{"id":27064,"date":"2026-05-23T16:52:23","date_gmt":"2026-05-23T16:52:23","guid":{"rendered":"https:\/\/kasaba.uz\/?p=27064"},"modified":"2026-05-23T16:52:23","modified_gmt":"2026-05-23T16:52:23","slug":"ayollar-daftari-tizimining-7-bosqichiga-start-berildi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/2026\/05\/23\/ayollar-daftari-tizimining-7-bosqichiga-start-berildi\/","title":{"rendered":"\u201cAyollar daftari\u201d tizimining 7-bosqichiga start berildi"},"content":{"rendered":"<p><strong>23.05.2026.<\/strong> O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasida Xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy qo\u2018llab-quvvatlash bo\u2018yicha Respublika komissiyasining kengaytirilgan videoselektor yig\u2018ilishi bo\u2018lib o\u2018tdi. Uni O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi, Xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy qo\u2018llab-quvvatlash bo\u2018yicha Respublika komissiyasi raisi Qudratilla Rafikov olib bordi.<\/p>\n<p>Videoselektor yig\u2018ilishida Markaziy studiyadan O\u2018zbekiston Respubltkasi Oliy Majlisi Senati rais Tanzila Norboeva, O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy himoya masalalari bo\u2018yicha maslahatchisi \u2013 O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori Mansurbek Olloyorov, O\u2018zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o\u2018rinbosari \u2013 Oila va xotin-qizlar qo\u2018mitasi raisi Zulayho Mahkamova, O\u2018zbekiston mahallalar uyushmasi, Oila va xotin-qizlar qo\u2018mitasi, tegishli vazirliklar, O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi va tarmoq kasaba uyushmalari Respublika kengashlari mutasaddilari, hududiy studiyalardan Qoraqalpog\u2018iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining va viloyatlar hokimlarining iqtisodiy \u00a0masalalar bo\u2018yicha birinchi o\u2018rinbosarlari, Respublika komissiyasiga a&#8217;zo tashkilotlarning hududiy boshqarmalari boshliqlari, Federatsiyaning hududiy kengashlari raislari va mas&#8217;ul xodimlari, tuman (shahar) hokimlari va ularning iqtisodiy masalalar bo\u2018yicha birinchi o\u2018rinbosarlari hamda oila va xotin-qizlar masalalari bo\u2018yicha o\u2018rinbosarlari, tijorat banklarining tuman (shahar) filiallari rahbarlari, barcha mahalla raislari va xotin-qizlar faollari ishtirok etdilar.<\/p>\n<p>Kengaytirilgan videoselektor yig\u2018ilishida muhtaram Prezidentimiz tashabbuslari bilan amalda tatbiq etilgan noyob tizim &#8211; \u201cAyollar daftari\u201d tizimining 7-bosqichida xotin-qizlarga yangi turdagi amaliy yordamlarni ko\u2018rsatish masalalari muhokama etildi.<\/p>\n<p>Tadbirda ta&#8217;kidlanganidek, 2021 yildan beri muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tashabbuslari bilan joriy etilgan \u201cAyollar daftari\u201d tizimining 6 ta bosqichi orqali shu paytgacha Respublika bo\u2018yicha jami 4 mln 538 ming nafardan ziyod ehtiyojmand xotin-qizlarga amaliy yordamlar berildi. Birgina 2025 yil davomida Ayollar daftari\u201d tizimining 6-bosqichida jami 1 mln 22 ming nafarga yaqin xotin-qizga ijtimoiy yordamlar ko\u2018rsatildi.<\/p>\n<p>&#8211; Muhtaram Prezidentimiz 2025 yil 17 oktyabr&#8217; kuni kasaba uyushmalari faollari va faxriylari bilan bo\u2018lib o\u2018tgan uchrashuvda \u201cAyollar daftari\u201d tizimini yanada takomillashtirib, u orqali uy-joy va yashash sharoitini yaxshilashga, tibbiy va psixologik yordamga muhtoj, tazyiq va zo\u2018ravonlikka uchragan, huquqiy yordamga muhtoj ayollarga ham amaliy yordam berish bo\u2018yicha topshiriq began edilar, &#8211; deya ta&#8217;kidladi jumladan O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi, Xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy qo\u2018llab-quvvatlash bo\u2018yicha Respublika komissiyasi raisi Qudratilla Rafikov. &#8211; Ushbu topshiriqqa asosan \u201cAyollar daftari\u201dning yangi tahrirdagi Nizomi loyihasi ishlab chiqildi.\u00a0 Vazirlar Mahkamasining 2026 yil 12 maydagi 239-son qarori bilan mazkur Nizom tasdiqlanib, \u201cAyollar daftari\u201dni yuritish tartibiga bir qancha o\u2018zgartirish va qo\u2018shimchalar kiritildi.<\/p>\n<p>Yig\u2018ilishda ushbu Nizomda nazarda tutilgan asosiy o\u2018zgarishlar haqida batafsil tushuntirishlar berildi. Xususan, Ayollar daftariga kiritilgan xotin-qizlar toifalari yanada takomillashtirilgani, ko\u2018rsatiladigan xizmatlar soni 23 tadan 46 taga oshirilgani qayd etildi. Ta&#8217;kidlanganidek, 1-toifa \u2013 ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar bo\u2018lib, ushbu toifaga bandligi ta&#8217;minlanmagan, ishlash istagida bo\u2018lgan va daromad manbaiga ega bo\u2018lmagan ehtiyojmand xotin-qizlar kiritiladi. Ilgari mazkur toifadagi xotin-qizlarga 4 ta yo\u2018nalishda yordam berilgan bo\u2018lsa, endilikda 14 ta yo\u2018nalishdagi yordamlar ko\u2018rsatiladi. Xotin-qizlarning bandligini ta&#8217;minlash, \u201cVaucher\u201d tizimi va buyurtma asosida kasb-hunarga ega bo\u2018lmagan ishsiz xotin-qizlarni kasb-hunar, xorijiy til va tadbirkorlikka o\u2018qitish, Tadbirkorlik sub&#8217;ektlariga \u2013 har bir kasanachining dastlabki uch oy davomidagi kasanachilik faoliyati uchun bir oylik o\u2018rtacha daromadi miqdorida to\u2018lov to\u2018lash uchun subsidiya ajratish, \u201cIjtimoiy reestr\u201dga kiritilgan oila a&#8217;zosi bo\u2018lgan xotin-qizlarga yengil konstruksiyali issiqxonalar o\u2018rnatish uchun 12 mln 360 ming so\u2018mgacha, sug\u2018orish vositalarini xarid qilish uchun 4 mln 120 ming so\u2018mgacha hamda urug\u2018liklar va ko\u2018chatlar sotib olish uchun 1 mln 236 ming so\u2018mgacha subsidiya ajratish,<\/p>\n<p>Xotin-qizlarga qishloq xo\u2018jaligi kooperativlari ustav fondiga ulush sifatida kiritishi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobarigacha subsidiya ajratish, \u201cUsta \u2013 shogird\u201d an&#8217;analari asosida ayollarga hunar o\u2018rgatayotgan hunarmandlarga shogirdlar tayyorlash, zarur xomashyo sotib olish va shogirdlarni ish haqi bilan ta&#8217;minlash xarajatlarini qoplash uchun bazaviy hisoblash miqdorining 5 barobarigacha subsidiya ajratish shulur jumlasidandir. Shuninigdek, Xotin-qizlarga internet saytlarini yaratish, mahsulotlarini jahon elektron savdo maydonchalariga chiqarish va reklama qilish xarajatlarini qoplash, Ishsizlarga olingan bino va inshootning ijara to\u2018lovini to\u2018lash, \u00a0Xotin-qizlarni ish o\u2018rinlarining belgilangan eng kam sonidan ortiq miqdorda ishga qabul qilish uchun ham ma&#8217;lum miqdorda subsidiyalar ajratiladi.<\/p>\n<p>Bundan tashqari, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan xotin-qizlarni ishga qabul qilish, tadbirkorlik sub&#8217;ektlariga ish o\u2018rinlari va sharoitlarini nogironligi bo\u2018lgan xotin-qizlarlarga moslashtirish, bandlik bo\u2018limlari yo\u2018llanmasi bo\u2018yicha ishga qabul qilingan xotin-qizlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga sarflanadigan xarajatlarni qoplash uchun subsidiya ajratish ko\u2018zda tutilgan.<\/p>\n<p>O\u2018rta tadbirkorlik sub&#8217;ektlarini tashkil etgan ayollarga yangi ish o\u2018rinlarini yaratish hamda xotin-qizlarning bandligini ta&#8217;minlash uchun \u201cHamroh\u201d kompaniyasi mablag\u2018lari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 4 000 barobarigacha, ya&#8217;ni 1 mlrd 648 mln so\u2018mgacha imtiyozli kredit ajratish, jismoniy shaxslar va nodavlat tashkilotlarga xotin-qizlarning bandligi va ijtimoiy faolligini ta&#8217;minlashga qaratilgan ijtimoiy loyihalarni moliyalashtirish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 60 barobarigacha, ya&#8217;ni 24 mln 720 ming so\u2018mgacha grant ajratish kabi xizmat turlari ham kiritilgan.<\/p>\n<p>2-toifaga bandligi ta&#8217;minlanmagan va tadbirkorlik qilish istagida bo\u2018lgan ehtiyojmand xotin-qizlar hamda tadbirkorligini yo\u2018lga qo\u2018ygan va ushbu faoliyati rivojlanishining dastlabki bosqichlarida turgan tadbirkor yoki o\u2018zini-o\u2018zi band qilgan xotin-qizlar kiritiladi va ularga imtiyozli kreditlar beriladi. Ushbu xotin-qizlarga avval 4 turdagi bank kreditlari berilishi ko\u2018zda tutilgan bo\u2018lsa, yangi tartibga ko\u2018ra ularga 9 xildagi kreditlar beriladi. Shuningdek, yuridik shaxs va tadbirkorlik sub&#8217;ektlariga davlat mulki ob&#8217;ektlarini ijaraga olishlarida amaliy-huquqiy yordam ko\u2018rsatiladi.<\/p>\n<p>3-toifaga kiritilgan uy-joyi ta&#8217;mirlashga muhtoj, biroq oilasining moddiy imkoniyati yetmaydigan ehtiyojmand xotin-qizlarga uy-joylarini ta&#8217;mirlash uchun \u201cAyollar daftari\u201d jamg\u2018armasidan bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarigacha mablag\u2018 ajratiladi. Ushbu toifaga kiritilgan noturar joylarda istiqomat qilayotgan, doimiy yashash uchun turar joyi bo\u2018lmagan, bir xonadonda uch va undan ortiq oila yashayotgan (uy-joy maydoni belgilangan ijtimoiy normadan kam bo\u2018lgan, ya&#8217;ni bir kishi uchun 16 m2), biroq o\u2018zining yoki birgalikda yashovchi oila a&#8217;zolarining nomida turar joy mavjud bo\u2018lmagan, xususiy uy-joy fondida ijara huquqi asosida istiqomat qilayotgan xotin-qizlarga esa ijara to\u2018lovining 50 foizi, biroq ko\u2018pi bilan 824 ming so\u2018mgacha (viloyatlar markazlarida ko\u2018pi bilan 1 mln 236 ming so\u2018mgacha) ijara kompensasiya to\u2018lovi to\u2018lab beriladi. Bundan tashqari, boshlang\u2018ich badalini to\u2018lab berish yoki ipoteka kreditining ma&#8217;lum foizi uchun subsidiya\u00a0 ajratish orqali arzon uy-joy bilan ta&#8217;minlanishi ham mumkin.<\/p>\n<p>4-toifa \u2013 tibbiy va psixologik yordamga muhtoj xotin-qizlar toifasiga ruhiy holatini yaxshilashga yoki Ijtimoiy reestrga kiritilgan oila a&#8217;zolarini jarrohlik amaliyotisiz davolash va jarrohlik amaliyotini o\u2018tkazishga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar kiritiladi.\u00a0 Ularga davolanish uchun davlat byudjeti hisobidan order (yo\u2018llanma) berish, jarrohlik amaliyotisiz davolanish uchun \u201cAyollar daftari\u201d jamg\u2018armasidan \u2013 bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarigacha mablag\u2018 ajratish, jarrohlik amaliyotini o\u2018tkazish uchun \u2013 Davlat tibbiy sug\u2018urtasi jamg\u2018armasi tomonidan hisoblanadigan narxlar doirasida xotin-qizlarning jarrohlik amaliyoti xarajatlarini qoplash, tibbiy yordam ko\u2018rsatish zarurati bo\u2018lganda, belgilangan tartibda tegishli birlamchi tibbiy sanitariya muassasasi tomonidan stasionar yoki ambulator davolanish, davlat byudjeti hisobidan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan (qaramog\u2018ida I guruh nogironligi bo\u2018lgan farzandlarining yoshidan qat&#8217;iy nazar) farzandlarini viloyat yoki respublika darajasidagi tibbiy muassasalarda davolash, malakali psixologlar tomonidan xotin-qizlarning ruhiy holatini yaxshilash bo\u2018yicha seminarlar tashkil etish kabi 6 ta yo\u2018nalishda asosiy yordamlar ko\u2018rsatiladi.<\/p>\n<p>5-toifaga huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilgan, ajrim, yarashtiruv, sud, aliment va boshqa shu kabi masalalarda maslahat va amaliy yordam ko\u2018rsatishga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar kiritiladi. Ularga 7 ta yo\u2018nalishdagi asosiy yordamlar ko\u2018rsatiladi. Xususan, ular uchun huquqiy mavzularda malakali huquqshunoslar tomonidan seminarlar o\u2018tkaziladi, xotin-qizlarga va ularning farzandlariga tug\u2018ilganlik haqida guvohnoma yoki fuqarolik pasportini (ID-karta) olishda davlat bojlari to\u2018lab beriladi, sudlarga da&#8217;vo arizalari kiritilishida ko\u2018maklashiladi va belgilangan davlat bojlari to\u2018lab beriladi. Shuningdek, huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilgan xotin-qizlarga sudga murojaat qilish tartibi tushuntirilib, murojaat qilish uchun kerak bo\u2018ladigan hujjatlarni rasmiylashtirishga ko\u2018maklashiladi, tazyiq va zo\u2018ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarni himoya qilish, takroriy zo\u2018ravonlik sodir etilishining oldini olish va zo\u2018ravonlik sodir etgan shaxsga nisbatan chora ko\u2018rish bilan birga himoya orderi ajratiladi va uning ijrosi nazorat qilinadi, aliment to\u2018lovlarini undirish masalalari bo\u2018yicha huquqiy yordam beriladi va xotin-qizlarga birlamchi yuridik yordam ko\u2018rsatish mutlaqo bepul bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>Yig\u2018ilishda yangi tahrirdagi \u201cAyollar daftari\u201d nizomida yana 6 ta turdagi qo\u2018shimcha yordamlar nazarda tutilgani, ushbu yordamlar toifasidan qat&#8217;iy nazar \u201cAyollar daftari\u201dga kiritilgan barcha xotin-qizlarga ko\u2018rsatilishi mumkinligi\u00a0 tushuntirib o\u2018tildi. Qayd etilganidek, yangi tahrirdagi \u201cAyollar daftari\u201d nizomining asosiy maqsadi ehtiyojmand xotin-qizlarga shunchaki bir marta yordam berish emas, balki ularning doimiy daromad manbaiga ega bo\u2018lishi va kambag\u2018allikdan xalos bo\u2018lishiga ko\u2018maklashishdan iboratdir.<\/p>\n<p>Kengaytirilgan videoselektor yig\u2018ilishida \u201cAyollar daftari\u201d tizimini yuritishning yangi tartibi qadamma-qadam tushuntirib berildi.<\/p>\n<p>Xususan, hududlarda Oila va xotin-qizlar bo\u2018limi boshlig\u2018i har oy yakunida amalga oshirilgan ishlarni tegishli tashkilotlar rahbarlari va \u201cmahalla yettiligi\u201d bilan birgalikda tahlil qilib borishi, muammolar vujudga keladigan bo\u2018lsa, ularni bartaraf etish choralarini ko\u2018rishi, har chorak yakunida tegishli xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga axborot berib borishi ta&#8217;kidlab o\u2018tildi. Ehtiyojmand ayollarning muammolari to\u2018liq hal etilgandan keyin, har yili dekabr&#8217; oyida oila va xotin-qizlar bo\u2018limi boshlig\u2018ining \u201cMahalla yettiligi\u201d bilan kelishilgan holda kiritilgan taklifiga muvofiq Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari qarori asosida xotin-qizlar \u201cAyollar daftari\u201ddan chiqarilishi qayd etildi.<\/p>\n<p>Ta&#8217;kidlanganidek, fevral&#8217; oyida o\u2018tkazilgan xatlov yakunlariga ko\u2018ra 1 mln 26 ming nafar extiyojmand xotin-qizlar aniqlanib, ro\u2018yxatlari shakllantirilgan. Oldinda turgan asosiy vazifa &#8211; \u201cAyollar daftari\u201dning 7-bosqichiga kiritilgan ehtiyojmand xotin-qizlarga yangi Nizomga muvofiq tegishli amaliy yordamlarni ko\u2018rsatib, ularning muammolarini hal etishdir.<\/p>\n<p>Buning uchun O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan har bir viloyat, tuman va shaharga bir nafardan mutasaddilar hamda har 10 ta mahallaga bir nafardan kasaba uyushmasi xodimi, jami 1 ming 125 nafar mas&#8217;ul biriktirildi. Shu bilan birga, joylarda \u201cmahalla \u2013 tuman (shahar) \u2013 viloyat\u201d darajasida shtablar tashkil etilgan.<\/p>\n<p>\u201cAyollar daftari\u201d tizimidagi vazifalarning samarali ijrosini ta&#8217;minlashda xotin-qizlarning doimiy ravishda oilasiga daromad kelib turishini ta&#8217;minlash choralarini ko\u2018rish, tadbirkorlik qilish istagida bo\u2018lgan hamda tadbirkorligini rivojlantirayotgan xotin-qizlarga tadbirkorlik ko\u2018nikmalarini o\u2018rgatish hamda kredit olgandan so\u2018ng ularni oyoqqa turguncha qo\u2018llab-quvvatlash, shuningdek, kichik tadbirkorlik sub&#8217;ektiga ega xotin-qizlarning faoliyatini yanada kengaytirishga ko\u2018maklashish masalalariga alohida e&#8217;tibor qaratilishi zarurligi qayd etildi. Tuman (shahar)lar hokimlari amaliy yordam berish ishlarida tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirib, kamchiliklarni joyida bartaraf etib borishlari, kasaba uyushmalaridan hududlarga biriktirilgan mas&#8217;ullar yordamlarning haqqoniyligini joylarga chiqqan holda o\u2018rganishi ta&#8217;kidlab o\u2018tildi.<\/p>\n<p>Muhtaram Prezidentimizning 2025 yil 14 martdagi 103-sonli qaroriga muvofiq \u00a0har yili Toshkent viloyatidagi dam olish maskanlarida \u201cAyollar daftari\u201dga kiritilgan 50 ming nafar ehtiyojmand xotin-qizlar uchun psixologik yordam ko\u2018rsatish va tadbirkorlik ko\u2018nikmalariga o\u2018rgatish bo\u2018yicha motivasion seminarlar tashkil etib borilishi ham alohida ta&#8217;kidlandi.<\/p>\n<p>Videoselektor yig\u2018ilishida belgilab berilgan vazifalarni yuqori saviyada amalga oshirishni ta&#8217;minlash borasida markaziy va hududiy studiyalardan ishtirok etgan mutasaddi va mas&#8217;ullar ham o\u2018z taklif va mulohazalarini bildirdilar.<\/p>\n<p>Yig\u2018ilish yakunida Prezidentimiz tashabbuslari bilan amalga kiritilgan \u201cAyollar daftari\u201d tizimi doirasida amalga oshirilayotgan ezgu ishlar millionlab opa-singillarimiz va ularning oilalari turmush sharoitlarini yanada yaxshilash, ularning hayotiga yorug\u2018lik va rozilik olib kirishga qaratilgani, buning uchun barcha mas&#8217;ullar bor imkoniyatlarni ishga solishi va yakdillik bilan ish olib borishi zarurligi ta&#8217;kidlandi.\u00a0 Bu yo\u2018lda barcha mutasaddi tashkilotlarni xalqimizni rozi qilishdek ulkan mas&#8217;uliyat birlashtirib turgani qayd etildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>Muhabbat O\u2018rmonbekova<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Matbuot xizmati rahbari<\/strong><\/p>\n<p>\u00a0<img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-27066 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/2-1.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/2-1.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/2-1-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/2-1-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/2-1-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-27067 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/3-1.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/3-1.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/3-1-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/3-1-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/3-1-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-27065 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/1-1.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/1-1.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/1-1-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/1-1-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/1-1-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>23.05.2026. O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasida Xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy qo\u2018llab-quvvatlash bo\u2018yicha Respublika komissiyasining kengaytirilgan videoselektor yig\u2018ilishi bo\u2018lib o\u2018tdi. Uni O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi, Xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy qo\u2018llab-quvvatlash bo\u2018yicha Respublika komissiyasi raisi Qudratilla Rafikov olib bordi. Videoselektor yig\u2018ilishida Markaziy studiyadan O\u2018zbekiston Respubltkasi Oliy Majlisi Senati rais Tanzila Norboeva, O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy himoya masalalari bo\u2018yicha maslahatchisi \u2013 O\u2018zbekiston [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[24],"tags":[],"class_list":["post-27064","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-novosti-v-slajdere"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/27064","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=27064"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/27064\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":27068,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/27064\/revisions\/27068"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=27064"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=27064"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=27064"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}