{"id":27675,"date":"2026-07-07T12:34:58","date_gmt":"2026-07-07T12:34:58","guid":{"rendered":"https:\/\/kasaba.uz\/?p=27675"},"modified":"2026-07-07T12:34:58","modified_gmt":"2026-07-07T12:34:58","slug":"khorazmda-world-aquatics-day-sport-festivali-otkazildi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/2026\/07\/07\/khorazmda-world-aquatics-day-sport-festivali-otkazildi\/","title":{"rendered":"Xorazmda \u201cWorld Aquatics Day\u201d sport festivali o\u2018tkazildi"},"content":{"rendered":"<p><strong>07.07.2026.<\/strong> Urganch olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining Suv sporti saroyida O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Xorazm viloyati Kengashi hamda \u201cO\u2018zbekiston Aquatics\u201d federatsiyasining hududiy bo\u2018limi hamkorligida \u201cWorld Aquatics Day\u201d ommaviy sport festivali doirasida suzish bo\u2018yicha musobaqalar tashkil etildi.<\/p>\n<p>Tadbirni O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Xorazm viloyati Kengashi raisi, \u201cO\u2018zbekiston Aquatics\u201d federatsiyasining hududiy bo\u2018limi rahbari Gulsara Qurbonboeva kirish so\u2018zi bilan ochib berdi.<\/p>\n<p>Ta&#8217;kidlanganidek, mamlakatimizda aholi, ayniqsa, yoshlar o\u2018rtasida sog\u2018lom turmush tarzini qaror toptirish, jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish davlat siyosatining ustuvor yo\u2018nalishlaridan biri hisoblanadi. O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 4 noyabrdagi \u201cSuv sporti turlarini rivojlantirish chora-tadbirlari to\u2018g\u2018risida\u201dgi PQ\u2013382-son qaroriga muvofiq, har yili yurtimizda \u201cWorld Aquatics Day\u201d ommaviy sport tadbirlari va festivallarini o\u2018tkazish belgilangan.<\/p>\n<p>Ushbu hujjat suv sportini keng ommalashtirish, aholining mazkur sport turiga bo\u2018lgan qiziqishini yanada oshirish hamda sog\u2018lom va jismonan barkamol avlodni tarbiyalashga qaratilgan muhim vazifalarni belgilab bergan.<\/p>\n<p>Festivalning asosiy maqsadi aholi, ayniqsa, yoshlar o\u2018rtasida suzish va suv sporti turlarini ommalashtirish, sog\u2018lom turmush tarzini targ\u2018ib qilish hamda yoshlarni muntazam sport bilan shug\u2018ullanishga keng jalb etishdan iborat.<\/p>\n<p>Bugungi kunda Xorazm viloyatidagi 9 ta suv sporti saroyida 1000 nafardan ziyod yoshlar suzish bilan muntazam shug\u2018ullanmoqda. Hududda tashkil etilayotgan ommaviy sport tadbirlari yoshlarning bo\u2018sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning iqtidorini aniqlash va qo\u2018llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.<\/p>\n<p>Viloyat sportchilari suzish va suv polosi bo\u2018yicha respublika musobaqalarida muntazam ishtirok etib, sovrinli o\u2018rinlarni qo\u2018lga kiritmoqda. Shuningdek, Xorazmdan parasuzish bo\u2018yicha Osiyo va jahon chempionlari yetishib chiqqan. Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida suzish guruhlarining samarali faoliyat yuritayotgani ham bu boradagi ishlar izchil davom etayotganining yaqqol isbotidir.<\/p>\n<p>Festivalda viloyatning barcha shahar va tumanlaridan kelgan 11\u201313 yoshli o\u2018g\u2018il-qizlar ishtirok etdi. Yosh sportchilar suzish bo\u2018yicha o\u2018z mahoratlarini namoyish etdilar. Suv polosi bo\u2018yicha ko\u2018rgazmali chiqishlar esa tadbirga yanada ko\u2018tarinki ruh bag\u2018ishladi.<\/p>\n<p>Tadbirning faol ishtirokchilari O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Xorazm viloyati Kengashi tomonidan qimmatbaho sovg\u2018alar bilan taqdirlandi.<\/p>\n<p>\u201cWorld Aquatics Day\u201d sport festivali Xorazm viloyatida suv sportini yanada ommalashtirish, yosh avlodning jismoniy barkamolligini ta&#8217;minlash va sog\u2018lom turmush tarzini keng targ\u2018ib etishga xizmat qiladigan muhim sport bayramiga aylandi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-27679 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/07\/5391.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/07\/5391.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/07\/5391-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/07\/5391-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/07\/5391-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-27678 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/07\/5392.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/07\/5392.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/07\/5392-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/07\/5392-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/07\/5392-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-27676 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/07\/5394.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/07\/5394.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/07\/5394-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/07\/5394-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/07\/5394-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/> <img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-27677 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/07\/5393.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/07\/5393.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/07\/5393-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/07\/5393-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/07\/5393-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>07.07.2026. Urganch olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining Suv sporti saroyida O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Xorazm viloyati Kengashi hamda \u201cO\u2018zbekiston Aquatics\u201d federatsiyasining hududiy bo\u2018limi hamkorligida \u201cWorld Aquatics Day\u201d ommaviy sport festivali doirasida suzish bo\u2018yicha musobaqalar tashkil etildi. Tadbirni O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Xorazm viloyati Kengashi raisi, \u201cO\u2018zbekiston Aquatics\u201d federatsiyasining hududiy bo\u2018limi rahbari Gulsara Qurbonboeva [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[30,24],"tags":[],"class_list":["post-27675","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-kultura-i-sport","category-novosti-v-slajdere"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/27675","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=27675"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/27675\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":27680,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/27675\/revisions\/27680"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=27675"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=27675"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=27675"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}