{"id":27049,"date":"2026-05-18T11:14:19","date_gmt":"2026-05-18T11:14:19","guid":{"rendered":"https:\/\/kasaba.uz\/?p=27049"},"modified":"2026-05-18T11:14:19","modified_gmt":"2026-05-18T11:14:19","slug":"sudsiz-bitmagan-ish","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/2026\/05\/18\/sudsiz-bitmagan-ish\/","title":{"rendered":"Sudsiz bitmagan ish"},"content":{"rendered":"<p><strong>18.05.2026.<\/strong> 2023 yilning 5 dekabr&#8217; kuni Jizzax viloyati Forish tumanidagi \u201cKarbonat\u201d aksiyadorlik jamiyati payvandlovchisi Elmurod Samanovning hayoti keskin o\u2018zgardi. U korxona tegirmoni tomini ta&#8217;mirlayotgan vaqtda kutilmaganda 3 metr balandlikdan yiqilib tushdi.<\/p>\n<p>Og\u2018ir jarohat olgan ishchi to\u2018rt oy davomida davolandi. Keyinchalik G\u2018allaorol tumanlararo 29-sonli tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi tomonidan o\u2018tkazilgan tibbiy ko\u2018rik xulosasiga ko\u2018ra, unga II guruh nogironligi belgilandi. Zero, jabrlanuvchi kasbiy mehnat layoqatining 70 foizini yo\u2018qotgan edi.<\/p>\n<p>Biroq \u201cKarbonat\u201d AJ rahbariyati ishchining sog\u2018lig\u2018iga yetkazilgan zarar uchun to\u2018lanishi lozim bo\u2018lgan bir martalik va har oylik tovon pullarini amalga oshirishdan bosh tortdi. Shundan so\u2018ng Elmurod Samanov O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Jizzax viloyati Kengashiga murojaat qildi.<\/p>\n<p>Kasaba uyushmasi mutasaddilari tomonidan korxonaga ishchining qonuniy talablarini qondirish yuzasidan tegishli taqdimnoma kiritildi. Ammo ushbu murojaat e&#8217;tiborsiz qoldirildi.<\/p>\n<p>Natijada 2024 yil 18 iyul&#8217; kuni ish sudda ko\u2018rib chiqildi. Sud qaroriga ko\u2018ra, aksiyadorlik jamiyati zimmasiga 37 million 884 ming so\u2018m miqdorida bir martalik tovon puli, har oy 4 million 418 ming so\u2018mdan to\u2018lov hamda 2 million so\u2018m ma&#8217;naviy zararni qoplash majburiyati yuklatildi.<\/p>\n<p>Ish beruvchi dastlab ushbu mablag\u2018larni to\u2018ladi. Biroq ko\u2018p o\u2018tmay har oylik to\u2018lovlarni kechiktira boshladi. Shu sababli 2025 yilda ish yana sud tartibida ko\u2018rib chiqildi. Bu safar sud \u201cKarbonat\u201d AJdan 18 million 784 ming so\u2018m jamlanib qolgan qarzdorlik va 1 million so\u2018m ma&#8217;naviy zararni undirish haqida qaror chiqardi.<\/p>\n<p>Afsuski, ushbu qarordan keyin ham korxona rahbariyati o\u2018z majburiyatlarini to\u2018liq bajarmadi. 2025 yil mart oyidan boshlab to\u2018lovlar yana to\u2018xtatildi.<\/p>\n<p>Bu safar kasaba uyushmasiga sobiq payvandlovchining turmush o\u2018rtog\u2018i Oysafar Turg\u2018unova ariza bilan murojaat qilishga majbur bo\u2018ldi. Navbatdagi sud jarayonida ish beruvchidan yana 32 million 275 ming 605 so\u2018m to\u2018lov hamda 1 million so\u2018m ma&#8217;naviy zarar undirish to\u2018g\u2018risida hal qiluv qarori qabul qilindi.<\/p>\n<p>Mazkur holat mehnat huquqlarini himoya qilishda kasaba uyushmalarining o\u2018rni va ahamiyati naqadar muhim ekanini yana bir bor ko\u2018rsatdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>Alisher Burxanov<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>Jizzax viloyati Kengashi mehnatni muhofaza qilish bo\u2018yicha yetakchi mutaxassisi<\/strong><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-26897 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/5116.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"803\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/5116.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/5116-300x201.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/5116-1024x685.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/5116-768x514.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>18.05.2026. 2023 yilning 5 dekabr&#8217; kuni Jizzax viloyati Forish tumanidagi \u201cKarbonat\u201d aksiyadorlik jamiyati payvandlovchisi Elmurod Samanovning hayoti keskin o\u2018zgardi. U korxona tegirmoni tomini ta&#8217;mirlayotgan vaqtda kutilmaganda 3 metr balandlikdan yiqilib tushdi. Og\u2018ir jarohat olgan ishchi to\u2018rt oy davomida davolandi. Keyinchalik G\u2018allaorol tumanlararo 29-sonli tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi tomonidan o\u2018tkazilgan tibbiy ko\u2018rik xulosasiga ko\u2018ra, unga II guruh [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[12,22,24],"tags":[],"class_list":["post-27049","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-kasaba-uyushmasi-yordam-berdi","category-pravovaya-zashhita","category-novosti-v-slajdere"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/27049","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=27049"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/27049\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":27050,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/27049\/revisions\/27050"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=27049"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=27049"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=27049"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}