohida e&#8217;tiborga loyiq, &#8211; dedi \u00a0Amerikaning Camp Education International (CEI) global tashkiloti asoschisi va direktori Jeffriy Jemis Gembl. \u2013 Bizning asosiy maqsadimiz \u2014 ularni o\u2018z oromgohlariga qaytgach, dasturlarini yanada mustahkamlash, natijadorlikni oshirish hamda O\u2018zbekistondagi har bir oromgohga kelgan bola sifatli va yuqori darajadagi oromgoh ta&#8217;limini olishini ta&#8217;minlashdir. O\u2018zbekiston juda ilg\u2018or fikrlaydigan mamlakat hisoblanadi. Bu yerda bolalarni oromgohlarda dam oldirishga muhim masala sifatida katta e&#8217;tibor qaratilishi alohida tahsinga loyiq. Eng muhimi, bolalarni oromgohlarda sog\u2018lomlashtirish masalasi O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining doimiy diqqat markazida bo\u2018lib, u O\u2018zbekiston 2030 strategik rejasida ham o\u2018z aksini topganligidir. Bu esa mamlakatning bolalarni har tomonlama rivojlantirishga bo\u2018lgan yuksak e&#8217;tibori va qat&#8217;iy intilishini namoyon etadi. Bolalarning kelajakda muvaffaqiyatli, barkamol shaxs bo\u2018lib yetishishi uchun zarur bo\u2018lgan barcha ta&#8217;lim imkoniyatlariga ega bo\u2018lishini ta&#8217;minlash \u2014 bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir. Shu ma&#8217;noda, O\u2018zbekistonning oromgoh ta&#8217;limi ahamiyatini tan olishi tahsinga loyiq. Bizning kuzatuvlarimizga ko\u2018ra, hozircha O\u2018zbekistondan boshqa hech bir mamlakatda eng yuqori darajada \u201char bir bola oromgoh ta&#8217;limini olishi kerak\u201d degan yondashuv bunchalik yuksak darajada ilgari surilmagan.<\/p>\n<p>Seminarning davomida ishtirokchilar bolalar sog\u2018lomlashtirish oromgohlarining moliyaviy barqarorligini ta&#8217;minlash, yil davomida daromad manbalarini kengaytirish mexanizmlarini o\u2018rgandilar. Alohida sessiya Bolalarning dam olishini va sog\u2018lomlashtirilishini tashkil etish Departamenti tizimidagi \u201cOrogmgohlar.uz\u201d raqamli platformasiga bag\u2018ishlanib, uning ahamiyati hamda oromgohlarni boshqarish samaradorligini oshirishdagi o\u2018rni xususida so\u2018z yuritildi.<\/p>\n<p>Yakuniy mavzu sifatida bolalar sog\u2018lomlashtirish oromgohlari faoliyatini ommaviy axborot vositalarida yoritish masalalari ko\u2018rib chiqildi. Bu esa ularning jozibadorligini oshirish va aholini xabardor qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.<\/p>\n<p>Mazkur o\u2018quv seminari xalqaro tajriba almashish va O\u2018zbekistonda bolalarni dam oldirish hamda sog\u2018lomlashtirish tizimiga zamonaviy yondashuvlarni joriy etish uchun muhim maydonga aylandi. Camp Education International (CEI) bilan hamkorlik bolalar oromgohlarini barkamol avlodni shakllantirish va ularni kelajak hayotga tayyorlashda samarali muhit sifatida rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.<\/p>\n<p>Xalqaro o\u2018quv seminari doirasida Camp Education International global tashkiloti mutasaddilari Buxoro viloyatidagi bir qator stasionar bolalar sog\u2018lomlashtirish oromgohlari faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Mazkur oromgohlarda bolalarni jismoniy chiniqtirish bilan birga ma&#8217;naviyatini yuksaltirish borasidagi hamda tarbiyaviy yo\u2018nalishlardagi ishlar mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.<\/p>\n<p>Anjuman yakunida amerikalik mutaxassislar O\u2018zbekistonda ham Amerika qo\u2018shma shtatlarida ham bolalar oromgohlari bo\u2018yicha o\u2018ziga xos tajriba mavjudligi, xususan, O\u2018zbekistonda bolalarni oromgohlarda sog\u2018lomlashtirish borasida katta tajriba to\u2018plangani, ushbu tajribalar o\u2018rganishga va boshqa mamlakatlardagi oromgohlarda tatbiq etishga loyiq ekanligini alohida e&#8217;tirof etdilar.<\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>Muhabbat O\u2018rmonbekova<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Matbuot xizmati rahbari<\/strong><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-27013 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/5302.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/5302.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/5302-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/5302-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/5302-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-27006 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/5309.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/5309.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/5309-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/5309-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/5309-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-27007 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/5308.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/5308.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/5308-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/5308-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/5308-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-27008 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/5307.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/5307.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/5307-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/5307-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/5307-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-27009 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/5306.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/5306.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/5306-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/5306-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/5306-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-27010 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/5305.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/5305.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/5305-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/5305-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/5305-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-27011 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/5304.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/5304.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/5304-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/5304-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/5304-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-27012 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/5303.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/5303.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/5303-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/5303-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/5303-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>08.05.2026. O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tashabbusi bilan Federatsiya qoshidagi Bolalarning dam olishini va sog\u2018lomlashtirilishini tashkil etish Departamenti tomonidan Amerikaning Camp Education International (CEI) global tashkiloti ishtirokida ikki kunlik xalqaro o\u2018quv seminari o\u2018tkazildi. Xalqaro o\u2018quv seminarida O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi 85 ta bolalar sog\u2018lomlashtirish oromgohlari rahbarlari, Bolalarning dam olishini va sog\u2018lomlashtirilishini tashkil etish Departamenti mutasaddilari, [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[24],"tags":[],"class_list":["post-27005","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-novosti-v-slajdere"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/27005","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=27005"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/27005\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":27014,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/27005\/revisions\/27014"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=27005"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=27005"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=27005"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}